SHIMOLIY MINTAQALARDA SUVNI TEJOVCHI AGROTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH
Biysenbay Mambetnazarov1, Biysenbay Bekbanov2, Amangeldy Mambetnazarov3, Asan Mambetnazarov4, Bakhit Mambetnazaro52026
- 1Qoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb06
- 2Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot Instituti
- 3Samarqand davlat veterinariya universitetining Nukus filiali
- 4«Ekran» ilmiy-tadqiqot instituti https://ror.org/056n9vg63
- 5Innovatsion texnologiyalar universiteti
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 297–299
Annotatsiya
Shimoliy mintaqalarda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kunjut yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalari o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra tomchilatib sug‘orish qo‘llanilganda suv sarfi 30–35 % ga kamayib, hosildorlik 1,55–1,60 t/ga ga yetgani aniqlandi. Natijalar kunjutni suvni tejovchi texnologiyalar asosida yetishtirish qurg‘oqchil hududlarda barqaror hosil olishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Boshqa tillarda
ruschaУСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В СЕВЕРНЫХ РЕГИОНАХ НА ОСНОВЕ ВОДОЭКОНОМИЧНЫХ АГРОТЕК.
В северных регионах, в частности в Республике Каракалпакстан, дефицит воды и засоление почвы оказывают серьезное влияние на сельскохозяйственное производство. В исследовании изучались ресурсосберегающие агротехнологии для выращивания кунжута в условиях дефицита воды. По результатам эксперимента, при использовании капельного орошения потребление воды сократилось на 30–35%, а урожайность достигла 1,55–1,60 т/га. Результаты показали, что выращивание кунжута с использованием водосберегающих технологий эффективно для получения стабильных урожаев в засушливых регионах.
inglizchaSUSTAINABLE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN THE NORTHERN REGIONS BASED ON WATER-SAVING AGROTECHNOLOGIES
In the northern regions, in particular in the Republic of Karakalpakstan, water scarcity and soil salinity have a serious impact on agricultural production. The study studied resource-saving agrotechnologies for sesame cultivation under water scarcity conditions. According to the experimental results, when drip irrigation was used, water consumption was reduced by 30–35%, and the yield reached 1.55–1.60 t/ha. The results showed that sesame cultivation based on water-saving technologies is effective in obtaining stable yields in arid regions.
Kalit so‘zlar
- Kunjut
- suv tanqisligi
- sho‘rlangan tuproqlar
- resurstejamkor agrotexnologiyalar
- tomchilatib sug‘orish
- hosildorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T:631.611 SHIMOLIY MINTAQALARDA SUVNI TEJOVCHI AGROTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH Biysenbay Mambetnazarov1 , Biysenbay Bekbanov2, Amangeldi Mambetnazarov3, Asan Mambetnazarov4, Bakhit Mambetnazaro5* Qoraqalpoq davlat universiteti1, Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot Instituti2, Samarqand davlat veterinariya universitetining Nukus filiali3, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institute4, Innovatsion texnologiyalar universiteti5 * Muallifning elektron pochtasi: mambetnazarovbaxit630@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19244135 Annotatsiya: Shimoliy mintaqalarda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kunjut yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalari o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra tomchilatib sug‘orish qo‘llanilganda suv sarfi 30–35 % ga kamayib, hosildorlik 1,55–1,60 t/ga ga yetgani aniqlandi. Natijalar kunjutni suvni tejovchi texnologiyalar asosida yetishtirish qurg‘oqchil hududlarda barqaror hosil olishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Annotation: In the northern regions, particularly in the Republic of Karakalpakstan, water scarcity and soil salinization significantly affect agricultural production. This study investigated resource-saving agro-technologies for sesame cultivation under water-deficit conditions. The experimental results showed that the use of drip irrigation reduced water consumption by 30–35%, while crop yield reached 1.55–1.60 t/ha. The findings indicate that the application of water-saving technologies in sesame cultivation can ensure stable yields under arid conditions.
Аннотация: В северных регионах, особенно в Республике Каракалпакстан, дефицит воды и засоление почв оказывают значительное влияние на сельскохозяйственное производство. В исследовании изучены ресурсосберегающие агротехнологии выращивания кунжута в условиях водного дефицита. Результаты экспериментов показали, что при использовании капельного орошения расход воды снижается на 30–35 %, а урожайность достигает 1,55–1,60 т/га. Полученные результаты свидетельствуют о том, что применение водосберегающих технологий при выращивании кунжута позволяет получать стабильный урожай в засушливых регионах.
Kalit so‘zlar: Kunjut, suv tanqisligi, sho‘rlangan tuproqlar, resurstejamkor agrotexnologiyalar, tomchilatib sug‘orish, hosildorlik.
Ключевые слова: Кунжут, дефицит воды, засоленные почвы, ресурсосберегающие агротехнологии, капельное орошение, урожайность.
Keywords: Sesame, water scarcity, saline soils, resource-saving agro-technologies, drip irrigation, yield.
Kirish: Bugungi kunda dunyo aholisining tez o‘sishi, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarining qisqarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan bo‘lib, 2050-yilga borib jahon aholisi soni 9,7 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda va oziq-ovqatga bo‘lgan global talab kamida 60 foizga oshishi kutilmoqda [3]. O‘zbekiston Respublikasida agrar sohani modernizatsiya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish vazifalari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida alohida belgilab berilgan [1].
Shu nuqtai nazardan, kunjut ekinini yetishtirish tizimini takomillashtirish hamda uning ekin maydonlarini kengaytirish bo‘yicha davlat tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [2].
Ilmiy tadqiqotlarda kunjut qurg‘oqchil hududlarda yetishtirish uchun istiqbolli moyli ekin sifatida e’tirof etilib, suv tanqisligi sharoitida mos agrotexnologiyalarni qo‘llash hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan [4]. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish barqaror agrar rivojlanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi [5].
Tadqiqotlarda Qoraqalpog‘iston sharoitida turli kunjut navlarini sug‘orish rejimi va agrotexnik tadbirlar asosida yetishtirish hosildorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan [6]. Shu bois suv tanqisligi va sho‘rlangan tuproqlar sharoitida kunjut yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini baholash muhim ilmiy vazifa hisoblanadi.
Materiallar va uslublar: Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani hududidagi sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda olib borildi. Tajriba maydonining tuproq sho‘rlanish darajasi 0,35–0,60 %, gumus miqdori 0,8–1,1 %, tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha qumoq bo‘lib, sizot suvlarining chuqurligi 1,8–2,2 m ni tashkil etdi. Tajribalar suv tanqisligi sharoitida kunjut yetishtirishning samarali agrotexnologiyalarini aniqlash maqsadida 0,06 ga maydonda, 3 martalik takrorlanishda tashkil etildi.
Tajriba variantlarida an’anaviy sug‘orish va tomchilatib sug‘orish usullari taqqoslab o‘rganildi. Vegetatsiya davrida an’anaviy sug‘orishda suv sarfi o‘rtacha 4500–4800 m³/ga, tomchilatib sug‘orishda esa 2800–3000 m³/ga ni tashkil etdi. Mineral o‘g‘itlar N120P80K60 kg/ga me’yorida qo‘llanildi. Tadqiqot obyekti sifatida mahalliy sharoitga moslashgan kunjut navlari tanlanib, o‘simliklarning o‘sishi, fenologik fazalari, bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni, 1000 dona urug‘massasi va umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlari kuzatildi.
Olingan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash metodikasi asosida qayta ishlanib, matematik-statistik tahlil usullari yordamida sug‘orish rejimi va agrotexnik tadbirlarning hosildorlikka ta’siri baholandi. Natijalar suvni tejovchi agrotexnologiyalar kunjut yetishtirishda suv sarfini 30–35 % ga kamaytirish va hosildorlikni oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi.
Natijalar va munozara: Tadqiqot natijalari suv tanqisligi va sho‘rlangan tuproqlar sharoitida kunjut yetishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tajriba natijalariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilganda suv sarfi an’anaviy sug‘orish usullariga nisbatan o‘rtacha 30–40 % ga kamaydi, shu bilan birga hosildorlik 12–18 % ga oshdi. Kunjut navlari orasida Tashkent-122 navi eng yuqori natijani ko‘rsatib, uning hosildorligi 1,55–1,60 t/ga ni tashkil etdi, boshqa navlarda esa bu ko‘rsatkich 1,35–1,40 t/ga atrofida bo‘ldi.
Shuningdek, tomchilatib sug‘orish va mineral o‘g‘itlarning optimal me’yorlarini qo‘llash natijasida bir o‘simlikdagi dukkaklar soni 46–50 dona, bitta dukkakdagi urug‘lar soni esa 60–64 dona ni tashkil etdi. 1000 dona urug‘massasi o‘rtacha 3,2–3,4 g bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘simliklarning oziqlanishi va namlik rejimi bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, suvni tejovchi agrotexnologiyalarni qo‘llash nafaqat suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, balki sho‘rlangan tuproqlar sharoitida ham kunjut ekinidan barqaror hosil olish imkonini yaratadi. Bu esa Aralbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Xulosa va tavsiyalar: O‘tkazilgan tadqiqotlar suv tanqisligi va sho‘rlangan tuproqlar sharoitida kunjut yetishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash yuqori samaradorlik berishini ko‘rsatdi. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilganda vegetatsiya davrida suv sarfi an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan 30–35 % ga kamaydi va umumiy suv sarfi 2800–3000 m³/ga ni tashkil etdi. Shu bilan birga kunjut hosildorligi 1,55–1,60 t/ga gacha oshib, an’anaviy texnologiyaga nisbatan 15–18 % yuqori natija qayd etildi. Tajriba natijalariga asoslanib, shimoliy hududlarda kunjut yetishtirishda suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish, N120P80K60 kg/ga me’yorida mineral o‘g‘itlardan foydalanish hamda mahalliy sharoitga mos navlarni ekish tavsiya etiladi. Ushbu agrotexnologiyalarni qo‘llash sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini saqlash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qurg‘oqchil hududlarda barqaror hosil olish imkonini beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi
- 10.2019 yildagi PF-5853-son formoni. https://lex.uz/ru/docs/-4567334
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpogʻiston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 27.05.2025 yildagi 331-son. qarori, https://lex.uz/ru/docs/-7545508
- FAO. (2023). The State of Food Security and Nutrition in the World. Food and Agriculture Organization of the United Nations, Rome./fao.org
- Mambetnazarov, B., & Bekbanov, B. (2026). Sesame cultivation in Water-Deficit conditions. Journal of Global Innovations in Agricultural Sciences, 729–735. https://doi.org/10.22194/jgias/26.173110.22194/jgias/26.1731
- Mambetnazarov B. et al. Science-Based Approaches to Strengthening Public–Private Partnership Mechanisms for Sustainable Agricultural Development: Evidence from the Republic of Karakalpakstan //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2025. – Т. 661. – С. 02002.
- Mambetnazarov B. S. et al.: Irrigation and production of seeds of various sesame varieties in the conditions of Karakalpakstan //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 420. – С. 01029.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011967
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/bzfgpk20
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 297–299
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06