BUXORO VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA FOSFOR O‘G‘ITLARINING G‘O‘ZANING MAQBUL OZIQLANISH REJIMIGA TA‘SIRI
Jumayeva Zulfiya Mahmud kizi1, Nazarova Sevara Mustakimovna22026
- 1Buxoro davlat universiteti 1-bosqich magistri
- 2Buxoro davlat universiteti dotsenti, q/x.f.f.f.(PhD)
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 309–313
Annotatsiya
Mazkur maqolada Buxoro viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning maqbul oziqlanish rejimiga ta‘siri ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari fosfor o‘g‘itlari g‘o‘zaning o‘sish sur‘ati, barg apparati rivojlanishi, barglardagi fosfor miqdori hamda hosil elementlarining shakllanishini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Eng yuqori agrobiologik ko‘rsatkichlar N₁₀₀P₉₀K₇₀ o‘g‘itlash variantida qayd etildi. Olingan natijalar fosfor o‘g‘itlaridan hududiy tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy asosda foydalanish g‘o‘za hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Boshqa tillarda
ruschaВлияние фосфорных удобрений на оптимальный режим питания хлопка в почвенно-климатических условиях Бухарского региона.
В данной статье проведено научное исследование влияния фосфорных удобрений на оптимальный режим питания хлопчатника в условиях орошаемых луговых почв Бухарской области. Результаты исследования показали, что фосфорные удобрения значительно улучшают темпы роста хлопчатника, развитие листового аппарата, содержание фосфора в листьях и формирование элементов культуры. Наиболее высокие агробиологические показатели были зафиксированы при варианте удобрения N₁₀₀P₉₀K₇₀. Полученные результаты подтверждают, что использование фосфорных удобрений на научной основе, с учетом региональных почвенно-климатических условий, имеет большое значение для повышения урожайности хлопчатника.
inglizchaTHE INFLUENCE OF PHOSPHORUS FERTILIZERS ON THE APPROPRIATE NUTRITIONAL REGIME OF COTTON IN THE SOIL-CLIMATE CONDITIONS OF THE BUKHARA REGION
This article scientifically studies the effect of phosphorus fertilizers on the optimal nutritional regime of cotton in the conditions of irrigated meadow soils of the Bukhara region. The results of the study showed that phosphorus fertilizers significantly improve the growth rate of cotton, the development of the leaf apparatus, the content of phosphorus in the leaves, and the formation of crop elements. The highest agrobiological indicators were recorded in the N₁₀₀P₉₀K₇₀ fertilization option. The results obtained confirm that the use of phosphorus fertilizers on a scientific basis, taking into account regional soil and climatic conditions, is of great importance in increasing cotton yield.
Kalit so‘zlar
- g‘o‘za
- fosfor o‘g‘itlari
- oziqlanish rejimi
- mineral
- tuproq-iqlim sharoiti
- hosildorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BUXORO VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA FOSFOR O‘G‘ITLARINING G‘O‘ZANING MAQBUL OZIQLANISH REJIMIGA TA’SIRI Jumayeva Zulfiya Mahmud qizi Buxoro davlat universiteti 1-bosqich magistri Nazarova Sevara Mustakimovna Buxoro davlat universiteti dotsenti, q/x.f.f.f.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.19244231 Annotatsiya: Mazkur maqolada Buxoro viloyatining sug‘oriladigan o’tloqi tuproqlari sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning maqbul oziqlanish rejimiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari fosfor o‘g‘itlari g‘o‘zaning o‘sish sur’ati, barg apparati rivojlanishi, barglardagi fosfor miqdori hamda hosil elementlarining shakllanishini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Eng yuqori agrobiologik ko‘rsatkichlar N₁₀₀P₉₀K₇₀ o‘g‘itlash variantida qayd etildi. Olingan natijalar fosfor o‘g‘itlaridan hududiy tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy asosda foydalanish g‘o‘za hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: g‘o‘za, fosfor o‘g‘itlari, oziqlanish rejimi, mineral, tuproq-iqlim sharoiti, hosildorlik. Аннотация: В статье представлены результаты исследований влияния фосфорных удобрений на формирование оптимального режима питания хлопчатника в условиях орошаемых луговых почвы Бухарской области. Установлено, что применение фосфора оказывает существенное влияние на вегетативное и генеративное развитие хлопчатника, улучшает рост растений, развитие листового аппарата, содержание фосфора в листьях и формирование элементов урожая. Наиболее высокие агробиологические показатели получены при норме удобрений N₁₀₀P₉₀K₇₀. Результаты исследований подтверждают целесообразность научно обоснованного применения фосфорных удобрений с учётом почвенно-климатических условий региона для повышения урожайности хлопчатника. Ключевые слова: хлопчатник, фосфорные удобрения, режим питания, минерал, почвенно-климатические условия, урожайность. Abstract : This article presents the results of studies on the effect of phosphorus fertilizers on the formation of an optimal nutrient regime of cotton under the conditions of irrigated gray soils of the Bukhara region. The results showed that phosphorus application significantly affected vegetative and generative growth, enhanced plant height, leaf area development, phosphorus content in leaves, and yield component formation. The highest aerobiological indicators were recorded at the fertilizer rate of N₁₀₀P₉₀K₇₀. The findings confirm that the scientifically based application of phosphorus fertilizers, taking into account regional soil and climatic conditions, plays a crucial role in improving cotton productivity. Keywords: cotton, phosphorus fertilizers, nutrient regime, Bukhara region, soil and climatic conditions, productivity. Kirish Fosfor o‘simliklar oziqlanishida muhim makroelementlardan biri bo‘lib, u hujayralarda energiya almashinuvi, ildiz tizimining rivojlanishi, generativ organlarning shakllanishi va hosil sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, “dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jalik
yerlarining 40 % dan ortig‘i fosfor bilan past darajada ta’minlangan bo‘lib, bu holat ekinlar hosildorligining pasayishiga olib kelmoqda”. Xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, “fosfor yetishmovchiligi sharoitida paxta hosildorligi 20–30 % gacha kamayishi mumkin”. Ayniqsa, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil mintaqalarda tuproqdagi fosforning o‘zlashtirilishi cheklangan bo‘lib, bu holat paxta kabi yuqori ozuqa talab qiluvchi ekinlar uchun muhim muammo hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi paxtachilik sohasida yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, g‘o‘za mamlakat qishloq xo‘jaligining strategik ekini hisoblanadi. So‘nggi yillardagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “respublikada g‘o‘za 1 million gektardan ortiq maydonda yetishtirilmoqda”. Biroq sug‘oriladigan yerlarning katta qismi fosfor bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “Buxoro viloyatida g‘o‘za hosildorligi ayrim yillarda respublika o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan 10–15 % past bo‘lib, bunga asosiy sabablar qatorida mineral o‘g‘itlar, xususan fosforli o‘g‘itlardan ilmiy asosda foydalanilmasligi ko‘rsatiladi” Shu bois, viloyat tuproq-iqlim sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning maqbul oziqlanish rejimiga ta’sirini o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida fosfor o‘g‘itlarining paxta va boshqa texnik ekinlar hosildorligiga ta’siri keng yoritilgan. J.L. Havlin tadqiqotlariga ko‘ra, “fosfor o‘simliklarda energiya almashinuvi jarayonlarida muhim rol o‘ynab, ildiz tizimining rivojlanishini jadallashtiradi hamda ozuqa elementlarining o‘zlashtirilishini yaxshilaydi”. Mualliflar fosfor yetishmovchiligi sharoitida paxta o‘sishi sekinlashishi va hosil elementlari shakllanishi cheklanishini ta’kidlaydilar. A. Dobermann va T. Fairhurst “paxta ekinida fosforning optimal me’yorlarda qo‘llanilishi vegetativ va generativ rivojlanish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashini qayd etib, qurg‘oqchil mintaqalarda fosforli o‘g‘itlardan foydalanish ayniqsa muhim ekanligini ko‘rsatadilar”. Ularning tadqiqotlariga ko‘ra, fosfor tanqisligi sharoitida paxta hosildorligi 20–30 % gacha kamayishi mumkin. Mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlarida ham O‘zbekiston sharoitida fosfor o‘g‘itlarining ahamiyati alohida ta’kidlangan. O‘. To‘xtasinov va A. Qodirov “sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda fosforning tuproq bilan mustahkam bog‘lanishi natijasida o‘simliklar uchun yetishmovchilik yuzaga kelishini qayd etib, fosforli o‘g‘itlarni ilmiy asoslangan me’yorlarda qo‘llash zarurligini ko‘rsatadilar”. Mazkur tadqiqot Buxoro viloyatining sug‘oriladigan o’tloqi tuproqlari sharoitida dala tajribalari asosida olib borildi. Tadqiqotda ilmiy-tajriba usuli qo‘llanilib, tajribalar tasodifiy bloklar sxemasi asosida uch martalik takrorlanishda tashkil etildi. Fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning oziqlanish rejimiga ta’sirini baholash maqsadida turli me’yorlardagi mineral o‘g‘itlar (NPK) qo‘llanilib, nazorat varianti bilan solishtirma tahlil amalga oshirildi. Tadqiqot jarayonida tuproqning agroximik ko‘rsatkichlari, o‘simliklarning fenologik rivojlanish bosqichlari, vegetativ o‘sish parametrlari hamda barglarda fosfor miqdori laboratoriya va dala kuzatuvlari asosida aniqlandi. Olingan natijalar matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlanib, fosfor o‘g‘itlarining samaradorligi hududiy tuproq-iqlim sharoitlari bilan bog‘liq holda ilmiy jihatdan baholandi.
Tadqiqot natijalari Buxoro viloyatining sug‘oriladigan o’tloqi tuproqlari sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning oziqlanish rejimi va o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini aniqlash imkonini berdi. Tajriba variantlari o‘rtasida g‘o‘zaning morfologik va agrobiologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishonchli farqlar kuzatildi. 1-jadval Fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning vegetativ rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’siri Tajriba variantlari G‘o‘za bo‘yi, sm Barglar soni, dona Barg maydoni, sm² Nazorat (o‘g‘itsiz) 78,4 18,6 2450 N₁₀₀K₇₀ (P-siz) 82,1 19,8 2680 N₁₀₀P₆₀K₇₀ 88,7 22,4 3120 N₁₀₀P₉₀K₇₀ 93,6 24,1 3450 LSD₀․₀₅ 3,2 1,1 180
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, fosfor o‘g‘itlari qo‘llanilgan variantlarda g‘o‘zaning bo‘yi, barglar soni va barg maydoni nazorat variantiga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Ayniqsa, N₁₀₀P₉₀K₇₀ variantida g‘o‘za bo‘yi nazoratga nisbatan 15,2 sm ga, barg maydoni esa 1000 sm² dan ortiq ko‘paygani qayd etildi. Bu holat fosforning vegetativ o‘sish jarayonlarini faollashtiruvchi rolini ko‘rsatadi. 2-jadval
Fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning oziqlanish rejimiga ta’siri, (bargdagi fosfor miqdori) Tajriba variantlari Bargdagi P miqdori, % Nazorat (o‘g‘itsiz) 0,18 N₁₀₀K₇₀ (P-siz) 0,20 N₁₀₀P₆₀K₇₀ 0,26 N₁₀₀P₉₀K₇₀ 0,30 LSD₀․₀₅ 0,02
Mazkur jadval natijalari fosforli o‘g‘itlar g‘o‘zaning oziqlanish rejimini yaxshilaganini ko‘rsatadi. Fosfor berilgan variantlarda barglardagi fosfor miqdori optimal darajaga yetgan bo‘lib, bu o‘simlikning fiziologik jarayonlari me’yorida kechganini tasdiqlaydi. Eng yuqori ko‘rsatkich N₁₀₀P₉₀K₇₀ variantida qayd etildi.
Fosfor o‘g‘itlarining hosil elementlariga ta’siri Tajriba variantlari Ko‘saklar soni, dona/ko‘chat O‘rtacha ko‘sak massasi, g Nazorat (o‘g‘itsiz) 7,4 4,2 N₁₀₀K₇₀ (P-siz) 8,1 4,4 N₁₀₀P₆₀K₇₀ 9,6 4,9 N₁₀₀P₉₀K₇₀ 10,8 5,2 LSD₀․₀₅ 0,6 0,3
Ushbu natijalar fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning generativ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlaydi. Fosfor me’yori oshirilgan sari ko‘saklar soni va ularning massasi ortib borgan. Bu esa fosfor o‘g‘itlarining hosil elementlarini shakllantirishdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitida fosfor o‘g‘itlari g‘o‘zaning oziqlanish rejimini optimallashtirib, vegetativ va generativ rivojlanishni kuchaytiradi. Eng yuqori agrobiologik ko‘rsatkichlar N₁₀₀P₉₀K₇₀ variantida kuzatilib, ushbu me’yor g‘o‘zaning biologik ehtiyojlariga mos kelishi aniqlandi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari Buxoro viloyatining sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning oziqlanish rejimi, vegetativ va generativ rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tajriba natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, fosfor me’yorining oshirilishi bilan g‘o‘zaning o‘sish sur’ati, barg apparati rivojlanishi hamda hosil elementlarining shakllanishi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud. Shuningdek, olingan natijalar Buxoro viloyatining tuproq-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda fosfor o‘g‘itlarining ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi. Hududda yog‘ingarchilikning kamligi va bug‘lanishning yuqoriligi tuproqda fosforning harakatchanligini pasaytiradi, natijada o‘simliklar tomonidan uning o‘zlashtirilishi cheklanadi. Shu sababli, fosforli o‘g‘itlarning optimal me’yorlarini belgilash g‘o‘zaning oziqlanish rejimini barqarorlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida N₁₀₀P₉₀K₇₀ me’yori barcha agrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori natijalarni ta’minlagani aniqlandi. Bu me’yor nafaqat g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishini jadallashtirdi, balki oziqlanish elementlari o‘rtasidagi muvozanatni ham ta’minladi. Shu bilan birga, fosforning azot va kaliy bilan o‘zaro ta’siri kuchayib, kompleks oziqlanish sharoiti yuzaga kelgani kuzatildi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning maqbul oziqlanish rejimini shakllantirishdagi muhim rolini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Olingan xulosalar Buxoro viloyati sharoitida fosforli o‘g‘itlardan ilmiy asoslangan holda foydalanish zarurligini ko‘rsatadi hamda paxtachilikda hosildorlikni oshirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari Buxoro viloyatining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning oziqlanish rejimini shakllantirishdagi muhim ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Tadqiqot jarayonida olingan eksperimental ma’lumotlar fosforning g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishida yetakchi oziqa elementi ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilgan variantlarda g‘o‘zaning vegetativ rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan o‘simlik bo‘yi, barglar soni va barg maydoni nazorat variantiga nisbatan ishonchli darajada oshgani aniqlandi. Bu holat fosforning ildiz tizimi rivojlanishini jadallashtirishi hamda o‘simlikning suv va boshqa oziqa elementlarini o‘zlashtirish qobiliyatini kuchaytirishi bilan izohlanadi. Natijada, fotosintez jarayonlari faollashib, o‘simlikning umumiy fiziologik holati yaxshilandi. Barglardagi fosfor miqdorining fosforli o‘g‘itlar berilgan variantlarda optimal darajaga yetishi g‘o‘zaning oziqlanish rejimi me’yorlashganini ko‘rsatdi. Fosfor tanqisligi sharoitida esa
o‘simliklarda o‘sishning sustlashuvi, generativ organlarning yetarli darajada shakllanmasligi kabi salbiy holatlar kuzatildi. Bu esa fosforli o‘g‘itlardan foydalanishda ilmiy asoslangan me’yorlarni belgilash zarurligini ko‘rsatadi. Buxoro viloyati sharoitida fosforning tuproqda harakatchanligi past bo‘lishi va iqlim omillarining ta’siri fosforli o‘g‘itlardan oqilona foydalanishni talab etadi. Tadqiqot natijalari ushbu hudud sharoitida N₁₀₀P₉₀K₇₀ me’yori g‘o‘zaning biologik ehtiyojlariga eng mos kelishini va oziqlanish elementlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashini ko‘rsatdi. Mazkur me’yor g‘o‘zaning barqaror o‘sishi va yuqori hosil shakllanishi uchun maqbul variant sifatida baholandi. Foydalangan adabiyotar ro‘yxati 1. FAO.World fertilizer trends and outlook. — Rome: FAO, 2022. — 48 p. https://www.fao.org/ 2. Nosov V.I. Agroximiya. — Moskva: Kolos, 2016. — 432 s. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Paxtachilik bo‘yicha statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2021–2024. 4. Karimov B.S. Buxoro viloyati tuproqlarining agroximik xususiyatlari. — Toshkent, 2018. — 152 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari. — Toshkent, 2023. 6. Havlin J.L., Tisdale S.L., Nelson W.L., Beaton J.D. Soil Fertility and Fertilizers. — 8th ed. — New Jersey: Pearson Education, 2014. — 516 p. 7. Dobermann A., Fairhurst T. Nutrient disorders and nutrient management in cotton. — Norcross: International Plant Nutrition Institute, 2000. — 123 p. 8. To‘xtasinov O‘.T., Qodirov A.X. Sug‘oriladigan tuproqlarda fosfor rejimi. — Toshkent: Fan, 2019. — 186 b.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- FAO.World fertilizer trends and outlook. — Rome: FAO, 2022. — 48 p. https://www.fao.org/
- Nosov V.I. Agroximiya. — Moskva: Kolos, 2016. — 432 s.
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Paxtachilik bo‘yicha statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2021–2024.
- Karimov B.S. Buxoro viloyati tuproqlarining agroximik xususiyatlari. — Toshkent, 2018. — 152 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari. — Toshkent, 2023.
- Havlin J.L., Tisdale S.L., Nelson W.L., Beaton J.D. Soil Fertility and Fertilizers. — 8th ed. — New Jersey: Pearson Education, 2014. — 516 p.
- Dobermann A., Fairhurst T. Nutrient disorders and nutrient management in cotton. — Norcross: International Plant Nutrition Institute, 2000. — 123 p.
- To‘xtasinov O‘.T., Qodirov A.X. Sug‘oriladigan tuproqlarda fosfor rejimi. — Toshkent: Fan, 2019. — 186 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011971
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/mb4n2x47
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 309–313
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06