QORAQALPOG‘ISTONDA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA JO‘XORINING QURG‘OQCHILIK VA SHO‘RGA CHIDAMLI «AZAMAT» NAVINING AGROTEXNOLOGIYASI
Turdishev Bekmurat Khojamuratovich1, Reimov Nietbay Baynazarovich2, Rizayev Shukhrat Khudaiberdievich32026
- 1Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
- 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining professori. Don va sholi ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilm, fan va innovat-siyalar bo‘yicha maslahatchisi.
- 3Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 379–383
Annotatsiya
Ilmiy maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilayotgan suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi hamda global iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashgan jo‘xorining ko‘p yillik «Azamat» navini yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaАгротехнология засухоустойчивого и солеустойчивого сорта жахори «Азамат» в условиях дефицита воды в Каракалпакистане.
В научной статье представлена информация об агротехнологии выращивания многолетнего сорта сорго «Азамат», адаптированного к условиям засухи, засоления почв и глобальных климатических изменений, наблюдаемых в Республике Каракалпакстан.
inglizchaAGROTECHNOLOGY OF THE DROUGHT AND SALT-TOLERANT VARIETY OF ZHOKHORI "AZAMAT" IN WATER-SCARCE CONDITIONS IN KARAKALPAKISTAN
The scientific article presents information on the agrotechnology of growing the perennial sorghum variety "Azamat", adapted to the conditions of water scarcity, soil salinity, and global climate change observed in the Republic of Karakalpakstan.
Kalit so‘zlar
- Qoraqalpog‘iston
- suv taqchilligi
- sho‘rlangan tuproqlar
- global iqlim
- jo‘xori
- Azamat navi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ЎУТ: 631.633.174 QORAQALPOG'ISTONDA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA JO’XORINING QURG'OQCHILIK VA SHO'RGA CHIDAMLI «AZAMAT» NAVINING AGROTEXNOLOGIYASI Turdishev Bekmurat Xojamuratovich Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Reimov Nietbay Baynazarovich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining professori. Don va sholi ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilm, fan va innovat-siyalar bo‘yicha maslahatchisi. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori. nietbajreimov6@gmail.com. Rizayev Shuxrat Xudayberdiyevich Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori. https://doi.org/10.5281/zenodo.19244454 Annotasiya - Ilmiy maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilayotgan suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi hamda global iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashgan jo‘xorining ko‘p yillik «Azamat» navini yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Аннотация: В данной статье рассматривается эффективная агротехнология выращивания многолетнего сорта кукурузы "Азамат," адаптированного к условиям дефицита воды, засоленных почв и глобального изменения климата в Республике Каракалпакстан. Abstract: This article discusses the effective agrotechnology for cultivating the "Azamat" annual sorghum variety, adapted to the conditions of water scarcity, saline soils, and global climate change in the Republic of Karakalpakstan. Kalit so’zlar – Qoraqalpog‘iston, suv taqchilligi, sho‘rlangan tuproqlar, global iqlim, jo‘xori, Azamat navi. Ключевые слова - Каракалпакстан, дефицит воды, засоленные почвы, глобальный климат, кукуруза, сорт Азамат. Keywords - Karakalpakstan, water shortage, saline soils, global climate, corn, variety Azamat. Kirish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryoning eng oxirida joylashganligidan va har yili berilayotgan suv limitining kamayib borayotganligidan mintaqada so’nngi yillarda keskin suv tanqisligi kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, 2000-2001 yillari zarur suv miqdorning faqatgina 39-43%, 2007-2008 yillarda 46-52%, sungi 5 yilda zarur suv miqdorining 54-62% ta’minlab berildi. Dunyo ekspertlarining tahliliga qaraganda suv tanqisligi yaqin kelajakda yana bir necha marta qaytalanishi mumkin va 2050 yillarga kelib Amudaryodagi suv ta’minoti hozirgiga nisbatan 15-20% ga kamayishi prognoz qilinmoqda. Bunday suv tanqisligi sharoitida mintaqada suv ta’minotiga qarab qurg’oqchilikka chidamlili, suvni kam talab qiladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish, ularni suv tanqisligi sharoitidagi agrotexnikasini takomillashtirish, bu borada, dehqonchilikni yuritishning yangi tizimini ishlab chiqish davr talabi bo’lib bormoqda. Albatta bunday sharoitda tuproq sho’rlanishi va qurg’oqchilikka chidamli ekin turlaridan oqjo’xori ekini turlarini ekish maydonlarini kengaytirish, yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik uchun zarur bo’lgan yem-xashak bazasini
kengaytirishda dolzarb bo’lib, bu esa, mintaqada dehqonchilik bilan birga chorvachilikni yanada rivojlantirishda muhim hisoblanadi. 2026 yil 20 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarida so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishilgani haqida aytib o‘tilgan edi. Jumladan, 8 yil oldin hudud iqtisodiyoti aholi jon boshiga hajm bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, bugun 7-o‘ringa ko‘tarilgan. Oldin sanoat mahsulotlarining atigi 4 foizi eksportga chiqqan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 foizga yetgan. Umumiy eksport 2016 yilga nisbatan 3,5 karra oshib, 2,1 milliard dollar bo‘lgan. Tuproq meliorativ holati noqulay bo‘lgan yerlardan samarali foydalanish va chorvachilikni kengaytirishda zarur bo’lgan miqdordagi yem-xashak bazasini shakllantirishda ushbu muammo va vazifalarni yechish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachiligining hozirgi holati, ularning turlari bo‘yicha tahlilini o‘tkazish uchun biz tahliliy ishlarni olib borildi. Tahlillarga ko’ra, mintaqada 2025 yil holatiga yirik shoxli katta yoshdagi qoramollar bilan yosh qoramollarning soni 1527729 bosh, qo‘y echkilarning soni 1087106 bosh, otlarning va toychoqlaning soni 34540 va 23395 bosh, cho’chqalarning soni 535576 bosh va parrandalar soni 4165570 ta ekanligi hamda jami 7350621 bosh ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatilgan hisobdagi chorva mollari, ot-toychoqlar, cho’chqalar va parrandalar turlari uchun yetarli yem hashak bazasini jamg‘arishga qurg'oqchilikga va sho'rga chidamli yem xashak ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Shuningdek, hozirda qo‘llanilib kelinayotgan agrotexnologik tadbirlarning ba’zi bir elementlarini takomillashtirish lozimligini hozirgi ishlab chiqarishdan olinayotgan natijalar o‘zlari dalillamoqda. Lekin, qishloq xo‘jaligi yunalishida suv tanqisligi va boshqa har xil sabablar bilan Qoraqalpog‘istonda mavjud yer resursidan foydalanish darajasi hudud imkoniyatlariga mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Mavjud maydonlarning atigi 2,5 foiziga ekin ekilayotgani, qolgan 16 million gektarida deyarli dehqonchilik yuritilmayotganligi qayd etildi. Demak, iqlimga mos yangi ekin turlarini topib, ularni yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribalarni yo‘lga qo‘yish, suvsizlik va sho‘rga chidamli, shu jumladan, yem xashak ekinlarini katta maydonlarda yetishtirib, chorvachilikni rivojlantirish vazifalari belgilangan. Materiallar va uslublar. Dala va laboratoriya tahlillari, fenologik kuzatuvlar hamda biometrik o‘lchashlar “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari”, “Agronomiyada ilmiy tadqiqot uslublari”, “Qishloq xo‘jalik ekinlarini Davlat nav sinash nazoratidan o‘tkazish qo‘llanmasi”, “Методика полевого опыта”, “Метoды aгрoхимических, aгрoфизических и микрoбиoлoгических исследoвaний в пoливных хлoпкoвых рaйoнaх” uslubiy qo‘llanmalari asosida, tajribalardan olingan ma’lumotlarga statistik ishlov berish B.A.Dospexovning bir omilli dispers usulida amalga oshirildi. Asosiy tajriba Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida va Respublika bo‘yicha ma’lumotlar qiyosiy tahlil, statistik ma’lumotlar va monografik usulda Respublikadagi chorvachilik hamda chorvachilikga bog‘liq obektlarda olib borildi. Bunda asosan Respublikadagi har yili chorvachilik yem xashak bazasini ta’minlash uchun yotishtirilayotgan hamda yem hashak uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ekinlarning qo‘shimcha ikkilamchi mahsulotlari, tabiiy va madaniy yaylovzorlar mahsuldorligi hisobga olindi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Suv tanqisligi sharoytida chorvachilikni rivojlantirish uchun suv tanqisligiga bardoshli, kam suv bilan rejalashtirilgan hosil berish imkoni bor ekinlarni ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimida ekib, ularning natijali agrotexnologiyasini ishlab chiqish tadqiqotning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Bunday ekinlarga oq juxorining suv tanqisligiga bardoshli «Azamat» navi o’rganildi. Ushbu nav suvsizlikga va sho’rga chidamli bo‘lib, ko’p yillik o’simlik bo’lgani uchun deyarli yil davomida yer betini yopib, tuproqdan suvning ortiqcha bug‘lanishining oldini oladi, tuproqning ustki qismda zarur miqdordagi namni saqlab, mikroiqlimni vujudga keltiradi. Mintaqadagi o’tgan yillardagi ko‘rsatgishlarda suvga bardoshli ekinlar maydoni va ekinlarni almashlab ekishning hozirgi holati hali talab darajasida emasligini ko’rsatadi. Yerlarga egalik shaklining fermer va boshqa yerdan foydalanuvchilar tizimlariga o’zgarishi, suv tanqisligi, global iqlim o’zgarishi va yerlarning sho‘rlanish jarayonining ortib borayotganligi hozirgi kunda dehqon va chorvador fermerlarni noquloy ahvolga solib qo‘ydi. Shuning uchun biz ushbu ilmiy tadqiqot ishida oldin ekishda, yer balansida turgan yerlar har xil sabablar bilan faol foydalanishdan chiqib qolgan, begona o‘tlar bosib, yerlarning notekislik darajasi konturlar diagonali bo‘yicha 80-85 sm ga bo’lgan yerlarda tajribalar olib borildi. Dag‘alli (cochniy) yem hashak yetishtirish uchun yangi, qurg‘oqchilik sharoitida rejalashtirilgan hosilni beradigan, suvni kam talab qiladigan, ildiz tizimi chuqur ketadigan, yiliga 3-4 urib olish imkoni bor yom hashak ekinlaridan - jo‘xorining yangi, ko‘p yillik, istiqbolli «Azamat» navining suv taqchilligi sharoitida yaxshi hosil berishi uchun, uni yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish, hozirda qo’llanilib kelinayotgan agrotexnologiyani takomillashtirish ishlarining dastlabki natijalari hisob kitob qilinmoqda. Tajribada almashlab ekishning dastlabki zvenosida ko’p yillik jo‘xorining «Azamat» navidan 84,4 s/ga yashil biomassa hosili olingan bulsa, fakat gung berilgan variantlardan 103,6- 151,6 s/ga va gung bilan birga madaniy ugitlar berilgan variantlardan 180,5-203,6 s/ga yashil biomassa hosili olindi. Tajribada almashlab ekishning ikkinchi zvenosida qushimcha madaniy ug‘itlardan azot-250, fosfor 175 va 125 kg/ga hisobidan va maxalliy ugitlar gektariga yiliga 13 t/ga hisobidan berilganda almashlab ekish fonida juxorining tup soni 31,2 ming/ga bo‘lib va 557,7 s/ga xosildorlikni ta’minlab, tuprok unumdorligi saklanib va daslabki xolatidan yuqori holati kuzatildi. Tajribada almashlab ekishning dastlabki zvenosida kushimcha madaniy va mahalliy ug‘itlar berilmaganda birinchi variantida oq jo‘xori almashlab ekish fonida ekinning 481,3 s/ga hosildorlik ta’minlandi va tuproq unumdorlining nomukobilligi (disbalansi) kuzatildi. Tajriba yillari biz tuprokda o‘tmishdosh ekinlar ta’sirida va nazorat usullarida ildiz massalarining to‘planish dinamikasini ko‘zatib bordik. Bizning tajribamizda va oldin utkazilgan tajribalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan, past xosildorli tuprog‘i sharoitida uzidan keyin kup organik massa qoldiradigan o‘tmishdosh ekinlarni ekish tuproq chirindisini (gumusni) saqlashning ishonchli daragi ekanligini tajriba natijalari tasdiqladi. Iqtisodiy va ishlab chikarish nuqtai nazardan tuproqni ozik moddalar bilan boyitishning ushbu usuli juda qulay usul bo‘lib, uni foydolanish uchun ko‘shimcha mablag talab etilmaydi. Sababi u dalaning uzida buladi. O‘tmishdosh ekinlar organik qoldiqlaridan foydalanishning yana bir foydali tomoni ular dalada bir tekis tarqalgan bo‘ladi. Bedaning ildiz massasining mikdorini aniqlash uchun monolit usulida (50 x 50 sm) 50 sm chuqurlikda namunalar olindi. Olingan namunalar tarkibidan ildiz massalari yuvilib olininib, quritilib ulchandi Almashlab ekish tizimlarining xar xil tizimlarining
mahsuldorligini aniqlash uchun 100 gektar sugoriladigan maydondan olinadigan almashlab ekish ekinlarining hosildorligini hisobladik. Tajribadagi har xil almashlab ekish tizimining hosildorligi 100 gektar yer maydaniga nisbatan maydoni va o‘simlik turi bilan ushbu usulda ishlatilgan agrotexnologik tadbir sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda qismlarga bo‘lingan 1:3:1:2 tizimiga nisbatan ikki marta yem xashak hosil ko‘p. Almashlab ekishning 1:3 va 1:2 tizimida o‘simliklar turlar bo‘yicha ikki marta almashib tuproq unumdorligi, fitosanitariya holatiga, agrofizik va agrokimyoviy xususiyatiga ta’sir etib 496- 512 sentner (1 gektar hisobida) hosilni ta’minladi. O‘tmishdosh ekinlarning ildiz qoldiqlari natijalarini tahlillab ko‘rganimizda juxorini qo‘shimcha oziqlantirganda (var 3) almashlab ekishning birinchi zvenosida 75,8 s/ga va ikkinchi zvenosida 93,2 s/ga ildiz massasi va rotatsiya davomida 169 s/ga ildiz massasi olindi. Almashlab ekish tizimining birinchi zvenosiga nisbatan ikkinchi zvenosida jo‘xorining «Azamat» navi ekilgan usullarida almashlab ekish tizimining birinchi zvenosiga nisbatan ikkinchi zvenosida oq jo‘xorining «Azamat» navining hosildorligi ma’lum darajada yuqori va almashlab ekish tizimida tuproqning unumdorlik darajasiga, tuproqning mexanik tarkibiga, agrokimyoviy va agrofizika xossalariga ham da fitosanitariyaviy holatiga foydali bo‘lib, ekinlar uchun quloy sharoit yaratilganligi tufayli tajriba tizimida yillar bo‘yi ekinlar hosildorligi ortishi bilan birga ma’lum darajada tuproq unumdorligining da yuqorilaganligini ko‘rsatadi. Almashlab ekish tizimining 1:3:1:2 tizimi yem xashak va don olish uchun manba hisoblanib aholini mahalliy don yoki urug‘lik material bilan va chorvachilikni mahalliy arzon yem xashak bilan ta’minlashning arzon usuli hisoblanadi. Xulosa va tavsiyalar. 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi keskin kontinental, suv tanqisligi va shurlangan tuproq sharoitida mavjud suv, yer va boshqa da resurslardan tugri foydalanish uchun yer ustini deyarli yil davomida tulik yepib turadigan, sizot suvlarini aktiv qullanadigan kup yillik, istiqbolli «Azamat» navini kuplab ekish maqsadga muvofiq. 2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqsadli va tizimli almashlab ekish arqali yerlarning har bir gektarini natijali foydalanishga, tuproq unumdorligini saqlash bilan birga almashlab ekish maydonlarining har bir gektaridan kup turli va yuqori hosilni olishga imkon bo‘lishligini tajribalarimiz isbotladi. 3. Almashlab ekish ikki zvenosida da juxorining kup yillik, istiqbolli, shurga va suv tanqisligiga bardoshli «Azamat» navini gungning 13 t/ga va madaniy ug‘itlarning azot-250, fosfor 175 va kaliy 125kg/ga hisobidan berib, almashlab ekishning barcha zvenolarida ekish chorvachilik uchun 180,5203,6 s/ga biomassani ta’minlaydi va tuproq unumdorligini saqlaydi. 4. Almashlab ekish tizimida tuproq unumdorligini ishonchli saqlash uchun har uch yilda bir marta, ya’ni tajribaning birinchi va turtinchi yili bahorda ekinlarni ekishdan oldin yerlar surilgandan sung, tirma mala tagiga 40t/ga hisobidan yarim chirigan qoramol gungini berish maqsadga muvofiq.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Mirziyoyev SH.M.//Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. «Uzbekiston», NMIU, 2017. 488 6.
- Dospexov B.D. Metodika polevogo opıta (4-oye izd.). M.: Kolos, 1986. -415 c.
- Reimov N., Reumova F., Reumov O. Juxorining yangi, istiqbolli, ko’p yillik «Azamat» navi./ İnternational scientipik – praktikal online conference on “Emergency management and mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya public health research in Asia? Which will be hosted by Erazmus+ Program İnternational Conference Sphera. May 23, 2020.
- Reimov N., Reumov O., Reumova F., Многолетное сорго и его агротехнология // Monografiya pokonferencyjha. Science. Research. Development 29/ v 06, Gdańsk. Polsha. Warshawa 2020. ISBN 978 – 83 – 401-50-1yu 55-58 P.
- Reimov N.B, Reimov O.N. Dehqonchilik bilan chorvachilikni birlashtirish // Jurnal «Uzbekiston qishloq xujaligi». 2009. №4 str. 26. Tashkent-2009.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011986
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/3kps3213
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 379–383
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06