Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IMPACT OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON COTTON PRODUCTIVITY IN SALINE SOILS
Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Turdimuratova Azada Saparımbetovna · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026
Ushbu maqolada sho‘rlangan tuproqlarda paxta yetishtirish samaradorligini oshirish uchun organo-mineral kompostlardan foydalanishning muhimligi ta‘kidlangan. Agrotexnik xususiyatlarining pastligi sababli, sho‘rlangan yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan, paxta hosildorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida turli xil organik materiallardan (go‘ng, glaukonit agrorudasi va qizilmiya chiqindilari) tayyorlangan kompostlar sinovdan o‘tkazildi. Ularning paxta o‘sishi, rivojlanishi va yakuniy hosildorligiga ta‘siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, organo-mineral kompostlardan foydalanish tuproq sho‘rligini kamaytirishga, tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga va paxta unumdorligini oshirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANIKALÍQ HÁM MINERAL TÓGINLERDIŃ TOPÍRAQTÍŃ KÓLEM SALMAǴÍNA TÁSIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Satullaev Abubakar · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Usı maqalada mineral hám organikalıq tóginlerdiń tájiriybe atızı topıraǵınıń kólem salmaǵına tásiri úyrenildi. Izertlewler nátiyjesinde, organikalıq hám mineral tóginlerdi súrim astına hám vegetatsiya dáwirlerlerinde qollanılǵanda, olardıń topıraqtıń kólem salmaǵına unamlı tásir etkenligi anıqlandı. Nátiyjede, ósimliklerdiń ósiwi hám rawajlanıwına qolaylı sharayat jaratılıp, ǵawasha zúráátliliginiń asıwına erisildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAHALLIY MAKKAJO‘XORI NAVLARINING HOSILDORLIGIGA SUG‘ORISH USULLARINING TA‘SIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uly, Karlybaev Jamshid Rafael uly · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Nukus tumanida yuqori hosil beradigan urug‘lik makkajo‘xori navlarini yaratish borasida mamlakatimiz olimlari tomonidan olib borilgan bir qator ilmiy ishlar, makkajo‘xorining vegetatsiya davrida beriladigan suv me‘yorlari, yangi navlarni ko‘paytirish va tanlash, shuningdek suvni tejash bo‘yicha sinovlar respublikamizning har bir viloyatida amalga oshirilgani yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN YERLARDA TUPROQNING G‘OVAKLIGIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‛SIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Jumabaev Asamatdin Pakhratdin uli · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida organo-mineral kompostlarning tuproq g‘ovakligiga ta‘siri ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotlarda mineral, organik o‘g‘itlar va kompostlar turli me‘yorlarda qo‘llanilib, ularning tuproqning suv va havo rejimi, umumiy g‘ovakligi va zichlashish darajasiga ta‘siri aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, organo-mineral kompostlar qo‘llanganda tuproqning fizik xususiyatlari yaxshilanib, suv sig‘imi oshadi, havodorlik ortadi va mikrobiologik jarayonlar faollashadi. Ayniqsa, mineral o‘g‘itlarning kamaytirilgan me‘yori bilan birgalikda ishlatilgan kompostlar yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Bu esa ekinlarning barqaror o‘sishi va hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING G‛O‛ZA KO‛SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA TA‛SIRI
Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Tagaybaeva Altynai, Auezova Mavlyuda · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga organo-mineral kompost, go‛ng va mineral o‛g‛itlarning ta‛siri aniqlandi. Bunda asosan organic o‛g‛itlarning va organo-mineral kompostlarning tuproqning suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlariga ijobiy ta‛sir etishi va uning unumdorligini oshirish orqali g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga ta‛sir qilishi sharhlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
G‘O‘ZANING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‘SIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Khodzhanov Yunus Madreimovich, Aminov Otabek Islamboy oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada sho‘rlangan yerlarda organo-mineral kompostlarning g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar natijasida kompostlarning turli variantlari qo‘llanilganda g‘o‘zaning bosh poya balandligi, meva shoxlar va ko‘saklar soni hamda ularning rivojlanishiga ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sho‘rlangan tuproqlarda organo-mineral kompostlar qo‘llanilganda g‘o‘zaning hosildorlik potensiali yuqori bo‘lib, o‘simliklarning adaptiv xususiyatlari ortadi. Natijada, kompostlardan foydalanish nafaqat o‘simliklarning optimal o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlaydi, balki tuproq unumdorligini tiklash va hosildorlikni barqaror oshirishda ham muhim agrotexnologik chora sifatida tavsiya etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANIKALÍQ TÓGINLERDIŃ JÚWERINIŃ ZÚRÁÁTLIGINE TÁSIRI
Sayimbetov Alisher, Janabaeva Sevara · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatında organikalıq tóginlerdi mineral tóginler menen birgelikte optimal muǵdarlarda qollawdıń júwerı zúráátligine tásiri úyrenilgen. Respublikamızdıń qurǵaqshıl hám suw jetispewshiligi sharayatında organikalıq tóginlerdi optimal normalarda qollaw arqalı topıraq ónimdarlıǵın arttırıw menen bir qatarda júweri zúráátligine unamli tásiri aniqlanǵan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOYA NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSIL ELEMENTLARINING SHAKLLANISHIGA MINERAL O‘G‘ITLAR QO‘LLASHNING TA‘SIRI
Allashova Mekhribanu Toreniyazovna, Utambetov Opakbay Polatovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Bygyngi kynda dynyoda soya 130,5 mln gektap maydonoda etishtipilib, ymymiy hisobda 381,2 mln tonna yalpi don hosili olishga epishilmoqda va by ko‘psatkich yiliga 2,2 foizga o‘sib bopmoqda”. Ammo, shynday bo‘lsada dynyo aholisini soya mahsylotiga bo‘lgan extiyoji to‘laqonli qondipish masalasi dolzapbligicha qolmoqda. By esa o‘z navbatida olimlap oldiga soyaning sephosil va global iqlim o‘zgapishiga bapdoshli bo‘lgan yangi avlod navlapini yapatish, ylapni mintaqalap kesimida maqbyl ekish myddatlapi, ko‘chat qalinligi hamda ma‘danli o‘g‘itlap bilan oziqlantipish me‘yoplapi va myddatlapini ishlab chiqish bygyngi kynda o‘z echimini kytib typgan dolzapb masalalapidan bipi hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
POLIZ EKINLARINI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLAR VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Salilaeva Gulshad patullaevna, Yusupov Risnazar Orazbaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston hududi shimoliy tumanlarida poliz ekinlari mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan omborxonalarning mavjud kamchiliklari va uni bartaraf etish yo‘llari keltirilgan. Poliz ekinlaridan saqlash uchun qovun, tarvuz va qovoqlar dala sharoitida ma‘lum muddat qoldirish, saralash, tanlash, maxsus bog‘larga bog‘langan holda saqlash yaxshi samara beradiganligi keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QABAQ ÓSIMLIGINDE GEWIKLEWShI ShÍBÍNNÍŃ KELTIRETUǴÍN ZÍYANLÍLÍǴÍ, QARSÍ GÚRES ILAJLARÍ
Yusupov Risnazar Orazbaevich, Shamuratov Kuralbai Turdybaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatında palız eginlerinde toplanatuǵın hámde zıyan keltiretuǵın zıyankeslerden gewiklewshi shıbınnıń qabaq ósimligine zıyan keltiriw keltirilgen. Zıyankestiń qabaq ósimligindegi sanın kemeytiriw maqsetinde ximiyalıq qarsı gúres ilajların qollanıw arqalı joqarı biologiyalıq nátiyjelilikke erisilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OLXO‘RI NAVLARI ILDIZ TIZIMINING RIVOJLANISHIGA QURG‘OQCHILIKNING TA‘SIRI
Tursunov Kuvonchbek Shirkulovich, Fayzullayev Burxon XXX, Obruyev Gafur Bakhiddinovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada turli olxo‘ri (Prunus domestica L.) navlarining ildiz tizimi rivojlanishiga qurg‘oqchilik stressining ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qurg‘oqchilik sharoitida ildiz uzunligi, ildiz massasi va yon ildizlar soni sezilarli darajada kamayadi. Ayrim navlar esa qurg‘oqchilikka nisbatan nisbatan chidamlilik ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OZIQA BIRLIGI YUQORI YEM-HASHAK EKINLARNING ERTA PISHAR, HOSILDOR VA BIOMASSA NATIJALARI
Poyonov Azizbek Berdymuradovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur tadqiqotda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida o‘tkazilgan 30 ta makkajo‘xori (Zea mays L.) navlarining pishib yetilish muddatlari o‘rganildi. Maqsad–iqlim o‘zgarishi sharoitida qisqa vegetatsiyali, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli erta pishuvchi navlarni aniqlashdir. Olingan natijalarga ko‘ra, “Yulduz” navi 77 kunlik vegetatsiya davri bilan eng erta pishuvchi nav sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, “KB-113”, “D-46”, “MSUITS-7”, “AKMI-1”, “Saxarniy-5” va “D-17” navlari ham 78 kun ichida to‘liq pishib yetildi. Ushbu navlar suv resurslari cheklangan sharoitlarda, ikkinchi ekin sifatida yetishtirish uchun istiqbolli hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
G‘O‘ZA NAVLARINI SETPROS CHATISHTIRISHDA KOMBINATSION QOBILIYATI
Maksettbayeva Hurliman, Nagimetov Oraqbay · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur tadqiqot turli genotipga mansub g‘o‘za navlarining umumiy va maxsus kombinatsion qobiliyatini baholash hamda yuqori hosildor, sifat ko‘rsatkichlari ustun bo‘lgan duragay kombinatsiyalarni aniqlashdan iborat. Izlanish jarayonida setpros chatishtirish sxemasi asosida duragaylar olindi va ularning xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha tahlil qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA TIZMALARINING VEGETATSIYA DAVOMIDA BIOMASSA TO‘PLASH DINAMIKASI
Yusupov Nuriddin Hasanovich, Ne‘matova Mohinur Islamiddin qizi, Oripov Sherali Kholboevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plashi va uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra, umumiy ho‘l biomassaga nisbatan boshoq og‘irligi 38,63–71,10 g, ildiz og‘irligi 5,96–21,12 g, poya og‘irligi 44,12–90,32 g, barglar og‘irligi esa 5,26–22,42 g oralig‘ida ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar yumshoq bug‘doy nav va tizmalarida biomassaning to‘planishi hamda uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanishi genotip xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QATTIQ BUG‘DOYNING NAMUNALAR TAJRIBA MAYDONIDAN 1000 DONA DON VAZNI BO‘YICHA TANLAB OLINGAN NAMUNALARI
Karshiboyev Hasan Kholbazarovich, Amirova Muhayyo Sabir kizi, Eshonkulova Iroda Isomiddin kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan lalmi qattiq bug‘doy namunalarining 1000 dona don vaznini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra 1000 dona don vazni yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AMARANT O‘SIMLIGINING HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITLARNING TURLI ME‘YORDA QO‘LLANILISHINING TA‘SIRI
Son of Sarsenbaev Mamanbek Polat, Son of Iqlasbaev Azizbek Polatbay · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu tadqiqot amarant (Amaranthus spp.) o‘simligining urug‘ hosildorligiga turli mineral o‘g‘it me‘yorlarining (N, P, K) ta‘sirini aniqlashga qaratilgan. Tajriba qizil va oq rangli amarant genotiplari bilan 8 variant bo‘yicha tashkil etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mineral o‘g‘itlarning optimal me‘yorda qo‘llanishi urug‘ vazni va hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi. Qizil amarant genotipi oq rangli amarantga nisbatan mineral o‘g‘itlarga yuqori javob qaytardi. Eng samarali me‘yor N100P120K100 bo‘ldi. Tadqiqot natijalari amarant yetishtirishda mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ECONOMIC ASSESSMENT OF WATER RESOURCE USE IN AGRICULTURE BASED ON SMART TECHNOLOGIES: EVIDENCE FROM UZBEKISTAN
Asrakulov Javlonbek · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026
Suv resurslaridan samarali foydalanish O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi barqarorligi uchun juda muhim masala hisoblanadi. Ushbu maqolada 2019–2023 yillardagi mintaqaviy ma‘lumotlardan foydalangan holda aqlli va suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining iqtisodiy ahamiyati baholanadi. Tadqiqotda texnologiyalarni joriy etish dinamikasi, mintaqaviy taqsimot va sug‘orishni boshqarishni yaxshilashning iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tahlil qilingan davrda aqlli texnologiyalar bilan jihozlangan maydon taxminan 1,22 million gektarga yetdi, bu sug‘oriladigan yerlarning taxminan 28,4 foizini tashkil etadi. 2021 yildan beri joriy etish sezilarli darajada tezlashdi, ammo mintaqaviy farqlar sezilarli darajada saqlanib qolmoqda. Xorazm, Navoiy va Jizzax kabi mintaqalar eng yuqori joriy etish darajasini ko‘rsatmoqda, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston esa milliy o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastligicha qolmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, aqlli sug‘orish texnologiyalari yo‘qotishlarni kamaytirish, sug‘orish jadvalini optimallashtirish va operatsion xarajatlarni kamaytirish orqali suv resurslarining iqtisodiy unumdorligini oshirishi mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BAHORGI BUG‘DOYNING MEKSIKA NAMUNALARINING QIMMATLI-XO‘JALIK BELGILARI
Qutlimuratova Z.A., Bekbanov B.A. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Bahorgi bo‘g‘doyning‘ kolleksion namunalarini, yuqori qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega mahalliy navlar bilan chatishtirib, Qoraqalpoqstanni tuproq-iqlim sharoitiga mos qurg‘oqchilik, issiqlik va sho‘rga chidamli bahorgi bo‘g‘doy navlarini yaratish buyicha tadqiqot olib borilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ЗИМОСТОЙКИЕ СОРТА И ОБРАЗЦЫ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА
Bekbanov B.A., Nagimetov O., Kutlimuratova Z.A · СБОРНИК МАТЕРИАЛОВ Республиканской научно-практической конференции “АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В СЕВЕРНЫХ РЕГИОНАХ И ИХ ИННОВАЦИОННЫЕ РЕШЕНИЯ” · 2026
Qattiqlashuv davrida haroratning o‘zgarishi o‘simliklarni qishga tayyorlashga salbiy ta‘sir qiladi, ammo kuzgi bug‘doyni qishlashga tayyorlash uchun optimal sharoitlarda o‘simliklar qishga yaxshi qotib qoladi va ularning o‘limi minimaldir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZOMIN TUMANI BO‘YICHA KO‘P YILLIK DARAHTZORLAR MAYDONLARI O‘ZGARISHI DINAMIKASI TAHLILI
Ergashev Ibrahim Khasanovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Jizzax viloyatining 12-satr shakli ma‘lumotlari (2017–2026 yillar) asosida Zomin tumani bo‘yicha ko‘p yillik darahtzorlar, bog‘lar va uzumzorlar ekilgan maydonlarining o‘zgarishi ilmiy usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda chiziqli regressiya, Pearson korrelyatsiya matritsasi, Chow strukturaviy o‘zgarish testi va o‘rtacha yillik o‘sish sur‘ati (CAGR) kabi statistik usullar qo‘llangan. Olingan natijalar asosida 2027–2030 yillarga bashorat tuzilgan. Tahlil natijalari Zomin tumani bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar keskin o‘sish dinamikasiga ega bo‘lib, 2022 yili muhim tarkibiy sindib ketish sodir bo‘lganini tasdiqlamoqda.