Asosiy mazmunga o‘tish

YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA TIZMALARINING VEGETATSIYA DAVOMIDA BIOMASSA TO‘PLASH DINAMIKASI

Yusupov Nuriddin Hasanovich1, Ne‘matova Mohinur Islamiddin qizi2, Oripov Sherali Kholboevich32026

  1. 1q.x.f.d., k.i.x.
  2. 2tayanch doktorant
  3. 3Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutikatta ilmiy xodim

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 485–489

Annotatsiya

Maqolada yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plashi va uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra, umumiy ho‘l biomassaga nisbatan boshoq og‘irligi 38,63–71,10 g, ildiz og‘irligi 5,96–21,12 g, poya og‘irligi 44,12–90,32 g, barglar og‘irligi esa 5,26–22,42 g oralig‘ida ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar yumshoq bug‘doy nav va tizmalarida biomassaning to‘planishi hamda uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanishi genotip xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaДИНАМИКА НАКОПЛЕНИЯ БИОМАССЫ В ПЕРИОД РАСТИТЕЛЬНОСТИ РАСТИТЕЛЬНЫХ СОРТОВ И ЛИНИЦ ПШЕНИЦЫ

В статье анализируются результаты исследований накопления влажной биомассы и ее распределения по органам растений сортов и линий мягкой пшеницы в течение вегетационного периода. По полученным результатам установлено, что масса колоса относительно общей влажной биомассы составляет 38,63–71,10 г, масса корня — 5,96–21,12 г, масса стебля — 44,12–90,32 г, а масса листьев — 5,26–22,42 г. Эти показатели свидетельствуют о том, что накопление биомассы у сортов и линий мягкой пшеницы и ее распределение по органам растений проявляются по-разному в зависимости от генотипических характеристик.

inglizchaDYNAMICS OF BIOMASS ACCUMULATION DURING THE VEGETATION OF COMMON WHEAT VARIETIES AND LINES

The article analyzes the results of research on the accumulation of wet biomass and its distribution among plant organs of soft wheat varieties and lines during the growing season. According to the results obtained, it was determined that the weight of the spike relative to the total wet biomass is 38.63–71.10 g, the weight of the root is 5.96–21.12 g, the weight of the stem is 44.12–90.32 g, and the weight of the leaves is 5.26–22.42 g. These indicators show that the accumulation of biomass in soft wheat varieties and lines and its distribution among plant organs are manifested differently depending on the genotype characteristics.

Kalit so‘zlar

  • yumshoq bug‘doy
  • nav va tizmalar
  • boshoq og‘irligi
  • ildiz og‘irligi
  • poya og‘irligi
  • barg og‘irligi
  • vgetatsiya
  • nazorat ko‘chatzori

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘T:631.58.631.582 YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA TIZMALARINING VEGETATSIYA DAVOMIDA BIOMASSA TO‘PLASH DINAMIKASI Yusupov Nuriddin Xasanovich, q.x.f.d., k.i.x. Ne’matova Mohinur Islomiddin qizi, tayanch doktorant Oripov Sherali Xolboevich, q.x.f.f.d., k.i.x. Tel: [telefon raqami yashirilgan] Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutikatta ilmiy xodim e-mail: uzniizerno@yahoo.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19457726 Annotatsiya. Maqolada yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plashi va uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra, umumiy ho‘l biomassaga nisbatan boshoq og‘irligi 38,63–71,10 g, ildiz og‘irligi 5,96–21,12 g, poya og‘irligi 44,12–90,32 g, barglar og‘irligi esa 5,26–22,42 g oralig‘ida ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar yumshoq bug‘doy nav va tizmalarida biomassaning to‘planishi hamda uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanishi genotip xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: yumshoq bug‘doy, nav va tizmalar, boshoq og‘irligi, ildiz og‘irligi, poya og‘irligi, barg og‘irligi, vgetatsiya, nazorat ko‘chatzori. Аннотatsiя. В статье представлены резултаты исследований по накопление биомассы сортов и линий мягкой пшеницы в контрольном питомнике в течение вегетatsiонного периода и ее распределения по органам растений. По полученным резултатам масса колоса составила 38,63-71,10 г, масса корней 5,96-21,12 г, масса стебля 44,12-90,32 г, а масса листев 5,26-22,42 г по отношению к общей влажной биомассе. Эти показатели показали, что накопление биомассы у сортов и линий мягкой пшеницы и ее распределение по органам растений проявляются по-разному в зависимости от особенностей генотипа. Ключевые слова: мягкая пшеница, сорт и линии, масса колоса, масса корня, масса стебля, масса листа, вегетatsiя, контролный питомник. Annotation. The article analyzes the results of studies on the accumulation of wet biomass by varieties and lines of bread wheat in the control nursery during the growing season and its distribution by plant organs. According to the obtained results, the mass of the ear was 38.63- 71.10 g, the mass of the root was 5.96-21.12 g, the mass of the stem was 44.12-90.32 g, and the mass of the leaves was 5.26-22.42 g relative to the total wet biomass. These indicators showed that the accumulation of biomass and its distribution by plant organs in bread wheat varieties and lines manifests itself differently depending on genotype characteristics. Keywords: bread wheat, variety and lines, ear weight, root weight, stem weight, leaf weight, vegetation, control nursery. Kirish. Bugungi kunda dunyo aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash qishloq xo‘jaligi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, donli ekinlar orasida yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) eng asosiy oziq-ovqat manbai sifatida katta ahamiyatga ega. Shu sababli yuqori hosilli, tashqi muhit omillariga chidamli hamda fiziologik jihatdan samarali nav va tizimalarni yaratish seleksiya ishlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘simliklarda hosildorlik ko‘p jihatdan fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalarning miqdoriga va ularning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanishiga bog‘liq. Vegetatsiya davomida hosil bo‘lgan biomassa o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va don hosilining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli biomassa to‘planish dinamikasini o‘rganish o‘simlik fiziologiyasi va seleksiyasida muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida qaraladi. O‘simliklarda hosildorlik shakllanishida biomassa to‘planishi va uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanishi muhim fiziologik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Vegetatsiya davomida o‘simliklarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘lgan organik moddalar barg, poya, boshoq va boshqa organlarda to‘planib, keyinchalik don hosilining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun biomassa to‘planish dinamikasini o‘rganish o‘simlikning o‘sish va rivojlanish jarayonlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Ayniqsa, yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plash xususiyatlarini o‘rganish ularning fiziologik faolligi, fotosintetik salohiyati va hosil shakllanishidagi imkoniyatlarini baholashda muhim ahamiyatga ega. Bu esa seleksiya ishlarida yuqori biologik mahsuldorlikka ega genotiplarni tanlash imkonini yaratadi. Shu nuqtai nazardan, yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining nazorat ko‘chatzori sharoitida vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plash dinamikasini o‘rganish hamda ularning morfofiziologik xususiyatlarini aniqlash dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘simlikning o‘sish va rivojlanishi turli usullar bilan baholanadi, ya’ni bosqichlardagi o‘lchamlarning o‘zgarishi, ho‘l biomassaning to‘planishi, mutloq quruq massaning hosil bo‘lishi, bargdagi xlorofil donachalarining miqdori va hokazo. Ba’zi belgilar rivojlanishning qaysi fazasida aniqlanishiga qaramay doimo yuqori ifodaga ega bo‘ladi. Bug‘doyda bunday belgi boshoq massasi hisoblanadi. Bu belgi genetik jihatdan o‘zgarmas. Boshoqning rivojlanish funksiyasi don hosiliga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi [1; – B. 16-17, 2; – B. 268]. Tajribalarda yumshoq bug‘doyning F1 duragay avlodlarida o‘simlikning boshoqlash davrigacha to‘plangan ho‘l biomassasining taqsimlanishi optimal sharoitda o‘rtacha 45% poya, 38% boshoq, 10% ildiz va 7% bargni tashkil etishi, boshoq, barg va ildizning poyaga nisbati mos ravishda 0,87, 0,16 va 0,22 ga teng bo‘lishi aniqlandi [3; – B. 55-60]. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha o‘simlikning fotosintetik massasi va poyaning turli qismlari massasi o‘rtasida (r=0,93), shuningdek barglar (r=0,89) o‘rtasida yuqori ijobiy genotipik korrelyatsiya aniqlandi. Bu natija, boshoq massasi va butun o‘simlikning biomassasi (r= 0,73) o‘rtasidagi biroz pastroq korrelyatsiya koeffitsienti bilan birga, gullash bosqichida o‘simlikning umumiy massasida vegetativ fotosintetik organlarning ustun ulushini ko‘rsatadi [4; – B. 60-67]. Qurg‘oqchilik sharoitida bu mutanosiblik buziladi va boshoq quruq massasining ortishi navning qurg‘oqchilikka chidamliligiga bog‘liq bo‘lib qoladi [5; – B. 1-8]. Qurg‘oqchilik yoki yuqori harorat boshoqning generativ organlariga to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sir qilganda boshoq hosilni cheklovchi asosiy omilga aylanib qoladi [6; – B. 185-222]. Tadqiqot ob’ekti va usullari. Tadqiqotning manbai sifatida Lalmikor dexqonchilik institutida yaratilgan yumshoq bug‘doyning seleksiyasiga mansub bo‘lgan navlari hamda tanlab olingan tizmalardan foydalanilgan. Kuzgi yumshoq bug‘doy navlari va tizmalari urug‘i 10 m2 maydonga 500 dona to‘liq unuvchan urug‘ (5 mln. dona/ga) hisobida, Andoza (Zamin-1) navi har

10 ta maydonchadan (delyankadan) keyin ekilgan. Biomassa to‘plash va taqsimlanishi V.A.Kumakov (1982) uslubida har bir qaytariqdan 10 tadan o‘simlik olingan. Olingan natijalari va ularning tahlili. Tadqiqotlar nazorat ko‘chatzori pitomnigida o‘tkazilib, yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plashi va uning o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanish ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, umumiy ho‘l biomassa miqdori nav va tizmalarda 98,2–196,48 g oralig‘ida o‘zgarib turganligi aniqlandi. Andoza sifatida olingan Zamin-1 navida esa bu ko‘rsatkich 149,58 g ni tashkil etdi. Tajriba natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, ayrim tizmalarda biomassa to‘plash ko‘rsatkichlari andoza navga nisbatan ancha yuqori bo‘lgan. Xususan, eng yuqori biomassa to‘planishi KP-D- 119/2022 tizmasida kuzatilib, 196,48 g ni tashkil etdi. Shuningdek, KP-D-25/2022 tizmasida 185,20 g, KP-D-146/2022 tizmasida 165,98 g va KP-D-114/2022 tizmasida 146,0 g biomassa to‘planganligi qayd etildi (1-jadval).

1-jadval Yumshoq bug‘doyning nazorat pitomnigida nav va tizmalarning vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plashi va taqsimlanishi ko‘rsatkichlari (Boshoqlash davri. G‘allaorol, 2023- 2024 yy.)

Boshoq og‘irligi Ildiz og‘irligi Umumiy ho‘l (10 ta o‘simlik) g. (10 ta o‘simlik) g. Nav va tizmalar biomassa (10 № Boshoq Ildiz nomi ta o‘simlik) g. g g ulushi, % ulushi, % 1 Zamin-1 149,58 65,82 44,0 5,52 3,7 2 KP-D-25/2022 185,20 70,88 38,3 11,26 6,1 3 KP-D-44/2022 98,12 38,68 39,4 5,96 6,1 4 KP-D-50/2022 123,86 42,08 34,0 11,22 9,1 5 KP-D-53/2022 123,62 51,20 41,4 7,66 6,2 6 KP-D-109/2022 127,22 53,14 41,8 7,20 5,7 7 KP-D-114/2022 146,00 54,40 37,3 7,72 5,3 8 KP-D-119/2022 196,48 71,10 36,2 19,06 9,7 9 KP-D-146/2022 165,98 64,44 38,8 21,12 12,7 10 KP-D-150/2022 120,60 46,64 38,7 9,82 8,1

Tajribalarda nav va tizmalarning vegetatsiya davomida umumiy ho‘l biomassaga nisbatan boshoq og‘irligi 38,63-71,10 gr, andoza Zamin-1 navida esa bu ko‘rstkich 65,82 gr (44,0%) ni tashkil etdi. Eng yuqori ko‘rsatkich KP-D-119/2022 tizmasi 41,10 gr, (36,2%), KP-D-25/2022 tizmasi 70,88 gr. (38,3%), KP-D-146/2022 tizmasi 64,44 gr (38,8%) nav va tizmalarida aniqlandi. Taxlil natijalariga umumiy biomassaga nisbatan ildiz og‘irligi andoza Zamin-1 navida 5,52 gr (3,7%) ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich nav va tizmalarda 5,96-21,12 gr ni, eng yuqori ko‘rsatkich esa KP-D-146/2022 tizmasida 21,12 gr. (12,7%), KP-D-25/2022 tizmasida 11,26 gr (16,1%) ni, KP-D-50/2022 tizmasida 11,22 gr (9,1%) tashkil etdi.

Umumiy ho‘l biomassaga nisbatan nav va tizmalarda poya og‘irligi tajribalarda 44,12-90,32 gr., andoza Zamin-1 navida 65,82 gr (44%) tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich tizmalarda KP-D-25/2022 tizmasida 90,32 gr, (48,8%), KP-D-146/2022 tizmasida 87,22 gr (52,5,8%), KPD-119/2022 tizmasida 68,62 gr (34,9%), KP-D-150/2022 tizmasida 61,24 gr (50,8%) ekanligi kuzatildi (2-jadval). Shuningdek tajribalarda umumiy biomassaga nisbatan barglar og‘irligi nav va tizmalarda 5,26-22,42 gr ni, tajribalarda andoza Zamin-1 navi 5,52 gr (3,7%) ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich KP-D-25/2022 tizmasi 22,42 gr. (12,1%), KP-D-44/2022 tizmasi 17,24 gr (17,1%), KP-D-146/2022 tizmasi 13,22 gr (10,1%) ekanligi aniqlandi. 2-jadval Yumshoq bug‘doyning nazorat pitomnigida nav va tizmalarning vegetatsiya davomida ho‘l biomassa to‘plashi va taqsimlanishi ko‘rsatkichlari (Boshoqlash davri. G‘allaorol, 2023- 2024 yy.)

Poya og‘irligi Barglar og‘irligi (10 Umumiy ho‘l (10 ta o‘simlik) g. ta o‘simlik) g. Nav va tizmalar biomassa (10 № Poya Barglar nomi ta o‘simlik) g. g g ulushi, % ulushi, % 1 Zamin-1 149,58 65,82 44,0 5,52 3,7 2 KP-D-25/2022 185,20 90,32 48,8 22,42 12,1 3 KP-D-44/2022 98,12 43,48 43,1 17,24 17,6 4 KP-D-50/2022 123,86 44,12 35,6 6,06 4,9 5 KP-D-53/2022 123,62 53,56 43,3 12,08 9,8 6 KP-D-109/2022 127,22 54,14 42,6 5,26 4,1 7 KP-D-114/2022 146,00 56,32 38,6 5,76 3,9 8 KP-D-119/2022 196,48 68,62 34,9 12,74 6,5 9 KP-D-146/2022 165,98 87,22 52,5 13,22 8,0 10 KP-D-150/2022 120,60 61,24 50,8 12,22 10,1

Xulosa. Tajribalar natijalariga ko‘ra, yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining vegetatsiya davomida o‘simlik organlari bo‘yicha ho‘l biomassa to‘planishi va taqsimlanishida ma’lum farqlar kuzatildi. Umumiy ho‘l biomassaga nisbatan boshoq og‘irligi nav va tizmalarda 38,63–71,10 g oralig‘ida o‘zgargan bo‘lsa, andoza sifatida olingan Zamin-1 navida bu ko‘rsatkich 65,82 g (44,0%) ni tashkil etdi. Ildiz og‘irligi andoza Zamin-1 navida 5,52 g (3,7%) ni tashkil etgan bo‘lsa, tadqiq etilgan nav va tizmalarda ushbu ko‘rsatkich 5,96–21,12 g oralig‘ida qayd etildi. Poya og‘irligi tajribalarda 44,12–90,32 g ni tashkil etib, andoza Zamin-1 navida 65,82 g (44,0%) ga teng bo‘ldi. Barglar og‘irligi nav va tizmalarda 5,26–22,42 g oralig‘ida kuzatildi, andoza Zamin-1 navida esa bu ko‘rsatkich 5,52 g (3,7%) ni tashkil etdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Kumakov, V. A. Биологические аспекты выхода зерна в урожае пшеницы // Вестник РАСХН. – 2000. – № 4 – S. 16-17.
  2. Kumakov, V. A. Физиологическое обоснование моделей сортов пшеницы /– М.: Агропромиздат, 1985. – S. 268.
  3. 3.Yusupov N.X., Baboev S.K. Yumshoq bug‘doyning F1-F2 duragay avlodlarida vegetatsiya davrida biomassa to‘planishi va taqsimlanishi./ Рaxtachilik va donchilik jurnali, 2023, №1 (10). B.-55-60.
  4. 4.Ionova N.E., Xoxlova L.P., Valiullina R.N., Ionov E.F.. Роль отдельных органов в продуксионном процессе у растений яровой пшеницы разного эколого-географического происхождения./ Сельскохозяйственная биология, 2009, № 1, S. 60-67.
  5. 5.Francia E., Tondelli A., Rizza F., Badeck F.W., Thomas W.T.B., van Eeuwijk Romagosa I., Stanca A.M., Pecchioni N. Determinants of barley grain yield in drought-prone Mediterranean environments.// Italian Journal of Agronomy. 2013, V.8 (1), - P. 1-8.10.4081/ija.2013.e1
  6. 6.Farooq M., Wahid A., Kobayashi N., Fujita D., Basra S.M.A. Plant drought stress: effects, mechanisms and management.// Agronomy for Sustainable Development. 2009, V. 29, -P. 185-222.10.1051/agro:2008021

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012012
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/nqewy522
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
485–489
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06