Asosiy mazmunga o‘tish

ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING G‛O‛ZA KO‛SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA TA‛SIRI

Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin1, Tagaybaeva Altynai2, Auezova Mavlyuda2026

  1. 1Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori
  2. 23-kurs “Qishloq xo‘jaligi ekinlari selektsiyasi va urug‘chiligi” ta‘lim yo‘nalishi talabasi

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 516–518

Annotatsiya

Maqolada g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga organo-mineral kompost, go‛ng va mineral o‛g‛itlarning ta‛siri aniqlandi. Bunda asosan organic o‛g‛itlarning va organo-mineral kompostlarning tuproqning suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlariga ijobiy ta‛sir etishi va uning unumdorligini oshirish orqali g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga ta‛sir qilishi sharhlangan.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ ОРГАНО-МИНЕРАЛЬНЫХ КОМПОСТОВ НА ДИНАМИКУ ОТКРЫВАНИЯ ХЛОПКОВЫХ БУТЫЛОК

В статье рассматривается влияние органо-минерального компоста, навоза и минеральных удобрений на динамику раскрытия коробочек хлопка. В основном комментируется положительное влияние органических удобрений и органо-минеральных компостов на водофизические и агрохимические свойства почвы, а также влияние повышения ее плодородия на динамику раскрытия коробочек хлопка.

inglizchaINFLUENCE OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON THE OPENING DYNAMICS OF COTTON BOTTLES

The article determines the effect of organo-mineral compost, manure, and mineral fertilizers on the dynamics of cotton boll opening. It mainly comments on the positive effect of organic fertilizers and organo-mineral composts on the water-physical and agrochemical properties of the soil and the effect on the dynamics of cotton boll opening by increasing its fertility.

Kalit so‘zlar

  • Tuproq
  • organo-mineral kompost
  • go‛ng
  • mineral o‛gitlar
  • ko‛sak
  • unumdorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘K: 633.511+631.879.42 ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING G‛O‛ZA KO‛SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA TA‛SIRI Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: kamalatdiyinzinatdinov@gmail.com Tog‘aybaeva Altinay, Auezova Mavlyuda, 3-kurs “Qishloq xo‘jaligi ekinlari selektsiyasi va urug‘chiligi” ta’lim yo‘nalishi talabalari, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute https://doi.org/10.5281/zenodo.19458017 Annotatsiya. Maqolada g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga organo-mineral kompost, go‛ng va mineral o‛g‛itlarning ta‛siri aniqlandi. Bunda asosan organic o‛g‛itlarning va organo-mineral kompostlarning tuproqning suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlariga ijobiy ta‛sir etishi va uning unumdorligini oshirish orqali g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga ta‛sir qilishi sharhlangan. Kalit so‛zlar. Tuproq, organo-mineral kompost, go‛ng, mineral o‛gitlar, ko‛sak, unumdorlik. Аннотация. В статье определено влияние органо-минерального компоста, навоза и минеральных удобрений на динамику раскрытия коробочек хлопчатника. При этом объясняется положительное влияние органических удобрений и органо-минеральных компостов на водно-физические и агрохимические свойства почвы и динамику раскрытия коробочек хлопчатника за счет повышения ее плодородия. Ключевые слова. Почва, органоминеральный компост, навоз, минеральные удобрения, коробочки, плодородие. Abstract. In the article, the influence of organo-mineral composts, clay, and mineral fertilizers on the dynamics of boll opening was determined. In this case, the positive influence of organic fertilizers and organo-mineral composts on the water-physical and agrochemical properties of the soil and the dynamics of boll opening by increasing its fertility is explained. Keywords. Soil, organo-mineral compost, manure, mineral fertilizers, bolls, fertility. Kirish. Bugungi kunda Qoraqalpog‛iston Respublikasi sharoitida tuproqlarning har xil darajada sho‛rlanganligi va gumus miqdori pastligi tuproq unumdorligi va qishloq xo‛jaligi ekinlarining hosildorligiga salbiy ta‛sirini ko‛rsatmoqda. Bunday sharoitda respublikamiz olimlari tuproq unumdorligini oshirish uchun go‛ng turlarini berish, siderat va oraliq ekinlarni ekish hamda almashlab ekish tizimlarini joriy etish singari tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, so‛ngi yillari u‛y hayvonlari va parranda go‛nglari bilan noan‛anaviy agrorudalarni ilmiy asoslangan nisbatlarda kompostlar tayorlab, ularni ekish oldidan shudgor ostiga va ekinlarning vegetaciya davrida qo‛llash bo‛yicha ham ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Organo-mineral kompostlarni qo‛llanish orqali esa tuproqda suv-fizik hususiyatlarining va oziqa rejimlarining yaqshi bo‛lishiga, tuproq go‛vakligi, zichligining kamayishiga hamda suv o‛tkazuvchanligining ortishiga olib keladi. Bu esa o‛z navbatida g‛o‛zaning o‛sib-rivojlanishi uchun zaruriy omillar bilan ta‛minlab, g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga ham ijobiy ta‛sir etib, natijada g‛o‛za hosildorligining ortishiga erishiladi.

Organo-mineral kompostlarni qo‛llash tuproqlarning suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlariga ijobiy ta‛sir ko‛rsatadi. Natijada g‛o‛zaning o‛sib-rivojlanishi uchun tuproq tarkibida organik moddalar yetarli bo‛lganligi sababli g‛o‛za ko‛saklari nav hususiyatlari bo‛yicha o‛z vaqtida ochiladi. Oziqa moddalari kam bo‛lgan maydonlarda g‛o‛za ko‛saklari to‛liq rivojlanmay, tez ochilib ketish holatlari kuzatiladi. Tuproq unumdorligini oshirish bilan bir qatorda g‛o‛zaning o‛sib-rivojlanishi va hosildorligini ko‛tarishda mineral o‛g‛itlarga qo‛shimcha ravishda organik o‛g‛itlar, asosan kompostlar qo‛shib qo‛llanilishi ko‛pgina tadqiqotlarda o‛z isbotini topgan [5; 10-b.]. S.Boltaevning [2; 55-56-b.] tajriba natijalari ko‛ra, tuproq unumdorligining pasayib ketishining oldini olish maqsadida ilmiy asoslangan tavsiyalarga binoan har gektar maydonga ikki yoki uch yilda bir marotaba 20-30 tonna go‛ng yoki organo-ma‛dan kompost qo‛llash taqozo etgan. Bundan tashqari, tuproqga qo‛llanilgan kompostlar tuproqning agrofizikaviy hamda agrokimyoviy xossalari yaxshilanib, tuproqda o‛simlik uchun suv, havo va oziq rejimining qulay bo‛lishi so‛ngi vaqtlarda olib borilayotgan ko‛pchilik tadqiqotlarda kuzatilgan [1; 203-208-b., 6; 34-35-b.]. Materiallar va uslublar. Tajriba dala usuli bo‛yicha olib borildi. Tadqiqotlar 10 variantdan 4 qaytariqtan iborat bo‛lib, variantlar tizimli uslubda joylashtirildi. Tajribada tuproqning agrofizikaviy tahlillarini o‛tkazishda «Методы агрофизических исследований» (Tashkent, 1973) [3] va Методика агрохимических анализов почв и растений (Tashkent, 1977) [4] uslubiy qo‛llanmalaridan foydalanildi. G‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasini aniqlash va fenologik kuzatishlar tajribaning I va III takrorlanishlarining har bir variantlarida maxsus etiketkalangan 100 dona o‛simliklarda olib borildi. Natijalar va munozara. Biz tajribamizda g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasini organik o‛g‛it va organo-mineral kompostlar bilan birgalikda mineral o‛g‛itlarni gektariga N185 P130 K90 kg. miqdorida qo‛llanilgan variantlarni faqat mineral o‛g‛itlarning yillik meyori N250 P175 K125 kg. miqdorida qo‛llanilgan nazorat variantiga nisbatan solishtirib organdik. Tajribamizda ko‛saklarning ochilish dinamikasi organo-mineral kompostlar qo‛llanilgan variantlarda nazorat variantiga nisbatan sekin bo‛ldi. G‛o‛za ko‛saklarining pishib etilishi 6-sentyabrdan boshlanib 0,5-5,5% ni va kuzatishning keyingi kunida (16.09) 51,0-64,0% tashkil etdi. Bunda nazorat variantidan tashqari boshqa barcha variantlarda ko‛saklarning 50% ochilishi 16-sentyabrga to‛g‛ri keldi, yani 51,0- 56,5%, bu nazorat variantiga nisbatan 8,5-14,0% ga kam bo‛ldi. Faqat gina mineral o‛g‛itlar N250, P175, K125 kg/ga qo‛llanilgan nazorat variantida 14- sentyabrda ko‛saklarning ochilishi kuzatilib 58,0 % ni tashkil etdi. Har xil miqdordagi go‛ng bilan birga mineral o‛g‛itlar N185, P130, K90 kg/ga qo‛llanilgan 2-4-variantlarda 16-sentyabrda 53,5- 56,5% ni tashkil etdi. 16-sentyabrda olingan ma‛lumotlar bo‛yicha, mineral o‛g‛itlarning yillik meyorini 50% ga (N185, P130, K90 kg/ga) kamaytirib va unga qo‛shimcha 10-12 tonna miqdorlarda go‛ng, glaukonit va shirinmiya chiqindisi aralashmasidan tayorlangan organo-mineral kompost qo‛llanilgan 5-6-variantlarda kuzatishning so‛ngi kunida 53,0-53,5% ni, organo-mineral kompostning 20-22 t/ga qo‛llanilgan 7-8-variantlarda 52,0-53,5% ni, organo-mineral kompostning

30-32 t/ga qo‛llanilgan 9-10-variantlarda 51,0-51,5% ni tashkil etib, bu esa nazorat variantiga nisbatan ko‛saklarning ochilishi 2-3 kun kech bo‛ldi. G‛o‛za ko‛saklarining normal darajada ochilishi tuproq unumdorligiga va gumus miqdoriga bog‛liq bo‛ladi. O‛simlikga oziq moddalari va suv etishmasa g‛o‛za o‛sish va rivojlanish davrini tabiiy turda qisqartiradi, yani “fiziologik qarish” yuzaga keladi. Tuproq unumdor bo‛lsa uning o‛sishi va rivojlanishi yaxshi bo‛ladi, imkon qadar meva moddalarini to‛playdi va g‛o‛za navlari o‛ziga xos davrda biologik pishib etiladi. Xulosa. Tajriba natijalarini umumlashtirib aytadigan bo‛lsak, mineral o‛g‛itlarni gektariga N185 P130 K90 kg. meyorida va unga qo‛shimcha organo-mineral kompostlarni qo‛llash, faqat mineral o‛g‛itlarni N250 P175 K125 kg/ga meyorida qo‛llanilgan nazorat variantiga nisbatan tuproq unumdorligining oshishiga va uning meliorativ, suv-fizik va agrokimyoviy holatini yaxshilanishiga erishildi. Natijada, tuproq oziq elementlari bilan yetarli darajada taminlanishi sababli g‛o‛za ko‛saklarining to‛liq etilishiga sharoit yaratildi va uning ochilish dinamikasiga ijobiy ta‛sir etdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Bertran, E., Sort, X., Soliva, M., and Trillas, I. (2004). Composting Winery Waste: Sludges and Grape Stalks, Bioresource Technol, 95, P. 203-208.10.1016/j.biortech.2003.07.012
  2. Болтаев С. Влияние органоминеральних компостов на плодородие почви. Agroilm jurnali. 2016, №2 (40), B. 55-56.
  3. Методика агрофизических исследований почв Средней Азии. Ташкент. 1973 г. Уз НИХИ.
  4. Методика агрохимических анализов почв и растений (Пятое изд. доп. СоюзНИХИ) - Ташкент. 1977. С. 188.
  5. Sayimbetov A. «Tu‛rli kompozitsiyali kompostlarning g‛o‛za hosildorligiga ta‛siri». //Agro ilm jurnali 2020. -№2. B. 10.
  6. Xoliqulov Sh., Abdumalikov J., Sayfullaeva Sh. Chiqindilardan tayorlangan organo-mineral kompostlarning tuproq agrokimyoviy xossalari va g‛o‛za hosildorligiga ta‛siri. // “O‛zbekiston- qishloq xo‛jaligi” jurnali. -2022. -№10. B. 34-35.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012021
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/wx5zbx57
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
516–518
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06