POLIZ EKINLARINI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLAR VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Salilaeva Gulshad patullaevna, Yusupov Risnazar OrazbaevichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 502–503
Annotatsiya
Maqolada Qoraqalpog‘iston hududi shimoliy tumanlarida poliz ekinlari mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan omborxonalarning mavjud kamchiliklari va uni bartaraf etish yo‘llari keltirilgan. Poliz ekinlaridan saqlash uchun qovun, tarvuz va qovoqlar dala sharoitida ma‘lum muddat qoldirish, saralash, tanlash, maxsus bog‘larga bog‘langan holda saqlash yaxshi samara beradiganligi keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНедостатки хранения урожая дынь и способы их устранения
В статье представлены существующие недостатки складов, предназначенных для хранения урожая дынь в северных районах Каракалпакстана, и способы их устранения. Отмечается, что для урожая дынь лучше всего оставлять дыни, арбузы и тыквы в поле на определенный период времени, сортировать, отбирать и хранить их привязанными к специальным грядкам.
inglizchaDISADVANTAGES DURING STORAGE OF MELON CROP AND WAYS TO ELIMINATE THEM
The article presents the existing shortcomings of warehouses intended for storing melon crops in the northern districts of Karakalpakstan and ways to eliminate them. It is noted that for melon crops, it is best to leave melons, watermelons and pumpkins in the field for a certain period of time, sort, select, and store them tied to special beds.
Kalit so‘zlar
- Poliz ekinlari
- qovun
- tarvuz
- qovoq
- havo harorati
- havoning nisbiy namligi
- shamollatish tizimi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
UO’T:631.56.635.6 POLIZ EKINLARINI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLAR VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI Salilaeva Gulshad patullaevna,1 Yusupov Risnazar Orazbaevich, q.x.f.f.d., (PhD)1, q.x.f.d., dotsent2, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: risnazar@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19457830 Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog‘iston hududi shimoliy tumanlarida poliz ekinlari mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan omborxonalarning mavjud kamchiliklari va uni bartaraf etish yo‘llari keltirilgan. Poliz ekinlaridan saqlash uchun qovun, tarvuz va qovoqlar dala sharoitida ma`lum muddat qoldirish, saralash, tanlash, maxsus bog‘larga bog‘langan holda saqlash yaxshi samara beradiganligi keltirilgan. Kalit so‘zlar. Poliz ekinlari, qovun, tarvuz, qovoq, havo harorati, havoning nisbiy namligi, shamollatish tizimi. Аннотация. В статье представлены существующие недостатки складов, предназначенных для хранения бахчевых культур в северных раёнах Каракалпакстана, и пути их устранения. Для защиты бахчевых культур рекомендуеця оставлять дыни, арбузы и тыквы в полевых условиях в течение определенного времени, сортировать, отбирать и хранить их, привязанными к специальным нитям. Ключевые слова. Бахчевые культуры, дыни, арбузы, тыква, температура воздуха, относительная влажность воздуха, система вентиляции. O‘zbekiston Respublikasida aholini yil davomida sifatli oziq-ovqat bilan ta`minlashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sohasida jiddiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada sovutgichli omborlar infratuzilmasini yangilash va kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Bunda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorda mahsulotlar narxini barqaror saqlash va yo‘qotishlarni kamaytirish asosiy maqsad qilingan. Bugungi kunda respublika bo‘yicha umumiy sig‘imi 1004,0 ming tonnadan ko‘p bo‘lgan 1904 dan ziyod sovutgichli omborlar mavjud. Umumiy sig‘imi eng ko‘p bo‘lgan sovutgichli omborlar respublikamizning Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 60 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari mavjud bo‘lib, bularda asosan meva-sabzavot mahsulotlari saqlanmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan hudud sharoitida poliz ekinlari 10 ming gektardan oshiq maydonga ekilib, undan 199 377 tonna mahsulot olishga erishilmoqda. Poliz ekinlaridan qovun, tarvuz va qovoqning har xil navlari etishtirilib, asosan kechpishar navlari saqlashga qo‘yiladi. Qovun va qovoq mahsulotlari asosiy eksport bo‘layotgan mahsulotlardan hisoblanib, qo‘shni davlatlardan tashqari Evropa davlatlari, Arab davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya davlatlariga ham eksport qilish rejalashtirilmoqda. Qoraqalpog‘iston hududida qadimdan polizchilik sohasi bilan shug‘ullanib kelayotganligi tufayli etishtirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha boy tajribaga ega dehqon va fermerlarimiz mavjud. Poliz ekinlari mevalari eng ko‘p saqlanadigan omborlardan qovunxonalar hisoblanadi. Bu qovunxonalarda o‘rtacha bittasida 5000 ta poliz mahsulotlari saqlash imkoniyati ega. Saqlash davrida issiq va sovuq havo haroratiga bog‘liq bajariladigan ishlardan iborat. Hudud sharoitida poliz ekinlarini mevalarini saqlash jarayonlarini bugungi kun talabiga mos echimlarni ishlab chiqish bo‘yicha uchta tumandagi mevalarini saqlash bo‘yicha mavjud muammolarni o‘rganildi. Poliz ekinlarini etishtirayotgan xo‘jaliklarda mevalarini uzoq muddatlarga saqlash orqali boshqa davlatlarga eksport qilish va mahalliy bozorlarni to‘ltirishdan iborat. Eksport talabidan kelib chiqib, poliz ekinlari navlarini aniqlash, urug‘o‘nib chiqqandan, hosil pishib yig‘ilgunga qadar parvarish va sifatli agrotexnik tadbirlarni qo‘llash ishlari tashkillashtirish kuzda tutiladi. Sifatli mahsulot etishtirishda ijobiy
ta`sir etadigan omillardan biri, navlarning ekish muddatlari, hosilning talab etilgan vegetatsiya davri uzoqligidir. Tadkiqotlarimizda poliz ekinlarining saqlash muddatining uzoqligiga salbiy ta`sir ko‘rsatadigan omillarni o‘rganishda, ekish muddatlarining v vegetatsiya davrida qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning sifatli o‘tkazilmasligini hisobga olishni taqozo etadiganligi ma`um bo‘ldi. Shunki, ekish muddati erta yoki kech bo‘lishi poliz ekinlari mevalarining ob-havo sharoitiga bog‘liq holda yoki pishib ketadi yoki to‘la etilmay qolish jarayonlari kuzatiladi. Bundan tashqari, ko‘plab omborxonalardagi saqlash jarayonidagi poliz ekinlari mevalarining uzoq vaqt saqlanmasligi, qisqa vaqt ichida chirishi va sovuqdan zarar ko‘rish holatlarini aniqlash talab etildi. Kuzatuvlarimiz davomida omborxonalarda bajarilayotgan ishlari, sharoiti o‘rganilib, mahsulotlarni saqlash bo‘yicha tadbirlarni to‘g‘ri bajarishini aniqlash va kamchilaklarni bartaraf etish uchun tadqiqotlar olib borishga kerak bo‘ladigan ma’lumotlar to‘plandi. Vujudga kelayotgan kamchiliklarni guruhlarga ajratilib tumanlardagi olib borilayotgan tadbirlarning samaradorlik darajasi uch yil davomida aniqlandi. Natijada, poliz ekinlari mevalarini uzoq muddatda saqlash uchun tanlanmasdan omborxonalarga joylashi kuzatildi. Shunki, bu kamchiliklari tufayli saqlash davrida etilmaganlari va pishib o‘tib ketganlari uzoq vaqt saqlanmaydigan asosiy kamchiliklardan hisoblanadi. Bunday holatlar natijasida vujudga kelgan kamchiliklar o‘rtacha 65,5% ni tashkil qildi. Poliz ekinlari mevalarini oldin dala sharoitida, tashqi noqulay muhit omillariga bardoshligi oshirilmagan holida olib kelinganligi ma`lum bo‘ldi. Saqlashda etishtirilgan poliz ekinlariga qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri bajarilmaganligi tufayli 53,3%, omborxonlarning meva saqlash talabiga mos kelmasligi va kerak bo‘ladigan mikroiqlimning yo‘qligi tufayli 43,2-57,7% kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Keltirilgan kamchiliklar orasida poliz ekinlari mevalarini saqlash uchun talab etiladigan moddiy-texnik bazaning etishmasligi, olib kelinadigan mahsulotlar dalada tayyorlanganda va keyingi davrlarda zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash tadbirlarining me`yorida tashkillashtiril-maganligi, kerak bo‘ladigan ilmiy tavsiyalarning bo‘lmaganligi tufayli mevalar turli darajada zararlanayotganligi aniqlandi. Natijada, hudud sharoitida ba`zi omborxonalarda vujudga kelgan kamchiliklar darajasi 83,3-87,7% gacha ochib, toza turida saqlashga qo‘yilgan poliz ekinlaridan qovun mevalarining 37,4 %, tarvuzning- 48,3 % va qovoqning esa 17,9 % to‘liq saqlanmaganligi ma`lum bo‘ldi. Demak, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun poliz ekinlarini saqlash uchun mo‘ljallangan pishish va yig‘im-terim muddatini tashkillashtirish, saralash, tanlash va omborxonalarning ob-havo sharoitini doimiy sovutilgan va shamollatish tizimini ta`minlashdan iborat. Xulosa qilib aytganda, poliz ekinlarining kechpishar navlarini uzoq muddat sifatli saqlashni ta`minlashda bajariladigan asosiy tadbirlardan bu agrotexnik tadbirlar hisoblanadi. Poliz ekinlarining vegetatsiya davrida maxsus parvarish ishlarini ekin turiga va fazasiga bog‘liq tashkillashtirish talab etiladi. Mahsulotlarni saqlash davri oldidan bajariladigan maxsus tadbirlardan dala sharoitidan ma`lum muddat uzib qoldirish, tashish jarayonida mexanik va fizik jaraxot etkazmaslik, sifatli o‘tkazilib, bunda saralash, tanlash, kalibrlash, ishlov berish, bog‘lar bilan bog‘lash orqali omborxonalarga joylash lozim. Saqlash davrida ob-havo sharoitiga bog‘liq echik va oynalari ochilib, yopilib turish kerak. Havo harorati poliz ekinlari turlariga bog‘liq 0-10°C, havoning nisbiy namligi 75-85% atrofida bo‘lishini ta`minlash tavsiya etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar2 ta adabiyot
- 1.Eshmuratov.E.G. Paliz eginlerinde soriwshi ziyankeslerdin sanın basqarıwdag‘ı qarsı gures ilajlarının ulesin ilimiy tiykarlaw. Monografiya. – Tashkent, 2025. – 188 b.
- 2.Salilaeva.G.P. Qoraqalpog‘iston sharoitida poliz ekinlari mevalarini saqlash va qayta ishlangan mahsulotlar tayyorlashni takomillashtirish. q.x.f.f.d. avtoreferati.. – Toshkent, 2025. – 46 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012017
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/wx5xyq30
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 502–503
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06