AMARANT O‘SIMLIGINING HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITLARNING TURLI ME‘YORDA QO‘LLANILISHINING TA‘SIRI
Son of Sarsenbaev Mamanbek Polat, Son of Iqlasbaev Azizbek PolatbayQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 478–480
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot amarant (Amaranthus spp.) o‘simligining urug‘ hosildorligiga turli mineral o‘g‘it me‘yorlarining (N, P, K) ta‘sirini aniqlashga qaratilgan. Tajriba qizil va oq rangli amarant genotiplari bilan 8 variant bo‘yicha tashkil etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mineral o‘g‘itlarning optimal me‘yorda qo‘llanishi urug‘ vazni va hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi. Qizil amarant genotipi oq rangli amarantga nisbatan mineral o‘g‘itlarga yuqori javob qaytardi. Eng samarali me‘yor N100P120K100 bo‘ldi. Tadqiqot natijalari amarant yetishtirishda mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Boshqa tillarda
ruschaВлияние применения минеральных удобрений в различных дозах на урожайность амаранта
Целью данного исследования было определение влияния различных норм внесения минеральных удобрений (N, P, K) на урожайность семян амаранта (Amaranthus spp.). Эксперимент был организован в 8 вариантах с использованием генотипов красного и белого амаранта. Результаты показали, что применение минеральных удобрений в оптимальных нормах значительно увеличивает массу семян и урожайность. Генотип красного амаранта лучше реагировал на минеральные удобрения, чем генотип белого амаранта. Наиболее эффективной нормой оказалась N100P120K100. Результаты исследования дают рекомендации по рациональному использованию минеральных удобрений при выращивании амаранта.
inglizchaTHE EFFECT OF THE APPLICATION OF DIFFERENT RATE OF MINERAL FERTILIZERS ON THE YIELD OF AMARANTH
This study aimed to determine the effect of different mineral fertilizer rates (N, P, K) on seed yield of amaranth (Amaranthus spp.). The experiment was organized in 8 variants with red and white amaranth genotypes. The results showed that the application of mineral fertilizers at optimal rates significantly increases seed weight and yield. The red amaranth genotype responded more to mineral fertilizers than white amaranth. The most effective rate was N100P120K100. The results of the study provide recommendations for the rational use of mineral fertilizers in amaranth cultivation.
Kalit so‘zlar
- amarant
- hosildorlik
- mineral o‘g‘it
- NPK
- urug‘ vazni
- genotip
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AMARANT O‘SIMLIGINING HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITLARNING TURLI ME’YORDA QO‘LLANILISHINING TA’SIRI Sarsenbaev Mamanbek Polat ulı1 2-basqısh Tayanch doktorant smamanbek@mail.ru Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Iqlasbaev Azizbek Polatbay ulı2 2-basqısh Magistrantı azizbek031199@mail.ru Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.19457689 Anotatsiya. Ushbu tadqiqot amarant (Amaranthus spp.) o‘simligining urug‘hosildorligiga turli mineral o‘g‘it me’yorlarining (N, P, K) ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Tajriba qizil va oq rangli amarant genotiplari bilan 8 variant bo‘yicha tashkil etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mineral o‘g‘itlarning optimal me’yorda qo‘llanishi urug‘vazni va hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi. Qizil amarant genotipi oq rangli amarantga nisbatan mineral o‘g‘itlarga yuqori javob qaytardi. Eng samarali me’yor N100P120K100 bo‘ldi. Tadqiqot natijalari amarant yetishtirishda mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Анотация. Данное исследование направлено на определение влияния различных норм минеральных удобрений (N, P, K) на урожайность семян амаранта (Amaranthus spp.). Эксперимент был организован по 8 вариантам с генотипами красного и белого амаранта. Результаты показали, что оптимальное внесение минеральных удобрений значительно увеличивает массу семян и урожайность. Генотип красного амаранта дал более высокую реакцию на минеральные удобрения, чем белый амарант. Наиболее эффективной нормой оказалась N100P120K100. Результаты исследования дают рекомендации по рациональному использованию минеральных удобрений при выращивании амаранта. Annotation. This article is aimed at determining the influence of various rates of mineral fertilizers (N, P, K) on the seed yield of amaranth (Amaranthus spp.). The experiment was organized according to 8 variants with red and white amaranth genotypes. The results showed that the application of optimal rates of mineral fertilizers significantly increases seed weight and yield. The red amaranth genotype showed a higher response to mineral fertilizers than the white amaranth. The most effective norm was N100P120K100. The research results provide recommendations for the rational use of mineral fertilizers in amaranth cultivation. Kalit so‘zlar. Amarant, hosildorlik, mineral o‘g‘it, NPK, urug‘vazni, genotip Ключевые слова. Амарант, урожайность, минеральное удобрение, NPK, масса семян, генотип Keywords. Amaranth, yield, mineral fertilizer, NPK, seed weight, genotype Kirish. Amarant (Amaranthus spp.) yuqori oziqlik qiymati, tez o‘sish xususiyati va hosildorligi bilan ajralib turadigan yirik donli ekinlardan biridir. Ushbu o‘simlikning urug‘i va barglari inson oziqlanishida va hayvonlar uchun ozuqa sifatida keng qo‘llaniladi. Amarantning yuqori hosildorligi va ekologik bardoshliligi uni qurg‘oqchilik va sho‘rlangan yerlarda ham yetishtirishga imkon beradi.
Amarant hosildorligi ko‘plab omillarga bog‘liq: genotipik xususiyatlar, tuproqning oziqlik holati va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanishi. Nitrogen (N), fosfor (P) va kaliy (K) kabi asosiy mineral o‘g‘itlar urug‘hosildorligini oshirish, o‘sish va rivojlanishni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, turli genotiplar mineral o‘g‘itlarga turlicha javob beradi. Ushbu tadqiqotda qizil va oq amarant genotiplari turli NPK me’yorlarida (N30P40K30, N70P80K60, N100P120K100) urug‘hosildorligi bo‘yicha o‘rganildi. Maqsad – optimal o‘g‘it me’yorini aniqlash va genotiplararo farqlarni tahlil qilish. Tadqiqot usullari. Dala tajribalari “Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур” (1989), “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (ЎзПИТИ, 2007), “Sug‘oriladigan paxtachilik rayonlarida agrokimyoviy, agrofizikaviy va mikrobiologik tadqiqotlar o‘tkazish uslublari” uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borildi. Olingan ma’lumotlarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida va B.D.Dospexovning “Методика полевого опыта” (1985) qo‘llanmasi asosida dispersion tahlil uslubi bo‘yicha amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari Qizil amarant guruhida: Nazorat variantida 1 m² maydondan 364,3 g urug‘olinib, bu 1 gektar hisobida 36,4 sentner/ga hosildorlikni tashkil etdi. Mineral o‘g‘itlar qo‘llanganda hosildorlik sezilarli darajada oshdi. N30P40K30 me’yorida (№2) hosildorlik nazoratga nisbatan 5,0 sentner/ga oshib, 41,4 sentner/ga ni tashkil etdi. N70P80K60 me’yorida (№3) hosildorlik yanada oshib, nazoratga nisbatan 7,9 sentner/ga farq bilan 44,3 sentner/ga ga yetdi. Eng yuqori natija N100P120K100 me’yorida (№4) qayd etilib, hosildorlik 47,6 sentner/ga ni tashkil etdi, bu nazorat variantidan 11,2 sentner/ga yoki 30,8 % ga yuqori bo‘ldi.
1-jadval Mineral o‘g‘it 1 halqadagi 1 m² dagi 1 gektardagi Amarant Variant me’yorlari urug‘vazni urug‘vazni urug‘hosildorligi rangi (kg/ga) (g) (g) (sentner/ga) 1 Nazorat - 40.5 364.3 36.4 2 Qizil N30P40K30 46.7 414.2 41.4 3 Qizil N70P80K60 49.0 443.0 44.3 4 Qizil N100P120K100 53.2 476.4 47.6 5 Nazorat - 38.3 342.0 34.2 6 Oq N30P40K30 41.0 369.0 36.9 7 Oq N70P80K60 43.5 391.5 39.1 8 Oq N100P120K100 46.5 428.4 42.8 Qizil amarant guruhida: Nazorat variantida 1 m² maydondan 364,3 g urug‘olinib, bu 1 gektar hisobida 36,4 sentner/ga hosildorlikni tashkil etdi. Mineral o‘g‘itlar qo‘llanganda
hosildorlik sezilarli darajada oshdi. N30P40K30 me’yorida (№2) hosildorlik nazoratga nisbatan 5,0 sentner/ga oshib, 41,4 sentner/ga ni tashkil etdi. N70P80K60 me’yorida (№3) hosildorlik yanada oshib, nazoratga nisbatan 7,9 sentner/ga farq bilan 44,3 sentner/ga ga yetdi. Eng yuqori natija N100P120K100 me’yorida (№4) qayd etilib, hosildorlik 47,6 sentner/ga ni tashkil etdi, bu nazorat variantidan 11,2 sentner/ga yoki 30,8 % ga yuqori bo‘ldi. Oq amarant guruhida: Nazorat variantida hosildorlik 34,2 sentner/ga ni tashkil etdi. N30P40K30 me’yorida (№6) hosildorlik nazoratga nisbatan 2,7 sentner/ga oshib, 36,9 sentner/ga bo‘ldi. N70P80K60 me’yorida (№7) hosildorlik 39,1 sentner/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 4,9 sentner/ga o‘sish qayd etildi. Mineral o‘g‘itlarning eng yuqori me’yori bo‘lgan N100P120K100 variantida (№8) hosildorlik 42,8 sentner/ga ga yetib, nazorat variantidan 8,6 sentner/ga yoki 25,1 % ga yuqori natija berdi. Umumiy xulosa: Mineral o‘g‘itlarning qo‘llanilishi har ikkala amarant turida urug‘hosildorligini oshirdi. Qizil amarantda mineral o‘g‘itlarga javob reaksiyasi oq amarantga nisbatan kuchliroq bo‘lib, maksimal me’yorlarda hosildorlik ustunligi saqlanib qoldi. Eng yuqori samaradorlik N100P120K100 me’yorida qayd etildi. Xulosa. Mineral o‘g‘itlar ta’siri tahlili natijasida esa NPK o‘g‘itlarining me’yori oshib borishi bilan o‘simliklarning bo‘yi, murakkab barglar soni va urug‘hosildorligi izchil ortib borgani kuzatildi. Qizil amarantda N100P120K100 me’yori qo‘llanganda hosildorlik 47,6 sentner/ga, oq amarantda esa 42,8 sentner/ga ga yetdi. Bu ko‘rsatkichlar nazorat variantlariga nisbatan mos ravishda 25,1 % ga yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga, qizil amarantning mineral o‘g‘itlarga tasiri oq amarantga nisbatan kuchliroq ekani aniqlandi. Qizil amarant turi oq amarantga nisbatan hosildorlik jihatidan ustun bo‘ldi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, amarant urug‘hosildorligi mineral o‘g‘itlarning turli me’yorlarida sezilarli darajada oshadi. Qizil amarant genotipi oq rangli amarantga nisbatan yuqori hosildorlikni ko‘rsatdi. Bu genotipik xususiyatlar va mineral oziqlanishga bo‘lgan javob farqlarini ko‘rsatadi. Optimal NPK me’yori N100P120K100 bo‘lib, bu me’yor hosildorlikni maksimal darajada oshiradi va har ikkala genotip uchun samarali hisoblanadi. Shu bilan birga, ortiqcha mineral o‘g‘it ishlatish tuproq va ekologik barqarorlikni buzishi mumkin, shuning uchun tavsiya etilgan me’yorlarni kuzatish muhimdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Sayadi, M. et al. (2020). Amaranth: Nutritional and agronomic aspects. Journal of Plant Nutrition, 43(6), 841–852.
- Zhao, F. et al. (2018). Effect of NPK fertilization on Amaranthus yield. Agronomy Research, 16(3), 1141–1152.
- Kumar, P. & Singh, R. (2019). Mineral fertilizers and seed productivity in Amaranthus spp. International Journal of Plant Science, 14(2), 78–85.
- Tashkent Agricultural Research Institute. (2021). Amaranth cultivation guidelines in Central Asia. Tashkent, Uzbekistan.
- Hussain, A. et al. (2017). Fertilizer management and yield response in Amaranthus. Journal of Agricultural Science, 9(4), 112–120.
- FAO. (2020). Amaranth production and utilization. Food and Agriculture Organization, Rome.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012010
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/j6cfdm15
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 478–480
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06