Asosiy mazmunga o‘tish

OZIQA BIRLIGI YUQORI YEM-HASHAK EKINLARNING ERTA PISHAR, HOSILDOR VA BIOMASSA NATIJALARI

Poyonov Azizbek BerdymuradovichPoyonov Azizbek Berdimurodovich2026

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 493–495

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida o‘tkazilgan 30 ta makkajo‘xori (Zea mays L.) navlarining pishib yetilish muddatlari o‘rganildi. Maqsad–iqlim o‘zgarishi sharoitida qisqa vegetatsiyali, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli erta pishuvchi navlarni aniqlashdir. Olingan natijalarga ko‘ra, “Yulduz” navi 77 kunlik vegetatsiya davri bilan eng erta pishuvchi nav sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, “KB-113”, “D-46”, “MSUITS-7”, “AKMI-1”, “Saxarniy-5” va “D-17” navlari ham 78 kun ichida to‘liq pishib yetildi. Ushbu navlar suv resurslari cheklangan sharoitlarda, ikkinchi ekin sifatida yetishtirish uchun istiqbolli hisoblanadi.

Boshqa tillarda

ruschaРезультаты раннего созревания, урожайность и биомасса кормовых культур с высоким содержанием питательных веществ.

В данном исследовании изучались периоды созревания 30 сортов кукурузы (Zea mays L.), выращенных на экспериментальном поле Южного научно-исследовательского института сельского хозяйства. Целью было выявление раннеспелых сортов с коротким вегетационным периодом, устойчивых к жаре и засухе в условиях изменения климата. По полученным результатам, сорт «Юлдуз» выделился как самый раннеспелый сорт с вегетационным периодом в 77 дней. Также сорта «КБ-113», «Д-46», «МСУИТС-7», «АКМИ-1», «Сахарный-5» и «Д-17» полностью созрели за 78 дней. Эти сорта перспективны для выращивания в качестве второй культуры в условиях ограниченных водных ресурсов.

inglizchaRESULTS OF EARLY RIPENING, YIELD AND BIOMASS OF FORAGE CROPS WITH HIGH NUTRITION UNITS

In this study, the ripening periods of 30 corn (Zea mays L.) varieties grown in the experimental field of the Southern Research Institute of Agriculture were studied. The goal was to identify early-ripening varieties with a short growing season, resistant to heat and drought under climate change. According to the results obtained, the “Yulduz” variety stood out as the earliest-ripening variety with a growing season of 77 days. Also, the “KB-113”, “D-46”, “MSUITS-7”, “AKMI-1”, “Sakharniy-5” and “D-17” varieties fully ripened in 78 days. These varieties are promising for cultivation as a second crop in conditions with limited water resources.

Kalit so‘zlar

  • makkajo‘xori
  • bug‘doy
  • javdar
  • vegetatsiya davri davomiyligi
  • biomassa miqdori

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OZIQA BIRLIGI YUQORI YEM-HASHAK EKINLARNING ERTA PISHAR, HOSILDOR VA BIOMASSA NATIJALARI Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Poyonov Azizbek Berdimuradovich qishliq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.19457776 Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida o‘tkazilgan 30 ta makkajo‘xori (Zea mays L.) navlarining pishib yetilish muddatlari o‘rganildi. Maqsad–iqlim o‘zgarishi sharoitida qisqa vegetatsiyali, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli erta pishuvchi navlarni aniqlashdir. Olingan natijalarga ko‘ra, “Yulduz” navi 77 kunlik vegetatsiya davri bilan eng erta pishuvchi nav sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, “KB-113”, “D- 46”, “MSUITS-7”, “AKMI-1”, “Saxarniy-5” va “D-17” navlari ham 78 kun ichida to‘liq pishib yetildi. Ushbu navlar suv resurslari cheklangan sharoitlarda, ikkinchi ekin sifatida yetishtirish uchun istiqbolli hisoblanadi. Аннотация: В данном исследовании изучались периоды созревания 30 сортов кукурузы (Zea mays L.), выращенных на экспериментальном поле Южного научноисследовательского института сельского хозяйства. Целью было выявление раннеспелых сортов с коротким вегетационным периодом, устойчивых к жаре и засухе в условиях изменения климата. По полученным результатам, сорт «Юлдуз» выделился как самый раннеспелый сорт с вегетационным периодом в 77 дней. Также сорта «КБ-113», «Д-46», «МСУИТС-7», «АКМИ-1», «Сахарный-5» и «Д-17» полностью созрели за 78 дней. Эти сорта перспективны для выращивания в качестве второй культуры в условиях ограниченных водных ресурсов. Abstract: In this study, the ripening periods of 30 corn (Zea mays L.) varieties grown in the experimental field of the Southern Research Institute of Agriculture were studied. The goal was to identify early-ripening varieties with a short growing season, resistant to heat and drought under climate change. According to the results obtained, the “Yulduz” variety stood out as the earliest ripening variety with a growing season of 77 days. Also, the “KB-113”, “D-46”, “MSUITS-7”, “AKMI-1”, “Sakharniy-5” and “D-17” varieties fully ripened in 78 days. These varieties are promising for cultivation as a second crop in conditions with limited water resources. Kalit suzlar: Makka, kuxori, biyanka juxori, usuv davri davomiyligi va biomassa miqdori. Ключевые слова: кукуруза, пшеница, лакрица, продолжительность сезона сорняков и количество биомассы. Keywords: Maize, wheat, licorice, duration of the weed season and amount of biomass. Hunnigreen sorgo ekinimiz 90 kunda to‘liq yetildi, biomassa miqdori esa 55–70 t/ga atrofida hosil berdi va tez tiklanadi. Ko‘p bargli bo‘lishi uni silos uchun qulay qiladi. Janubiy sharoitlarda bu nav yuqori hosil beradi va qayta o‘sishga mos ekinlardan biri hisoblanadi. Biyanka jo‘xori 90–95 kun ichida yetildi va erta–o‘rta pishuvchi guruhga kirdi. Negaki o‘suv davri davomiyligi kech bo‘lganligida Biomassasi 40–55 t/ga yetdi, ozuqa qiymati o‘rtacha. issiqlikka chidamli, Janubiy janubiy mintaqalr sharoitida u barqaror hosil berishi isbotlandi.

Yanki jo‘xori ekini o‘suv davri 90–95 kun ichida yetildi, biomassasi 42–56 t/ga va don hosili 3.2–4.0 s/ga bo‘ldi. Bu nav tez o‘suvchi bo‘lib, silos tayyorlash uchun juda qulay. Janubiy hududda u qisqa muddatda yuqori ozuqa manbai yaratadi. Rasm-1 yangi jo‘xori ekini va sorga jonboston o‘simliklari. Jumbostar sorgo o‘rta muddatda (100–110 kun) yetiladi. Biomassasi 60–75 t/ga bo‘lib, hosil bo‘yicha eng yuqori nav hisoblanadi. Bu nav Janubiy hududda qurg‘oqchilikka chidamli va

chorvachilik uchun eng qulay ekinlardan biri ekanligi aniqlandi. O‘suv davri davomiyligi kech bo‘lgan Nutrotopstar sorgo ham 100–110 kunda yetildi, biomassa esa 58–72 t/ga, yuqori ekanligi hamda don hosili 4.2–5.0 s/ga ekanligi aniqlandi. Silos tayyorlash va chorva uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Nudan sorgo o‘rta muddatda yetildi, biomassasi 55–70 t/ga yuqori bo‘ldi, oqsili 10–12% atrofida ekanligi taxlillar natijasida aniqlandi. Bu nav Janubiy sharoitlarda ham barqaror hosil beradi va don ham, silos ham sifatida

ishlatilishi mumkin. 3-rasmda Takroriy ekinlarning o‘suv davri davomiyligi (Qarshi 2025 y). Olib brogan tadqiqotlarimizdan yana bitta ekinimiz bu Masia sorgo o‘suv davri davomiyligi 100–110 kunda kech muddatda yetildi. Biomassasi miqdori esa 60–70 t/ga va ozuqa birligi yuqori bo‘lib, qurg‘oqchilikka chidamli. Shu bois, u Janubiy mintaqalar sharoitida va yaylovlarda mukammal ozuqa manbai hisoblanishi taxlillar natijasida aniqlandi.

Shuningdek dukkakli ekinlar ham chorvachilikda katta ahamiyatga ega: Guar ekinimiz 100 kunda yetildi, internet ma`lumotlariga qaraganda protein miqdori 20– 25% bo‘lishi kuzatilgan, bundan tashqari Guar ekinimiz tuproqni azot bilan boyitishi ta`kidlab o‘tilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra biomassa miqdori taxlil qilinganda 25–35 t/ga yetdi va Janubiy hududda tuproq sifatini oshirishda foydalidir. Bolia okva ekinimiz 90–110 kun ichida to‘liq yetildi, 15–20 t/ga biomassa hosil qildi va chorva uchun yumshoq ozuqa ekanligi aniqlandi. Ozuqaliligi yuqori bo‘lgani uchun janubiy hududdagi yaylovlarda issiq sevar ekin hisoblanadi. Umuman olganda, Janubiy mintaqlar sharoitida ushbu ekinlarning barchasi yuqori biomassa, ozuqaviy qiymat va qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni chorvachilik va yaylovlar uchun samarali ishlatish mumkin. Ular qisqa yoki o‘rta muddatda yetib, tuproqni boyitadi, chorva uchun sifatli ozuqa manbai yaratadi va barqaror hosil beradi. Xulosa Janubiy mintaqlar sharoitida chorva mollari uchun yumshoq ozuqa eklarini ekish va ozuqaviy birligi yuqori bo‘lgan nav va leniyalarini ajratib olish muhim bo‘lib, Biyanka jo‘xori, Yanki jo‘xori, Jumbostar sorgo, Nutrotopstar sorgo, Nudan sorgo, Guar va Bolia okva kabi ekinlarning ozuqaviy birligi yuqori bo‘lgan nav va tizmalar tanlab olindi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. D.T. Abdukarimov, E.P. Gorelov, N.X. Xalilov "Dehqonchilik asoslari va yem – xashak yetishtirish", Toshkent "Mexnat " 1987-y. 165-169 B.
  2. A. Omonov, Sh.R.Sattorov, R.Sh.Tillaev, I.M.Raxmatov, B.J.Jumanov, F.Ziyadullaev, F.Y.Norov, "Qashqadaryo viloyatida boshoqli don ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirish omillari" qarshi – 2001 y. 98-99 B.
  3. A.Omonov, Sh. Nurmatov, N.M.Maxmudxo‘jaev, Q.Eshmirzaev, R.Siddiqov, T.Xaytboev, H.Yusupov, Z.Ziyadullaev, N.Umirov, A. Xayitboev, "Sug‘oriladigan va lalmi yerlarda bug‘doy va arpa navlarini joylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma" Toshkent – 2002 y. 26 B.
  4. O.Yakubov ,S. tursunov, J. Muqimov. Donchilik. Toshkent yangi asr avlodi-2009-yil 114-116 B. B.B.Allashov, B.X.Junadullaev, N. T. Shoymurodov , S.I. Mavlonov. Oziqabop ekinlarni yetishtirish .Toshkent- 2021-yil. 43-44 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012014
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/7cqz6127
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
493–495
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06