Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK TASVIRIY SAN‘AT O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA YANGI AVLOD DARSLIKLARINING AHAMIYATI
M. Abduolimova · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qituvchilarning metodik, pedagogik va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada yangi avlod darsliklarining didaktik imkoniyatlari, ularning interfaol va innovatsion xususiyatlari hamda ta‘lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ushbu darsliklar orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, estetik tafakkurni shakllantirish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida yangi avlod darsliklari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi asoslab beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NATURMORT CHIZISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
N. Abdujabborova · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada naturmort janrining tasviriy san‘atdagi o‘rni va uni chizishning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Naturmort jonsiz predmetlarni — mevalar, gullar, idish-tovoqlar, kitoblar va maishiy buyumlarni ma‘lum kompozitsion tartibda tasvirlashga asoslangan janr sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada janrning mohiyati va ahamiyati, uning vizual idrok, fazoviy tasavvur va rang psixologiyasi bilan bog‘liqligi yoritilgan. Naturmort chizish jarayonida rassomda shakllanadigan kuzatuvchanlik, fazoviy tafakkur, ranglarni tahlil qilish hamda yorug‘lik va soya qonuniyatlarini tushunish ko‘nikmalari sanab o‘tilgan. Kompozitsiyaning ilmiy va estetik asoslari — muvozanat, ritm va takrorlanish omillari alohida tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TALABALARDA IJODIY MUSTAQILLIKNI RIVOJLANTIRISHDA AUTOPEDAGOGIK YONDASHUVNING O‘RNI
Odilboyeva Umida Zafarjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada tasviriy san‘at ta‘limi jarayonida autopedagogik kompetentlikning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Autopedagogik kompetentlik pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil rejalashtirish, tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyati sifatida talqin etilib, uning tasviriy san‘at va tasviriy san‘at tarixi fanlarini o‘qitishdagi pedagogik vazifalarni samarali hal etishdagi roli ochib beriladi. Maqolada shuningdek, bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, metodik yondashuvlari hamda mavjud pedagogik muammolar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tasviriy san‘at ta‘limi sifatini oshirish, talabalarning ijodiy va kasbiy faoliyatini rivojlantirishda autopedagogik kompetentlikning muhim omil ekanligini asoslaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI TUZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN QOIDALARI
Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Otajonova Rayxona Diyorbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasini tuzishning nazariy va amaliy asoslari, uning o‘ziga xos qonun-qoidalari hamda o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Natyurmortni to‘g‘ri tashkil etish, buyumlarni tanlash va joylashtirish, rang va shakl uyg‘unligini ta‘minlash masalalari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, natyurmortni tasvirlashning bosqichma-bosqich jarayonlari, yorug‘-soya nisbatlarini aniqlash, detallashtirish va yakunlash usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada talabalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib berilgan. Ushbu tadqiqot natyurmort ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RANGTASVIR DARSLARIDA IJODIY TOPSHIRIQLAR ORQALI TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada rangtasvir darslarida talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda ijodiy topshiriqlarning o‘rni va ahamiyati chuqur ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Tadqiqot davomida mustaqil fikrlash tushunchasining mazmun-mohiyati, uning ijodiy faoliyat bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida rangtasvir mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar yoritib beriladi. Ijodiy topshiriqlarni samarali tashkil etish orqali talabalarning tasavvur doirasi kengayishi, estetik didi shakllanishi va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanishi asoslab beriladi. Maqola natijalari san‘at ta‘limi jarayonini takomillashtirishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TALABALARNING RANGTASVIRDAN KOMPOZITSION TAFAKKURINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Sattarov Farxod Islomovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada tasviriy san‘at ta‘limida, xususan rangtasvir fanini o‘qitishda talabalarning kompozitsion tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va badiiy didini rivojlantirishda interfaol usullar – muammoli ta‘lim, “aqliy hujum”, klaster, rol o‘ynash, loyiha asosida o‘qitish kabi metodlarning ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, rangtasvirda kompozitsion tafakkurning mohiyati, uning shakllanish bosqichlari va uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar bayon etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QALAMTASVIR MASHG‘ULOTLARIDA KOMPOZITSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada qalamtasvir mashg‘ulotlari jarayonida talabalarda kompozitsion tafakkurni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Tasviriy san‘at ta‘limida kompozitsiya muhim o‘rin tutishi, uning o‘quvchilarning estetik didi, ijodiy fikrlashi hamda vizual tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Qalamtasvir mashg‘ulotlari orqali kompozitsion ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik yondashuvlari, o‘qitish usullari, didaktik vositalari hamda pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar va amaliy mashqlar orqali talabalarning ijodiy faoliyatini faollashtirish yo‘llari asoslab beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RAQAMLI GRAFIK DASTURLAR (PHOTOSHOP, ILLUSTRATOR CORELDRAW VA BOSHQALAR) YORDAMIDA ESTETIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada raqamli grafik dasturlar yordamida estetik tafakkurni rivojlantirish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta‘lim jarayonida Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, CorelDRAW kabi grafik dasturlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini, estetik didini va vizual tasavvurini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada grafik dasturlar asosida o‘qitishning bosqichlari, metodik yondashuvlari va interfaol usullar bilan uyg‘unligi ko‘rsatib berilgan. O‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish, loyiha asosida ishlash hamda milliy san‘at elementlarini raqamli muhitda qo‘llash orqali estetik tafakkurni rivojlantirish yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli grafik texnologiyalar ta‘lim samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarning estetik va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TASVIRIY SAN‘AT O‘QITUVCHILARINI AUTOPEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish masalasi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan ta‘limning nazariy asoslari, uning autopedagogik kompetentlikni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini anglash, refleksiya, mustaqil kasbiy rivojlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari ochib beriladi. Maqola natijalari tasviriy san‘at ta‘limi jarayonida kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭТНОКУЛЬТУРНЫХ ВЗГЛЯДОВ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА
M. Ismayilov, R. Kyrgyz · Сборник материалов республиканской научно-практической конференции «Современные парадигмы арт-педагогики, перспективы развития» · 2026
Ushbu ilmiy maqolada tasviriy san‘at darslari orqali o‘quvchilarda etnomadaniy dunyoqarashni shakllantirishning ayrim pedagogik va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi umumta‘lim maktablarida badiiy fanlarning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, madaniy qadriyatlarga munosabat va estetik didni rivojlantirish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Maqolada etnomadaniy ta‘limning nazariy asoslari, san‘atning tarbiyaviy salohiyati, shuningdek, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan samarali metod va shakllar ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Natijada muallif “ART pedagogikaning zamonaviy paradigmalari, rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika anjumani ART PEDAGOGIKA KAFEDRASI o‘quvchilarning etnik va madaniy qarashlarini shakllantirishda badiiy fanlarning yuksak o‘rnini hamda ularni tizimli tashkil etish zaruratini asoslab beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘RTA ASRLARDA YEVROSIYO TURKIY XALQLARI MADANIYATI
N. Suyarov · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada o‘rta asrlarda Yevrosiyo hududida yashagan turkiy xalqlarning boy va ko‘p qirrali madaniy merosi har tomonlama tahlil qilinadi. Unda tarixiy manbalar va arxeologik topilmalarga tayangan holda turkiy xalqlar madaniyatining adabiyot, san‘at, me‘morchilik, hunarmandchilik, urf-odatlar va diniy e‘tiqodlar kabi turli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada ushbu madaniyatlarning shakllanish jarayonlari va rivojlanish bosqichlari, hamda ularning boshqa sivilizatsiyalar bilan o‘zaro ta‘siri ko‘rib chiqiladi. O‘rta asr turkiy xalqlari madaniyati o‘zining integrativ tabiati bilan ajralib turadi va Yevrosiyo tarixiy-madaniy makonining ajralmas qismi sifatida qaraladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KULOLCHILIK SAN‘ATINING ZAMONAVIY TASVIRIY SAN‘ATDAGI O‘RNI
Oripov Bobirjon Badirjonovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada kulolchilik san‘atining tarixiy taraqqiyoti, uning xalq amaliy san‘atidagi o‘rni hamda zamonaviy tasviriy san‘atdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot davomida kulolchilik san‘atining an‘anaviy funksional xususiyatlardan zamonaviy badiiy ifoda vositasiga aylanish jarayoni yoritib berilgan. Shuningdek, zamonaviy rassomlar ijodida kulolchilik elementlarining konseptual, dekorativ va installyatsion san‘at yo‘nalishlarida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Maqolada kulolchilikning milliy identitetni ifodalashdagi o‘rni, global san‘at makonidagi integratsion jarayonlari hamda uning pedagogik va estetik ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari kulolchilik san‘atining zamonaviy tasviriy san‘atdagi o‘rni tobora kengayib borayotganini va uning badiiy tafakkur rivojidagi muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY TA‘LIM SHAROITIDA TASVIRIY SAN‘ATNI O‘QITISHNING INNOVATSION METODOLOGIYASI VA KREATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim sharoitida tasviriy san‘atni o‘qitishning innovatsion metodologik asoslari va o‘quvchilarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish mexanizmlari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tasviriy san‘at ta‘limining konstruktivistik yondashuv, kompetensiyaga asoslangan ta‘lim modeli, fanlararo integratsiya hamda raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi masalalari yoritilgan. Shuningdek, milliy madaniy meros elementlarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada loyiha asosida o‘qitish, portfel baholash tizimi va refleksiv tahlil metodlarining o‘quvchilarning vizual tafakkuri, estetik didi va ijodiy mustaqilligini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari tasviriy san‘at ta‘limini modernizatsiya qilish va uning xalqaro ilmiy-pedagogik maydondagi dolzarbligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI ARALASH EKISHNING TUPROQ HAJM MASSASIGA TA‘SIRI
Elemesova Nargiza Isataevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproqlari unumdorligi past, sho‘rlangan. Unumdorligi past tuproqlarda organik moddalar kam bo‘lganligi sababli tuproq zich bo‘ladi, bunday tuproqlarda o‘simlik ildiz tizimi o‘sishi va rivojlanishi qiyin bo‘ladi. Tajribada o‘tmishdosh va siderat ekinlar, organik va noan‘anaviy o‘g‘itlarning tuproq hajm salmog‘iga ta‘siri o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOYA HOSILDORLIGINING SHAKLLANISHIGA EKISH ME‘YORLARINING TA‘SIRI
Kutlimuratova Dilfuza Baltabaevna, Gudiyarov Madamin Mukhanbetiyar, Ubaidullaeva Aziza Bukharbaevna, Kalnazarovna Dilfuza Polatovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada dehqonchilikni rivojlantirish va yerdan unumli foydalanish uchun katta imkoniyatlar yaratilayotgani ta‘kidlanadi. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan to‘liq ta‘minlash vazifasini bajarish muhim vazifa hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simlik oqsili yetishmovchiligi muammosini hal qilish eng dolzarb masalalardan biri ekanligi yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISQA NAVBATLI ALMASHLAB EKISHNING BIR KO‘SAKDAGI PAXTA VAZNIGA TA‘SIRI
Ismailov Dauletbay Uzagbaevich, Tileuimbetova Personally · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarining g‘o‘za o‘simligining bir ko‘sakdagi paxta vazni va umumiy hosildorligiga ta‘siri o‘rganilgan. Izlanishlar natiyjasida nazorat variantiga ekilgan g‘o‘zaning bir kusakdagi paxta vazni 3,5-3,7 g, almashlab ekilgan variantlarda 3,7-4,4 g ekanligi aniqlandi va bu nazoratga nisbatan 0,2-0,7 g ko‘p bo‘ldi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IMPACT OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON COTTON GROWTH AND DEVELOPMENT OF COTTON
Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026
Maqolada organo-mineral kompost, go‘ng va mineral o‘g‘itlarning paxta o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganiladi. Turli xil kompost turlari va go‘ng miqdoridan foydalanish tuproq unumdorligini oshirdi va paxta o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqotda organo-mineral kompostlarning sho‘r tuproq sharoitida paxta o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA KOMPOSTLARNING TA‘SIRI
Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Sarsenbaeva Nilufar, daughter of Genghisbay · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Sho‘rlangan tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik jarayoni ekinlarning rivojlanishi va hosildorligiga bevosita ta‘sir etuvchi muhim omillardan biridir. Maqolada sho‘rlangan yerlarda turli tarkibdagi organo-mineral kompostlarning tuproq suv rejimiga ta‘siri sharhlangan. Kompost tarkibidagi organik moddalar, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindilarining uyg‘unlashuvi tuproq strukturasini yaxshilab, g‘ovaklikni oshirishga xizmat qildi. Natijada suvning infiltratsiya tezligi ortib, sho‘rning yuvilishi hamda tuproqning meliorativ holati yaxshilanganligi aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, organo-mineral kompostlar sho‘rlangan yerlarda tuproq suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda ekinlar uchun qulay agroekologik sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN YERLARDA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TUPROQDAGI OZIQ MODDALARNING HARAKATCHAN MIQDORLARIGA TA‘SIRI
Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Bakirova Miyirgul Bekmurza kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada tuproq unumdorligini oshirish va oziq moddalar muvozanatini tiklashda organo-mineral kompostlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlarda turli miqdordagi go‘ng, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindisi asosida tayyorlangan kompostlarning qo‘llanilishi tuproqdagi gumus, azot, fosfor va kaliyning harakatchan shakllariga ta‘siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, organo-mineral kompostlar tuproqda oziq moddalar harakatchanligini oshirib, o‘simliklar tomonidan ularning o‘zlashtirilish darajasini yaxshilangan. Shuningdek, ularning qo‘llanilishi tuproqning agrobiologik xususiyatlarini barqarorlashtirishda samarali ekanligi aniqlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQDAGI OZIQ MODDALARNING UMUMIY MIQDORIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‘SIRI
Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Sarsenbaev Bakhit Bazarbay uli · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida organo-mineral kompost va go‘nglarni shudgor ostiga qo‘llab, unga qo‘shimcha mineral o‘g‘itlarning yillik meyorini kamaytirilgan holda qo‘llanilganda tuproqning meliorativ holatiga ijobiy ta‘siri aniqlanib, uning agrokimyoviy va suv-fizik xususiyatlarini yaxshilashi kuzatildi. Bunda asosan organo-mineral kompost va organik o‘g‘itlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta‘sirini aniqlash sharhlangan.