Asosiy mazmunga o‘tish

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TASVIRIY SAN‘AT O‘QITUVCHILARINI AUTOPEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘liNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 28–33

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish masalasi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan ta‘limning nazariy asoslari, uning autopedagogik kompetentlikni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini anglash, refleksiya, mustaqil kasbiy rivojlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari ochib beriladi. Maqola natijalari tasviriy san‘at ta‘limi jarayonida kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ АВТОПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА НА ОСНОВЕ ЛИЧНОСТНО-ОРИЕНТИРОВАННОГО ПОДХОДА

В данной статье вопрос развития аутопедагогической компетентности у будущих учителей изобразительного искусства анализируется на основе личностно-ориентированного подхода. В исследовании освещены теоретические основы личностно-ориентированного образования и его педагогические возможности в формировании аутопедагогической компетентности. Кроме того, раскрываются механизмы развития у будущих учителей навыков самопознания, рефлексии и самостоятельного профессионального развития. Результаты статьи служат повышению качества профессиональной подготовки в процессе образования в области изобразительного искусства.

inglizchaDEVELOPING THE AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS BASED ON A PERSON-CENTRED APPROACH

This article analyses the development of autopedagogical competence in future teachers of fine art on the basis of a person-centred approach. The study elucidates the theoretical foundations of person-centred education and its pedagogical potential for forming autopedagogical competence. It also reveals the mechanisms for developing self-awareness, reflection, and independent professional development skills in future teachers. The findings of the article serve to improve the quality of professional training within the process of fine art education.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI AUTOPEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd)

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish masalasi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning nazariy asoslari, uning autopedagogik kompetentlikni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini anglash, refleksiya, mustaqil kasbiy rivojlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari ochib beriladi. Maqola natijalari tasviriy san’at ta’limi jarayonida kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, autopedagogik kompetentlik, tasviriy san’at o‘qituvchisi, refleksiya, kasbiy rivojlanish, pedagogik kompetensiya. Hozirgi globallashuv va ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoniga qo‘yiladigan talablar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi nafaqat fan va metodika bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, balki o‘z pedagogik faoliyatini mustaqil tahlil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz takomillashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishini ham taqozo etmoqda. Shu bois, o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi autopedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish muhim ilmiy-pedagogik muammo sifatida dolzarblik kasb etmoqda. Autopedagogik kompetentlik o‘qituvchining o‘z kasbiy faoliyatiga ongli munosabatda bo‘lishi, refleksiv fikrlash asosida o‘zini baholay olishi hamda pedagogik faoliyatini mustaqil ravishda takomillashtirishga yo‘naltirilgan integrativ sifat sifatida talqin etiladi. Mazkur kompetentlikning rivojlanishi bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy moslashuvi, pedagogik mahorati va ijodiy salohiyatining yuksalishida muhim omil hisoblanadi. Xususan, tasviriy san’at ta’limi jarayonida ijodkorlik, estetik tafakkur va shaxsiy pozitsiyaning ustuvorligi autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish zaruratini yanada kuchaytiradi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv alohida ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv ta’lim subyektining individual imkoniyatlari, qiziqishlari va

ehtiyojlarini hisobga olishga asoslanib, bo‘lajak o‘qituvchini o‘z kasbiy rivojlanishining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisida o‘zini anglash, refleksiya yuritish va mustaqil kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini samarali shakllantirishga imkon yaratadi. Shu nuqtai nazardan, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish masalasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash hamda uning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash dolzarb ilmiy vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish tasviriy san’at tarixi fanini o‘qitishning hozirgi holati, mazmuni va metodik xususiyatlarini tizimli tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda fan mazmunining bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojlari va individual imkoniyatlariga moslashtirilishi, refleksiv va ijodiy faoliyatni faollashtiruvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada, tasviriy san’at tarixi fanini o‘qitish jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘zini-o‘zi pedagogik rivojlantirishga yo‘naltirilgan autopedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning samarali vositasiga aylanadi. Autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish tizimi ta’lim-tarbiya jarayoniga yaxlit yondashuv tamoyiliga asoslanib, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqador komponentlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu tizim shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining individual imkoniyatlari, kasbiy ehtiyojlari va ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Mazkur yondashuv o‘qituvchi shaxsining kasbiy va shaxsiy rivojlanishini uyg‘unlashtirishga, uning o‘zini-o‘zi anglash va refleksiv faoliyatini faollashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot doirasida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish muammosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalar, jumladan, kasbiy-ijodiy mahorat, innovatsion faoliyatga tayyorgarlik, tasviriy san’at mashg‘ulotlarini loyihalash va amalga oshirish jarayonlari aniqlanib, ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi. Ushbu tushunchalar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchining faol subyekt sifatida shakllanishini ta’minlovchi muhim omillar sifatida qaraladi. Rus olimi R.M. Yusupovaning tadqiqotlariga ko‘ra, pedagogning autopedagogik kompetentligi bir nechta tarkibiy komponentlardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Jumladan, kasbiy faoliyatda zarur bo‘lgan pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikka oid bilimlarni egallash maxsus va kasbiy kompetensiyani tashkil etsa, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik

texnologiyalar va zamonaviy metodlardan samarali foydalanish uslubiy kompetensiyaning mazmunini belgilaydi. Shuningdek, pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yaratish, ijobiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va psixologik ziddiyatlarni bartaraf eta olish psixologik kompetensiya bilan tavsiflanadi. O‘z navbatida, kasbiy o‘sishga intilish, malaka darajasini oshirish va shaxsiy ichki imkoniyatlarni namoyon etish autopsixologik kompetensiyaning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ilmiy-nazariy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zini-o‘zi anglash, jamiyat hayotiga faol integratsiyalashuv, ijtimoiy rollarni samarali egallash va bajarish hamda o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish autopedagogik kompetentlikning muhim shartlaridan biridir. Shu munosabat bilan tadqiqot doirasida tanlab olingan sinaluvchilar guruhida R.M. Yusupova va O.M. Shiyan tomonidan ishlab chiqilgan “Autopedagogik kompetentlik shkalasi” metodikasi qo‘llanilib, olingan natijalar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilindi. Mazkur tahlil shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirishning samaradorligini aniqlashga xizmat qildi. Tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, autopedagogik kompetentlikka ega bo‘lish bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘z ustida ongli, rejalashtirilgan va uzluksiz ishlashini, shuningdek, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va rivojlantirish metodlaridan samarali foydalanishini nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari, avvalo, refleksiya asosida o‘zini-o‘zi tahlil qilish hamda o‘zini-o‘zi baholash jarayonlari orqali aniqlanadi. Mazkur jarayon bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy o‘sishini ta’minlovchi muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. O‘z ustida ishlash jarayoni bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘zinio‘zi rivojlantirishi, ya’ni shaxsini ongli ravishda o‘zgartirishi va o‘z “Men”ini hayotiy hamda kasbiy faoliyatining ijodkori sifatida maksimal darajada namoyon etishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, o‘z shaxsiga baho bera olish mutaxassislikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarni doimiy ravishda oshirish, ilmiy-ijodiy izlanishlar olib borish orqali namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘ziga talabchanlik esa shaxsning ijobiy va salbiy sifatlarini anglay olishi, salbiy odatlardan voz kechishi hamda o‘zida ijobiy fazilatlarni shakllantirishga intilishi bilan ifodalanadi. Autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish jarayonida o‘zini-o‘zi tarbiyalash shaxsning ichki imkoniyatlarini safarbar etgan holda, o‘z tashabbusi bilan dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik va jismoniy kamolotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida qaraladi. O‘zini-o‘zi takomillashtirish esa har bir pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish, ijobiy shaxsiy

sifatlarni mujassamlashtirish hamda kasbiy va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Ushbu jihatlar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining autopedagogik kompetentligini samarali rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni psixologikpedagogik savodxonlik, kasbiy mahorat va kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, talabani pedagogik faoliyatga ongli yo‘naltirish, o‘zini-o‘zi bilish va o‘zgartirish zaruratini anglash hamda shaxsiy rivojlanishiga mos ravishda faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini izlash kasbiy-ijodiy kompetensiyani belgilovchi muhim mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Bu holat shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda autopedagogik kompetentlikning muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimida muhim ilmiy-pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompetentlik o‘qituvchining o‘z kasbiy faoliyatiga ongli munosabatda bo‘lishi, refleksiv fikrlash asosida o‘zini baholay olishi hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanishni uzluksiz ta’minlashga qaratilgan integrativ sifat sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida autopedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning nazariy va amaliy imkoniyatlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining psixologik-pedagogik savodxonligini oshirish, kasbiy mahoratini takomillashtirish hamda kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishda samarali pedagogik shart-sharoitlar yaratishini ko‘rsatdi. Ayniqsa, refleksiya, o‘zini-o‘zi tahlil qilish, o‘zini-o‘zi baholash, portfolio va ijodiy loyihalar kabi metod va texnologiyalar bo‘lajak o‘qituvchilarning autopedagogik kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Shuningdek, tadqiqotda bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining autopedagogik kompetentligini rivojlantirish mazmuni psixologik-pedagogik savodxonlik, kasbiy mahorat va shaxsiy fazilatlar uyg‘unligida shakllanishi ilmiy jihatdan asoslandi. Talabalarni pedagogik faoliyatga ongli yo‘naltirish, o‘zini-o‘zi bilish va o‘zgartirish zaruratini anglash hamda shaxsiy rivojlanishiga mos ravishda kasbiy faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini izlash kasbiy-ijodiy kompetensiyaning muhim mezoni sifatida belgilandi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni

rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni ularning innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligini oshirishga, kasbiy moslashuvchanligini ta’minlashga va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini takomillashtirishda, shuningdek, pedagogik amaliyot va metodik ta’minotni boyitishda amaliy ahamiyatga ega.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar27 ta adabiyot

  1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012038
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2028
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
28–33
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25