NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI TUZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN QOIDALARI
Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Otajonova Rayxona Diyorbek qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 55–60
Annotatsiya
Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasini tuzishning nazariy va amaliy asoslari, uning o‘ziga xos qonun-qoidalari hamda o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Natyurmortni to‘g‘ri tashkil etish, buyumlarni tanlash va joylashtirish, rang va shakl uyg‘unligini ta‘minlash masalalari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, natyurmortni tasvirlashning bosqichma-bosqich jarayonlari, yorug‘-soya nisbatlarini aniqlash, detallashtirish va yakunlash usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada talabalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib berilgan. Ushbu tadqiqot natyurmort ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaСПЕЦИФИЧЕСКИЕ ЗАКОНЫ И ПРАВИЛА СОСТАВЛЕНИЯ НАТЮРМОРТНОЙ КОМПОЗИЦИИ
В данной статье освещены теоретические и практические основы построения композиции натюрморта, её своеобразные закономерности и правила, а также её значение в учебном процессе. Подробно проанализированы вопросы правильной организации натюрморта, отбора и размещения предметов, обеспечения гармонии цвета и формы. Кроме того, рассмотрены поэтапные процессы изображения натюрморта, определение светотеневых отношений, способы детализации и завершения работы. В статье также показаны типичные ошибки, допускаемые студентами, и пути их устранения. Данное исследование служит важной методической основой в формировании навыков работы над натюрмортом.
inglizchaSPECIFIC LAWS AND RULES FOR CREATING A STILL-LIFE COMPOSITION
This article elucidates the theoretical and practical foundations of composing a still life, its distinctive rules and principles, and its significance in the educational process. Issues of properly arranging a still life, selecting and positioning objects, and ensuring the harmony of colour and form are analysed in detail. The article also examines the step-by-step processes of depicting a still life, determining light-and-shadow relationships, and techniques of detailing and completion. Typical mistakes made by students and ways of eliminating them are likewise indicated. This study serves as an important methodological foundation for forming still life painting skills.
Kalit so‘zlar
- natyurmort
- kompozitsiya
- rang
- tasviriy san‘at
- metodika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
NATYURMORT KOMPOZISIYASINI TUZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN QOIDALARI
Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Otajonova Rayxona Diyorbek qizi Namangan davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasini tuzishning nazariy va amaliy asoslari, uning o‘ziga xos qonun-qoidalari hamda o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Natyurmortni to‘g‘ri tashkil etish, buyumlarni tanlash va joylashtirish, rang va shakl uyg‘unligini ta’minlash masalalari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, natyurmortni tasvirlashning bosqichma-bosqich jarayonlari, yorug‘-soya nisbatlarini aniqlash, detallashtirish va yakunlash usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada talabalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib berilgan. Ushbu tadqiqot natyurmort ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Natyurmort, kompozitsiya, rangtasvir, shakl, rang uyg‘unligi, yorug‘-soya, detallashtirish, tasvirlash bosqichlari, kompozitsion muvozanat, fon, perspektiva, ijodiy yondashuv, o‘quv jarayoni, metodika, tasviriy san’at Natyurmort aslida bir qarashda tasviriy san’atning eng oson va sodda janri kabi ko‘rinadi. Rangtasvir darslarida yoki dars davomida o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan natyurmort kompozitsiyasini tuzib, talablar yoki o‘quvchilarga ishlash tavsiya qilinganda u holat yanada koʻzga yaqqol tashlanadi. Biroq, talablar oʻzlariga qaysi rakurs toʻgʻri kelsa, oʻsha joy yoki rakursdan ishlab ketaveradilar. Qolaversa, natyurmortning mavzusi, u natyurmotdagi umumiy detallar va joylashuv kompozitsiyasi haqida aksariyat talablarni tushunib ham koʻrishmaydi. Natijada darsdan koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi va darsning unumdorligi esa juda past darajada boʻladi. Shaklini toʻgʻri his qila olish va toʻgʻri tasvirlay olishi uchun oʻquvchi, avvalo, natyurmortning oʻziga xos tomonlarini yani tassavur eta olishi va koʻrishni oʻrganishlari kerak. Bo‘lajak yoki tasviriy sanʼat oliygohlarni tamomlagan yangi pedagog kadrlarga bu oson ish emas doimiy ravishda amaliy hamda nazariy mashgʻulotlar talablar qilinadi. Mashhur rassomlarning fikriga koʻra, ijodkor rassom natyurmortga qarab rasm ishlashini bir kun ham toʻxtatib qoʻymasliklari lozim. Shu sababli, rangtasvir fani o‘qituvchisi yangi mavzuni talabalarga og‘zaki tushuntirib, ularning ishtirokida natyurmort kompozitsiyasini tuzishlari muhim ahamiyatga ega. Agar natyurmort kompozitsiyasida 3-4 yoki undan ortiq buyum tasvirlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, o‘qituvchi talabalarga 6-7 turdagi buyumlarni
taklif qilib, ularning ichidan mavzuga eng mos keladiganlarini ajratib olishlarini ta’kidlashi kerak. Bu usul talabalarni faol fikrlashga, tahlil qilishga va eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga undaydi. Masalan, sabzavot va mevalardan tashkil topgan natyurmort tasvirlanayotganda, o‘qituvchi poliz ekinlari yoki mavzuga mos kelmaydigan boshqa elementlarni ham qo‘shishi mumkin. Bu esa talabalar diqqatini jamlashga, kompozitsiya elementlarini tahlil qilishga va eng mos keladiganlarini tanlashga yordam beradi. P.P.Konchalovskiy rangtasvirning mohiyatini tushuntirar ekan, shunday degan: “Rangtasvir san’atining asosiy tamoyili shaklni aniq ifodalash orqali bo‘yoq surtma usulini qo‘llashdir”1. Bu fikr rangtasvirda shakl va rang uyg‘unligini yaratishning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Natyurmort kompozitsiyasini tuzishda o‘qituvchi talabalar e’tiborini buyumlarning rangi, shakli va ularning bir-biriga bo‘lgan nisbatlariga qaratishi lozim. Ayniqsa, fon vazifasini bajaruvchi matolar mavzuga mos kelishi muhim bo‘lib, buni tushungan talabalar bu jarayonga yanada mas’uliyat bilan yondashadilar. Kompozitsiya uchun faqat kerakli buyumlarni tanlab olish yetarli emas, balki ularni tasvir tekisligida mos joylashtirish ham talabalardan tajriba va mahorat talab qiladi. Kompozitsiyada buyumlarning o‘zaro ichki bog‘liqligi bilan bir qatorda ularning tashqi joylashuvi, ya’ni yonma-yon yoki oldinma-ketin joylashuvi, shakli, hajmi va rangi katta ahamiyatga ega. Bu omillarni to‘g‘ri tushunish talabalar faolligini oshiradi va darsdan kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi. O‘qituvchi ishtirokida bir necha bor natyurmort kompozitsiyasi tuzgan talabalar keyinchalik mustaqil ravishda natyurmort yaratish va tasvirlash ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Shuni unutmaslik kerakki, natyurmort kompozitsiyasini tuzish yetarli emas, uni tasvirlash jarayoni ham talabadan katta mahorat va ijodiy yondashuv talab qiladi. Shu sababli, natyurmortni tasvirlash bosqichlarini bosqichma-bosqich o‘rganish muhimdir. Rangtasvir bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda natyurmort yaratish bosqichlariga oid turli xil tavsiyalar berilgan bo‘lib, ularga amal qilish ijodiy yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Yaxshi natyurmort yaratish uchun hayotiy voqealardan ilhom olish tavsiya etiladi. Bunday holda, chiroyli va qiziqarli kompozitsiya tuzishda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rangtasvirning asosiy vazifasi esa buyumlarning hajmliligini, materiallik va rangdorlik xususiyatlarini aniq aks ettirish hamda kompozitsiyani yaxlit va mukammal holatda yakunlashdan iboratdir.
P.P. Konchalovskiyning "РАНГТАСВИР" Toshkent 1995 yil
Talabalar natyurmort kompozitsiyasining chiziqli tasvirini chizishda ko‘pincha har bir detalni alohida ishlashga harakat qilib, umumiy tuzilmani e’tibordan chetda qoldiradilar. Bunday xatolik oldini olish uchun avvalo, natyurmort tarkibidagi barcha jismlarning umumiy o‘lchamlarini – balandligi va kengligini aniqlash zarur. Keyingi bosqichda esa har bir buyumning konstruktiv tuzilishi bir vaqtning o‘zida chizilishi lozim. Natyurmortning asosiy tekisligi hamda jismlardagi yorug‘va soya nisbatlari yengil chiziqlar yordamida belgilab chiqiladi. Agar bu bosqichda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, keyingi bosqichlarda ularni tuzatish juda qiyin bo‘ladi. Keying bosqich umumiy rang berish jarayoni. Chiziqli-konstruktiv tuzilma to‘g‘ri aniqlangandan so‘ng, barcha jismlarning asosiy ranglarini belgilashga o‘tiladi. Rang berishdan oldin jismlarning konstruksiyasi yana bir bor tekshirib chiqiladi. Akvarel bo‘yoqlari bilan ishlash jarayonida ochiq ranglardan to quyuq ranglargacha, umumiydan xususiyga o‘tish prinsipi foydalanishi kerak. Ba’zi talabalar faqat jismlarga rang berib, fonni bo‘yashni e’tiborsiz qoldiradilar. Bu esa keyinchalik yorug‘va soya nisbatlarini to‘g‘ri topishda qiyinchilik tug‘diradi. Rang berish jarayonida ortiqcha oq qog‘oz yuzasining qolib ketishi tasvirning yaxlitligiga zarar yetkazadi. Uchinchi bosqich yorug‘va soya nisbatlarini aniqlash. Dastlabki bosqichda umumiy rang berilgan bo‘lsa, bu bosqichda esa har bir buyumning yorug‘lik va soyaga bog‘liq holati aniq belgilanadi. Yorug‘-soya nisbatlarini topish yengil rang berish usuli orqali amalga oshiriladi. Talabalar bu bosqichda muvozanatni saqlashi, biror buyumga ortiqcha ishlov berib, boshqa elementlarni e’tiborsiz qoldirmasligi muhimdir. Jismlarning umumiy soyalari, yorug‘lik tushib turgan yuzalari aniqlanadi, biroq yorug‘joylarga ortiqcha ishlov berishdan qochish kerak. To‘rtinchi bosqich va detallashtirish. Bu bosqichda natyurmort tarkibidagi har bir buyum alohida ishlanadi. Ularning shakli, hajmi, yorug‘-soya nisbatlari yanada aniqroq chizilib, detallar to‘liq ishlab chiqiladi. Ayrim talabalar ushbu bosqichda akvarel bo‘yoqlarining shaffofligini yo‘qotib, kir va xira ranglar hosil qilishadi. Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun bo‘yoqlarni haddan tashqari aralashtirishdan qochish lozim. Buyumlarning o‘zidan tushayotgan soyalar, yorug‘joylari va reflekslari aniq belgilanadi. Shu bosqichda materialning tuzilishini aks ettirishga ham alohida e’tibor berish lozim. Talabaning ijodiy mahorati va texnik ko‘nikmalari aynan ushbu bosqichda o‘z aksini topadi. Buyumlar orasidagi rang va ohang muvozanatini saqlash lozim, aks holda tasvir umumiyligini yo‘qotishi mumkin. Beshinchi va so‘nggi bosqich – natyurmortni umumlashtirish va yakunlash. Ilk bosqichlarda umumiy tuzilishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik har bir buyum alohida ishlab chiqildi. Keyin esa butun kompozitsiyani yaxlitlash va
uyg‘unlashtirish talab etiladi. Ayrim joylarda rang muvozanati buzilgan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni bir tekisga keltirish muhimdir. Yorug‘likni hosil qilish jarayonida ba’zi talabalar oq qog‘ozni bo‘yamasdan qoldirishadi, bu esa natyurmort elementlari o‘rtasida yorug‘likning uyg‘unligini yo‘qotishiga olib keladi. Shuning uchun oxirgi bosqichda barcha kamchiliklar tekshirib chiqilib, kerak bo‘lsa, tuzatishlar kiritiladi. Natyurmort yaratishda talabalar eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan muhim jihatlardan biri buyumlarning joylashuvi va ularning kompozitsiya ichidagi oʻzaro nisbatidir. Buyumlarning bir-biriga mutanosibligi, hajmi, shakli va ranglar uygʻunligi natyurmortning estetik jozibadorligini oshiradi. Yorugʻlik va soyani toʻgʻri taqsimlash ham natyurmortning jonli va hajmli chiqishida katta rol oʻynaydi. Yorugʻlik manbaini toʻgʻri tanlash, soyalar oʻzaro qanday bogʻlanganini kuzatish va ularni aniq tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, natyurmort chizishda talabalar yoʻl qoʻyadigan keng tarqalgan xatolar mavjud bo‘lib, ularga kompozitsiyaning umumiy tuzilishini eʼtiborsiz qoldirish va buyumlarning joylashuviga yetarlicha eʼtibor bermaslik, har bir elementni alohida chizib, ularning bir-biriga mos kelmasligiga sabab boʻlish, yorugʻlik va soyani notoʻgʻri taqsimlash, fon elementlarini ahamiyatsiz deb hisoblash va natijada umumiy ko‘rinishni buzish kiradi. Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun har bir bosqichni izchil bajarish va tasviriy sanʼat tamoyillariga amal qilish talab etiladi. Xulosa qilib aytganda, natyurmort kompozitsiyasini to‘g‘ri tuzish va uni sifatli tasvirlash tasviriy san’at ta’limining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Natyurmort ustida ishlash jarayonida talabalar nafaqat buyumlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi, balki ularning o‘zaro bog‘liqligi, rang va shakl uyg‘unligi, yorug‘va soya nisbatlarini chuqur anglab yetadilar. Bu esa ularning kuzatuvchanligi, estetik didi va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar37 ta adabiyot
- Komoldinov, S. J. O. (2026). The pedagogical significance of composition in pencil drawing lessons. European Journal of Economic Dynamics and Policy, 2(1), 21-24.
- Komoldinov, S. J. O. G. L., & Isaboyeva, M. I. Q. (2026). Manzara janrini o ‘rgatishda rangtasvir texnikalarining metodik qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 344-349.
- Jomoldin o’g’li, K. S. SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT.
- Komoldinov, S. (2023, December). Qalamtasvir mashg’ulotlarida kompozitsiyaning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
- Rakhimov, K. (2023). The place of graphics in the fine arts. Solution of social problems in management and economy, 2(2), 5-8.
- Rakhimov, K. (2023). THE ROLE OF PORTRAIT ARTISTS IN FINE ARTS. Models and methods in modern science, 2(2), 13-19.
- Rakhimov, H. U. (2023). ANALYZING THE PROFESSIONAL QUALITIES OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS BASED ON ART STUDIES. Экономика и социум, (1-1 (104)), 50-53.
- Pulatov, D. S., & Kh, R. U. (2019). On fine arts and its varieties. Вестник магистратуры, (4-4 (91)), 89-90.
- ogli Rakhimov, H. U. AJMR. AJMR.
- Oripov, B. B. (2025). Ideals of the third renaissance and their artistic expression in the fine art of Uzbekistan. Academic Journal of Science, Technology and Education, 1(8), 28-32.
- Oripov, B. B. (2025, December). INCREASING THE SCIENTIFIC COMPONENT OF THE ART OF POTTERY IN STUDENTS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 134-137).
- Oripov, B. B. (2025). The connection of fine arts to biological science. Science and Education, 6(12), 621-626.
- BADIRJANOVICH, O. (2020). THE ROLE OF CERAMICS IN PROFESSIONAL TRAINING OF YOUNG PEOPLE IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. THE AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE AND EDUCATION INNOVATIONS Учредители: The USA Journals, 2(9), 447-451.
- Oripov, B. (2025). O ‘QUVCHILARNING RUHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA VA TARBIYALASHDA, XALQ AMALIY SAN’ATINING O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2, 4-3.
- Oripov, B. N. (2008). Tasviriy sanʼat taʼlimida didaktika.
- Oripov, B. N. (2006). Fine art and its teaching methodology. Tashkent-2005." SCIENCE- INTELLIGENCE.
- Oripov, B. (2004). Jahon san'ati tarixi. 3 qismli.
- Oripov, B. (2004). San'at tarixidan qisqacha izohli lug'at.
- Yuldashev, J. (2024). BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNI JORIY ETISHNING METODIK XUSUSIYATLARI. Farg'ona davlat universiteti, (5), 6-6.
- Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).
- Yuldashev, J. BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINING AKSIOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT, 251.
- Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
- Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
- Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
- Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
- Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
- Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
- Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
- Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
- Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
- Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).
- Odilboyeva, U. Z. (2025, December). The scientific and pedagogical influence of teacher cognition theory on method selection in the educational process. International Conference Platform, 6, 152–157.
- Odilboyeva, U. Z. Q. (2026). O ‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TERMINLAR HOSIL BO ‘LISHINING QIYOSIY TAHLILI. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi, (1), 32-36.
- Odilboyeva, U. Z. (2026, January). THE DEVELOPMENT OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS DURING ENGLISH LANGUAGE EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 90-93).
- Yunusov, G. O. (2026). TALABA-YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA XALQ FOLKLOR SAN’ATINING O ‘RNI. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi, (3), 58-62.
- Rakhimov, H. U. (2026, January). THE SIGNIFICANCE OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN VISUAL ARTS EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 30-34).
- Umarjon ogli, H. R. (2021). Technologies for improving composition and drawing skills based on the rules of composition. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 765–767.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012043
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2033
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 55–60
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25