Asosiy mazmunga o‘tish

QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI ARALASH EKISHNING TUPROQ HAJM MASSASIGA TA‘SIRI

Elemesova Nargiza IsataevnaTadqiqotchi2026

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 560–561

Annotatsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproqlari unumdorligi past, sho‘rlangan. Unumdorligi past tuproqlarda organik moddalar kam bo‘lganligi sababli tuproq zich bo‘ladi, bunday tuproqlarda o‘simlik ildiz tizimi o‘sishi va rivojlanishi qiyin bo‘ladi. Tajribada o‘tmishdosh va siderat ekinlar, organik va noan‘anaviy o‘g‘itlarning tuproq hajm salmog‘iga ta‘siri o‘rganildi.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ СМЕШАННЫХ ПОСЕВОВ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР НА ОБЪЕМНУЮ МАССУ ПОЧВЫ

Почвы Республики Каракалпакстан отличаются низкой плодородностью и засоленностью. Из-за низкого содержания органического вещества в таких почвах они плотные, что затрудняет рост и развитие корневой системы растений. В эксперименте изучалось влияние предшествующих и второстепенных культур, органических и нетрадиционных удобрений на плотность почвы.

inglizchaINFLUENCE OF INTERCROPPING CROPS ON SOIL BULK WEIGHT

The soils of the Republic of Karakalpakstan are low in fertility and saline. Due to the low content of organic matter in low-fertility soils, the soil is dense, and it is difficult for the plant root system to grow and develop in such soils. The experiment studied the effect of predecessor and siderate crops, organic and non-traditional fertilizers on soil bulk density.

Kalit so‘zlar

  • unumdorlik
  • sho‘rlanish
  • organik modda
  • hajm salmog‘i
  • zichlanish
  • o‘tmishdosh
  • siderat
  • organik va noan‘anaviy o‘g‘itlar
  • o‘sish va rivojlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UOʻT: 631.43:631.51 OʻTMISHDOSH EKINLARNING TUPROQ HAJM OGʻIRLIGIGA TA`SIRI Elemesova Nargiza Isataevna Tadqiqotchi Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: nargiza90@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19458269 Annotaciya. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproqlari unumdorligi past, shoʻrlangan. Unumdorligi past tuproqlarda organik moddalar kam boʻlganligi sababli tuproq zich boʻladi, bunday tuproqlarda oʻsimlik ildiz tizimi oʻsishi va rivojlanishi qiyin boʻladi. Tajribada oʻtmishdosh va siderat ekinlar, organik va noan`anaviy oʻgʻitlarning tuproq hajm salmogʻiga ta`siri oʻrganildi. Kalit soʻzlar: unumdorlik, shoʻrlanish, organik modda, hajm salmogʻi, zichlanish, oʻtmishdosh, siderat, organik va noan`anaviy oʻgʻitlar, oʻsish va rivojlanish. Аннотация. Почвы Республики Каракалпакстан низко плодородные и засоленные на низко плодородных почвах в связи низким содержанием органических веществ она становится плотными, на таких почвах становится трудными рост и развитие корневой системы растений. На опыте изучены влияние предшествующих и промежуточных культур, органических и нетрадиционных удобрений на объемную массу почвы. Ключевые слова: плодородие, засоление, органическое вещество, объемная масса, уплотнение, предшественник, сидераты, органические и нетрадиционные удобрения, рост и развитие. Abstract. The soils of the Republic of Karakalpakstan are characterized by low fertility and salinity. Due to the low content of organic matter in such soils, they tend to be compacted, which makes the growth and development of plant root systems difficult. The study examined the effects of previous crops and green manure (siderate) crops, as well as organic and non-traditional fertilizers, on soil bulk density. Keywords: fertility, salinity, organic matter, bulk density, compaction, previous crops, green manure, organic and non-traditional fertilizers, growth and development. Kirish. Tuproqning agrofizik xususiyatlari uning unumdorlik koʻrastkichlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Sababi, tuproq unumdorli boʻlgan bilan uning zichligi yuqori boʻlsa, oʻsimlik ildiz tizimi yaxshi rivojlana olmaydi, ya`ni oziq elementlaridan yaxshi foydalana olmaydi. Ilmiy tadqiqotlarga koʻra, tuproq hajm massasini yaxshilashning eng maqbul yoʻllaridan biri organik oʻgʻitlar va siderat qoʻllash hisoblanadi. Tuproq organik qismini boyitishda koʻk oʻgʻitlar qoʻllash samarali hisoblanadi. Dukkakli ekinlardan tayyorlangan koʻk oʻgʻitlar tuproqni azot va organik moddalarga boyitadi. Koʻk oʻgʻitlar tuproqning fizikaviy xossalarini yaxshilaydi. Tuproqdagi 0,25 mm dan katta boʻlgan agregatlar miqdori oʻtloqi tuproqlarda 3-7, ogʻir tuproqlarda 4-9% ga ortadi. Ular ta`sirida tuproqning oʻsimlik ildiz tizimi tarqaladigan qatlamidagi harorat 2-40C ga oshadi, mikroorganizmlar soni 10-17 baravar koʻpayadi va faolligi 45-50 kun davomida maksimal darajada saqlanadi.

Tajriba uslublari. Tajribada 8 variant oʻrganildi. Muttasil kuzgi bugʻdoy ekiladigan nazorat varianti (1-var.), mosh, kunjut va joʻhori ekilib keyin kuzgi bugʻdoy ekiladigan (2, 3 va 4 var.), mosh don uchun + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy (5-var.), mosh don uchun + 10 t/ga goʻng + 2 t/ga goʻng glaukonit + kauzgi bugʻdoy (6-var.), mosh don uchun + 20 t/ga goʻng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy (7-var.) va mosh don uchun + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga goʻng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy (8-var.) usullarida ekilganda tuproq unumdorligiga ta`siri oʻrganildi. Natijalari va uslublar. 2022 yili bahorda tuproq hajm ogʻirligi variantlar boʻyicha oʻrtacha 0-30 sm qatlamda 1,34-1,38 g/sm3 boʻldi. Nazorat variantida 1,38 g/sm3, mosh, kunjut va joʻhori don uchun + kuzgi bugʻdoy ekilgan 2, 3 va 4 variantlarda 1,37 g/sm3, mosh don uchun + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy ekilganda (5-var.) 1,36 g/sm3, mosh don uchun + 10 t/ga goʻng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy ekilganda (7-var.) 1,35 g/sm3, mosh don uchun + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga goʻng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy ekilganda (8-var.) 1,34 g/sm3 boʻldi. Tajribaning 5, 6, 7 va 8 variantlarida tuproq hajm ogʻirligi nazorat variantiga nisbatan 0,02-0,04 g/sm3 ga kam boʻldi. Kuzga kelib tuproq hajm ogʻirligi 1 variantda 1,45 g/sm3, 2, 3 va 4 variantlarda 1,39-1,41 g/sm3, 5 va 6 variantlarda 1,39 g/sm3, 7 va 8 variantlarda 1,37 va 1,36 g/sm3 ni tashkil etdi. Nazorat variantida tuproq zichlanishi bahordan kuzgacha 0,07 g/sm3 ni, 2, 3 va 4 variantlarda 0,02-0,03 g/sm3, 5 va 6 variantlarda 0,03 g/sm3 hamda 7 va 8 variantlarda 0,02 g/sm3 ni tashkil etdi. Tajribaning 5, 6, 7 va 8 variantlarida nazorat variantiga nisbatan tuproq zichlanishi 0-30 sm qatlamda 0,06, 0,06, 0,08 va 0,09 g/sm3 ga kam boʻldi. Xulosalar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi unumdorligi past tuproqlarning unumdorligini oshirish uchun ekinlarni almashlab ekish, ya`ni 1:1:2 tizimida, gʻoʻza : don : gʻalla : gʻalla, kuzgi bugʻdoydan oldin oʻtmishdosh ekin mosh don uchun + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga goʻng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bugʻdoy usulida ekilishi maxsadga muvofiqdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Исмаилов У.Е. Научные основы повышения плодородия почвы. –Нукус. –Билим. -2003. -186 с.
  2. Турсунхўжаев З.С. Научные основы оборотов на землях Голодной степи. – Ташкент. -1972. -256 с.
  3. Xalikov B.M., Namozov F.B. Almashlab ekishning ilmiy asoslari. –Toshkent. -2016. - 222 b.
  4. Кашкаров А.А. Эффективность озимой ржи как промежуточной культуры и её влияние на плодородие и продуктивность хлопчатника. –Автореф. дисс. к.с-х.н. –Ташкент. -1997. -16 с.
  5. Горелов Е.П., Расулов И. Промежуточным культурам зеленую дорогу. // Ж. Сельское хозяйство Узбекистана. -1983. -№10. –с. 34-35

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012033
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/khn9b563
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
560–561
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06