Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA GEOMETRIK SHAKLLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Olimjonov Komiljon Qodir o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘at darslarida geometrik shakllarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Geometrik shakllar o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, konstruktiv fikrlashi, kuzatuvchanligi hamda ijodiy yondashuvini rivojlantirishdagi asosiy didaktik vosita sifatida yoritilgan. Shuningdek, ular orqali perspektiva qonuniyatlarini o‘zlashtirish, nisbatlarni to‘g‘ri aniqlash va hajmni ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada geometrik shakllarning fanlararo integratsiyadagi, xususan, matematika bilan bog‘liqligi ham asoslab berilgan. Natijada geometrik shakllarning tasviriy san‘at ta‘limidagi metodik va amaliy ahamiyati ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PORTRET ISHLASH VA UNING TEXNIKALARINI SODDALASHTIRILGAN HOLDA ISHLASH

    Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li, Odilova Moxigul Xakimxo‘ja qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada portret va uning turlari, portret ishlash texnikalari haqida so‘z yuritiladi. Zamonaviy rassomlar yoki o‘rganuvchilar uchun portretning dastlabki texnikalarini kreativ yondashuv asosida soddalashtirish haqida ma‘lumot beradi. Portret ishlashning tarixdagi ahamiyati haqida ma‘lumot berildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA INSON QOMATINI TASVIRLASHDA GEOMETRIK SHAKLLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Nurmamatova Madinabonu Sirojiddin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘at darslarida inson qomatini tasvirlash jarayonida geometrik shakllardan foydalanish texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Inson tanasining murakkab plastik tuzilishini shar, silindr, kub, prizma va konus kabi sodda geometrik shakllar yordamida konstruktiv modellashtirish metodikasi yoritiladi. Geometrik asosda qurish usuli orqali proporsiya, hajm, perspektiva, yorug‘-soya va harakat qonuniyatlarini o‘rgatishning samaradorligi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan asoslanadi. Shuningdek, mazkur yondashuvning o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, analitik fikrlash va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada geometrik konstruksiya metodining tasviriy san‘at ta‘limida tizimli, bosqichma-bosqich va innovatsion pedagogik texnologiya sifatidagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    5–7 SINF O‘QUVCHILARINING BADIIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Mirzaraximova Ziyoda Komiljon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda zamonaviy ta‘lim texnologiyalari yoritilgan. O‘rta bo‘g‘in o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, ijodiy tafakkuri va estetik idrokini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Tasviriy san‘at darslarida interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, raqamli vositalar hamda kompozitsion mashqlar orqali badiiy tasavvurni shakllantirish yo‘llari asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ZAMONAVIY TA‘LIM TIZIMIDA ART PEDAGOGIKANING TUTGAN O‘RNI

    Mamadjonova Shahlo To‘ychiboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida art pedagogikaning tutgan o‘rni, uning fundamental paradigmalari va taraqqiyot bosqichlari atroflicha tahlil etiladi. Maqolada san‘at vositalari orqali ta‘lim oluvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda shaxsning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning konseptual asoslari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va STEAM ta‘limi sharoitida art pedagogikaning transformatsiyalashuvi hamda kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KULOLCHILIK ISHLAB CHIQARISHIDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY BO‘YOQLAR VA SIRLARNING EKOLOGIK XAVFSIZLIK DARAJASI HAMDA BARQAROR MUQOBILLARI TAHLILI

    Oripov Bobirjon Badirjonovich, Mamadjonov Iskandar Ahmadjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada zamonaviy va an‘anaviy kulolchilikda qo‘llaniladigan sirlar hamda bo‘yoqlarning kimyoviy tarkibi, ularning tarkibidagi og‘ir metallar va zaharli birikmalarning ekologik oqibatlari o‘rganilgan. Maqolada sirlash jarayonida ajralib chiqadigan zararli gazlar, tayyor mahsulotdan foydalanish davridagi kimyoviy migratsiya jarayonlari va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, sohada "yashil texnologiya"larni joriy etish, qo‘rg‘oshinsiz sirlar va tabiiy pigmentlardan foydalanishning afzalliklari ilmiy asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘ATDA EKOLOGIYA MUAMMOLARINING AKS ETISHI VA ULARNING JAMIYAT ONGIGA TA‘SIRI

    Lutfullayeva Surayyo Nodirbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atda ekologik muammolarning ifodalanish usullari, ularning badiiy talqini hamda inson ongiga ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik ta‘siri chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ekologik inqirozlar, atrof-muhit muhofazasi, global iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb masalalar san‘at vositasida qanday ifodalanishi va ularning jamiyat tafakkuriga ta‘sir mexanizmlari ochib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy rassomlar ijodi misolida ekologik muammolarni yoritishning badiiy vositalari, ramziy tasvirlar va kompozitsion yechimlar o‘rganiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NATYURMORT KOMPOZITSIYASIDA SHAKL, RANG, YORUG‘LIK VA HAVO PRESPEKTIVASI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Karimjonova Dilnavoz Turg‘unboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasida shakl, rang, yorug‘lik, soya va havo perspektivasining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning badiiy ifodaviylikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqotda natyurmortda predmetlarning shakli va rang munosabatlari orqali hajm, og‘irlik va kompozitsion markazni aniqlash masalalari yoritilgan. Ranglarning iliq va sovuq xususiyatlari, ularning fazoviy chuqurlik hosil qilishdagi ahamiyati, shuningdek, axromatik va xromatik ranglarning yorqinlik, to‘yinganlik va rang tusi jihatlari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. Yorug‘lik va soya munosabatlarining shakl plastikasini ochish, predmetlarning fakturasi va fazodagi o‘rnini aniqlashdagi roli ochib berilgan. Havo perspektivasi orqali predmetlar orasidagi masofa, chuqurlik va realistik ko‘rinishni yaratish usullari asoslab berilgan. Maqolada san‘atshunos olimlar va mashhur rassomlarning qarashlariga tayangan holda natyurmort ishlash jarayonida kompozitsion muvozanat, ritm va garmoniya masalalari yoritilgan. Ushbu yondashuv tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, estetik didi va ijodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MANZARA KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG‘UNLIGINING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI

    Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li, Mamadjonov Iskandar Ahmadjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘atning manzara janrida kompozitsiya qurish va unda rang uyg‘unligining (kolorit) tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Matnda ranglarning inson ruhiyatiga ta‘siri, havo perspektivasi qonuniyatlari va badiiy asar yaxlitligini ta‘minlashda rang gamutining ahamiyati yagona mantiqiy zanjir asosida yoritilgan. Shuningdek, tabiatdagi yorug‘lik va rang o‘zgarishlarining asar mazmuniga qo‘shadigan estetik qiymati haqida so‘z yuritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘ATDA MANZARA JANRINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Inamoza Zarnigor Zafar qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atda manzara janrining badiiyestetik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda manzara janrining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari hamda Sharq va G‘arb san‘atidagi o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Ayniqsa, Xitoy manzara maktabining shakllanishi, uning falsafiy va badiiy asoslari hamda boshqa hududlarga, jumladan Yapon san‘atiga ko‘rsatgan ta‘siri alohida tahlil etilgan. Maqolada manzara janrining rangtasvirdagi ustun imkoniyatlari, kompozitsiya, rang, yorug‘lik kabi ifoda vositalarining ahamiyati keng ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    2026 YIL ZAMONAVIY LIBOS DIZAYNIDA SILUET VA URF RANGLARNING SHAKLLANISH TENDENSIYALARI

    Ibroximjanova Shahnozabonu Rustamjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur ilmiy maqolada 2026 yil zamonaviy moda sanoatida libos dizaynining asosiy komponentlari hisoblangan siluet shakllari hamda urf ranglarning rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida global moda jarayonlari, jamiyat psixologiyasi, ekologik qarashlar va texnologik taraqqiyotning libos shakli va rang tanlashga ta‘siri o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2026 yil modasida erkin siluetlar, funksionallik va neytraltabiiy ranglar ustunlik qilmoqda. Maqolada libos silueti va rang o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning yangi nazariy modeli taklif etiladi hamda zamonaviy dizaynning kommunikativ xususiyatlari ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INDIVIDUAL MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, G‘ulomova Musallamxon Mirzoxid qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada individual mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari, psixologik omillari hamda samarali texnologiyalari yoritilgan. Individual ta‘lim shaklining afzalliklari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, differensial o‘qitish, loyiha metodi, kreativ topshiriqlar tizimi hamda raqamli vositalardan foydalanish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, individual mashg‘ulotlarda o‘quvchining mustaqil fikrlashi, tasavvuri va ijodiy faolligini shakllantirish omillari ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON RANGTASVIRIDA NATYURMORT JANRINING RIVOJLANISHI

    Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li, Baxrillayeva Diyora G‘ulomjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston rangtasvir san‘atida natyurmort janrining shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari va o‘ziga xos milliy xususiyatlari tahlil qilinadi. XX asr boshlaridan bugungi kungacha bo‘lgan davr oralig‘ida janrning etnografik tasvirlardan falsafiy-ramziy mazmun kasb etishigacha bo‘lgan evolyutsiyasi ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Zinaida Kovalevskaya kabi atoqli musavvirlar ijodi misolida natyurmortda milliy kolorit, nur-soya o‘yinlari va "Ustoz-shogird" an‘analarining tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, zamonaviy o‘zbek rangtasvirida natyurmortning o‘rni va undagi ramziy obrazlar talqini bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT ASARLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING BADIIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Azimova Ro‘zigul Fazlitdin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘at asarlari yordamida o‘quvchilarning badiiy tasavvurlarini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari yoritilgan. Ta‘lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini kengaytirish hamda estetik didini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi raqamli davrda tasviriy san‘atning o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: CHUQUR NAZARIY TAHLIL

    Ayubova Shoxsanam · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada art pedagogikaning zamonaviy paradigmalari chuqur nazariy tahlil asosida o‘rganiladi. Unda san‘at orqali shaxs rivoji, ijodiy tafakkurning shakllanishi va estetik ongning takomillashuvi falsafiypedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, art pedagogikaning postmodern ta‘lim tizimidagi o‘rni, uning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari hamda istiqbollari tahlil etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NATYURMORT KOMPOZITSIYASI TUZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN – QOIDALARI

    Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich, Axmatjonova Umida Lutfillo qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada natyurmort kompozitsiyasini tuzishning o‘ziga xos qonun-qoidalari, uning tasviriy san‘atdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda badiiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Natyurmort yaratish jarayonida kompozitsiya, yorug‘lik va soya, ranglar uyg‘unligi, buyumlarning nisbat va joylashuvi kabi muhim jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning kuzatuvchanligi, fazoviy tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda natyurmortning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada amaliy mashg‘ulotlar orqali tasviriy san‘at ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INTERYER DIZAYNIDA GOBELENNING ESTETIK VA FUNKSIONAL AHAMIYATI

    Alijonova Mehribonu Azizbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada interyer dizaynida gobelen san‘atining o‘rni, uning estetik va funksional jihatlari chuqur ilmiy tahlil asosida yoritiladi. Gobelenning tarixiy shakllanishi, badiiy ifoda vositalari, kompozitsion xususiyatlari hamda zamonaviy interyerda qo‘llanish imkoniyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Shuningdek, gobelenning nafaqat bezak elementi sifatidagi ahamiyati, balki issiqlik saqlash, akustik muhitni yaxshilash, makonni zonalarga ajratish kabi funksional xususiyatlari ham ilmiy asosda yoritib beriladi. Maqolada gobelenning milliy va zamonaviy dizayndagi uyg‘unligi hamda uning inson psixologiyasiga ta‘siri masalalari ham alohida e‘tibor markazida turadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT ORQALI 5-7 SINF O‘QUVCHILARIDA VIZUAL SAVODXONLIK VA MA‘NAVIY ONGNI RIVOJLANTIRISH: INTEGRATSION YONDASHUV

    Abjabbarova Dilafro‘z Baxtiyor qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atning Vizual savodxonlik tushunchasi ancha vaqtdan beri mavjud. Masalan, xotira va o‘rganishning klassik va O‘rta asr nazariyalari so‘zlar va yolg‘onlarning vizual formati ongdagi ma‘lumotlarning tartibiga qanday ta‘sir qilganiga katta e‘tibor qaratdi. Ma‘rifat davrida bosma va qo‘lyozma texnologiyalari orqali hissiyotlarni ko‘tarilayotgan o‘rta sinfga foyda keltiradigan tarzda tarbiyalashga, Vizual materiallarni o‘qishni o‘rganishdan tashqari, ko‘plab maktab o‘quvchilari grafik naqshlarda yozish va chizishni o‘rgandilar, bu ularning yozuvlarini yanada qulayroq va kirishni osonlashtirdi. Tasviriy san‘at orqali 5-7 sinf o‘quvchilarida vizual savodxonlik va ma‘naviy ongni rivojlantirish: integratsion yondashuvga e‘tibor qaratildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NATYURMORT CHIZISHDA RANG VA YORUG‘LIK MUNOSABATLARINI O‘RGANISH

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Abdurazzoqova Shaxnoza Abdumalik qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘atning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan natyurmort chizish jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada natyurmort chizish orqali predmetlarning shakli, hajmi, ranglari, yorug‘lik va soya munosabatlarini o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Rang va yorug‘likning uyg‘un ishlatilishi predmetlarning tabiiy ko‘rinishini yaratishda va tomoshabinning hissiy holatini shakllantirishda qanday rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ranglarning psixologik ta‘siri, kompozitsiya va shakllar o‘rtasidagi muvozanat ham muhokama qilinadi. Natyurmort chizish o‘quvchilarda ranglarni sezish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradigan samarali metod sifatida taqdim etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AKVAREL TEXNIKASIDA NATYURMORT ISHLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Abduraxmonova Sevara Xamidulla qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada akvarel texnikasida natyurmort ishlash jarayonining nazariy va amaliy jihatlari chuqur ilmiy asosda tahlil qilinadi. Akvarel bo‘yoqlarining fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularning rang hosil qilish imkoniyatlari hamda suv bilan o‘zaro ta‘siri natyurmort tasvirlashda qanday badiiy yechimlar berishi keng yoritiladi. Shuningdek, kompozitsiya, yorug‘-soya, rang uyg‘unligi, faktura va shaffoflik kabi muhim omillar natyurmort yaratishdagi o‘rni bilan izohlanadi. Maqolada akvarel texnikasining boshqa rangtasvir texnikalaridan farqli jihatlari, uning nozikligi va murakkabligi ham ilmiy yondashuv asosida ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya