Asosiy mazmunga o‘tish

TASVIRIY SAN‘ATDA MANZARA JANRINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI

Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Inamoza Zarnigor Zafar qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 138–142

Annotatsiya

Mazkur maqolada tasviriy san‘atda manzara janrining badiiyestetik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda manzara janrining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari hamda Sharq va G‘arb san‘atidagi o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Ayniqsa, Xitoy manzara maktabining shakllanishi, uning falsafiy va badiiy asoslari hamda boshqa hududlarga, jumladan Yapon san‘atiga ko‘rsatgan ta‘siri alohida tahlil etilgan. Maqolada manzara janrining rangtasvirdagi ustun imkoniyatlari, kompozitsiya, rang, yorug‘lik kabi ifoda vositalarining ahamiyati keng ochib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПЕЙЗАЖНОГО ЖАНРА В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ

В данной статье с научно-теоретической точки зрения проанализированы художественно-эстетические особенности жанра пейзажа в изобразительном искусстве. В ней освещены происхождение жанра пейзажа, этапы его развития, а также его своеобразные черты в искусстве Востока и Запада. Особо проанализированы становление китайской пейзажной школы, её философские и художественные основы, а также влияние, оказанное ею на другие регионы, в том числе на японское искусство. В статье широко раскрыты преимущественные возможности жанра пейзажа в живописи, а также значение таких средств выразительности, как композиция, цвет и свет.

inglizchaARTISTIC AND AESTHETIC FEATURES OF THE LANDSCAPE GENRE IN FINE ART

This article offers a scientific and theoretical analysis of the artistic and aesthetic features of the landscape genre in the fine arts. It elucidates the origin of the landscape genre, its stages of development, and its distinctive aspects in Eastern and Western art. Particular attention is given to the formation of the Chinese landscape school, its philosophical and artistic foundations, and the influence it exerted on other regions, including Japanese art. The article also gives a broad account of the superior possibilities of the landscape genre in painting and of the significance of such means of expression as composition, color, and light.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI

Ilmiy rahbar: Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi (phd) Inamoza Zarnigor Zafar qizi Namangan davlat pedagogika institute “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Аnnotаtsiуа: Mazkur maqolada tasviriy san’atda manzara janrining badiiyestetik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda manzara janrining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari hamda Sharq va G‘arb san’atidagi o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Ayniqsa, Xitoy manzara maktabining shakllanishi, uning falsafiy va badiiy asoslari hamda boshqa hududlarga, jumladan Yapon san’atiga ko‘rsatgan ta’siri alohida tahlil etilgan. Maqolada manzara janrining rangtasvirdagi ustun imkoniyatlari, kompozitsiya, rang, yorug‘lik kabi ifoda vositalarining ahamiyati keng ochib berilgan. Kаlit so‘zlаr: manzara janri, tasviriy san’at, badiiy-estetik xususiyatlar, rangtasvir, kompozitsiya, estetik idrok, yorug‘lik, rang uyg‘unligi, ijodiy yondashuv, qalamtasvir, haykaltaroshlik, perspektiva. Tasviriy san’at insoniyat madaniy taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi sifatida turli janrlar orqali borliqni aks ettirib keladi. Ushbu janrlar orasida manzara janri alohida o‘rin tutadi. Manzara - bu nafaqat tabiat ko‘rinishlarini tasvirlash, balki insonning tabiatga bo‘lgan munosabati, hissiy kechinmalari va estetik qarashlarini ifodalovchi badiiy vositadir. Ayniqsa, zamonaviy san’atda manzara janri o‘zining badiiy-estetik imkoniyatlari bilan keng qamrovli ijodiy yo‘nalish sifatida rivojlanib bormoqda. Manzara atamasi fransuz tilidagi “peyzaj” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u “tabiat manzarasi” ma’nosini bildiradi. Tasviriy san’atda esa ushbu tushuncha real yoki tasavvurga asoslangan tabiat ko‘rinishlarini badiiy shaklda aks ettiruvchi mustaqil janr sifatida talqin etiladi. Manzara tasviri qalamtasvir va haykaltaroshlik yo‘nalishlarida ham yaratilishi mumkin. Ammo ushbu janrning badiiy imkoniyatlari ayniqsa rangtasvirda kengroq va mukammalroq namoyon bo‘ladi, chunki rang orqali tabiatning kayfiyati, yorug‘lik va muhit holati yanada to‘liq ifodalanadi. Manzara janri tasviriy san’at tarixida qadimdan mavjud bo‘lib, dastlab u boshqa janrlarning fon elementi sifatida namoyon bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan tabiat tasviri mustaqil badiiy yo‘nalishga aylanib, rassomlar e’tiborini tobora ko‘proq jalb eta boshladi. Bu jarayon san’at taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, insonning

tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib borgani sari manzara janrining mazmuni ham boyib bordi. Sharq va G‘arb san’atida manzara janrining rivojlanishi turlicha yo‘nalishda kechgan bo‘lsada, ularning umumiy jihati tabiatni estetik qadriyat sifatida anglash va uni badiiy ifodalashga intilishdir. O‘zbekiston tasviriy san’atida ham manzara janri milliy ruh, an’anaviy qarashlar va zamonaviy tendensiyalar uyg‘unligida rivoj topgan. Manzara janri mustaqil badiiy yo‘nalish sifatida ilk bor Sharq san’ati, xususan, O‘rta asrlar davrida Xitoy tasviriy san’atida shakllangan. Bu davr rassomlari tabiatni oddiy ko‘chirish bilan cheklanib qolmay, uni chuqur falsafiy va ruhiy mazmun bilan boyitishga intilganlar. Xitoy manzaralarida tabiat go‘zalligi nafis va she’riy ruhda tasvirlanib, tomoshabinga estetik zavq bag‘ishlaydi, uni o‘yga toldiradi va borliqning cheksizligi hamda abadiyligi haqida mushohada yuritishga undaydi. Bunday asarlarda inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik alohida ahamiyat kasb etadi. Xitoy rassomlari ko‘pincha tabiatni keng makonda, sokin va muvozanatli holatda aks ettirganlar. Ularning asarlarida tog‘lar, daryolar, o‘rmonlar va osmon manzaralari o‘zaro uyg‘unlikda berilib, kompozitsiyada chuqurlik va kenglik hissi kuchli seziladi. Ayniqsa, bo‘shliqdan mahorat bilan foydalanish, ya’ni ayrim joylarni ochiq qoldirish orqali cheksizlik va sirli muhit yaratish Sharq rassomchiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Mashhur rassomlardan biri X.V. Dun Yuan tomonidan yaratilgan “Daryo manzarasi” asari bu yo‘nalishning yorqin namunalaridan hisoblanadi. Ushbu asar ipak mato ustiga qora tush yordamida ishlangan bo‘lib, unda tabiatning ulkan va beqiyos ko‘lami aks ettirilgan. Kartinada daryo sathi keng va sokin tasvirlangan, uning cheksizligi esa tomoshabinda chuqur taassurot uyg‘otadi. Ufq chizig‘i esa tuman va xira tutun orasida asta-sekin yo‘qolib borayotgandek ko‘rinadi, bu esa makonning nihoyasizligini ifodalashga xizmat qiladi. Asarda realizm bilan birga ma’lum darajada ramziylik ham mujassam bo‘lib, u tabiatning sirli va abadiy mohiyatini ochib beradi. Keyinchalik Xitoy tasviriy san’ati, ayniqsa manzara yo‘nalishi, boshqa Sharq mamlakatlari, jumladan Yaponiyaga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Natijada yapon manzara san’ati shakllanib, u o‘ziga xos uslubda rivojlangan. Yapon rassomlari Xitoy an’analarini davom ettirgan holda, tabiatni yanada nozik, dekorativ va ramziy tarzda tasvirlashga e’tibor qaratganlar. Shu tariqa Sharq manzara san’ati turli hududlarda o‘ziga xos ko‘rinishda taraqqiy etib, jahon tasviriy san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Tasviriy san’at asarida kompozitsiya - bu kartinada aks ettirilgan barcha unsurlarni rassomning g‘oyasi va maqsadiga mos holda tartibli joylashtirish jarayonini anglatadi. “Kompozitsiya” atamasi lotin tilidagi “composition” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, qismlarni muayyan tartib asosida birlashtirish va

uyg‘unlashtirish ma’nosini bildiradi. Rassom tomoshabinning diqqatini jalb etish, unda hissiy ta’sir uyg‘otish uchun ifoda vositalarini puxta tanlaydi va ularni maqsadga muvofiq tarzda qo‘llaydi. Asarda ortiqcha detallar chiqarib tashlanadi, ikkinchi darajali unsurlar esa asosiy g‘oyani ochishga xizmat qiladigan tarzda bo‘ysundiriladi. Bu orqali kompozitsiyada aniqlik va yaxlitlik ta’minlanadi. Shuningdek, kartina yuzasining o‘lchami va shakli, tasvir nuqtasini tanlash, ufq chizig‘ini belgilash, ranglar uyg‘unligini topish hamda kompozitsion markazni aniqlash kabi jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu elementlarning barchasi o‘zaro uyg‘unlashgan holda asarning badiiy ta’sirchanligini oshiradi va uning mazmunini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi. Bugungi kunda manzara janri yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar ta’sirida yanada rivojlanmoqda. Rassomlar an’anaviy uslublar bilan bir qatorda eksperimental texnikalarni ham qo‘llab, manzarani yangi shaklda talqin qilmoqda. Bu jarayonda abstraksiya, ekspressiya va stilizatsiya elementlari keng qo‘llanilmoqda. Zamonaviy manzara asalarida faqatgina tabiiy go‘zallik emas, balki ekologik muammolar, urbanizatsiya va inson-tabiat munosabatlari ham aks ettirilmoqda. Bu esa manzara janrining dolzarbligini yanada oshiradi. O‘zbekiston rassomlari ijodida ham manzara janri muhim o‘rin egallaydi. Ular milliy landshaftlarni, tog‘li hududlarni, qishloq hayotini o‘ziga xos uslubda tasvirlab, san’at rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Manzara janri tasviriy san’atni o‘qitishda muhim metodik vosita hisoblanadi. U o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, estetik did, rang sezgisi va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Tabiatni tasvirlash jarayonida o‘quvchilar real borliqni chuqurroq anglaydi va uni badiiy ifodalash ko‘nikmalarini egallaydi. Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’atda manzara janri o‘zining boy badiiyestetik xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. U nafaqat tabiatni tasvirlash, balki insonning ichki dunyosini ifodalash vositasi hamdir. Rang, kompozitsiya, yorug‘lik kabi elementlar orqali manzara asarlarida chuqur mazmun va estetik qiymat yaratiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar36 ta adabiyot

  1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  28. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  29. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  30. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  31. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  32. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  33. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  34. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  35. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.
  36. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O ‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012058
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2048
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
138–142
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25