Asosiy mazmunga o‘tish

INDIVIDUAL MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, G‘ulomova Musallamxon Mirzoxid qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 127–131

Annotatsiya

Ushbu maqolada individual mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari, psixologik omillari hamda samarali texnologiyalari yoritilgan. Individual ta‘lim shaklining afzalliklari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, differensial o‘qitish, loyiha metodi, kreativ topshiriqlar tizimi hamda raqamli vositalardan foydalanish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, individual mashg‘ulotlarda o‘quvchining mustaqil fikrlashi, tasavvuri va ijodiy faolligini shakllantirish omillari ochib beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НА ИНДИВИДУАЛЬНЫХ ЗАНЯТИЯХ

В настоящей статье освещены теоретико-педагогические основы, психологические факторы и эффективные технологии развития творческих способностей учащихся в процессе индивидуальных занятий. На научной основе анализируются преимущества индивидуальной формы обучения, личностно ориентированный подход, дифференцированное обучение, метод проектов, система креативных заданий, а также механизмы использования цифровых средств. Кроме того, раскрываются факторы формирования самостоятельного мышления, воображения и творческой активности учащегося на индивидуальных занятиях.

inglizchaTECHNOLOGIES FOR DEVELOPING STUDENTS‘ CREATIVE ABILITIES IN INDIVIDUAL CLASSES

This article elucidates the theoretical and pedagogical foundations, psychological factors, and effective technologies for developing students‘ creative abilities in the course of individual lessons. The advantages of the individual form of instruction, the personality-oriented approach, differentiated teaching, the project method, a system of creative assignments, and the mechanisms for using digital tools are analyzed on a scientific basis. The article also reveals the factors involved in forming students‘ independent thinking, imagination, and creative activity in individual lessons.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

INDIVIDUAL MASHG‘ULOTLARDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Phd. E-mail: azizbekboltaboyev1994@gmail.com Тel- [telefon raqami yashirilgan] G‘ulomova Musallamxon Mirzoxid qizi Namanga davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada individual mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari, psixologik omillari hamda samarali texnologiyalari yoritilgan. Individual ta’lim shaklining afzalliklari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, differensial o‘qitish, loyiha metodi, kreativ topshiriqlar tizimi hamda raqamli vositalardan foydalanish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, individual mashg‘ulotlarda o‘quvchining mustaqil fikrlashi, tasavvuri va ijodiy faolligini shakllantirish omillari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: individual mashg‘ulot, ijodiy qobiliyat, kreativ tafakkur, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, pedagogik texnologiya, differensial yondashuv, motivatsiya, refleksiya. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishi, uning individual imkoniyatlarini yuzaga chiqarish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bugungi globallashuv va innovatsion taraqqiyot sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilgari surilgan kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari ham o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Individual mashg‘ulotlar – bu o‘quvchi bilan yakka tartibda olib boriladigan, uning qiziqishi, ehtiyoji va qobiliyatidan kelib chiqqan holda tashkil etiladigan ta’lim shaklidir. Mazkur shakl o‘quvchining ichki imkoniyatlarini ochish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun qulay pedagogik muhit yaratadi. Shu sababli individual mashg‘ulotlarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyalarini ilmiy asosda tahlil qilish dolzarb masala hisoblanadi. Asosiy qism. Ijodiy qobiliyat tushunchasining nazariy asoslari. Ijodiy qobiliyat – bu shaxsning yangi g‘oya, obraz, mahsulot yoki yechim yaratish qobiliyatidir. U quyidagi komponentlardan iborat:

• tasavvur va fantaziya; • divergent (ko‘p yo‘nalishli) fikrlash; • muammoni noodatiy hal qilish qobiliyati; • estetik sezgirlik; • mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasi. Psixolog olimlar ijodiy tafakkur rivoji shaxsning ichki motivatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidlaydilar. Individual mashg‘ulotlar aynan ichki qiziqish va mustaqillikni qo‘llab-quvvatlashi bilan ahamiyatlidir. Individual mashg‘ulotlarning pedagogik imkoniyatlari. Individual ta’lim shakli quyidagi afzalliklarga ega, o‘quvchining shaxsiy sur’atida ishlash imkoniyati, qiyinchiliklarni aniqlash va tezkor bartaraf etish, kuchli tomonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar, ijodiy erkinlik muhiti. Bunday mashg‘ulotlarda o‘qituvchi murabbiy va yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. U o‘quvchiga tayyor bilim bermaydi, balki mustaqil izlanishga undaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi. Bu texnologiyada, o‘quvchining qiziqishlari inobatga olinadi, individual topshiriqlar ishlab chiqiladi, baholash mezonlari moslashtiriladi. Masalan, tasviriy san’at yo‘nalishida qiziqishi kuchli bo‘lgan o‘quvchiga murakkab kompozitsion vazifalar berilishi mumkin. Muammoli o‘qitish texnologiyasi, muammoli vaziyat yaratish orqali o‘quvchining tafakkuri faollashtiriladi. Masalan: “Oddiy buyumni noodatiy obrazga aylantir”, “Bir xil shakldan turli mazmundagi kompozitsiya yarat” bu usul o‘quvchini mustaqil izlanishga undaydi. Individual mashg‘ulotlarda motivatsiya omili. Ijodiy faoliyat samaradorligi ko‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq. Individual ishlash jarayonida, ijobiy rag‘bat erkin tanlov imkoniyati, muvaffaqiyat holatini yaratish, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish muhim ahamiyatga ega. Motivatsiya kuchli bo‘lganda ijodiy mahsulot sifati ham oshadi. Natijalar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, individual mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, kreativ yondashuvni shakllantiradi, qobiliyatlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Amaliy kuzatuvlar natijasida individual ishlash shaklida ijodiy topshiriqlar bajarilgan o‘quvchilarda original g‘oyalar soni va sifati sezilarli oshgani aniqlangan. Xulosa. Individual mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish zamonaviy pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, loyiha va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchining ichki salohiyatini ochib beradi. Shuningdek, o‘qituvchining metodik mahorati, psixologik yondashuvi va kreativ muhit yaratishi hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Individual mashg‘ulotlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganda o‘quvchining ijodiy tafakkuri, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, estetik didi, innovatsion fikrlashi samarali rivojlanadi. Natijada raqobatbardosh, kreativ va tashabbuskor shaxs shakllanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar37 ta adabiyot

  1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  28. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  29. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  30. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  31. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  32. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  33. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  34. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  35. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.
  36. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O ‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436-
  37. O‘G‘Likomoldinov, S. J., & Abdirasilov, S. F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Экономика и социум, (3-2 (106)), 168-171.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012056
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2046
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
127–131
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25