Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MANZARA JANRIDA KOMPOZITSIYA VA RANG UYG‘UNLIGINING AHAMIYATI

    Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li, Obidjonova Ziroyat Oybek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘atning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan manzara janrida kompozitsiya va rang uyg‘unligining badiiy hamda ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Manzara ishlash jarayonida rassomning tabiatni idrok etishi, kompozitsion yechim tanlashi, ranglar munosabati va ularning psixologik ta‘siri masalalari chuqur yoritiladi. Shuningdek, manzara janrining tarixiy shakllanishi, zamonaviy tasviriy san‘atdagi o‘rni va pedagogik jarayonda qo‘llanilishi haqida ilmiy mulohazalar beriladi. Maqola badiiy tafakkurni rivojlantirish, talabalarda estetik didni shakllantirish hamda ijodiy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSTAQILLIK DAVRI BOSHLARIDA RANGTASVIR SAN‘ATIDA YANGI USLUBIY YONDASHUVLAR TAHLILI

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Muhibullayeva Mumtozbegim Fayzullaxon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda rangtasvir san‘atida yuzaga kelgan yangi uslubiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Mustaqillik davri rassomlarga ijodiy erkinlik berib, milliy qadriyatlar, tarixiy meros va zamonaviy badiiy izlanishlarning uyg‘unlashuviga keng imkoniyat yaratdi. Maqolada rangtasvirda yangi ifoda vositalari, kompozitsion yechimlar, rang va shakl orqali mazmun ochib berishdagi yangicha qarashlar yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NATURADAN RASM CHIZISHDA QALAMTASVIR VOSITALARIDAN FOYDALANISH USULLARI

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Isaboyeva Maftuna Ilyosjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada naturadan rasm chizish jarayonida qo‘llaniladigan qalamtasvir vositalari, ularning turlari hamda ulardan samarali foydalanish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, tasviriy san‘atda kuzatuvchanlik, aniqlik va texnik ko‘nikmalarni rivojlantirishda qalamtasvirning o‘rni yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MEVA VA GULLARDAN NATYURMORT ISHLASHGA O‘RGATISH

    Sattarov Axrorbek Nodirjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf tasviriy san‘at darslarida meva va gullardan natyurmort ishlashga o‘rgatish va asarlari bilan tanishtirish, tasviriy asarlarini taxlil qilish va ta‘lim-tarbiya jarayonlarida foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. Bu orqali bolalarda natyurmort janri orqali ushbu janrga bo‘lgan qiziqish uyg‘otish kabi muhim vazifalar amalga oshiriladi. Maqolada natyurmort janri bilan tanishtirish orqali ta‘lim-tarbiya berish muhimligi ham nazarda tutilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA RANG BILAN ISHLASH TEXNIKASINI O‘RGANISH METODIKASI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Yusubjonova Azizaxon A‘zamjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarga rang bilan ishlashni o‘rgatishning nazariy va amaliy faoliyati yoritilgan. Unda ishlab chiqarishning tasviriy faoliyatidagi o‘zgarishlarni, rang nazariyasining qarashlari hamda rang bilan ishlashni o‘rgatishda qo‘llagan metodlar — ishlab chiqilgan, ko‘rgazmalilik, amaliy va ijodiy ishlab chiqarishlar tahlili. Ularning yosh xususiyatlari, individual harakatlari va bosqichma-bosqich jarayonlari asosida rang bilan ishlash ko‘rib chiqish masalalari. Maqolada rang estetik didni yaxshilash va badiiy tafakkurni kuzatishning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OCHIQ HAVODA RASM ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNI BADIIY IJODKORLIGINI SHAKLLANTIRISH

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Yunusjonova Feruza Qosimjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada ochiq havoda rasm ishlash (plener) mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning badiiy ijodkorligini shakllantirishdagi o‘rni va metodik ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada kichik o‘lchamli etyudlar, qisqa muddatli kuzatuv asosidagi mashg‘ulotlar va tabiat sharoitida tezkor rasm ishlash jarayonining pedagogik jihatlari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MANZARA JANRINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    Yoqubova Mohinur Baxromjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada manzara janrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixiy hamda nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy tasviriy san‘atgacha bo‘lgan jarayonda manzara janrining tutgan o‘rni, uning badiiy xususiyatlari va taraqqiyot yo‘nalishlari yoritib beriladi. Shuningdek, turli davrlarda rassomlarning tabiatni tasvirlash uslublari, kompozitsion yechimlari hamda estetik qarashlari o‘rganiladi. Maqolada manzara janrining mustaqil janr sifatida shakllanishi, uning realistik, romantik va zamonaviy yo‘nalishlarda rivojlanishi asoslab berilgan. Bundan tashqari, o‘zbek tasviriy san‘atida manzara janrining o‘ziga xos jihatlari va milliy an‘analar bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tasviriy san‘atni o‘qitishda va yosh rassomlarning estetik tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RANGTASVIRDA MANZARA KOMPOZITSIYASI ISHLASHDA RANG KOLORITINING AHAMIYATI

    Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich, Xursanova Ruxshona Ilxomjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston zamonaviy rangtasvirida manzara janrining rivojlanish tamoyillari, xususan, manzara kompozitsiyasini yaratishda milliy koloritning estetik va falsafiy mohiyati tadqiq etiladi. Rangning etnomadaniy kod sifatida tutgan o‘rni, yorug‘lik va soyaning hududiy iqlimiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda badiiy talqin qilinishi ilmiy tahlilga tortilgan. Tadqiqot davomida an‘anaviy miniatyura san‘ati va xalq amaliy san‘atining zamonaviy manzara janriga ta‘siri, shuningdek, rang palitrasining milliy o‘zlikni anglashdagi konseptual ahamiyati yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTAB TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA NATYURMORT ISHLASH MASALASI

    Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Xoshimova Nozimaxon Zoxidjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada maktab tasviriy san‘at darslarida natyurmort ishlashning pedagogik va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida natyurmortning o‘quvchilarda shakl, rang, kompozitsiya, yorug‘lik va soya tushunchalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida natyurmort chizish bosqichlari, kuzatish asosida tasvirlash metodikasi hamda o‘quvchilarning ijodiy va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada natyurmort ishlash orqali o‘quvchilarning kuzatuvchanligi, fazoviy tasavvuri va estetik didini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari tasviriy san‘at darslarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ESTETIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL VA LOYIHA ASOSIDAGI TA‘LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Xaydarova Marg‘uba Hasanboyevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada estetik tafakkurni rivojlantirishda interfaol va loyiha asosidagi ta‘lim texnologiyalarining ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etilgan. Zamonaviy ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda mustaqil faoliyatga yo‘naltirish masalalari yoritilgan. Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish va estetik baholash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, loyiha asosidagi ta‘lim texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning amaliy ijodiy faoliyatini tashkil etish, ularning estetik qarashlarini mustahkamlash va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari ochib berilgan. Maqolada mazkur yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligi ta‘lim samaradorligini oshirishdagi muhim omil sifatida asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NATURADAN RASM CHIZISHDA KUZATUVCHANLIK, TAFAKKUR VA IDROKNING O‘RNI

    Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich, Xabibullayeva Komila Zikirillo qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘at darslarida naturadan qarab rasm chizish jarayonining psixologik va pedagogik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuvchanlik, tafakkur va idrok kabi muhim kognitiv jarayonlarning o‘quvchilarning badiiy faoliyatidagi o‘rni ilmiy asosda yoritib beriladi. Naturadan tasvir yaratish nafaqat rasm chizish ko‘nikmasini rivojlantiradi, balki shaxsning fikrlash qobiliyati, estetik didi, tasavvuri va borliqni anglash darajasini ham oshiradi. Maqolada ushbu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning rivojlanish mexanizmlari va ta‘lim jarayonidagi amaliy ahamiyati yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ZAMONAVIY TASVIRIY SAN‘AT RIVOJLANISHINING ASOSIY TENDENSIYALARI

    Vaqqosova Kamola Nazirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada XXI asr tasviriy san‘atining rivojlanish tendensiyalari hamda natyurmort janrining zamonaviy talqini ilmiy asosda tahlil qilinadi. Zamonaviy san‘atda konseptual yondashuv, raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari va milliy an‘analar integratsiyasi yoritiladi. Natyurmort janrining mazmuniy kengayishi, uning ijtimoiy-falsafiy mazmun kasb etishi hamda pedagogik-estetik ahamiyati ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QALAMTASVIR SAN‘ATINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li, Turdaliyeva Nafosat O‘rinboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada qalamtasvir fanining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy san‘at ta‘limidagi o‘rni tahlil qilingan. Qadimgi davrlardan boshlab tasviriy san‘atning shakllanishi, sivilizatsiyalar va uslublari yoritilgan. Maqolada qalamtasvir orqali shakl va nisbatni aniqlash, perspektiva va yorug‘-soya munosabatlarini tushunish, shuningdek, kompozitsiya va chiziq madaniyatini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.Shuningdek, maqolada gips modellar, tirik naturalar va boshqa amaliy vositalar orqali talabalarda vizual kuzatish, tasviriy fikrlash va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ham yoritilgan. Ushbu ish san‘at ta‘limida qalamtasvirning poydevor sifatidagi ahamiyatini, uning turli tarixiy davrlarda o‘zgarib rivojlanishini va zamonaviy san‘at ta‘limida qo‘llanilishini ilmiy jihatdan ko‘rsatishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON TABIAT MANZARALARI TASVIRINING BADIIY TAHLILI: XX VA XXI ASR RASSOMLARI IJODIDA

    Toxirova Rayhona Toxirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng go‘zal va rang-barang tabiat manzaralariga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat hududida baland tog‘lar, keng cho‘llar, serhosil vodiylar va qadimiy daryolar uyg‘unlashib, betakror tabiiy muhitni yaratadi. Ana shu go‘zalliklar azaldan rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Tabiat manzaralarini tasvirlash orqali rassomlar nafaqat atrof-muhitni aks ettiradilar, balki o‘z ichki dunyosi, kayfiyati va falsafiy qarashlarini ham ifoda etadilar.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASVIRIY SAN‘ATNING KELIB CHIQISH TARIXI RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLI

    Tojiddinova Fotima Davkarali qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada tasviriy san‘atning kelib chiqish tarixi, uning bosqichma-bosqich rivojlanishi hamda zamonaviy istiqbollari yoritilgan. Xususan, ibtidoiy davr g‘or rasmlaridan boshlab Uyg‘onish davri va hozirgi zamon raqamli san‘atigacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, san‘atning ilmiy asoslari – rangshunoslik, perspektiva, anatomiya va kompozitsiya kabi yo‘nalishlar haqida ma‘lumot beriladi.Maqolada Leonardo da Vinci, Isaac Newton kabi jahon olimlari bilan bir qatorda Kamoliddin Behzod, Ural Tansiqboyev singari o‘zbek tasviriy san‘ati namoyandalarining ilmiy-badiiy hissasi ham ko‘rib chiqiladi.Tadqiqot natijasida tasviriy san‘at inson tafakkuri, madaniyati va ilm-fani bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelayotgani hamda kelajakda raqamli texnologiyalar asosida yangi bosqichga ko‘tarilishi asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMTA‘LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH SINFLARIDA O‘QUVCHILARNING RASM CHIZISH TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Tojiboyeva Shaxnoza Axmadjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarning rasm chizish to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari, metodik yo‘llari hamda samarali usullari yoritiladi. Boshlang‘ich ta‘lim bosqichida tasviriy faoliyatning o‘quvchi shaxsining estetik, ijodiy va tafakkuriy rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilinadi. Shuningdek, rasm chizish jarayonida kuzatuvchanlik, tasavvur, kompozitsion fikrlash va rang sezgirligini rivojlantirish usullari ko‘rsatib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON KULOLCHILIGIDA RANGLAR UYG‘UNLIGI VA TABIIY BO‘YOQLARNING AHAMIYATI

    Oripov Bobirjon Badirjonovich, Tojiboyeva Ruxshona Bunyodbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston an‘anaviy kulolchilik san‘atining ajralmas qismi bo‘lgan ranglar uyg‘unligi va tabiiy bo‘yoqlar tayyorlash texnologiyasi ilmiy-tadqiqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqolada xomashyo manbalari, mineral va o‘simlik asosli pigmentlarning kimyoviy-texnik xususiyatlari hamda ularning amaliy san‘at asarlaridagi estetik vazifalari yoritilgan. Shuningdek, hududiy kulolchilik maktablarining (Rishton, G‘ijduvon, Xorazm) o‘ziga xos ranglar palitrasi va bu ranglarning zamonaviy kulolchilikdagi transformatsiyasi masalalari keng qamrovli tarzda bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ART PEDAGOGIKANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

    Sobitova Malika Alisher qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada art pedagogikaning nazariy asoslari, zamonaviy paradigmalari va ta‘lim tizimidagi o‘rni kompleks tahlil qilinadi. Shuningdek, uning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi hamda shaxsning ijodiy va estetik rivojlanishiga ta‘siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARINING TASVIRIY SAN‘AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA NATYURMORT ISHLASHNI O‘RGATISH METODIKASI

    Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Raximjonova Nodiraxon Baxromjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarga natyurmort ishlashni o‘rgatish metodikasi ilmiy-pedagogik asosda yoritiladi. Natyurmort janrining tarixiy shakllanishi, uning o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, kompozitsion tafakkur, rang sezgirligi va badiiy didni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, naturani tanlash, kompozitsiya tuzish, yorug‘-soya qonuniyatlari, ranglar uyg‘unligini o‘rgatish bosqichlari hamda samarali metod va usullar bayon etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    STEAM-TA‘LIM ORQALI TASVIRIY SAN‘AT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

    Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Oxunjonova Go‘zalxon Olmosboy qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola STEAM-ta‘limning tasviriy san‘at fanida qo‘llanilishi va o‘quvchilarda ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada STEAM-yondashuvning tarixiy shakllanishi, metodik asoslari, fanlararo integratsiya prinsiplari va o‘quvchilarda ijodiy tafakkur, kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish usullari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya