Asosiy mazmunga o‘tish

OCHIQ HAVODA RASM ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNI BADIIY IJODKORLIGINI SHAKLLANTIRISH

Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Yunusjonova Feruza Qosimjon qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 267–272

Annotatsiya

Ushbu maqolada ochiq havoda rasm ishlash (plener) mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning badiiy ijodkorligini shakllantirishdagi o‘rni va metodik ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada kichik o‘lchamli etyudlar, qisqa muddatli kuzatuv asosidagi mashg‘ulotlar va tabiat sharoitida tezkor rasm ishlash jarayonining pedagogik jihatlari bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaФОРМИРОВАНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ТВОРЧЕСТВА УЧАЩИХСЯ ЧЕРЕЗ РИСОВАНИЕ НА ОТКРЫТОМ ВОЗДУХЕ

В данной статье анализируются роль и методическое значение занятий по рисованию на открытом воздухе (пленэр) в формировании художественного творчества учащихся. В статье изложены педагогические аспекты выполнения этюдов небольшого формата, занятий, основанных на кратковременном наблюдении, и процесса быстрого рисования в условиях природы.

inglizchaFORMING STUDENTS‘ ARTISTIC CREATIVITY THROUGH OPEN-AIR DRAWING

This article analyses the role and methodological significance of open-air drawing (plein air) classes in forming students‘ artistic creativity. The article sets out small-format studies, classes based on short-term observation, and the pedagogical aspects of the process of rapid drawing in natural conditions.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OCHIQ HAVODA RASM ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNI BADIIY IJODKORLIGINI SHAKLLANTIRISH

Ilmiy rahbar: Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi (phd) Yunusjonova Feruza Qosimjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Аnnotаtsiуа: Ushbu maqolada ochiq havoda rasm ishlash (plener) mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning badiiy ijodkorligini shakllantirishdagi o‘rni va metodik ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada kichik o‘lchamli etyudlar, qisqa muddatli kuzatuv asosidagi mashg‘ulotlar va tabiat sharoitida tezkor rasm ishlash jarayonining pedagogik jihatlari bayon etilgan. Kаlit so‘zlаr: plener, tasviriy san’at, badiiy ijodkorlik, etyud, kichik etyudlar, qisqa muddatli etyudlar, rang munosabatlari, kolorit, yorug‘lik va soya, havo perspektivasi, kompozitsiya, rangtasvir, rang uyg‘unligi, contrast Tasviriy san’at ta’limida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Badiiy ijodkorlik - bu nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki o‘quvchining estetik tafakkuri, tasavvur kuchi va muammolarni ijodiy yondashuv orqali hal qilish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan, ochiq havoda rasm ishlash (plener) metodikasi o‘quvchilarda badiiy tafakkur, rang va shakl hissi, kompozitsion qarorlar qabul qilish va rassom uchhun ijodiy rivojlanishga samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ochiq havoda rasm ishlash an’anaviy darslardan farqli o‘laroq, o‘quvchilarni tabiiy muhit bilan bevosita muloqotga kirishishga undaydi. Ushbu jarayonda ular nafaqat kuzatish qobiliyatini rivojlantiradi, balki tabiiy ob’ektlarning shakli, rang uyg‘unligi, yorug‘lik va soya o‘zgarishlarini bevosita tajriba orqali o‘rganadi. Shu bilan birga, ochiq havoda ishlash o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilish, kompozitsiya yaratish va o‘z ijodiy qarorlarini asoslashga o‘rgatadi. Misol uchun, tabiat manzarasini rasmga tushirish jarayonida o‘quvchilar perspektiva, rang kontrasti va chiroyli shakl uyg‘unligini hisobga oladi, shuningdek, o‘z ijodiy qarorlarini mustaqil tarzda amalga oshiradi. Ochiq havoda rasm ishlashning yana bir afzalligi - bu hissiy va estetik tafakkur rivoji. Tabiat bilan bevosita ishlash orqali o‘quvchi o‘z his-tuyg‘ularini rang, shakl va faktura orqali ifodalashni o‘rganadi. Masalan, quyosh nurining o‘zgargan yorug‘ligi, bulut shakllari yoki daraxtlarning rang tonlari o‘quvchilarni rang uyg‘unligi va ohangni tanlashga undaydi. Shu tarzda, o‘quvchilar nafaqat

texnik ko‘nikmalarni, balki badiiy qaror qabul qilish va o‘z ijodiy yondashuvini shakllantirishni ham o‘rganadi. Ochiq havoda, ya’ni plener sharoitida kichik etyudlar yaratish jarayoni o‘quvchilarning rangli idrokini rivojlantirish va badiiy tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday mashg‘ulotlarda avvalo asosiy rang munosabatlarini aniqlay olish ko‘nikmasi rivojlantiriladi. Ochiq havoda ishlashda ranglar tabiiy yorug‘lik ostida seziladi va ular manzaraning turli qatlamlarida o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Shu sababli, o‘quvchilar naturaning old ko‘rinishidagi ranglar va dog‘larni uzoqdagi ranglar bilan taqqoslash orqali asosiy rang uyg‘unligini tushunishga o‘rganadilar. Bu esa manzarani yaxlit idrok qilish va rasmga to‘g‘ri aks ettirish uchun zarur pedagogik vazifa hisoblanadi. Kichik o‘lchamdagi etyudlar, odatda, soddalashtirilgan va qisqaroq manzara bo‘laklaridan tashkil topadi. Bu bosqichda o‘quvchi ranglarni katta bloklar, asosiy kontrastlar va yorqinlik munosabatlari orqali ifodalaydi, mayda bo‘laklar va detallar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, uy bilan hovlining bir qismi yoki daraxt va butalar kombinatsiyasini tasvirlash orqali o‘quvchi manzaraning rang strukturasini tez va aniq idrok etishni o‘rganadi. Shu tarzda kichik etyudlar o‘quvchilarga rangni sezish va tasviriy qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Manzara etyudlarini murakkablashtirish jarayonida, o‘quvchi asta-sekin ochiq kenglikdagi manzaralarni tasvirlashga o‘tiladi. Bunday etyudlarda rangning havo perspektivasi bilan ifodalanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, manzaraning uzoqdagi qismlari rangining ochligi, to‘yinganligi va rang ohangining pasayishi kuzatiladi. Shu bilan birga, havo perspektivasi yordamida o‘quvchi obyektlarning masofa, shakl va yorqinlik darajasini badiiy idrok etishni o‘rganadi. Etyudlar davomida o‘quvchilarga manzaraning barcha ko‘rinishlarini taqqoslash va yaxlit idrok qilish ko‘nikmasi o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi ranglarning kontrastini, yorqinlik va ohanglarini bir vaqtning o‘zida baholaydi, shu bilan manzaraning umumiy ritmi va kompozitsiyasini shakllantiradi. Rangning tabiiy uyg‘unligini anglash, o‘quvchiga o‘z ijodiy qarorlarini mustaqil tarzda qabul qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ochiq havoda rasm ishlash kuzatuv va eskiz ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kichik etyudlar o‘quvchiga manzara elementlarini qisqa vaqt ichida idrok etish, asosiy rang bloklarini aniqlash va tezkor tarzda ifodalashni o‘rgatadi. Shu yo‘l bilan o‘quvchi tezkor qaror qabul qilish, ranglarni to‘g‘ri aralashtirish va kompozitsiyani soddalashtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ochiq havoda etyudlar ishlash jarayonida tabiat sharoiti va yorug‘likning doimiy o‘zgarishi ham pedagogik nuqtai nazardan foydalidir. Masalan, quyoshning harakatlanishi, bulutlar soyasi yoki shamol ta’siri manzaraning rang va shaklini o‘zgartiradi. Shu sababli, o‘quvchi doimo rang uyg‘unligini kuzatib, o‘z rasmida

mos ravishda aks ettirishi kerak bo‘ladi. Bu esa rang va yorug‘lik idrokini mustahkamlash tezkor moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Metodik jihatdan, kichik etyudlarni rangda ishlash bosqichma-bosqich murakkablashtirilishi tavsiya etiladi. Dastlab, o‘quvchilar soddalashtirilgan manzaralar bilan ishlaydi, so‘ngra kichik detal va obyektlarni qo‘shib, manzarani kengaytiradi. Keyingi bosqichda ular yirik, ochiq manzaralarni, masalan tog‘, daryo, shahar ko‘chasi kabi murakkab kompozitsiyalarni yaratishga o‘rgatiladi. Shu yo‘l bilan rangning asosiy munosabatlarini, havo perspektivasini va yorug‘lik ta’sirini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish qobiliyati rivojlantiriladi. Shu bilan birga, kichik etyudlar o‘quvchilarda ijodiy erkinlik va mustaqillikni shakllantiradi. Ular o‘z qarorlarini rang tanlash, shaklni joylashtirish va kompozitsiyani tashkil qilish orqali amalga oshiradi. O‘qituvchi faqat yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi, bu esa o‘quvchining o‘z ijodiy yondashuvini rivojlantirishiga imkon beradi. Ochiq havoda plener sharoitida kichik etyudlarni rangda ishlash o‘quvchilarda bir qator pedagogik va badiiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, old ko‘rinishdagi daryo qirg‘og‘i ikkinchi hamda uzoqdagi ko‘rinish bilan, shuningdek bir vaqtda osmon va uning suvdagi aksi bilan ham taqqoslanadi (etyudni ishlash vaqti 15-30-60 daqiqa bo‘lishi mumkin). “Etyudni shunday tasvirlash kerakki, birdan yer bilan suvni osmonga nisbatan tus munosabatlarini anglab, mohiyatini ilg‘ab olish kerak”14 - deydi K.A.Korovin o‘z shogirdlariga. Uning o‘zi etyudlarda asosiy rang munosabatlarini qurishni mohir ustasi bo‘lgan. Qisqa muddatli etyudlar bajarishning pedagogik maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda bunday etyudlar uzoq davomli asar yoki murakkab rasm oldidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchi tabiatdagi rang munosabatlarini tez va samarali idrok etishni o‘rganadi, shuningdek, manzaradan birinchi taassurotlarni oladi va uning koloritiga xos rang uyg‘unligini sezadi. Shu tarzda, qisqa etyud o‘quvchiga rangli idrokni aniqlash va rang uyg‘unligini sezish imkonini beradi, bu esa kelajakdagi murakkab rasm ishlari uchun tayyorgarlik sifatida xizmat qiladi. Boshqa hollarda esa qisqa muddatli etyudlar shakllarni batafsil va chuqurroq o‘rganish maqsadida ishlatiladi. Masalan, inson qo‘li, daraxt shoxlari yoki manzaraning ayrim bo‘laklari kabi kichik detallar etyud orqali tahlil qilinadi. Shu yo‘l bilan o‘quvchi mayda bo‘laklar va detallarni aniqlash, ularni rasmga to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu amaliyot o‘quvchilarga shakl va tuzilishni mustahkamlash, kompozitsion qarorlarni puxta qilish va ijodiy tafakkurini chuqurlashtirish imkonini beradi. Rangtasvirning ba’zi asosiy qonuniyatlarini puxta o‘rganish ham dala amaliyotida qisqa etyudlar yordamida amalga oshiriladi. Shu jarayonda o‘quvchilar Isaxo’jayeva N. “Rangtasvir. Kompozitsiya. (Natyurmort)”TDPU_T., 2014

umumiy yoritilganlik holati, koloritning uyg‘unligi va ranglar kontrasti kabi muhim elementlarni kuzatib, ularni rasmga aks ettirishni o‘rganadilar. Qisqa muddatli etyudlar shuningdek, tezkor qaror qabul qilish va tezkor ijodiy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi, chunki o‘quvchi qisqa vaqt ichida manzaraning asosiy xususiyatlarini idrok etishi va rasmga tushirishi kerak bo‘ladi. Manzara etyudini bajarishda yorug‘likning doimiy o‘zgarishi ham alohida e’tiborga molik. Hattoki quyosh bulutlar ortida bo‘lsa ham, u manzaraga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shu sababli, etyud seansi boshida va yakunida manzaradagi yorug‘lik holati har xil bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘quvchilarga rang tonlari va yoritilish o‘zgarishini tezda sezish, koloritni moslashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish imkonini beradi. Yorug‘likning doimiy o‘zgarishi bilan ishlash, shuningdek, o‘quvchilarda tezkor moslashuv va rangni sezish bo‘yicha reflekslarni shakllantiradi. Shu tarzda, qisqa muddatli etyudlar rang va shakl idroki, kompozitsion qarorlar, yorug‘likni sezish, vizual tafakkur va tezkor ijodiy yondashuvni rivojlantirishda asosiy metodik vosita hisoblanadi. Ular nafaqat texnik ko‘nikmalarni mustahkamlashga, balki o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va badiiy qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qisqa muddatli etyudlarni muntazam bajarish, ayniqsa, dala sharoitida, o‘quvchilarda rangni tezkor idrok etish, shakl va detallarni sezish, kompozitsion uyg‘unlikni topish kabi muhim badiiy ko‘nikmalarni mustahkamlaydi va ularni murakkab rasm ishlari uchun tayyorlaydi. Shu bilan birga, ochiq havoda rasm ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkur, tanqidiy fikrlash va estetik qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jihatdan, bu metodika darslarni nafaqat estetik va badiiy, balki interfaol, motivatsion va innovatsion jihatdan boyitadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar30 ta adabiyot

  1. Komoldinov, S. J. O. (2026). The pedagogical significance of composition in pencil drawing lessons. European Journal of Economic Dynamics and Policy, 2(1), 21-24.
  2. Komoldinov, S. J. O. G. L., & Isaboyeva, M. I. Q. (2026). Manzara janrini o ‘rgatishda rangtasvir texnikalarining metodik qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 344-349.
  3. Jomoldin o’g’li, K. S. SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT.
  4. Komoldinov, S. (2023, December). Qalamtasvir mashg’ulotlarida kompozitsiyaning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  5. Rakhimov, K. (2023). The place of graphics in the fine arts. Solution of social problems in management and economy, 2(2), 5-8.
  6. Rakhimov, K. (2023). THE ROLE OF PORTRAIT ARTISTS IN FINE ARTS. Models and methods in modern science, 2(2), 13-19.
  7. Rakhimov, H. U. (2023). ANALYZING THE PROFESSIONAL QUALITIES OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS BASED ON ART STUDIES. Экономика и социум, (1-1 (104)), 50-53.
  8. Pulatov, D. S., & Kh, R. U. (2019). On fine arts and its varieties. Вестник магистратуры, (4-4 (91)), 89-90.
  9. ogli Rakhimov, H. U. AJMR. AJMR.
  10. Oripov, B. B. (2025). Ideals of the third renaissance and their artistic expression in the fine art of Uzbekistan. Academic Journal of Science, Technology and Education, 1(8), 28-32.
  11. Oripov, B. B. (2025, December). INCREASING THE SCIENTIFIC COMPONENT OF THE ART OF POTTERY IN STUDENTS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 134-137).
  12. Oripov, B. B. (2025). The connection of fine arts to biological science. Science and Education, 6(12), 621-626.
  13. BADIRJANOVICH, O. (2020). THE ROLE OF CERAMICS IN PROFESSIONAL TRAINING OF YOUNG PEOPLE IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. THE AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE AND EDUCATION INNOVATIONS Учредители: The USA Journals, 2(9), 447-451.
  14. Oripov, B. (2025). O ‘QUVCHILARNING RUHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA VA TARBIYALASHDA, XALQ AMALIY SAN’ATINING O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2, 4-3.
  15. Oripov, B. N. (2008). Tasviriy sanʼat taʼlimida didaktika.
  16. Oripov, B. N. (2006). Fine art and its teaching methodology. Tashkent-2005." SCIENCE- INTELLIGENCE.
  17. Oripov, B. (2004). Jahon san'ati tarixi. 3 qismli.
  18. Oripov, B. (2004). San'at tarixidan qisqacha izohli lug'at.
  19. Yuldashev, J. (2024). BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNI JORIY ETISHNING METODIK XUSUSIYATLARI. Farg'ona davlat universiteti, (5), 6-6.
  20. Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).
  21. Yuldashev, J. BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINING AKSIOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT, 251.
  22. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  23. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  24. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  25. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  26. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  27. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  28. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  29. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  30. Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012083
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2073
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
267–272
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25