Asosiy mazmunga o‘tish

QALAMTASVIR SAN‘ATINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li, Turdaliyeva Nafosat O‘rinboy qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 232–236

Annotatsiya

Ushbu maqolada qalamtasvir fanining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy san‘at ta‘limidagi o‘rni tahlil qilingan. Qadimgi davrlardan boshlab tasviriy san‘atning shakllanishi, sivilizatsiyalar va uslublari yoritilgan. Maqolada qalamtasvir orqali shakl va nisbatni aniqlash, perspektiva va yorug‘-soya munosabatlarini tushunish, shuningdek, kompozitsiya va chiziq madaniyatini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.Shuningdek, maqolada gips modellar, tirik naturalar va boshqa amaliy vositalar orqali talabalarda vizual kuzatish, tasviriy fikrlash va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ham yoritilgan. Ushbu ish san‘at ta‘limida qalamtasvirning poydevor sifatidagi ahamiyatini, uning turli tarixiy davrlarda o‘zgarib rivojlanishini va zamonaviy san‘at ta‘limida qo‘llanilishini ilmiy jihatdan ko‘rsatishga qaratilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВОЗНИКНОВЕНИЕ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА РИСУНКА

В данной статье проанализированы возникновение дисциплины «рисунок», этапы её развития и место в современном художественном образовании. Освещены становление изобразительного искусства начиная с древних времён, а также цивилизации и стили. В статье рассмотрены вопросы определения формы и пропорций посредством рисунка, понимания перспективы и светотеневых отношений, а также развития культуры композиции и линии. Кроме того, в статье освещён процесс формирования у студентов навыков визуального наблюдения, изобразительного мышления и творческого мышления посредством гипсовых моделей, живой натуры и других практических средств. Данная работа направлена на научное обоснование значения рисунка как фундамента художественного образования, его изменения и развития в различные исторические периоды, а также его применения в современном художественном образовании.

inglizchaTHE EMERGENCE AND DEVELOPMENT STAGES OF DRAWING ART

This article analyses the origin of academic drawing, the stages of its development, and its place in contemporary art education. It sets out the formation of fine art from ancient times onwards, together with the civilizations and styles involved. The article also considers the determination of form and proportion through drawing, the understanding of perspective and of light-and-shade relationships, as well as the development of composition and of line culture. In addition, the article describes the process of forming students‘ skills of visual observation, pictorial thinking, and creative thought through plaster models, live models, and other practical means. The present work is aimed at demonstrating scientifically the importance of drawing as the foundation of art education, its changing development across various historical periods, and its application in contemporary art education.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QALAMTASVIR SAN’ATINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti Art pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Turdaliyeva Nafosat O‘rinboy qizi Namangan davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada qalamtasvir fanining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy san’at ta’limidagi o‘rni tahlil qilingan. Qadimgi davrlardan boshlab tasviriy san’atning shakllanishi, sivilizatsiyalar va uslublari yoritilgan. Maqolada qalamtasvir orqali shakl va nisbatni aniqlash, perspektiva va yorug‘-soya munosabatlarini tushunish, shuningdek, kompozitsiya va chiziq madaniyatini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.Shuningdek, maqolada gips modellar, tirik naturalar va boshqa amaliy vositalar orqali talabalarda vizual kuzatish, tasviriy fikrlash va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ham yoritilgan. Ushbu ish san’at ta’limida qalamtasvirning poydevor sifatidagi ahamiyatini, uning turli tarixiy davrlarda o‘zgarib rivojlanishini va zamonaviy san’at ta’limida qo‘llanilishini ilmiy jihatdan ko‘rsatishga qaratilgan. Kalit so‘zlar;qalamtasvir, tasviriy san’at, tarixiy rivojlanish, shakl va nisbat, perspektiva, kompozitsiya, kuzatish, anatomiya, yorug‘-soya, gips modellari Qalamtasvir tasviriy san’atning poydevorini tashkil etuvchi asosiy yo‘nalish hisoblanadi. U rassomlik faoliyatida shakl va nisbatni aniqlash, perspektiva va kompozitsiyani to‘g‘ri berish, tasviriy fikrlashni rivojlantirish vositasi sifatida muhimdir.Qadimgi davrlardan boshlab qalamtasvir san’at ta’limida alohida o‘rin egallab kelmoqda. Talabalar bu fan orqali nafaqat ijodiy, balki tahliliy fikrlashni rivojlantiradi. Shu bois uni ko‘pincha “ko‘rish maktabi” deb atashadi.Maqolada qadimgi sivilizatsiyalardagi tasviriy faoliyatdan boshlab, o‘rta asr, uyg‘onish davri va zamonaviy san’atdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shu bilan birga, gips modellari va tirik naturalar bilan ishlash metodlari ham keltiriladi. Ibtidoiy jamiyatlarda g‘or devorlariga hayvonlar, ov manzaralari va kundalik hayot sahnalari tasvirlangan. Bu tasvirlarda shakl, harakat va proporsiyalarni idrok etish intilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu davrda qalamtasvirning ilk ko‘rinishlari paydo bo‘lgan.Qadimgi Misr san’atida tana qismlari proporsiyaga rioya qilgan holda tasvirlangan. Perspektiva printsiplari mavjud bo‘lib, obyektlar masofaga qarab kichraytirilgan. Shu tariqa rassomlar vizual kuzatish, shaklni idrok

etish va chizish ko‘nikmalarini rivojlantirgan.Yunon san’atida inson anatomiyasi mukammal o‘rganilgan, mushaklar va tana qismlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Shu davrda kompozitsiya tahlili va chiziqlarni balanslash printsiplari shakllandi. Rim san’ati esa monumental va arxitektura tasvirlariga e’tibor qaratdi, bu esa qalamtasvirning amaliy jihatini boyitdi.O‘rta asrda qalamtasvir ko‘proq diniy mavzularga qaratilgan. Miniatyura san’ati chiziq va detal ifodalarini rivojlantirdi. Shu davrda gips modellar bilan ishlash usullari paydo bo‘ldi, bu esa talabalarda shakl va nisbatni tushunish ko‘nikmalarini shakllantirdi.Ko‘plab diniy qo‘lyozmalarda, katedral va cherkov devorlarida tasviriy ishlar amalga oshirilgan. Talabalar chiziq va kompozitsiya printsiplarini mashq qilish orqali murakkab tasvirlarni yaratishni o‘rganishgan.Uyg‘onish davrida rassomlar tabiatni ilmiy asosda o‘rganishni boshladilar. Perspektiva qonunlari, yorug‘-soya munosabatlari va proporsiyalar tahlili amalga oshirildi. Shu davrda qalamtasvir amaliy va ilmiy fan sifatida shakllandi. Rassomlar asarni yaratishdan oldin albatta qalamtasvir orqali tayyorgarlik ishlarini bajardilar.Leonardo da Vinchi, Migelanjelo va boshqa rassomlar anatomik tahlillarni, tabiat kuzatishini va perspektivani mukammal qo‘llashni maqsad qilgan. Shu tariqa qalamtasvir fanining amaliy va ilmiy ahamiyati mustahkamlandi.Hozirgi kunda qalamtasvir san’at ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Talabalar shakl va nisbatni aniqlash, kompozitsiya tuzish, anatomik va perspektivani to‘g‘ri berish hamda kuzatish qobiliyatini rivojlantirishni o‘rganadilar. Gips modellar va tirik naturalar bilan ishlash amaliyoti orqali ular tasviriy fikrlashni yanada chuqurroq o‘zlashtiradilar.Shuningdek, zamonaviy qalamtasvir talabalarda ijodiy tafakkur, dizayn va san’atshunoslik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois uni “ko‘rish maktabi” deb atash o‘rinlidir. Qalamtasvir fanining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi insoniyat madaniyati va san’ati bilan bevosita bog‘liqdir. Ibtidoiy g‘or tasvirlaridan boshlab, inson o‘z hayoti, tabiat va atrof-muhitini kuzatish orqali shakl va harakatni ifodalashga harakat qilgan. Qadimgi Misr, Yunon va Rim san’ati esa qalamtasvirning ilmiy va amaliy asoslarini yaratishga yordam bergan. Shu davrlarda inson anatomiyasi, perspektiva qonunlari, yorug‘-soya munosabatlari kabi tamoyillar tizimli ravishda o‘rganilgan va tasviriy ijodda qo‘llanilgan.O‘rta asr va miniatura san’ati davrida chiziq madaniyati, kompozitsiya printsiplari va detalga e’tibor rivojlangan bo‘lsa, uyg‘onish davrida ilmiy yondashuv va tabiat kuzatish orqali qalamtasvir fanining yanada mukammal shakllanishi sodir bo‘lgan. Leonardo da Vinchi va Migelanjelo kabi rassomlar anatomik tahlillarni chuqur o‘rganib, murakkab tasvirlarni mukammal chizish usullarini ishlab chiqqanlar.Zamonaviy davrda qalamtasvir san’at ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Talabalar gips modellar, tirik naturalar va turli obyektlarni kuzatish orqali shakl va nisbatni, kompozitsiya va

perspektivani chuqurroq o‘rganadilar. Shu bilan birga, ular ijodiy tafakkur, san’atshunoslik bilimlari va dizayn ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Xulosa qilib aytganda, qalamtasvir fanining kelib chiqishi va uning tarixiy rivojlanishi insoniyat san’ati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u talabalarda ijodiy va ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi zamonda ham qalamtasvir san’at ta’limining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda va kelajak avlod rassomlari uchun mustahkam ilmiy-amaliy asos yaratadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar36 ta adabiyot

  1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  28. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  29. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  30. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  31. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  32. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  33. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  34. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  35. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.
  36. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O ‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012076
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2066
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
232–236
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25