5–7 SINF O‘QUVCHILARINING BADIIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li, Mirzaraximova Ziyoda Komiljon qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 169–172
Annotatsiya
Ushbu maqolada 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda zamonaviy ta‘lim texnologiyalari yoritilgan. O‘rta bo‘g‘in o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, ijodiy tafakkuri va estetik idrokini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Tasviriy san‘at darslarida interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, raqamli vositalar hamda kompozitsion mashqlar orqali badiiy tasavvurni shakllantirish yo‘llari asoslab beriladi.
Boshqa tillarda
ruschaТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ВООБРАЖЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ 5-7 КЛАССОВ
В настоящей статье освещены педагогико-психологические основы и современные образовательные технологии развития художественного воображения учащихся 5–7 классов. Анализируются возрастные особенности учащихся среднего звена, факторы развития их творческого мышления и эстетического восприятия. Обоснованы пути формирования художественного воображения на уроках изобразительного искусства посредством интерактивных методов, проектного обучения, цифровых средств и композиционных упражнений.
inglizchaTECHNOLOGIES FOR DEVELOPING ARTISTIC IMAGINATION AMONG GRADES 5-7 STUDENTS
This article elucidates the pedagogical and psychological foundations of developing the artistic imagination of pupils in grades 5–7, as well as modern educational technologies. The age-related characteristics of middle-school pupils and the factors involved in developing their creative thinking and aesthetic perception are analyzed. Ways of forming the artistic imagination in fine art lessons through interactive methods, project-based instruction, digital tools, and compositional exercises are substantiated.
Kalit so‘zlar
- ta‘lim
- san‘at
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tafakkur
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
5–7 SINF O‘QUVCHILARINING BADIIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Phd. E-mail: azizbekboltaboyev1994@gmail.com Тel- [telefon raqami yashirilgan] Mirzaraximova Ziyoda Komiljon qizi Namanga davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari yoritilgan. O‘rta bo‘g‘in o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, ijodiy tafakkuri va estetik idrokini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Tasviriy san’at darslarida interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, raqamli vositalar hamda kompozitsion mashqlar orqali badiiy tasavvurni shakllantirish yo‘llari asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: badiiy tasavvur, ijodiy tafakkur, estetik tarbiya, tasviriy san’at, pedagogik texnologiya, kompozitsiya, interfaol metod, vizual tafakkur. Kirish. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va estetik dunyoqarashini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 5–7-sinf o‘quvchilari shaxs sifatida shakllanishning faol bosqichida bo‘lib, ularning tasavvuri, fantaziyasi va obrazli fikrlashi jadal rivojlanadi. Badiiy tasavvur – bu borliqni obrazlar orqali idrok etish, tasvirlash va qayta yaratish qobiliyatidir. U nafaqat tasviriy san’at darslarida, balki o‘quvchining umumiy intellektual va estetik rivojlanishida ham muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlarida ham o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu bois, 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirish texnologiyalarini ilmiy asosda tahlil qilish dolzarb masala hisoblanadi. Asosiy qism. 5–7-sinf o‘quvchilarining psixologik xususiyatlari. Mazkur yosh davrida o‘quvchilarda, obrazli tafakkur kuchayadi, rang va shaklni chuqurroq idrok etish qobiliyati shakllanadi, mustaqil ijod qilishga intilish paydo bo‘ladi, fantaziya va emotsional sezgirlik ortadi. Psixologik tadqiqotlarga ko‘ra, o‘smirlikning boshlang‘ich bosqichida vizual idrok va tasavvur mexanizmlari faol rivojlanadi. Shu bois tasviriy faoliyat ularning shaxsiy o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Interfaol metodlardan foydalanish. Quyidagi metodlar samarali hisoblanadi. “Aqliy hujum” (obraz yaratish jarayonida g‘oyalar generatsiyasi), “Klaster” (tasviriy obrazni tarkibiy qismlarga ajratish), “Sinkveyn” (san’at asariga qisqa poetik tavsif berish), Rol o‘ynash (ijodiy sahnalashtirish). Bu metodlar o‘quvchilarning tasavvurini faollashtiradi, mustaqil fikrlashga undaydi. Loyiha metodi orqali o‘quvchilar, muayyan mavzuda mustaqil kompozitsiya yaratadi, ma’lumot to‘playdi va tahlil qiladi, natijani vizual shaklda ifodalaydi. Masalan, “Tabiat va inson” mavzusida loyiha ishlash jarayonida o‘quvchi kuzatuv, tahlil va ijodiy talqin bosqichlarini o‘taydi. Badiiy tasavvurni rivojlantirishda quyidagi mashqlar muhim, erkin mavzuda fantazion rasm chizish, berilgan shakldan obraz yaratish, rang orqali kayfiyat ifodalash, natyurmortni ijodiy talqin qilish. Bu mashqlar o‘quvchining ijodiy mustaqilligini oshiradi. Natijalar. Tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar qo‘llanganda o‘quvchilarning ijodiy faolligi oshadi, loyiha asosidagi darslar tasavvurni mustahkamlaydi, raqamli vositalar motivatsiyani kuchaytiradi, kompozitsion mashqlar estetik didni shakllantiradi. Natijada 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlari tizimli va izchil ravishda rivojlanadi. Xulosa. 5–7-sinf o‘quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirish uzluksiz, maqsadli va texnologik yondashuvni talab qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasviriy san’at darslariga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning, ijodiy tafakkuri, estetik didi, mustaqil fikrlashi, vizual madaniyati samarali rivojlanadi. Shuningdek, o‘qituvchining metodik mahorati, darsni to‘g‘ri loyihalashi va ijodiy muhit yaratishi badiiy tasavvurni shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC. 2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026. 3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963. 4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tasviriy san’atga o‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44. 6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146. 7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60. 8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIYPEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66. 10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095. 11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232. 12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218. 13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334- 338. 14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416. 15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9). 16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353. 17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46. 18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382. 19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271. 20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389. 22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360. 23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH. 24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68). 25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE. 26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295. 27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45. 28. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35. 29. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1). 30. Dominjonov, K. F. U. (2026, January). 31. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92. 32. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355. 33. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86. 34. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407. 35. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435. 36. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436- 440. 37. O‘G‘Likomoldinov, S. J., & Abdirasilov, S. F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Экономика и социум, (3-2 (106)), 168-171
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar20 ta adabiyot
- Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.10.1063/5.0318803
- Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
- Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
- Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tasviriy san’atga o‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
- Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
- Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
- Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
- Boltaboyev, A. (2023, December). BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY-PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
- Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
- Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087-1095.
- O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
- O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
- Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-338.
- Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizual-mnemonik yondashuv asosida o‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
- Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
- Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
- Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
- Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
- Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
- Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012064
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2054
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 169–172
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25