Asosiy mazmunga o‘tish

NATYURMORT CHIZISHDA RANG VA YORUG‘LIK MUNOSABATLARINI O‘RGANISH

Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Abdurazzoqova Shaxnoza Abdumalik qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 85–89

Annotatsiya

Ushbu maqolada tasviriy san‘atning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan natyurmort chizish jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada natyurmort chizish orqali predmetlarning shakli, hajmi, ranglari, yorug‘lik va soya munosabatlarini o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Rang va yorug‘likning uyg‘un ishlatilishi predmetlarning tabiiy ko‘rinishini yaratishda va tomoshabinning hissiy holatini shakllantirishda qanday rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ranglarning psixologik ta‘siri, kompozitsiya va shakllar o‘rtasidagi muvozanat ham muhokama qilinadi. Natyurmort chizish o‘quvchilarda ranglarni sezish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradigan samarali metod sifatida taqdim etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИЗУЧЕНИЕ ВЗАИМОСВЯЗИ ЦВЕТА И СВЕТА ПРИ РИСОВАНИИ НАТЮРМОРТА

В данной статье анализируется процесс рисования натюрморта — одного из важных направлений изобразительного искусства. В статье освещено значение изучения формы, объёма и цвета предметов, а также отношений света и тени посредством рисования натюрморта. Показано, какую роль играет гармоничное использование цвета и света в создании естественного вида предметов и в формировании эмоционального состояния зрителя. Кроме того, в статье обсуждаются психологическое воздействие цветов, а также равновесие между композицией и формами. Рисование натюрморта представлено как эффективный метод, способствующий развитию у учащихся чувства цвета и творческих способностей.

inglizchaSTUDYING THE RELATIONSHIP BETWEEN COLOUR AND LIGHT IN STILL-LIFE DRAWING

This article analyses the process of still life drawing, one of the important directions of fine art. The article elucidates the significance of studying the form, volume, and colours of objects and the relationships of light and shadow through still life drawing. It shows the role that the harmonious use of colour and light plays in creating the natural appearance of objects and in shaping the viewer‘s emotional state. The article also discusses the psychological impact of colours and the balance between composition and forms. Still life drawing is presented as an effective method that helps learners develop a sense of colour and creative abilities.

Kalit so‘zlar

  • natyurmort
  • kompozitsiya
  • rang
  • tasviriy san‘at
  • metodika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

NATYURMORT CHIZISHDA RANG VA YORUG‘LIK MUNOSABATLARINI O‘RGANISH Ilmiy rahbar: Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi (PhD) Abdurazzoqova Shaxnoza Abdumalik qizi Namangan davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’atva muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Аnnotаtsiуа: Ushbu maqolada tasviriy san’atning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan natyurmort chizish jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada natyurmort chizish orqali predmetlarning shakli, hajmi, ranglari, yorug‘lik va soya munosabatlarini o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Rang va yorug‘likning uyg‘un ishlatilishi predmetlarning tabiiy ko‘rinishini yaratishda va tomoshabinning hissiy holatini shakllantirishda qanday rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ranglarning psixologik ta’siri, kompozitsiya va shakllar o‘rtasidagi muvozanat ham muhokama qilinadi. Natyurmort chizish o‘quvchilarda ranglarni sezish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradigan samarali metod sifatida taqdim etilgan. Kаlit so‘zlаr: Natyurmort, tasviriy san’at, rang, yorug‘lik, soya, kompozitsiya, shakl, hajm, sezgi, rang uyg‘unligi, yorug‘lik, rang kombinatsiyasi, kreativlik, ijodiy tafakkur, contrast. Tasviriy san’atning muhim yo‘nalishlaridan biri natyurmort chizish bo‘lib, u predmetlarning shakli, hajmi va rangini o‘rganishga yordam beradi. Shu bilan birga, rang va yorug‘likni tushunish orqali o‘quvchilarda sezish, borliqni idrok etish qobilyatlari rivojlanadi. Natyurmort chizish nafaqat predmetlarni chizish, balki ularning tabiiy ko‘rinishini yaratish, ranglar va yorug‘lik o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish jarayonidir. Natyurmort chizish jarayonida rang va yorug‘lik predmetning tabiiy ko‘rinishini hosil qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Rang predmetning yuzasini, uning ohangini va hissiy ifodasini belgilaydi. Yorug‘lik esa predmetning hajmini va chuqurligini ko‘rsatadi. Yorug‘lik manbai predmet yuzasining bir qismini yorqin qiladi, boshqa qismini esa soya ostida qoldiradi. Shu tarzda predmetning uch o‘lchovli ko‘rinishi hosil bo‘ladi. O‘quvchilar natyurmort chizishda rang va yorug‘likni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar. Natyurmort janri tasviriy san’atning eng qadimiy va o‘ziga xos jozibaga ega yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu janr asosan turli maishiy buyumlar, gullar, mevalar, idishlar va boshqa predmetlarni tasvirlash orqali namoyon bo‘ladi. Natyurmortda obyektlarning ranglari, shakllari, hajmi, shuningdek, yorug‘lik va soya bilan uyg‘unligi katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik va ranglarning uyg‘unligi tasviriy san’atda nafaqat estetik ta’sir yaratadi, balki tomoshabinning hissiy

holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Natyurmortda yorug‘lik va rangning o‘zaro aloqasi asarning umumiy ko‘rinishini belgilab, tomoshabinga kuchli hissiy ta’sir beradi. Yorug‘lik manbalari, ularning joylashuvi va intensivligi, shuningdek, obyektlarning shakl va tuzilishini ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Natyurmort chizishda rang va yorug‘lik munosabatlarini o‘rganish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich predmetlarni tanlash va ularni kompozitsiyaga joylashtirishdir. Meva, sabzavot yoki oddiy predmetlardan tashkil topgan natyurmort o‘quvchilarga ranglarni farqlash va ularni bir-biriga uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, yorug‘lik manbai predmetlarga qanday tushishini kuzatish zarur. Yorug‘likning yo‘nalishi va kuchi rang tonini o‘zgartiradi, bu esa chizish jarayonida e’tiborga olinishi kerak. Ikkinchi bosqich ranglarni idrok etish va ohangini yaratishdir. Rangni to‘g‘ri ishlatish predmetning tabiiy ko‘rinishini hosil qiladi. Masalan, meva yuzasidagi rang yorug‘lik va soya ta’sirida turlicha ko‘rinadi. O‘quvchilar ranglarni aralashtirish va soya tonlarini yaratish orqali predmetlarni hayotiy tarzda chizishni o‘rganadilar. Bu jarayon o‘quvchilarda rang sezish va uyg‘unlashtirish qobiliyatini oshiradi. Uchinchi bosqich, yorug‘lik va soyani chizishdir. Yorug‘lik predmetning hajmi va shaklini ko‘rsatadi, soya esa predmetga chuqurlik beradi. Natyurmortda yorug‘lik manbai va soyalarni to‘g‘ri chizish predmetlarni tabiiy ko‘rsatishga yordam beradi. O‘quvchilar bu orqali uch o‘lchovli ko‘rinish yaratishni o‘rganadilar. To‘rtinchi bosqich, rang va yorug‘likni uyg‘unlashtirishdir. Ranglarning tabiiy uyg‘unligi va yorug‘likning to‘g‘ri ishlatilishi kompozitsiyaning tabiiy va muvozanatli ko‘rinishini ta’minlaydi. Issiq ranglar yorug‘lik ostida yorqinroq ko‘rinadi, sovuq ranglar esa soyada chuqurroq ifodalanadi. Shu orqali o‘quvchilar predmetlarning tabiiy ko‘rinishini yaratish, ranglarning hissiy ta’sirini sezish imkoniga ega bo‘ladi. Beshinchi bosqich, ijodiy tafakkurini rivojlantirishdir. Natyurmort chizish o‘quvchilarga rang va yorug‘lik bilan ishlash orqali o‘z ijodiy fikrini ifodalash imkonini beradi. Ranglarni kombinatsiyalash, yorug‘lik va soya bilan tajriba o‘tkazish o‘quvchilarda individual san’at uslubini shakllantiradi. Ranglar natyurmortga estetik boylik qo‘shadi va har bir predmetning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishga yordam beradi. Ranglarning o‘zaro uyg‘unligi va kontrasti asarga o‘ziga xosligi va go‘zallik beradi. Shuningdek, ranglarning psixologik ta’siri ham muhimdir. Masalan, issiq ranglar, xususan qizil va sariq, tomoshabinda energiya va hayajon uyg‘otadi, sovuq ranglar, masalan ko‘k va yashil, esa osoyishtalik va tinchlik hissini yaratadi. Shu sababli, natyurmort tasvirlarida rang va yorug‘lik bir-birini to‘ldiradi va bir butun hosil qiladi. Rang va yorug‘likning uyg‘un ishlatilishi asarning vizual jozibasini oshiradi, predmetlarning tabiiy ko‘rinishini yaratadi va tomoshabinda kuchli hissiy taassurot qoldiradi.

Natyurmort janrida kompozitsiya va shakllar o‘rtasidagi munosabatlar, ranglarning ta’siri bilan birga, asarning estetik va psixologik hissiyotini kuchaytiradi. Kompozitsiya yordamida shakllar va ranglarning joylashuvi tasvirga joziba va uyg‘unlik beradi. Shakllar va ranglar o‘rtasidagi muvozanat tasvirning tashqi ko‘rinishini yaxshilabgina qolmay, tomoshabinda hissiy ta’sir ham yaratadi. Natyurmortda shakllar va ranglarning uyg‘un ishlatilishi san’atkorga yangi his-tuyg‘ularni ifodalash imkonini beradi. Yorug‘likning ta’siri esa predmetlarni ajratib ko‘rsatish bilan birga, asarning estetik qiymatini oshiradi. Yorug‘lik va soya yordamida dramatik effekt yaratiladi, bu esa predmetlarni sezgir va jonli ko‘rsatishga yordam beradi. Shu bilan birga, yorug‘lik san’atkorga tasvirning har bir detalini aniq va muvozanatli yaratish imkonini beradi. Yorug‘lik manbalarining intensivligi va tasvirga ta’sirini nazorat qilish san’atkorni chuqur fikrlashga va chizish mahoratini oshirishga undaydi. Ranglar orqali esa har bir predmetning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin. Ranglar tasvirda milliy ruhni ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Masalan, yashil rang tabiatni, yangilanish va o‘zgarishni bildirsa, qizil rang kuchli ehtiros va energiyani ifodalaydi. Ko‘k rang esa tinchlik va osoyishtalikni ta’kidlaydi. Ranglarning uyg‘unligi tasvirning umumiy estetik ta’sirini oshiradi va tomoshabinning ruhiy holatini shakllantiradi. Natyurmort chizish orqali o‘quvchilar nafaqat texnik ko‘nikmalarni, balki rang sezish hissi ham rivojlanadi. Rangni aniqlash, yorug‘lik va soyani to‘g‘ri ishlatish predmetlarning tabiiy ko‘rinishini hosil qiladi. Rang va yorug‘lik bilan ishlash o‘quvchilarda hissiy idrokni ham kuchaytiradi, chunki ranglar va yorug‘lik predmetlarning tabiiyligini va go‘zalligini oshiradi. Umuman olganda, natyurmort chizishda rang va yorug‘lik munosabatlarini o‘rganish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Rangni to‘g‘ri qo‘llash, yorug‘lik va soyani ajratish orqali predmetlarni tabiiy va hayotiy ko‘rinishda tasvirlash mumkin bo‘ladi. Shu sababli, rang va yorug‘lik elementlariga e’tibor qaratish natyurmort chizish darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu o‘quvchilarda ranglarni sezish, tafakkur va kreativlikni rivojlantiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar37 ta adabiyot

  1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  28. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  29. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  30. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  31. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  32. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  33. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  34. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  35. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.
  36. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O ‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436-440.
  37. O‘G‘Likomoldinov, S. J., & Abdirasilov, S. F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Экономика и социум, (3-2 (106)), 168-171.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012048
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2038
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
85–89
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25