Asosiy mazmunga o‘tish

NATYURMORT KOMPOZITSIYASIDA SHAKL, RANG, YORUG‘LIK VA HAVO PRESPEKTIVASI

Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Karimjonova Dilnavoz Turg‘unboy qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 147–152

Annotatsiya

Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasida shakl, rang, yorug‘lik, soya va havo perspektivasining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning badiiy ifodaviylikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqotda natyurmortda predmetlarning shakli va rang munosabatlari orqali hajm, og‘irlik va kompozitsion markazni aniqlash masalalari yoritilgan. Ranglarning iliq va sovuq xususiyatlari, ularning fazoviy chuqurlik hosil qilishdagi ahamiyati, shuningdek, axromatik va xromatik ranglarning yorqinlik, to‘yinganlik va rang tusi jihatlari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. Yorug‘lik va soya munosabatlarining shakl plastikasini ochish, predmetlarning fakturasi va fazodagi o‘rnini aniqlashdagi roli ochib berilgan. Havo perspektivasi orqali predmetlar orasidagi masofa, chuqurlik va realistik ko‘rinishni yaratish usullari asoslab berilgan. Maqolada san‘atshunos olimlar va mashhur rassomlarning qarashlariga tayangan holda natyurmort ishlash jarayonida kompozitsion muvozanat, ritm va garmoniya masalalari yoritilgan. Ushbu yondashuv tasviriy san‘at darslarida o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, estetik didi va ijodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaФОРМА, ЦВЕТ, СВЕТ И ВОЗДУШНАЯ ПЕРСПЕКТИВА В НАТЮРМОРТНОЙ КОМПОЗИЦИИ

В данной статье проанализированы взаимосвязь формы, цвета, света, тени и воздушной перспективы в композиции натюрморта, а также их роль в формировании художественной выразительности. В исследовании освещены вопросы определения объёма, тяжести и композиционного центра посредством формы предметов и цветовых отношений в натюрморте. На научно-теоретической основе рассмотрены тёплые и холодные свойства цветов, их значение в создании пространственной глубины, а также аспекты светлоты, насыщенности и цветового тона ахроматических и хроматических цветов. Раскрыта роль отношений света и тени в выявлении пластики формы, определении фактуры предметов и их положения в пространстве. Обоснованы способы создания расстояния и глубины между предметами, а также реалистичного изображения посредством воздушной перспективы. В статье с опорой на взгляды учёных-искусствоведов и известных художников освещены вопросы композиционного равновесия, ритма и гармонии в процессе работы над натюрмортом. Данный подход служит развитию у учащихся художественного мышления, эстетического вкуса и навыков принятия творческих решений на уроках изобразительного искусства.

inglizchaFORM, COLOUR, LIGHT AND AERIAL PERSPECTIVE IN STILL-LIFE COMPOSITION

This article analyzes the interrelationship of form, color, light, shade, and aerial perspective in a still life composition and their role in shaping artistic expressiveness. The study elucidates the questions of determining volume, weight, and the compositional center through the form of objects and their color relationships in a still life. The warm and cool properties of colors, their significance in creating spatial depth, and likewise the brightness, saturation, and hue aspects of achromatic and chromatic colors are examined on a scientific and theoretical basis. The role of light and shade relationships in revealing the plasticity of form and in determining the texture of objects and their position in space is disclosed. Methods of creating distance, depth, and a realistic appearance among objects by means of aerial perspective are substantiated. Relying on the views of art scholars and renowned painters, the article elucidates the questions of compositional balance, rhythm, and harmony in the process of working on a still life. This approach serves to develop students‘ artistic thinking, aesthetic taste, and creative decision-making skills in fine art lessons.

Kalit so‘zlar

  • natyurmort
  • kompozitsiya
  • rang
  • tasviriy san‘at
  • metodika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

NATYURMORT KOMPOZITSIYASIDA SHAKL, RANG, YORUG‘LIK VA HAVO PRESPEKTIVASI

Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Art pedagogika kafedrasi stajyor- o‘qituvchisi Karimjonova Dilnavoz Turg‘unboy qizi Namangan davlat pedagogika institute Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada natyurmort kompozitsiyasida shakl, rang, yorug‘lik, soya va havo perspektivasining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning badiiy ifodaviylikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqotda natyurmortda predmetlarning shakli va rang munosabatlari orqali hajm, og‘irlik va kompozitsion markazni aniqlash masalalari yoritilgan. Ranglarning iliq va sovuq xususiyatlari, ularning fazoviy chuqurlik hosil qilishdagi ahamiyati, shuningdek, axromatik va xromatik ranglarning yorqinlik, to‘yinganlik va rang tusi jihatlari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. Yorug‘lik va soya munosabatlarining shakl plastikasini ochish, predmetlarning fakturasi va fazodagi o‘rnini aniqlashdagi roli ochib berilgan. Havo perspektivasi orqali predmetlar orasidagi masofa, chuqurlik va realistik ko‘rinishni yaratish usullari asoslab berilgan. Maqolada san’atshunos olimlar va mashhur rassomlarning qarashlariga tayangan holda natyurmort ishlash jarayonida kompozitsion muvozanat, ritm va garmoniya masalalari yoritilgan. Ushbu yondashuv tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, estetik didi va ijodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Natyurmort, kompozitsiya, shakl va rang munosabatlari, yorug‘lik va soya, fazo, havo perspektivasi, axromatik ranglar, xromatik ranglar, rang tusi, yorqinlik, to‘yinganlik, tasviriy san’at metodikasi. Natyurmort kompozitsiyasida shakl, rang, yorug‘lik va fazo o‘zaro uzviy bog‘langan holda yagona badiiy tizimni tashkil etadi. Ushbu unsurlar o‘rtasidagi muvozanat va uyg‘unlik tasvirning ifodaviyligini belgilab, kompozitsiyaning yaxlitligini ta’minlaydi. Shakl predmetlarning tashqi ko‘rinishi, ularning konturi, hajmi va nisbatini ifodalash orqali tomoshabinga predmetni aniq idrok etish imkonini beradi. Shaklning geometrik yoki organik xususiyatlari predmetlarning vaznini, harakatini va joylashuvini tushuntirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, shaklni to‘g‘ri anglash natyurmortdagi predmetlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi va ularning umumiy kompozitsion markazini aniqlashga yordam beradi. Rang esa predmetlarning emosional-ta’sirchan jihatini kuchaytiradi, tasviriy badiiy tilni boyitadi va tomoshabinda muayyan ruhiy

kayfiyat uyg‘otadi. Ranglar o‘rtasidagi kontrast, uyg‘unlik yoki qarama-qarshilik predmetlarning asosiy va ikkilamchi rolini belgilaydi hamda kompozitsiyaga ritm va dinamikani olib kiradi. Masalan, iliq ranglar oldingi rejalarga chiqib, predmetlarni yaqqol ajratib ko‘rsatadi, sovuq ranglar esa orqa planga chekinadi va fazoviy chuqurlikni oshiradi. Shu bilan birga, rang orqali predmetlarning materiyasi va fakturasi ham his etiladi, bu esa natyurmortning haqiqiylik hissini kuchaytiradi Ma’lumki, natyurmortda asosiy talablardan biri predmetning o‘lcham, rang va tus jihatidan ajralib turishi hamda surat tekisligining markaziga yaqin joylashtirilishidir. Bu predmet surat mazmunini ochishga so‘z boshlovchi vazifasini bajaradi va kompozitsiyaning markazini ta’kidlaydi. Biroq u har doim surat tekisligining o‘rtasida turishi shart emas, chunki bu postanovkani zerikarli qilishi mumkin. Ko‘pincha rassomlar asosiy predmetni ataylab geometrik markazdan biroz silkitib qo‘yadilar va muvozanatni saqlash uchun qarama-qarshi tomonda rangi va och-to‘qligi unga zid bo‘lgan predmet qo‘llaydilar. Mashhur natyurmortchi rassomlar -Sezann, Sharden, Xrukpiylar - aynan shu usuldan foydalanganlar. Bir xil narsalardan bir necha ko‘rinishdagi natyurmortlar tuzilishi mumkin, lekin har safar hajmlarning katta-kichikligi va bo‘laklarning och-to‘qligi o‘rtasidagi muvozanat saqlanishi lozim. Bitta natyurmortda bir nechta teng ahamiyatli kompozitsion markaz bo‘lmasligi kerak, aks holda natyurmortning butunligiga putur yetadi. Har doim predmetlar o‘rtasida uzviy bog‘lanish bo‘lishi, shu bilan birga tomoshabinning nigohi ularning o‘zaro munosabatlarini sezishi muhimdir. Natyurmortni joylashtirish vaqtida predmetlarni bir necha marta qo‘yib ko‘rish, ular birgalikda qanday ko‘rinishini sinchiklab kuzatish va ma’qul holatga yetguncha takrorlash kerak. Yorug‘lik va soya munosabatlari shakl va rangning yanada boy ifodalanishini ta’minlaydi. Yorug‘lik predmetlarni ochib beradi, ularning hajmini sezilarli qiladi va tomoshabining nigohini tasvir bo‘ylab boshqaradi. Shuningdek, yorug‘lik va soya kontrastlari predmetlarni bir-biridan ajratib, fazoviy chuqurlik va perspektiva hosil qiladi. To‘g‘ri ishlatilgan yorug‘lik predmetlarning asosiy elementlarini ta’kidlaydi, detallarni yanada aniqlik bilan ko‘rsatadi va kompozitsion markazni aniqlashga yordam beradi. Fazo esa barcha tasviriy elementlarning o‘zaro joylashuvi, predmetlar orasidagi masofa va ularning nisbatlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Predmetlarning oldingi, o‘rta va orqa rejalarga joylashtirilishi natyurmortga uch o‘lchovli ko‘rinish beradi va tomoshabining nigohini tasvir bo‘ylab yo‘naltiradi. Fazo orqali kompozitsiyada ritm, balans va garmoniyaga erishish mumkin, bu esa tasvirning yaxlit va uyg‘un bo‘lishini ta’minlaydi. Shu tarzda shakl, rang, yorug‘lik va fazo bir-birini to‘ldirib, natyurmort kompozitsiyasini yagona, ifodali va badiiy jihatdan boy tizimga

aylantiradi. Natijada, ushbu unsurlar o‘rtasidagi uyg‘unlik o‘quvchilarga predmetlar orasidagi munosabatlarni vizual tarzda anglash, his etish va ijodiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shakl, rang, yorug‘lik va fazo munosabatlarini chuqur o‘rganish nafaqat amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarda badiiy tafakkur, estetik did va san’atni idrok etish qobiliyatini mustahkamlaydi12. Natyurmortda shakl va rang munosabatlari kompozitsiyaning asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘lib, ular orqali predmetlarning hajmi, og‘irligi, joylashuvi va kompozitsion markazi aniqlanadi. Shakl predmetlarning tashqi konturi, hajmi va geometrik xususiyatlari orqali ularning fazodagi o‘rnini belgilashga xizmat qilsa, rang esa predmetlarga badiiy va emosional xarakter beradi, ularning ko‘rish hissi va tomoshabinga ta’sirchanligini oshiradi. Ranglar o‘rtasidagi kontrast yoki uyg‘unlik predmetlarning asosiy va ikkilamchi rolini belgilashda muhim vosita hisoblanadi; masalan, iliq ranglar predmetni oldingi rejalarga chiqarib, diqqatni markazga jamlashga yordam berar ekan, sovuq ranglar esa predmetlarni orqa planga surib, fazoviy chuqurlikni kuchaytiradi. Shuningdek, yorug‘lik va soya munosabatlari shakllarni fazoda aniq joylashtirish, ularning hajmini his ettirish va umumiy kompozitsion muvozanatni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Yorug‘lik predmetlarni ochib berib, ularning teksturasini va shaklning plastikasini yanada yaqqol ko‘rsatadi, soya esa predmetlarni birbiridan ajratib, fazoviy chuqurlik va perspektiva hosil qiladi. Shu bilan birga, yorug‘lik orqali shakl va rang o‘rtasidagi bog‘liqlik kuchayadi, predmetlarning hajmi va ularning kompozitsiyadagi o‘rni yanada aniqroq seziladi. Natijada, shakl, rang, yorug‘lik va soya munosabatlari o‘zaro uyg‘unlashib, natyurmort kompozitsiyasida vizual uyg‘unlik va badiiy balansni yaratadi. Bu esa tomoshabinda predmetlarning tabiiyligini, ularning o‘zaro munosabatini va kompozitsiyaning yaxlitligini idrok etishni osonlashtiradi hamda o‘quvchilarda kompozitsion tafakkur va badiiy sezgirlikni rivojlantiradi.13 Natijada, natyurmort kompozitsiyasida shakl, rang, yorug‘lik va fazo unsurlarining o‘zaro uyg‘unligini chuqur anglash o‘quvchilarda badiiy tafakkur, estetik sezgirlik va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarga tasviriy san’at asarini nafaqat ko‘rish, balki idrok etish, tahlil qilish va mustaqil badiiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi, bu esa pedagogik jihatdan natyurmort ishlashning ahamiyatini yanada oshiradi. Rang tоzaligi berilgan rangning umumiy yоrqinligidagi tоza spektralning ulushidir. Ranglarning eng tоzalari bu spektr ranglardir. Bizni o‘rab turgan оlamning hamma rang xilma- xilligidan uchta xrоmatik rangni - qizil, sariq va

Abdullayev Q. Tasviriy san’at asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2006. — 118–121-betlar. Nabiyev M. Rangtasvir va kompozitsiya. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2010. — 92–95-betlar.

ko‘k, shuningdek, ikki axrоmatik - оq va qоra ranglarni ajratish mumkin. Aynan ular rassоmlarga eng bоy palitrani - ranglar gammasini hоsil qilib beradi. Xrоmatik ranglar, ular qanday rang bilan taqqоslanayоtganligiga qarab “iliq” va “sоvuq” deb idrоk etiladi. Masalan, iliq ranglar guruhiga to‘q sariq malina rangga nisbatan iliqrоq, sоvuq ranglar guruhida binafsharang ko‘k rangga nisbatan iliqrоq va hоkazо. Rang “salmоg`i” haqidagi taassurоt, rangning yоrug`lik va to‘yinganlik xususiyatiga bоg`liq bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar37 ta adabiyot

  1. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  2. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  3. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  4. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  5. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  6. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  7. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  8. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  9. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  10. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  11. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  12. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  13. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  14. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  15. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  16. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  17. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  18. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  19. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  20. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  21. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  22. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  23. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  24. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  25. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  26. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  27. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  28. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  29. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  30. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  31. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  32. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  33. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  34. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  35. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.
  36. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O ‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436-
  37. O‘G‘Likomoldinov, S. J., & Abdirasilov, S. F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Экономика и социум, (3-2 (106)), 168-171.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012060
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2050
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
147–152
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25