Asosiy mazmunga o‘tish

NATYURMORT KOMPOZITSIYASI TUZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN – QOIDALARI

Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich, Axmatjonova Umida Lutfillo qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 106–114

Annotatsiya

Ushbu maqolada natyurmort kompozitsiyasini tuzishning o‘ziga xos qonun-qoidalari, uning tasviriy san‘atdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda badiiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Natyurmort yaratish jarayonida kompozitsiya, yorug‘lik va soya, ranglar uyg‘unligi, buyumlarning nisbat va joylashuvi kabi muhim jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning kuzatuvchanligi, fazoviy tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda natyurmortning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada amaliy mashg‘ulotlar orqali tasviriy san‘at ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСПЕЦИФИЧЕСКИЕ ЗАКОНЫ И ПРАВИЛА СОСТАВЛЕНИЯ НАТЮРМОРТНОЙ КОМПОЗИЦИИ

В настоящей статье освещены своеобразные законы и правила построения композиции натюрморта, его место в изобразительном искусстве, а также значение в формировании художественных навыков у учащихся. Проанализированы такие важные аспекты процесса создания натюрморта, как композиция, свет и тень, гармония цветов, пропорции и расположение предметов. Кроме того, обосновано педагогическое значение натюрморта в развитии наблюдательности, пространственного воображения и творческого мышления учащихся. В статье также показаны пути формирования навыков изобразительного искусства посредством практических занятий.

inglizchaSPECIFIC LAWS AND RULES FOR CREATING A STILL-LIFE COMPOSITION

This article examines the specific principles and rules of constructing a still life composition, its place in the fine arts, and its significance in forming students‘ artistic skills. Such essential aspects of the process of creating a still life as composition, light and shade, color harmony, and the proportions and arrangement of objects are analyzed. The pedagogical importance of the still life in developing students‘ powers of observation, spatial imagination, and creative thinking is likewise substantiated. The article also outlines ways of forming fine art skills through practical exercises.

Kalit so‘zlar

  • natyurmort
  • kompozitsiya
  • rang
  • tasviriy san‘at
  • metodika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

NATYURMORT KOMPOZISIYASI TUZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN – QOIDALARI

Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich, Art pedagogika kafedrasi professori Axmatjonova Umida Lutfillo qizi Namangan davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada natyurmort kompozitsiyasini tuzishning o‘ziga xos qonun-qoidalari, uning tasviriy san’atdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda badiiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Natyurmort yaratish jarayonida kompozitsiya, yorug‘lik va soya, ranglar uyg‘unligi, buyumlarning nisbat va joylashuvi kabi muhim jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning kuzatuvchanligi, fazoviy tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda natyurmortning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada amaliy mashg‘ulotlar orqali tasviriy san’at ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Natyurmort, kompozitsiya, tasviriy san’at, yorug‘lik va soya, rangtasvir, nisbat, perspektiva, ijodiy fikrlash, badiiy tasvir, o‘quvchilar faoliyati, metodika, estetik tarbiya. Natyurmort aslida bir qarashda tasviriy san’atning eng oson va sodda janri kabi ko‘rinadi. Rangtasvir darslarida yoki dars davomida o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan natyurmort kompozitsiyasini tuzib, talablar yoki o‘quvchilarga ishlash tavsiya qilinganda u holat yanada koʻzga yaqqol tashlanadi. Biroq, talablar oʻzlariga qaysi rakurs toʻgʻri kelsa, oʻsha joy yoki rakursdan ishlab ketaveradilar. Qolaversa, natyurmortning mavzusi, u natyurmotdagi umumiy detallar va joylashuv kompozitsiyasi haqida aksariyat talablarni tushunib ham koʻrishmaydi. Natijada darsdan koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi va darsning unumdorligi esa juda past darajada boʻladi. Shaklini toʻgʻri his qila olish va toʻgʻri tasvirlay olishi uchun oʻquvchi, avvalo, natyurmortning oʻziga xos tomonlarini yani tassavur eta olishi va koʻrishni oʻrganishlari kerak. Bo‘lajak yoki tasviriy sanʼat oliygohlarni tamomlagan yangi pedagog kadrlarga bu oson ish emas doimiy ravishda amaliy hamda nazariy mashgʻulotlar talablar qilinadi. Mashhur rassomlarning fikriga koʻra, ijodkor rassom natyurmortga qarab rasm ishlashini bir kun ham toʻxtatib qoʻymasliklari lozim. Shu sababli, rangtasvir fani o‘qituvchisi yangi mavzuni talabalarga og‘zaki tushuntirib, ularning ishtirokida natyurmort kompozitsiyasini tuzishlari muhim ahamiyatga ega. Agar natyurmort kompozitsiyasida 3-4 yoki undan ortiq buyum

tasvirlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, o‘qituvchi talabalarga 6-7 turdagi buyumlarni taklif qilib, ularning ichidan mavzuga eng mos keladiganlarini ajratib olishlarini ta’kidlashi kerak. Bu usul talabalarni faol fikrlashga, tahlil qilishga va eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga undaydi. Masalan, sabzavot va mevalardan tashkil topgan natyurmort tasvirlanayotganda, o‘qituvchi poliz ekinlari yoki mavzuga mos kelmaydigan boshqa elementlarni ham qo‘shishi mumkin. Bu esa talabalar diqqatini jamlashga, kompozitsiya elementlarini tahlil qilishga va eng mos keladiganlarini tanlashga yordam beradi. P.P.Konchalovskiy rangtasvirning mohiyatini tushuntirar ekan, shunday degan: “Rangtasvir san’atining asosiy tamoyili shaklni aniq ifodalash orqali bo‘yoq surtma usulini qo‘llashdir”11. Bu fikr rangtasvirda shakl va rang uyg‘unligini yaratishning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Natyurmort kompozitsiyasini tuzishda o‘qituvchi talabalar e’tiborini buyumlarning rangi, shakli va ularning bir-biriga bo‘lgan nisbatlariga qaratishi lozim. Ayniqsa, fon vazifasini bajaruvchi matolar mavzuga mos kelishi muhim bo‘lib, buni tushungan talabalar bu jarayonga yanada mas’uliyat bilan yondashadilar. Kompozitsiya uchun faqat kerakli buyumlarni tanlab olish yetarli emas, balki ularni tasvir tekisligida mos joylashtirish ham talabalardan tajriba va mahorat talab qiladi. Kompozitsiyada buyumlarning o‘zaro ichki bog‘liqligi bilan bir qatorda ularning tashqi joylashuvi, ya’ni yonma-yon yoki oldinma-ketin joylashuvi, shakli, hajmi va rangi katta ahamiyatga ega. Bu omillarni to‘g‘ri tushunish talabalar faolligini oshiradi va darsdan kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi. O‘qituvchi ishtirokida bir necha bor natyurmort kompozitsiyasi tuzgan talabalar keyinchalik mustaqil ravishda natyurmort yaratish va tasvirlash ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Shuni unutmaslik kerakki, natyurmort kompozitsiyasini tuzish yetarli emas, uni tasvirlash jarayoni ham talabadan katta mahorat va ijodiy yondashuv talab qiladi. Shu sababli, natyurmortni tasvirlash bosqichlarini bosqichma-bosqich o‘rganish muhimdir. Rangtasvir bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda natyurmort yaratish bosqichlariga oid turli xil tavsiyalar berilgan bo‘lib, ularga amal qilish ijodiy yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Yaxshi natyurmort yaratish uchun hayotiy voqealardan ilhom olish tavsiya etiladi. Bunday holda, chiroyli va qiziqarli kompozitsiya tuzishda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rangtasvirning asosiy vazifasi esa buyumlarning hajmliligini, materiallik va rangdorlik xususiyatlarini aniq aks ettirish hamda kompozitsiyani yaxlit va mukammal holatda yakunlashdan iboratdir. P.P. Konchalovskiyning "РАНГТАСВИР" Toshkent 1995 yil

Natyurmort yaratishda talabalar eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan muhim jihatlardan biri buyumlarning joylashuvi va ularning kompozitsiya ichidagi oʻzaro nisbatidir. Buyumlarning bir-biriga mutanosibligi, hajmi, shakli va ranglar uygʻunligi natyurmortning estetik jozibadorligini oshiradi. Yorugʻlik va soyani toʻgʻri taqsimlash ham natyurmortning jonli va hajmli chiqishida katta rol oʻynaydi. Yorugʻlik manbaini toʻgʻri tanlash, soyalar oʻzaro qanday bogʻlanganini kuzatish va ularni aniq tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, natyurmort chizishda talabalar yoʻl qoʻyadigan keng tarqalgan xatolar mavjud bo‘lib, ularga kompozitsiyaning umumiy tuzilishini eʼtiborsiz qoldirish va buyumlarning joylashuviga yetarlicha eʼtibor bermaslik, har bir elementni alohida chizib, ularning bir-biriga mos kelmasligiga sabab boʻlish, yorugʻlik va soyani notoʻgʻri taqsimlash, fon elementlarini ahamiyatsiz deb hisoblash va natijada umumiy ko‘rinishni buzish kiradi. Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun har bir bosqichni izchil bajarish va tasviriy sanʼat tamoyillariga amal qilish talab etiladi. Natyurmort kompozitsiyasini yaratish jarayonida bir necha asosiy bosqichlar mavjud. Avvalo, kompozitsiyani rejalashtirish va eskiz chizish muhim sanaladi. Ushbu bosqichda buyumlarning joylashuvi va umumiy muvozanati belgilab olinadi. Keyingi bosqichda buyumlarning shakl va hajmini toʻgʻri aniqlash, ularning bir-biriga nisbatan oʻrnini belgilash hamda asosiy chiziqlar yordamida tasvirni shakllantirish kerak. Yorugʻlik va soya nisbatlarini belgilash natyurmortning chuqurlik va hajmlilik effektini oshiradi. Asosiy ranglarni qoʻllash bosqichida buyumlarning tabiiy ranglari va ohanglarini toʻgʻri tanlash muhim boʻlib, bu tasvirning jonli va realistik chiqishiga yordam beradi. Detallashtirish bosqichida esa buyumlarning yuzasidagi mayda elementlar, tuzilish xususiyatlari va materialga xos bo‘lgan detallar ishlanadi. Yakuniy bosqichda esa barcha elementlar uygʻunlashtirilib, umumiy muvozanat yaratiladi, kamchiliklar bartaraf qilinadi va natyurmort mukammal ko‘rinishga keltiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, natyurmort yaratish jarayonida har bir bosqich o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biriga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Talabalar natyurmort yaratishda turli usullar va texnikalarni sinab ko‘rishlari, ranglar va yorug‘lik bilan tajriba o‘tkazishlari muhimdir. Mashhur rassomlarning tajribasidan kelib chiqib aytiladigan bo‘lsa, ijodiy jarayonda doimiy mashq qilish, kuzatuvchanlikni oshirish va atrof-muhitni sinchkovlik bilan o‘rganish natyurmort sanʼatini o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, natyurmort chizishda nafaqat texnik mahorat, balki ijodiy yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Natyurmort yaratishda talabalar buyumlarning tabiiy ko‘rinishini to‘g‘ri aks ettirishga e’tibor qaratishlari lozim. Buning uchun kuzatuvchanlik muhim rol

o‘ynaydi. Talaba real obyektlarni sinchkovlik bilan o‘rganishi, ularning shakli, teksturasi va rang o‘zgarishlarini aniq qayd etishi kerak. Ayniqsa, yorug‘lik manbai va u qanday tushayotganiga e’tibor berish natyurmortning chuqur va realistik chiqishiga xizmat qiladi. Tajribasiz talabalar ko‘pincha buyumlarning shaklini soddalashtirib yuborishadi yoki ularning hajmli tuzilishini yetarlicha aks ettirishmaydi. Bu esa natyurmortning ta’sirchanligini kamaytiradi.

Natyurmort yaratishda eng asosiy jihatlardan biri bu rang tanlashdir. Rassom P.P.Konchalovskiyning ta’kidlashicha, rang tasviriy san’atning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, u orqali buyumlarning shakli va material tuzilishi yanada aniq ko‘rsatiladi. Rassomlar natyurmort yaratishda faqat tabiiy ranglar bilan chegaralanmasliklari, balki badiiy ekspressiyani oshirish uchun turli rang muvozanatlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Masalan, issiq va sovuq ranglarning uyg‘unligi natyurmortga chuqurlik va dinamizm bag‘ishlaydi. Bunday usullarni bilish va ulardan foydalanish talabaga natyurmort yaratish jarayonida erkinlik beradi va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, natyurmort tarkibida ishlatiladigan buyumlarning joylashuvi ham tasvirning umumiy ko‘rinishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buyumlarning tasodifiy joylashtirilishi natyurmortni betartib holatda ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, o‘qituvchi talabalarni kompozitsiya asoslari bilan tanishtirishi va ularning buyumlarni joylashtirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buyumlarning hajmi, shakli va joylashuvi bir-biriga mutanosib bo‘lsa, natyurmort yanada jozibali va mukammal chiqadi. Masalan, katta va kichik buyumlar birga joylashtirilganda, ularning vizual og‘irligi hisobga olinishi lozim. Agar barcha buyumlar bir xil hajmda bo‘lsa, natyurmort zerikarli va monoton ko‘rinishi mumkin.

Natyurmort chizishda talabalarning diqqat markazida bo‘lishi kerak bo‘lgan yana bir jihat bu fon va uning tasvirga ta’siridir. Ba’zan talabalar faqat asosiy buyumlarni tasvirlashga e’tibor qaratib, fonni e’tiborsiz qoldiradilar yoki uni yetarlicha ishlashmaydi. Aslida esa fon natyurmortni yaxlit ko‘rinishga keltiradi va buyumlarning bir-biri bilan uyg‘unlashuvini ta’minlaydi. Fon tanlashda u asosiy buyumlarga mos kelishi, juda yorqin yoki haddan tashqari xira bo‘lmasligi muhimdir. Shuningdek, natyurmortda realistik tasvir hosil qilish uchun yorug‘lik va soyani to‘g‘ri joylashtirish lozim. Yorug‘lik manbaining joylashuvi buyumlarning qaysi tomoni yorug‘, qaysi tomoni soyada bo‘lishini belgilaydi. Yorug‘lik va soyani noto‘g‘ri ishlash natyurmortning hajmli ko‘rinishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois, talabalar har bir buyumning yorug‘likka nisbatan qanday joylashganini tahlil qilishlari va soyalar qanday shakllanayotganiga e’tibor berishlari kerak. Nihoyat, natyurmort yaratish jarayoni faqat texnik mahoratni emas, balki ijodiy fikrlashni ham talab qiladi. Talabalar o‘z natyurmortlarini yaratishda turli usullardan foydalanib, o‘ziga xos yondashuvlarini shakllantirishlari lozim. Mashhur rassomlar natyurmortni faqat atrof-muhitni aks ettirish vositasi sifatida emas, balki hissiyot va kayfiyatni yetkazish vositasi sifatida ham ishlatganlar. Shu sababli, talabalarning natyurmort yaratishda individual uslubini topishi va o‘z ijodiy dunyoqarashini shakllantirishga harakat qilishi muhimdir. Natyurmort kompozitsiyasini yaratishda buyumlarning material xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettirish ham muhim jihatlardan biridir. Masalan, shisha idishlar, metall buyumlar, yog‘och yoki matodan tayyorlangan obyektlar har xil yorug‘lik va soya akslanishiga ega bo‘ladi. Shisha yuzalar yorug‘likni o‘tkazib, refleks hosil qilsa, metall buyumlar aks ettiruvchi va yorug‘joylari juda aniq ko‘rinadigan material hisoblanadi. Talabalar har xil materiallarni chizishda ularning tuzilishiga, yorug‘likni qanday aks ettirishiga va soya hosil qilishiga e’tibor qaratishlari lozim. Bu esa natyurmortning yanada ishonchli va jonli chiqishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, natyurmort yaratishda kompozitsiya markazini aniqlash va unga e’tibor qaratish talab qilinadi. Har qanday tasvirda asosiy e’tiborni tortuvchi nuqta bo‘lishi kerak. Bu asosiy element boshqa buyumlardan kattaroq, yorqinroq yoki qiziqarliroq bo‘lishi mumkin. Agar natyurmortda barcha buyumlar bir xil ahamiyatga ega bo‘lsa, u holda tasvir zerikarli va monoton bo‘lib qoladi. Shu sababli, kompozitsiyani tuzishda asosiy obyektni belgilab olish va qolgan elementlarni unga muvofiq joylashtirish lozim. Shuningdek, natyurmortning umumiy muvozanatini saqlash ham muhim. Kompozitsiyada buyumlar tasodifiy tartibda joylashtirilsa, u uyg‘un ko‘rinmasligi mumkin. Muvozanatni saqlash uchun vizual og‘irlik, buyumlarning joylashuvi va ularning fon bilan aloqasi hisobga olinishi kerak. Masalan, agar natyurmortning chap tomonida og‘ir, katta hajmli buyum joylashgan bo‘lsa, o‘ng tomonda ham unga muvozanat yaratadigan element bo‘lishi lozim. Aks holda, natyurmort vizual jihatdan bir tomonga og‘ib ketganday taassurot uyg‘otishi mumkin. Natyurmort yaratishda har bir bosqich izchil bajarilishi lozim. Dastlabki eskizlardan boshlab, umumiy shakllarni aniqlash, keyin esa buyumlarning hajmi va joylashuvini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab talabalar tafsilotlarga juda erta e’tibor qarata boshlashadi, bu esa umumiy tuzilmaning noto‘g‘ri chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, avval asosiy shakllar, yorug‘lik va soya nisbatlari aniqlab olinib, keyin mayda detallar qo‘shilishi kerak. Yana bir muhim jihat – bu natyurmortning kayfiyat va atmosferasini yaratish. Ba’zan oddiy buyumlardan iborat natyurmort ham juda ta’sirchan bo‘lishi mumkin. Buning uchun kompozitsiyada yorug‘lik va rang uyg‘unligini to‘g‘ri qo‘llash kerak. Masalan, iliq rang ohanglari iliq va samimiy kayfiyat hosil qilsa, sovuq ranglar esa tinchlik va sokinlik hissini beradi. Shuningdek, yorug‘likning yo‘nalishi va intensivligi ham natyurmort kayfiyatiga ta’sir qiladi. Agar yorug‘lik yumshoq va tarqalgan bo‘lsa, natyurmort yumshoq va romantik ko‘rinadi, lekin agar yorug‘lik keskin soyalar hosil qilsa, u dramatik kayfiyat yaratadi. Talabalar natyurmort chizishda vizual kuzatuvchanlikni oshirish uchun mashhur rassomlarning ishlarini tahlil qilishlari ham muhimdir. Turli davr va uslubdagi natyurmortlarni o‘rganish orqali ular rang, yorug‘lik, kompozitsiya va tafsilotlarga qanday yondashish mumkinligini tushunib olishlari mumkin. Ayniqsa, mashhur impressionist va realizm uslubidagi rassomlarning natyurmortlarini tahlil qilish talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Nihoyat, natyurmort yaratish jarayoni nafaqat texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki ijodiy yondashuvni shakllantirish uchun ham muhimdir. Har bir natyurmortda rassom o‘z dunyoqarashini aks ettirishi mumkin. Shu sababli, talabalar faqat o‘qituvchi tomonidan belgilangan kompozitsiyalarni emas, balki o‘zlarining individual yondashuvlari bilan natyurmort yaratishga ham harakat

qilishlari lozim. Bu ularga o‘z uslubini topishda yordam beradi va tasviriy san’at sohasida o‘zini namoyon etish imkonini beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar46 ta adabiyot

  1. Abdirasilov S., Tolipov N. Rangtasvir. T.: Ilm-Ziyo. 2019.
  2. Qodirxo‘jaev P. Badiiy bezak san’ati. T., «Iqtisod-moliya», 2007.
  3. Kuzin V.S. Psixologiya. - M.: «Vыsshaya shkola». 1999.
  4. Rostovsev N.N. Metodika prepodavaniya izobrazitelnogo iskusstva v shkole. – M.: «Prosveщenie». 2000.
  5. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2004
  6. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2008.
  7. Beschastnov N.P. Syujetnaya grafika. M.: Vlados. 2012.
  8. Lushnikov B.V., Persov V.V. Risunok. Izobrazitelno-vыrazitelnыe sredstva. Vlados. 2006.
  9. Omelyanenko E.V. Svetovedenie i koloristika. Rostov-na-Donu: Izd-vo YUFU, 2010.
  10. Brown, David Blayney. “Watercolour”. Grove Art Online. Oxford Art Online. Oxford University Press. Retrieved April 26, 2014.
  11. Xudoyberganov R.A. “Kompozitsiya. (mahobatli rangtasvir)”, T.: “Sharq” nashriyoti. 2007 y.
  12. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  13. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  14. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  15. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  16. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  17. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific- Online Conference, 3 (8), 140–146.
  18. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  19. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  20. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  21. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  22. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  23. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  24. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-338.
  25. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  26. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  27. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  28. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  29. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  30. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  31. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  32. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  33. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  34. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  35. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  36. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  37. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  38. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  39. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  40. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  41. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  42. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  43. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  44. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  45. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  46. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012052
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2042
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
106–114
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25