Asosiy mazmunga o‘tish

TALABALARDA IJODIY MUSTAQILLIKNI RIVOJLANTIRISHDA AUTOPEDAGOGIK YONDASHUVNING O‘RNI

Odilboyeva Umida Zafarjon qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 61–66

Annotatsiya

Mazkur maqolada tasviriy san‘at ta‘limi jarayonida autopedagogik kompetentlikning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Autopedagogik kompetentlik pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil rejalashtirish, tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyati sifatida talqin etilib, uning tasviriy san‘at va tasviriy san‘at tarixi fanlarini o‘qitishdagi pedagogik vazifalarni samarali hal etishdagi roli ochib beriladi. Maqolada shuningdek, bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, metodik yondashuvlari hamda mavjud pedagogik muammolar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tasviriy san‘at ta‘limi sifatini oshirish, talabalarning ijodiy va kasbiy faoliyatini rivojlantirishda autopedagogik kompetentlikning muhim omil ekanligini asoslaydi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ АВТОПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ

В данной статье с научно-теоретической точки зрения анализируются роль и значение аутопедагогической компетентности в процессе образования в области изобразительного искусства. Аутопедагогическая компетентность трактуется как способность педагога самостоятельно планировать, анализировать и совершенствовать свою профессиональную деятельность, и раскрывается её роль в эффективном решении педагогических задач при преподавании изобразительного искусства и истории изобразительного искусства. В статье также рассматриваются дидактические возможности, методические подходы и существующие педагогические проблемы формирования аутопедагогической компетентности у будущих учителей изобразительного искусства. Результаты исследования обосновывают, что аутопедагогическая компетентность является важным фактором повышения качества образования в области изобразительного искусства и развития творческой и профессиональной деятельности студентов.

inglizchaTHE ROLE OF AN AUTOPEDAGOGICAL APPROACH IN DEVELOPING STUDENTS‘ CREATIVE INDEPENDENCE

This article offers a scientific and theoretical analysis of the role and significance of autopedagogical competence in the process of fine art education. Autopedagogical competence is interpreted as a teacher‘s ability to independently plan, analyse, and improve their own professional activity, and its role in effectively resolving pedagogical tasks in the teaching of fine art and the history of fine art is revealed. The article also examines the didactic possibilities, methodological approaches, and existing pedagogical problems related to forming autopedagogical competence in future teachers of fine art. The results of the study substantiate that autopedagogical competence is an important factor in improving the quality of fine art education and in developing students‘ creative and professional activity.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TALABALARDA IJODIY MUSTAQILLIKNI RIVOJLANTIRISHDA AUTOPЕDAGOGIK YONDASHUVNING O‘RNI

Odilboyeva Umida Zafarjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada tasviriy san’at ta’limi jarayonida autopedagogik kompetentlikning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Autopedagogik kompetentlik pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil rejalashtirish, tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyati sifatida talqin etilib, uning tasviriy san’at va tasviriy san’at tarixi fanlarini o‘qitishdagi pedagogik vazifalarni samarali hal etishdagi roli ochib beriladi. Maqolada shuningdek, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, metodik yondashuvlari hamda mavjud pedagogik muammolar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tasviriy san’at ta’limi sifatini oshirish, talabalarning ijodiy va kasbiy faoliyatini rivojlantirishda autopedagogik kompetentlikning muhim omil ekanligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: autopedagogik kompetentlik, tasviriy san’at ta’limi, tasviriy san’at tarixi, pedagogik kompetensiya, kasbiy rivojlanish, ijodiy faoliyat, pedagogik muammolar, metodik yondashuv. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog shaxsining kasbiy yetukligi, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda o‘z faoliyatini tahlil va takomillashtirishga bo‘lgan intilishi ta’lim sifati va samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tasviriy san’at ta’limi kabi ijodiy yo‘nalishlarda pedagogdan nafaqat chuqur nazariy bilim, balki doimiy o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijodiy yondashuv va metodik moslashuvchanlik talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, autopedagogik kompetentlik masalasi tasviriy san’at ta’limi jarayonida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Autopedagogika pedagogikaning shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalashi, o‘z kasbiy faoliyatini ongli ravishda rejalashtirishi, baholashi va takomillashtirishiga yo‘naltirilgan yo‘nalishi bo‘lib, pedagogning kasbiy o‘sishida muhim nazariy va amaliy asos vazifasini bajaradi. Autopedagogik kompetentlik esa pedagogning o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil ravishda rivojlantirish, pedagogik muammolarni tahlil qilish va ularni samarali hal etish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Ushbu kompetentlik turi pedagogning reflektiv tafakkuri, ijodiy faolligi va kasbiy mas’uliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Tasviriy san’at ta’limida autopedagogik kompetentlik pedagogning dars jarayonini zamonaviy pedagogik va badiiy-metodik talablar asosida tashkil etishi, talabalarning ijodiy salohiyatini ochib berishi hamda tasviriy san’at tarixi va amaliy fanlar o‘rtasida uzviy

bog‘liqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tasviriy san’at tarixini o‘qitishda turli davrlar, uslublar va badiiy oqimlarni talabalarga samarali yetkazish pedagogdan doimiy o‘z ustida ishlashni, yangi ilmiy va metodik yondashuvlarni o‘zlashtirishni talab etadi. Dunyo tajribalariga ko‘ra tasviriy san’at o‘qitish metodikasi samaradorligini va sifatitni oshirish maqsadida, tasviriy san’at tarixi ta’limi mazmunini innovatsion yondashuv asosida yangilsh, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiyijodiy va autopedagogik kompetentligini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida rivojlantirish hamda modernizatsiyalashgan didaktik ta’minotini yaratish va innovatsion modellarni joriy etish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada tasviriy san’at tarixi fanini o‘qitishda talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning komponentlari va omillarini aniqlashtirishga qaratilgan tadqiqotlar katta ilmiy ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish masalasi oliy ta’lim tizimida muhim ilmiy-pedagogik muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni shakllantirish jarayoni ta’lim mazmuni, metodlari va shakllarining uyg‘unligi asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda didaktik imkoniyatlar pedagogik ta’limning nazariy va amaliy komponentlarini integratsiyalash orqali namoyon bo‘ladi. Jumladan, tasviriy san’at nazariyasi, san’at tarixi va amaliy ijodiy mashg‘ulotlar bo‘lajak o‘qituvchilarda reflektiv tafakkur, mustaqil tahlil va o‘zo‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Didaktik imkoniyatlarning muhim jihatlaridan biri - talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishdir. Mustaqil ijodiy topshiriqlar, loyiha ishlari, san’at asarlarini tahlil qilish hamda pedagogik vaziyatlarni modellashtirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z kasbiy faoliyatiga tanqidiy yondashuv shakllanadi. Shuningdek, fanlararo integratsiya (tasviriy san’at, pedagogika, psixologiya va san’at tarixi) autopedagogik kompetentlikning shakllanishida samarali didaktik asos bo‘lib xizmat qiladi Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetensiyaviy yondashuv talabalarning nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lashini ta’minlab, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshiradi. Ushbu yondashuv doirasida talabalarga ijodiy va metodik mustaqillik berilishi, o‘z ta’lim faoliyatini rejalashtirish va baholash imkoniyati yaratiladi. Faol va interfaol metodlar, jumladan, muammoli ta’lim, loyiha metodi, keysstadi, reflektiv mashg‘ulotlar hamda portfoliolar bilan ishlash autopedagogik kompetentlikni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, reflektiv

kundaliklar va pedagogik portfolio bo‘lajak o‘qituvchining o‘z kasbiy rivojlanish dinamikasini tahlil qilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, raqamli san’at resurslari va virtual galereyalar bilan ishlash metodik jihatdan muhim imkoniyatlarni yaratadi. Autopedagogik kompetentlikni shakllantirish jarayonida bir qator pedagogik muammolar mavjud bo‘lib, ular ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avvalo, ayrim talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatiga nisbatan motivatsiyaning yetarli darajada shakllanmaganligi autopedagogik kompetentlikning rivojlanishini cheklaydi. Shuningdek, an’anaviy o‘qitish usullarining ustunligi, reflektiv faoliyatga yetarli e’tibor berilmasligi ham muhim muammolardan hisoblanadi. Bundan tashqari, tasviriy san’at ta’limida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘rtasidagi muvozanatning to‘liq ta’minlanmaganligi, metodik ta’minotning yetarli emasligi hamda pedagogik amaliyot jarayonida autopedagogik yondashuvlarning kam qo‘llanilishi mazkur kompetentlikni shakllantirishga to‘sqinlik qiladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun o‘quv dasturlarini takomillashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda pedagoglarning autopedagogik tayyorgarligini oshirish zarur. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tasviriy san’at ta’limida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda autopedagogik kompetentlik muhim pedagogik omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu kompetentlik pedagogning o‘z faoliyatini ongli ravishda tahlil qilishi, mustaqil rejalashtirishi va doimiy takomillashtirib borish qobiliyatida ifodalanib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tahlillar asosida aniqlanishicha, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni shakllantirish didaktik imkoniyatlardan samarali foydalanish, fanlararo integratsiyani ta’minlash hamda ijodiy va reflektiv faoliyatni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, kompetensiyaviy, faol va reflektiv yondashuvlar talabalarning kasbiy mustaqilligini kuchaytirib, ularning pedagogik muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, tadqiqot davomida aniqlangan pedagogik muammolar, jumladan, mustaqil ta’lim faoliyatiga yetarli motivatsiyaning mavjud emasligi, an’anaviy o‘qitish usullarining ustunligi hamda metodik ta’minotning yetishmasligi autopedagogik kompetentlikni shakllantirish jarayoniga ma’lum darajada to‘sqinlik qilmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun ta’lim dasturlarini yangilash, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va pedagogik amaliyot jarayonida autopedagogik yondashuvlarni kuchaytirish zarur.

Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’at ta’limida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy yetukligini oshirish, ularning ijodiy va pedagogik salohiyatini to‘liq namoyon etish hamda ta’lim sifatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari ushbu yo‘nalishda olib boriladigan ilmiy-pedagogik izlanishlar uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar36 ta adabiyot

  1. Komoldinov, S. J. O. (2026). The pedagogical significance of composition in pencil drawing lessons. European Journal of Economic Dynamics and Policy, 2(1), 21-24.
  2. Komoldinov, S. J. O. G. L., & Isaboyeva, M. I. Q. (2026). Manzara janrini o ‘rgatishda rangtasvir texnikalarining metodik qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 344-349.
  3. Jomoldin o’g’li, K. S. SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT.
  4. Komoldinov, S. (2023, December). Qalamtasvir mashg’ulotlarida kompozitsiyaning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  5. Rakhimov, K. (2023). The place of graphics in the fine arts. Solution of social problems in management and economy, 2(2), 5-8.
  6. Rakhimov, K. (2023). THE ROLE OF PORTRAIT ARTISTS IN FINE ARTS. Models and methods in modern science, 2(2), 13-19.
  7. Rakhimov, H. U. (2023). ANALYZING THE PROFESSIONAL QUALITIES OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS BASED ON ART STUDIES. Экономика и социум, (1-1 (104)), 50-53.
  8. Pulatov, D. S., & Kh, R. U. (2019). On fine arts and its varieties. Вестник магистратуры, (4-4 (91)), 89-90.
  9. ogli Rakhimov, H. U. AJMR. AJMR.
  10. Oripov, B. B. (2025). Ideals of the third renaissance and their artistic expression in the fine art of Uzbekistan. Academic Journal of Science, Technology and Education, 1(8), 28-32.
  11. Oripov, B. B. (2025, December). INCREASING THE SCIENTIFIC COMPONENT OF THE ART OF POTTERY IN STUDENTS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 134-137).
  12. Oripov, B. B. (2025). The connection of fine arts to biological science. Science and Education, 6(12), 621-626.
  13. BADIRJANOVICH, O. (2020). THE ROLE OF CERAMICS IN PROFESSIONAL TRAINING OF YOUNG PEOPLE IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. THE AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE AND EDUCATION INNOVATIONS Учредители: The USA Journals, 2(9), 447-451.
  14. Oripov, B. (2025). O ‘QUVCHILARNING RUHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA VA TARBIYALASHDA, XALQ AMALIY SAN’ATINING O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2, 4-3.
  15. Oripov, B. N. (2008). Tasviriy sanʼat taʼlimida didaktika.
  16. Oripov, B. N. (2006). Fine art and its teaching methodology. Tashkent-2005." SCIENCE-INTELLIGENCE.
  17. Oripov, B. (2004). Jahon san'ati tarixi. 3 qismli.
  18. Oripov, B. (2004). San'at tarixidan qisqacha izohli lug'at.
  19. Yuldashev, J. (2024). BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNI JORIY ETISHNING METODIK XUSUSIYATLARI. Farg'ona davlat universiteti, (5), 6-6.
  20. Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).
  21. Yuldashev, J. BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINING AKSIOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT, 251.
  22. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  23. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  24. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  25. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  26. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  27. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  28. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  29. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  30. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  31. Odilboyeva, U. Z. (2025, December). The scientific and pedagogical influence of teacher cognition theory on method selection in the educational process. International Conference Platform, 6, 152–157.
  32. Odilboyeva, U. Z. Q. (2026). O ‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TERMINLAR HOSIL BO ‘LISHINING QIYOSIY TAHLILI. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi, (1), 32-36.
  33. Odilboyeva, U. Z. (2026, January). THE DEVELOPMENT OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS DURING ENGLISH LANGUAGE EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 90-93).
  34. Yunusov, G. O. (2026). TALABA-YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA XALQ FOLKLOR SAN’ATINING O ‘RNI. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi, (3), 58-62.
  35. Rakhimov, H. U. (2026, January). THE SIGNIFICANCE OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN VISUAL ARTS EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 30-34).
  36. Umarjon ogli, H. R. (2021). Technologies for improving composition and drawing skills based on the rules of composition. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 765–767.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012044
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2034
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
61–66
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25