Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQDAGI OZIQ MODDALARNING UMUMIY MIQDORIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‘SIRI

Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli1, Sarsenbaev Bakhit Bazarbay uli22026

  1. 1Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori
  2. 22-kurs “Agronomiya” ta‘lim yo‘nalishi talabasi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 537–540

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida organo-mineral kompost va go‘nglarni shudgor ostiga qo‘llab, unga qo‘shimcha mineral o‘g‘itlarning yillik meyorini kamaytirilgan holda qo‘llanilganda tuproqning meliorativ holatiga ijobiy ta‘siri aniqlanib, uning agrokimyoviy va suv-fizik xususiyatlarini yaxshilashi kuzatildi. Bunda asosan organo-mineral kompost va organik o‘g‘itlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta‘sirini aniqlash sharhlangan.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние органо-минеральных компостов на общее содержание питательных веществ в почве Каракалпокистана

В статье показано, что в условиях засоленных почв Республики Каракалпакстан при внесении органо-минерального компоста и навоза под плуг и снижении годовой нормы внесения дополнительных минеральных удобрений наблюдается положительный эффект на мелиоративное состояние почвы и улучшение ее агрохимических и водофизических свойств. В данной статье в основном рассматривается влияние органо-минерального компоста и органических удобрений на агрохимические свойства почвы.

inglizchaTHE INFLUENCE OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON THE TOTAL NUTRIENT CONTENT IN SOIL IN KARAKALPOKISTAN

The article shows that in the conditions of saline soils of the Republic of Karakalpakstan, when organo-mineral compost and manure are applied under the plow and the annual rate of additional mineral fertilizers is reduced, a positive effect on the reclamation state of the soil is observed, and its agrochemical and water-physical properties are improved. In this article, the effect of organo-mineral compost and organic fertilizers on the agrochemical properties of the soil is mainly commented.

Kalit so‘zlar

  • Tuproq
  • organo-mineral kompost
  • go‘ng
  • mineral o‘gitlar
  • gumus
  • azot
  • fosfor va kaliy

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘K: 631.41+631.879.42(575-172) QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQDAGI OZIQ MODDALARNING UMUMIY MIQDORIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA’SIRI Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: kamalatdiyinzinatdinov@gmail.com Sarsenbaev Baxit Bazarbay uli, 2-kurs “Agronomiya” ta‘lim yo‘nalishi talabasi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti. https://doi.org/10.5281/zenodo.19458144 Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasi shoʻrlangan tuproqlari sharoitida organo-mineral kompost va goʻnglarni shudgor ostiga qoʻllab, unga qoʻshimcha mineral oʻgʻitlarning yillik meyorini kamaytirilgan holda qoʻllanilganda tuproqning meliorativ holatiga ijobiy taʻsiri aniqlanib, uning agrokimyoviy va suv-fizik xususiyatlarini yaxshilashi kuzatildi. Bunda asosan organo-mineral kompost va organik oʻgʻitlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’sirini aniqlash sharhlangan. Kalit so‛zlar. Tuproq, organo-mineral kompost, goʻng, mineral oʻgitlar, gumus, azot, fosfor va kaliy. Аннотация. В статье рассматривается положительное влияние внесения органоминерального компоста и удобрений под вспашку и снижения годовой нормы дополнительного внесения минеральных удобрений на засоленных почвах Республики Каракалпакстан, что положительно влияет на мелиоративное состояние почвы, улучшает ее агрохимические и водно-физические свойства. Основной целью данной статьи является определение влияния органо-минерального компоста и органических удобрений на агрохимические свойства почвы. Ключевые слова. Почва, органоминеральный компост, навоз, минеральные удобрения, гумус, азот, фосфор, калий. Abstract. The article describes the positive effect of applying organo-mineral compost and fertilizers under the plow and reducing the annual rate of additional mineral fertilizers in the saline soils of the Republic of Karakalpakstan, which has a positive effect on the reclamation state of the soil and improves its agrochemical and water-physical properties. The main purpose of this article is to determine the effect of organo-mineral compost and organic fertilizers on the agrochemical properties of the soil. Key words. Soil, organo-mineral compost, manure, mineral fertilizers, humus, nitrogen, phosphorus, and potassium. Kirish. Rivojlangan davlatlarda tuproqning suv-fizik va agrokimyoviy xossalarini yaxshilash va uning unumdorligini oshirish uchun organik oʻgʻitlarni, mahalliy agrorudalarni, har xil chiqindilarga qoʻshimcha ravishda mineral oʻgʻitlarni ilmiy asosda qoʻllash boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Natijada yerlarning meliorativ holati yaxshilanib, tuproqlarning gʻoʻvakliklari va suv oʻtkazuvchanligi ortishi hisobiga yuqori hosildorli va sifatli qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishga erishmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproqlari tarkibida oziq moddalari (gumus) miqdori kam boʻlishligi va shoʻrlanganligi bilan boshqa viloyatlar tuproqlaridan farq qiladi. Bunday ekologik sharoitda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun avvola tuproq unumdorligini tiklash va oshirish tadbirlarini koʻrishimiz zarurdir. Bunday agrotexnologik tadbirlardan ekinlarni almashlab ekish, organik oʻgʻitlar, siderat hamda har xil tarkibdagi kompostlarni qoʻllash muhim hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida chorva mollaridan chiqadigan organik oʻgʻit (goʻng) larning resursi kam boʻlganligi uchun sugʻoriladigan yerlarning maʻlum bir qismini gina organik oʻgʻit (goʻng) lar bilan taʻminlay olamiz. Shuning uchun, organik oʻgʻitlar taqchilligini hisobga olib va tabiiy resurslardan foydalangan holda, organo-mineral kompostlarni tayyorlab ekin yerlariga qoʻllash eng dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Chunki, bizning sharoitimizda glaukonit agrorudasi resursi va shirinmiya ildizini qayta ishlovchi zavodlar yetarlicha mavjuddir. O.Ergashevning [2; 9-b.] takidlashicha tuproqga qaytariladigan organik moddalar taqchilligi oqibatida tuproqdagi gumus miqdori, shu bilan birga organik qoldiqlarni oʻsimlik oziqlanishi uchun zarur boʻlgan moddalarga aylantiradigan mikroorganizmlar soni ham qisqargan. Oziq unsurlari zaxiralarini toʻldirish va ulardan oqilona foydalanish usullaridan biri – bu bentonit loyi, glaukonit qumlari, tseolitlar, togʻ-kon sanoati va koʻmir chiqindilari, mineral loyqalar hamda shu kabi mineral hom-ashyolarning mahalliy manbalarini qoʻllash hisoblanadi. Demak, koʻmir chiqindilariga organik oʻgʻitlarni qoʻshib kompost tayyorlanganda tuproq va oʻsimliklar uchun eng maqbul oziq turi paydo boʻlishi aniqlangan. Boshqa tadqiqotlarda esa, organo-maʻdan kompostlar tayyorlashda organik oʻgʻitlarning ogʻirlik miqdorini va nisbatlarini belgilashda har biri uchun alohida ular tarkibidagi oziqa moddalar (N, P, K) miqdoriga qarab tenglashtirib olingan. Kompostlar ogʻirligiga nisbatan 1-2% miqdorda fosforli oʻgʻitlar yoki 1 tonna organik oʻgʻitga 15-20 kg fosfor solib tayyorlansa, kompost tarkibidagi oziqa moddalarning, ayniqsa azotning yuqolishi kamayadi va fosforni oʻsimlik oson oʻzlashtirgan. Tayyor kompostlar dalaga olib chiqilganidan keyin tezroq tuproqqa solish choralarini koʻrish tavsiya etilgan. Toʻla chiritilgan, quritilgan va elangan goʻng yoki kompostlarni vegetatsiya davomida 1 kg azot oʻgʻitiga 2-2,5 kg goʻng bilan qoʻshib ishlatish ham yaxshi samara bergan. Mahalliy va ma’dan oʻgʻitlarni qoʻshib berilganda oʻgʻitlar tarkibidagi oziqa unsurlaridan foydalanish koeffitsienti ortganligi aniqlangan [5; 7-8-b.]. Toshkent viloyatining tipik bo‛z tuproqlari sharoitida olib borilgan tajriba natijalariga koʻra, nisbatan yuqori paxta hosili kuzgi bugʻdoyda mineral oʻgʻitlarning N200 P140 K100 kg/ga meyori + 20 t/ga yarim chirigan qora mol goʻngi va kompost qoʻllanilib, takroriy ekin moshdan soʻng gʻoʻza ekilgan variantlarda olingan va 3 yilda oʻrtacha 42,3-43,1 c/ga ni tashkil etib, moshning ta’siridan 3,3-4,2 c/ga, goʻng va kompostning soʻngi ta’siridan 1,7-3,5 c/ga, kompost bilan moshning birgalikdagi ta’siridan esa 5,0-7,7 c/ga qoʻshimcha hosil olingan [3; 17-b.]. S.Boltaevning [1; 55-56-b.] takidlashicha, tuproq unumdorligining pasayib ketishining oldini olish maqsadida ilmiy asoslangan tavsiyalarga binoan har gektar maydonga ikki yoki uch yilda bir marotaba 20-30 tonna goʻng yoki organo-maʻdan kompost qoʻllash taqozo etgan. Materiallar va uslublar. Tajriba dala usuli boʻyicha olib borildi. Tajribada tuproq tahlillarini oʻtkazishda “Методы агрохимических анализов почв и растений” uslubiy qoʻllanmasidan foydalanildi [4].

Dala tajribasi 9 variantdan iborat boʻlib, 4 qaytariqda tizimli uslubda joylashtirildi. Nazorat variantda mineral oʻgʻitlarning yillik meʻyori N250, P175, K125 kg/ga miqdorida va boshqa variantlarda esa mineral oʻgʻitlar kamaytirilgan miqdorda N185, P130, K90 (FON) kg/ga qoʻllanildi. Keyingi variantlarda chirigan qoramol goʻngi gektariga 10, 15 va 20 tonna miqdorida qoʻllanildi. Qolgan variantlarda organo-mineral kompostlar qoramol goʻngi, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindisi aralashmasidan tayyorlanib gektariga 12 t (6 t goʻng + 3 t glaukonit + 3 t chiqindi), 14 t (6 t goʻng + 5 t glaukonit + 3 t chiqindi), 20 t (16 t goʻng + 1 t glaukonit + 3 t chiqindi), 22 t (16 t goʻng + 3 t glaukonit + 3 t chiqindi), 24 t (16 t goʻng + 5 t glaukonit + 3 t chiqindi) miqdorlarida bahorda ekish oldidan haydov ostiga qoʻllanildi. Natijalar va munozara. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini saqlash va ekinlardan yuqori hosil olishda mineral va organik oʻgʻitlarning muvofiqlashtirilgan holda qoʻllanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bizning tajribalarimizda gʻoʻzaga mineral va organik oʻgʻitlar hamda turli tarkibdagi kompostlar qoʻllanilganda, tuproqning 0–30 sm va 30–50 sm qatlamlarida gumus, azot, fosfor va kaliyning umumiy miqdoridagi oʻzgarishlar oʻrganildi. 2021-yilda bahorda faqat mineral oʻgʻit qoʻllanilgan nazorat (1-variant) variantida tuproqlar tarkibidagi gumus va oziq moddalarning umumiy miqdori tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,775%, umumiy azot 0,076%, umumiy fosfor 0,140% va kaliy 2,100% ni tashkil qildi. Organik oʻgʻitlar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlarning yillik meyori kamaytirilib qoʻllanilgan 2-4 variantlarda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori tegishlicha 0,830- 0,845% boʻlgan boʻlsa, umumiy azot 0,078-0,080%, fosfor 0,142-0,145% va kaliy 2,110-2,140% boʻldi. Har xil tarkibdagi ograno-mineral kompostlarni mineral oʻgʻitlarning yillik meyori kamaytirilib qoʻllanilgan 5-variantda esa tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,825%, N,P,K miqdorlari 0,077-0,142-2,110%, 6-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,820%, N,P,K miqdorlari 0,078-0,141-2,120%, 7-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,845%, N,P,K miqdorlari 0,083-0,146-2,140%, 8-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,855%, N,P,K miqdorlari 0,085-0,147-2,160%, 9-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,850%, N,P,K miqdorlari 0,084-0,145-2,150% ni tashkil qildi. Vegetatsiya davrining oxiriga kelib, gʻoʻzaga qoʻllanilgan organik oʻgʻitlar va har xil tarkibdagi kompostlarning tuproqdagi gumus va oziq moddalarning umumiy miqdori aniqlanganda, faqat mineral oʻgʻitlar N250, P175, K125 kg/ga miqdorida qoʻllanilgan nazorat variantida tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,698%, umumiy azot 0,073%, umumiy fosfor 0,137% va kaliy 2,070% ni tashkil qildi. Natijalarga koʻra, tuproqdagi gumus va oziq moddalarning umumiy miqdori bahordagiga nisbatan biroz kamayganligini ma’lum boʻldi. Organik oʻgʻitlar bilan birgalikda FON qoʻllanilgan 2-4 variantlarda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori tegishlicha 0,788-0,810% boʻlgan boʻlsa, umumiy azot 0,080-0,083%, umumiy fosfor 0,143-0,145% va umumiy kaliy 2,120-2,160% ni tashkil qildi. Bu koʻrsatkichlar dastlabki holatiga nisbatan 0-30 sm qatlamda gumus miqdori 0,018-0,040%, umumiy azot 0,005- 0,008%, umumiy fosfor 0,005-0,007% va umumiy kaliy 0,020-0,060% ga ortdi. Qoʻllanilgan qoramol goʻngi meʻyorlariga bogʻliq holda tuproq haydov (0-30 sm) qatlamida gumus miqdori nisbatan ortganligi kuzatildi.

Bundan tashqari, har xil tarkibdagi kompostlarni qoʻllaganimizda, ya’ni 5-variantda esa tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,775% va umumiya N,P,K miqdorlari 0,079-0,143- 2,120%, 6-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,773% hamda N,P,K miqdorlari 0,079-0,143-2,130%, 7-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,815% va N,P,K miqdorlari 0,085-0,148-2,180%, 8-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 0,825%, N,P,K miqdorlari 0,089-0,150-2,200%, 9-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida 0,818% va N,P,K miqdorlari 0,086-0,147-2,190% ni tashkil qilganligi aniqlandi. Tajribadan olgan ma’lumotlarga asoslanib, gumus, azot, fosfor va kaliy miqdorlarining vegetatsiya davrida oʻzgarishi qoʻllanilgan mineral, organik oʻgʻitlar va har xil tarkibdagi kompostlarni qoʻllash usullari va meʻyorlariga bogʻliq holda oʻzgarishi aniqlandi. Xulosa va takliflar. Har xil tarkibdagi kompostlarning tuproqdagi gumus, umumiy azot, fosfor va kaliy miqdoriga nisbatan maqbul ta’siri kompost-4 22 t/ga qoʻllanilgan variantda kuzatildi. Bu variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori nazorat variantiga nisbatan 0,127%, umumiy azot 0,016%, fosfor 0,013% va kaliy 0,130% ortganligi, shuningdek goʻng 20 t/ga solingan variantga nisbatan esa yuqoridagiga mos holda 0,015; 0,006; 0,005; 0,040% koʻp ekanligi aniqlandi. Kompostlar kuzda qoʻllanilganligi sababli bahorda tuproqdagi gumus va oziq moddalarning umumiy miqdoriga oʻz ta’sirini koʻrsatganligi ma’lum boʻldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi shoʻrlargan yerlar sharoitida markaziy tuproq-iqlim mintaqasida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun mineral oʻgʻitlarni kamaytirgam holda N185 P130 K90 kg/ga va unga qoʻshimcha goʻng + glaukonit + chiqindi tarkibdagi har xil nisbatlarda tayyorlangan 22 t/ga miqdoridagi organo-mineral kompostlarni qoʻllash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Болтаев С. Влияние органоминеральних компостов на плодородие почви. Agroilm jurnali. 2016, №2 (40), B. 55-56. 2. Ergashev O. «Gʻoʻza hosildorligiga togʻ-kon sanoati chiqindilarining oʻrni». //Agro ilm jurnali 2016. -№3(41). B. 9. 3. Mirzaev Sh. F. Kuzgi bugʻdoyda oʻgʻitlar meyorlari va kompost qoʻllashning tuproq unumdorligi hamda ekinlar hosildorligiga ta’siri. // Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertaciyasi avtoreferati. Andijon-2021. B. 17. 4. Методика агрохимических анализов почв и растений (Пятое изд. доп. СоюзНИХИ) - Ташкент. 1977. С. 188. 5. Niyazaliev B., Mirzaev L. «Organo-ma’dan kompostlar – yer quvvati» //Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi jurnali 2009. -№2. B. 7-8.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Болтаев С. Влияние органоминеральних компостов на плодородие почви. Agroilm jurnali. 2016, №2 (40), B. 55-56.
  2. Ergashev O. «Gʻoʻza hosildorligiga togʻ-kon sanoati chiqindilarining oʻrni». //Agro ilm jurnali 2016. -№3(41). B. 9.
  3. Mirzaev Sh. F. Kuzgi bugʻdoyda oʻgʻitlar meyorlari va kompost qoʻllashning tuproq unumdorligi hamda ekinlar hosildorligiga ta’siri. // Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertaciyasi avtoreferati. Andijon-2021. B. 17.
  4. Методика агрохимических анализов почв и растений (Пятое изд. доп. СоюзНИХИ) - Ташкент. 1977. С. 188.
  5. Niyazaliev B., Mirzaev L. «Organo-ma’dan kompostlar – yer quvvati» //Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi jurnali 2009. -№2. B. 7-8.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012027
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/49e1bd41
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
537–540
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06