BO‘LAJAK TASVIRIY SAN‘AT O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA YANGI AVLOD DARSLIKLARINING AHAMIYATI
Abduolimova Ma‘sumaxon Lutfullo qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 72–79
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qituvchilarning metodik, pedagogik va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada yangi avlod darsliklarining didaktik imkoniyatlari, ularning interfaol va innovatsion xususiyatlari hamda ta‘lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ushbu darsliklar orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, estetik tafakkurni shakllantirish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida yangi avlod darsliklari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi asoslab beriladi.
Boshqa tillarda
ruschaЗНАЧЕНИЕ УЧЕБНИКОВ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В РАЗВИТИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА
В данной статье анализируется значение учебников нового поколения в развитии профессиональных компетенций будущих учителей изобразительного искусства. В современной системе образования формирование методических, педагогических и творческих способностей учителей на основе компетентностного подхода считается актуальной задачей. В статье освещены дидактические возможности учебников нового поколения, их интерактивные и инновационные особенности, а также их роль в повышении эффективности образования. Кроме того, рассмотрены вопросы развития творческого мышления учащихся, формирования эстетического мышления и повышения навыков самостоятельной работы посредством данных учебников. В результате исследования обосновывается, что учебники нового поколения являются важным средством развития профессиональных компетенций будущих учителей.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF NEW-GENERATION TEXTBOOKS IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCES OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS
This article analyses the significance of new-generation textbooks in developing the professional competences of future teachers of fine art. In the modern education system, forming teachers‘ methodological, pedagogical, and creative abilities on the basis of a competence-based approach is a pressing issue. The article elucidates the didactic possibilities of new-generation textbooks, their interactive and innovative features, and their role in enhancing the effectiveness of education. It also examines the development of learners‘ creative thinking, the formation of aesthetic thinking, and the improvement of independent working skills through these textbooks. As a result of the study, it is substantiated that new-generation textbooks constitute an important means of developing the professional competences of future teachers.
Kalit so‘zlar
- ta‘lim
- san‘at
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tafakkur
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA YANGI AVLOD DARSLIKLARINING AHAMIYATI
Namangan davlat pedagogika instituti Tasviriy san'at 1-kurs magistranti Abduolimova Ma'sumaxon Lutfullo qizi abduolimova17@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qituvchilarning metodik, pedagogik va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada yangi avlod darsliklarining didaktik imkoniyatlari, ularning interfaol va innovatsion xususiyatlari hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ushbu darsliklar orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, estetik tafakkurni shakllantirish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida yangi avlod darsliklari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, tasviriy san’at, kasbiy kompetensiya, yangi avlod darsliklari, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik texnologiyalar, ijodiy fikrlash, estetik tafakkur, innovatsion ta’lim KIRISH Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, zamonaviy jamiyatda raqobatbardosh, ijodkor va mustaqil fikrlay oladigan kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish hamda ta’lim mazmunini yangilash dolzarb masalaga aylanmoqda2. Tasviriy san’at ta’limi o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, badiiy tafakkurini rivojlantirish va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi hal qiluvchi omil bo‘lib, u nafaqat nazariy bilimlarga, balki zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish, innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish va o‘quvchilar bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2020.
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida “yangi avlod darsliklari” tushunchasi keng qo‘llanila boshladi3. Ushbu darsliklar an’anaviy o‘quv qo‘llanmalardan farqli ravishda interfaol, vizual jihatdan boy, amaliy yo‘naltirilgan hamda raqamli resurslar bilan integratsiyalashganligi bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish va bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Shu bilan birga, yangi avlod darsliklari bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda ham muhim vosita sifatida xizmat qiladi4. Ular orqali o‘qituvchilar zamonaviy dars tashkil etish, innovatsion metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ta’lim jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmalarini egallaydilar. Mazkur maqolaning maqsadi — bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyatini tahlil qilish hamda ularning ta’lim jarayonidagi o‘rnini ilmiy asosda yoritishdan iborat. Tadqiqot davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, yangi avlod darsliklarining xususiyatlari va ularning kasbiy tayyorgarlikka ta’siri o‘rganiladi. ASOSIY QISM 1. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari mohiyati Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi uning faoliyat samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kasbiy kompetensiya — bu o‘qituvchining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, pedagogik mahorati hamda shaxsiy sifatlarining uyg‘unlashgan tizimidir. Ayniqsa, tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun bu kompetensiyalar nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarda estetik did, ijodiy tafakkur va san’atga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish bilan ham bog‘liqdir5. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: ➢ Pedagogik kompetensiya — ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; ➢ Metodik kompetensiya — fan bo‘yicha darslarni zamonaviy metodlar asosida o‘tkazish; ➢ Ijodiy kompetensiya — badiiy fikrlash, yangicha g‘oyalarni ilgari surish va ijodiy yondashuvni qo‘llash; ➢ Axborot-kommunikativ kompetensiya — raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalaridan samarali foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. – Toshkent, 1997. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2021. Tasviriy san’at (5–7-sinflar uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
Mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv vositalari, xususan, yangi avlod darsliklarining o‘rni beqiyosdir. 2. Yangi avlod darsliklarining o‘ziga xos xususiyatlari Yangi avlod darsliklari an’anaviy darsliklardan tubdan farq qilib, ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: ➢ Interfaollik — o‘quvchini faol ishtirok etishga undaydigan topshiriq va mashqlar mavjudligi; ➢ Vizual boylik — rang-barang rasmlar, diagrammalar va grafik materiallar orqali mavzularni oson tushuntirish; ➢ Amaliy yo‘naltirilganlik — nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash imkoniyati; ➢ Integrativlik — boshqa fanlar bilan bog‘liqlikni ta’minlash; ➢ Raqamli qo‘llab-quvvatlash — elektron resurslar, video materiallar va onlayn platformalar bilan uyg‘unlik. Tasviriy san’at fanida bu xususiyatlar ayniqsa muhim bo‘lib, o‘quvchilarning tasavvurini kengaytirish, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish va san’atni chuqurroq anglashlariga yordam beradi6. 3. Yangi avlod darsliklarining kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni Yangi avlod darsliklari bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Avvalo, ular o‘qituvchilarga darsni zamonaviy talablar asosida tashkil etish imkonini beradi. Interfaol topshiriqlar va muammoli vaziyatlar o‘qituvchini mustaqil fikrlashga, yangicha metodlarni qo‘llashga undaydi. Shuningdek, ushbu darsliklar: ➢ o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshiradi; ➢ ijodiy yondashuvni rivojlantiradi; ➢ dars jarayonini samarali rejalashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi; ➢ o‘quvchilar bilan individual ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Natijada, bo‘lajak o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi shaxs sifatida shakllanadi. 4. Tasviriy san’at ta’limida innovatsion yondashuvlar va ularning samaradorligi Tasviriy san’at ta’limida innovatsion yondashuvlardan foydalanish o‘quv jarayonining sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Yangi avlod darsliklari
Tasviriy san’at (8–9-sinflar uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2022.
aynan shu yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi7. Innovatsion yondashuvlarga quyidagilar kiradi: ✓ loyiha asosida o‘qitish; ✓ muammoli ta’lim; ✓ interfaol metodlar (klaster, aqliy hujum, “insert” va boshqalar); ✓ raqamli texnologiyalar yordamida dars tashkil etish. ✓ Bu yondashuvlar orqali o‘quvchilarning: ✓ mustaqil fikrlashi, ✓ ijodiy qobiliyati, ✓ estetik tafakkuri, ✓ amaliy ko‘nikmalari rivojlanadi. ✓ Shu bilan birga, o‘qituvchining o‘zi ham doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga, yangiliklarni o‘rganishga va o‘z kasbiy mahoratini oshirishga intiladi. ADABIYOTLAR SHARHI Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi pedagogika va san’atshunoslik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi. Mazkur muammo yuzasidan mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan qator ilmiy izlanishlar olib borilgan8. Kasbiy kompetensiya tushunchasining nazariy asoslari ko‘plab pedagog olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, unda o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarining uyg‘unligi asosiy mezon sifatida qaraladi. Zamonaviy tadqiqotlarda kompetensiyaviy yondashuv ta’lim sifatini oshirishning muhim omili sifatida talqin etilib, o‘qituvchining faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quv jarayonini tashkil etuvchi, boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi subyekt sifatidagi roli alohida ta’kidlanadi. Tasviriy san’at ta’limi metodikasiga oid ilmiy ishlarda o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish masalalari keng yoritilgan. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar tasviriy san’at fanining o‘ziga xosligi — uning vizuallik, emotsionallik va ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shu bois, mazkur fan o‘qituvchisidan yuqori darajadagi kasbiy kompetensiyalar, xususan, ijodiy va metodik tayyorgarlik talab etiladi9. So‘nggi yillarda yangi avlod darsliklarini yaratish va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish masalasi ham ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishiga
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2018. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2017. Musurmonova O. Pedagogik kompetentlik asoslari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2019.
aylangan. Tadqiqotlarda yangi avlod darsliklarining interfaolligi, vizual boyligi, amaliy yo‘naltirilganligi va raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashganligi ularning asosiy ustunliklari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Bu esa o‘quvchilarning bilimlarni faol o‘zlashtirishiga, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy tajribada ham kompetensiyaviy yondashuv asosida yaratilgan darsliklar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan10. Ayniqsa, raqamli ta’lim resurslari bilan boyitilgan o‘quv materiallari o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida baholanadi. Shunga qaramay, mavjud tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aynan tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yangi avlod darsliklarining kompleks ta’siri yetarlicha chuqur o‘rganilmagan. Bu esa mazkur muammoni yanada kengroq ilmiy asosda tadqiq etish zarurligini belgilaydi. XULOSA Mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim va dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘qituvchining nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy ko‘nikmalari, ijodiy yondashuvi va innovatsion fikrlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida yangi avlod darsliklarining didaktik imkoniyatlari, ularning interfaol, vizual va amaliy yo‘naltirilgan xususiyatlari tahlil qilinib, bu darsliklar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda samarali vosita ekanligi aniqlandi. Xususan, ular o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish, darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish hamda ijodiy faoliyatni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, yangi avlod darsliklari orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, estetik tafakkuri va ijodiy qobiliyatlari rivojlanishi bilan birga, o‘qituvchilarning ham kasbiy mahorati oshib boradi. Bu esa ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash va sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, yangi avlod darsliklarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Shu bois, ularni yaratish, takomillashtirish va amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Kelgusida mazkur yo‘nalishda olib boriladigan Azizxodjayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2016.
tadqiqotlar ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. – Toshkent, 1997. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2021. 4. Tasviriy san’at (5–7-sinflar uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. 5. Tasviriy san’at (8–9-sinflar uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2022. 6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2018. 7. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2017. 8. Musurmonova O. Pedagogik kompetentlik asoslari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2019. 9. Azizxodjayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2016. 10. Xudoyberdiyev A. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 11. Abduqodirov A. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari. – Toshkent: Fan, 2019. 12. Ziyomuhamedov B. Pedagogik mahorat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 13. UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. – Paris, 2017. 14. OECD. Teachers’ Professional Learning Study (TALIS). – Paris, 2019. 15. Richards J.C. Competence and Performance in Language Teaching. – Cambridge University Press, 2015. 16. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC. 17. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026. 18. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963. 19. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tasviriy san’atga o‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55. 20. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44. 21. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
22. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60. 23. Boltaboyev, A. (2023, December). BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIYPEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 24. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66. 25. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095. 26. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232. 27. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218. 28. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334- 338. 29. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416. 30. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9). 31. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353. 32. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46. 33. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382. 34. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271. 35. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20). 36. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389. 37. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
38. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH. 39. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68). 40. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE. 41. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295. 42. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45. 43. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35. 44. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012046
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2036
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 72–79
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25