Asosiy mazmunga o‘tish

G‘O‘ZANING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‘SIRI

Ismailov Uzakbay Embergenovich1, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin2, Khodzhanov Yunus Madreimovich3, Aminov Otabek Islamboy oglu2026

  1. 1Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori., professor
  2. 2Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori
  3. 33-kurs “Agronomiya” ta‘lim yo‘nalishi talabasi

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 512–515

Annotatsiya

Mazkur maqolada sho‘rlangan yerlarda organo-mineral kompostlarning g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar natijasida kompostlarning turli variantlari qo‘llanilganda g‘o‘zaning bosh poya balandligi, meva shoxlar va ko‘saklar soni hamda ularning rivojlanishiga ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sho‘rlangan tuproqlarda organo-mineral kompostlar qo‘llanilganda g‘o‘zaning hosildorlik potensiali yuqori bo‘lib, o‘simliklarning adaptiv xususiyatlari ortadi. Natijada, kompostlardan foydalanish nafaqat o‘simliklarning optimal o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlaydi, balki tuproq unumdorligini tiklash va hosildorlikni barqaror oshirishda ham muhim agrotexnologik chora sifatida tavsiya etiladi.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ ОРГАНО-МИНЕРАЛЬНЫХ КОМПОСТОВ НА РОСТ И РАЗВИТИЕ ХЛОПКА

В данной статье изучается влияние органо-минеральных компостов на рост и развитие хлопчатника на засоленных почвах. В результате экспериментов при использовании различных вариантов компостов были отмечены положительные изменения в высоте основного стебля хлопчатника, количестве плодовых ветвей и стручков, а также в их развитии. Исследования показали, что при использовании органо-минеральных компостов на засоленных почвах повышается потенциал урожайности хлопчатника и улучшаются адаптивные свойства растений. В результате использование компостов не только обеспечивает оптимальный рост и развитие растений, но и рекомендуется в качестве важной агротехнологической меры для восстановления плодородия почвы и устойчивого повышения продуктивности.

inglizchaTHE EFFECT OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF COTTON

This article studies the effect of organo-mineral composts on the growth and development of cotton in saline soils. As a result of experiments, when using different variants of composts, positive changes were observed in the height of the main stem of cotton, the number of fruit branches and pods, and their development. Studies have shown that when organo-mineral composts are used in saline soils, the yield potential of cotton is high and the adaptive properties of plants increase. As a result, the use of composts not only ensures optimal growth and development of plants, but is also recommended as an important agrotechnological measure for restoring soil fertility and sustainably increasing productivity.

Kalit so‘zlar

  • Sho‘rlangan yerlar
  • organo-mineral kompost
  • g‘o‘za
  • oziq modda
  • o‘sish va rivojlanish
  • hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘K: 633.511+631.879.42 G‘O‘ZANING OʻSISHI VA RIVOJLANISHIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA’SIRI Ismaylov Uzakbay Embergenovich, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori., professor Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: ismaylov51@gmail.com Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: kamalatdiyinzinatdinov@gmail.com Xodjanov Yunus Madreimovich, Aminov Otabek Islomboy o‘g‘li 3-kurs “Agronomiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute https://doi.org/10.5281/zenodo.19457988 Annotatsiya. Mazkur maqolada shoʻrlangan yerlarda organo-mineral kompostlarning gʻoʻzaning oʻsishi va rivojlanishiga ta’siri oʻrganildi. Tajribalar natijasida kompostlarning turli variantlari qoʻllanilganda gʻoʻzaning bosh poya balandligi, meva shoxlar va koʻsaklar soni hamda ularning rivojlanishiga ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, shoʻrlangan tuproqlarda organo-mineral kompostlar qoʻllanilganda gʻoʻzaning hosildorlik potensiali yuqori bo‘lib, o‘simliklarning adaptiv xususiyatlari ortadi. Natijada, kompostlardan foydalanish nafaqat o‘simliklarning optimal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, balki tuproq unumdorligini tiklash va hosildorlikni barqaror oshirishda ham muhim agrotexnologik chora sifatida tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar. Shoʻrlangan yerlar, organo-mineral kompost, gʻoʻza, oziq modda, o‘sish va rivojlanish, hosildorlik. Аннотация. В данной статье изучено влияние органо-минеральных компостов на рост и развитие хлопчатника на засолённых землях. По результатам опытов установлено, что применение различных вариантов компостов положительно сказывается на высоте главного стебля, количестве плодовых ветвей и коробочек, а также на их развитии. Исследования показали, что использование органо-минеральных компостов на засолённых почвах обеспечивает высокий потенциал урожайности хлопчатника и способствует повышению его адаптивных свойств. В итоге применение компостов не только обеспечивает оптимальные условия для роста и развития растений, но и является важной агротехнологической мерой по восстановлению плодородия почвы и устойчивому повышению урожайности. Ключевые слова. Засоленные почвы, органоминеральный компост, хлопок, питательные вещества, рост и развитие, урожайность. Abstract. This article examines the effect of organo-mineral composts on the growth and development of cotton under saline soil conditions. The experimental results demonstrated that the application of different compost variants positively influenced the height of the main stem, the number of fruiting branches and bolls, as well as their development. The study revealed that the use of organo-mineral composts on saline soils ensures a higher yield potential of cotton and enhances the adaptive characteristics of the plants. Consequently, the application of composts not

only provides optimal growth and development of cotton but also serves as an important agrotechnological measure for restoring soil fertility and ensuring a sustainable increase in productivity. Key words. Saline soils, organo-mineral compost, cotton, nutrients, growth and development, productivity. Kirish. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini tiklash va barqaror hosildorlikni ta’minlash muhim agrotexnologik vazifalardan biridir. Xususan, shoʻrlanish jarayoni keng tarqalgan Oʻrta Osiyo mintaqasida, jumladan, Qoraqalpogʻiston va Xorazm sharoitida gʻoʻza yetishtirishda organik va mineral oʻgʻitlardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Shoʻrlangan yerlarda tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, oziq moddalarning harakatchan shakllari va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi keskin yomonlashadi. Natijada, gʻoʻzaning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligi pasayadi. Shu sababli shoʻrlanishga qarshi samarali agrotexnologik chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Kirish. So‘nggi yillarda shoʻrlangan tuproqlarda organo-mineral kompostlardan foydalanish masalasi ko‘plab tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Organo-mineral kompostlar organik manbalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, turli chiqindilar) va mineral komponentlarning uyg‘unlashgan aralashmasi bo‘lib, ular tuproqdagi oziq moddalarning barqaror shakllarini hosil qilish, mikrobiologik faollikni kuchaytirish hamda tuproqning strukturaviy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Kompostlarning afzalligi shundaki, ular nafaqat oziq moddalarning o‘simliklarga mavjudligini oshiradi, balki sho‘r tuproqlarda tuzlarning zararli ta’sirini kamaytiradi, tuproqning suv-fizik xossalarini yaxshilaydi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, turli olimlar organik va organo-mineral oʻgʻitlarning samaradorligini keng oʻrgangan. Masalan, R.A. Rasulov [4] tadqiqotlarida organo-mineral aralashmalarning sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilashi hamda hosildorlikni oshirishi qayd etilgan. Shuningdek, X. Axmedov va boshqalar [1; 45-49-b.] kompost tarkibida go‘ng, fosforit uni va mahalliy mineral qo‘shimchalardan foydalanish natijasida tuproqdagi gumus va oziq elementlar miqdorining sezilarli oshganini ta’kidlaydilar. Yana bir tadqiqotda (Tursunov va boshq.,) [6; 37-41-b.] organo-mineral kompostlarning qo‘llanilishi natijasida sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za ildiz tizimining rivojlanishi yaxshilangani, hosildorlik 10–15 % ga ortgani aniqlangan. Xalqaro tajribalar ham ushbu masalani tasdiqlaydi. Masalan, Sharma va boshq. [5; 735- 744-b.] Hindiston sharoitida o‘tkazgan tajribalarida organo-mineral o‘g‘itlarning sho‘rlangan tuproqlarda paxtaning vegetativ o‘sishi va hosildorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatib o‘tgan. Xuddi shunday natijalar Eslami va boshq. [3; 106-115-b.] tomonidan Eron sharoitida qayd etilgan bo‘lib, ular organo-mineral kompostlarning tuproqdagi azot va fosforning harakatchan shakllarini ko‘paytirishi va hosildorlikka ijobiy ta’sirini ilmiy asoslab berganlar. Shunday qilib, mavjud adabiyotlar organo-mineral kompostlarning sho‘rlangan tuproqlarni meliorativ yaxshilash, oziq moddalarning o‘zlashtirilishini oshirish va g‘o‘zaning yuqori hosildorligini ta’minlashda muhim vosita ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlari, qo‘llanilgan kompost tarkibi va me’yorlari natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, Qoraqalpog‘iston sharoitida turli tarkibdagi organo-mineral kompostlarning g‘o‘zaga ta’sirini chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.

Materiallar va uslublar. Ilmiy tadqiqot ishlari Qoraqalpog’iston Respublikasining markaziy hududidagi Xo’jayli tumanida olib borildi. Ilmiy tajriba dala usuli bo‘yicha olib borildi. Tadqiqotlar 9 variantdan 4 qaytariqtan iborat bo‘lib, variantlar tizimli uslubda joylashtirildi. Tajriba tizimida nazorat variantida faqat mineral o’g’itlarning yillik meyorlari N250, P175, K125 kg/ga, 2-4 variantlarda shudgor ostiga organik o’g’it (goʻng) 10, 15 va 20 t/ga + N185, P130, K90 kg/ga (Fon NPK) (-25%), 5-9 variantlarda esa har xil nisbatlarda goʻng, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindilari aralashmasidan tayyorlangan organo-mineral kompost va unga qo’shimcha mineral o’g’itlarni 25% ga kamaytirib qo’llanildi. G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi “Dala tajribasini o‘tkazish uslublari (Tashkent, 2007)” [2] uslubiy qo‘llanmasidan foydalanilgan holda aniqlandi. Fenologik kuzatish ishlari va ma’lumotlarni to’plash iyun, iyul, avgust va sentyabr oylarining birinchi sanasida olib borildi. Natijalar va munozara. Tajribamizdagi 2023 yil 1-avgustdagi fenologik kuzatuvlar ma’lumotlariga ko‘ra, mineral o‘g‘itlarning kamaytirilgan me’yoriga turlicha miqdordagi go‘ng qo‘llanilgan 2–4-variantlarda g‘o‘zaning asosiy poya balandligi 92,4–94,0 sm ni tashkil etdi. Shuningdek, 1-sentabr holatida hosil shoxlari soni 12,5–14,1 dona, umumiy va ochilgan ko‘saklar mos ravishda 9,3–10,6 hamda 2,8–3,3 dona bo‘ldi. Bir ko‘sakdagi paxta og‘irligi esa 3,40–3,65 g ni tashkil qilib, nazoratga nisbatan poya balandligi 6,5–8,1 sm ga, hosil shoxlari 1,3–2,9 donaga, ko‘saklar soni 1,3–2,6 donaga, ochilgan ko‘saklar 0,5–1,0 donaga va ko‘sak massasi 0,35–0,6 g ga ortiq bo‘lgani qayd etildi. Organo-mineral kompostlar turli nisbatlarda qo‘llanilgan variantlarni tahlil etganimizda, mineral o‘g‘itlarning kamaytirilgan dozasi ustiga kompost-1 (12 t/ga, ya’ni 6 t/ga go‘ng + 3 t/ga glaukonit + 3 t/ga shirinmiya chiqindisi) va kompost-2 (14 t/ga) qo‘llangan 5–6-variantlarda g‘o‘za poyasi balandligi mos ravishda 92,8 va 92,6 sm ni tashkil etdi. Bu holatda hosil shoxlari soni 13,3– 13,1 dona, umumiy ko‘saklar 9,5–9,4 dona, ochilganlari 2,9–2,8 dona, bitta ko‘sakdagi paxta og‘irligi esa 3,56–3,52 g bo‘lib, nazorat variantiga qaraganda mos ravishda 6,7–6,9 sm ga, hosil shoxlari 1,9–2,1 donaga, ko‘saklar soni 1,4–1,5 donaga, ochilgan ko‘saklar 0,5–0,6 donaga va ko‘sak og‘irligi 0,47–0,51 g ga yuqoriligi aniqlandi. Kompost-3 (20 t/ga) qo‘llanilgan 7-variantda esa 1-avgustda g‘o‘za poyasi 95,5 sm ga yetdi. Hosil shoxlari soni 14,4 dona, umumiy ko‘saklar 10,9 dona, ochilgan ko‘saklar 3,3 dona bo‘ldi va bitta ko‘sak massasi 3,70 g ni tashkil qildi. Bu nazorat variantidan mos ravishda 9,6 sm, 3,2 dona, 2,9 dona va 1,0 donaga, ko‘sak og‘irligi esa 0,65 g ga ko‘proqdir. 20 t/ga sof go‘ng qo‘llanilgan variantga nisbatan esa poya balandligi 1,5 sm, hosil shoxlari va umumiy ko‘saklar soni 0,3 donaga, ochilgan ko‘saklar soni teng bo‘lib, paxta massasi 0,05 g ga yuqori chiqdi. Eng yaxshi natijalar kompost-4 (22 t/ga) qo‘llanilgan 8-variantda kuzatildi. Bunda poya balandligi 96,1 sm, hosil shoxlari 14,6 dona, umumiy ko‘saklar 11,1 dona, ochilganlari esa 3,5 dona bo‘lib, bir ko‘sakdagi paxta og‘irligi 3,71 g ni tashkil etdi. Bu nazoratga qaraganda 10,2 sm, 3,4 dona, 3,1 dona va 1,2 donaga hamda ko‘sak massasi 0,66 g ga ortiqdir. Go‘ng (20 t/ga) qo‘llanilgan variant bilan solishtirganda esa poya balandligi 2,1 sm, hosil shoxlari va umumiy ko‘saklar 0,5 donaga yuqori, ochilgan ko‘saklar teng, ko‘sak massasi esa 0,06 g ga ko‘p bo‘ldi. Kompost-5 (24 t/ga) qo‘llanilganda esa poya balandligi 94,6 sm, hosil shoxlari 14,3 dona, umumiy ko‘saklar 10,8 dona, ochilganlari 3,2 dona, bitta ko‘sak massasi esa 3,68 g ni tashkil etdi. Bu nazoratdan mos ravishda 8,7 sm, 3,1 dona, 2,8 dona va 0,9 donaga, hamda ko‘sak og‘irligi 0,63 g ga yuqori bo‘lib, sof go‘ng (20 t/ga) qo‘llanilgan variantdan deyarli katta farq qilmadi.

Xulosa va tavsiyalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turli nisbatlarda tayyorlangan organo-mineral kompostlar orasida eng samaralisi kompost-4 (22 t/ga) bo‘lib chiqdi. Aynan shu variantda g‘o‘zada hosil elementlari eng yuqori darajada to‘plandi. Ya’ni, nazoratga nisbatan poya balandligi 10,2 sm ga, hosil shoxlari soni 3,4 donaga, umumiy ko‘saklar 3,1 donaga, ochilgan ko‘saklar 1,2 donaga va bitta ko‘sakdagi paxta og‘irligi 0,66 g ga ortgani qayd etildi. Shunday qilib, kompost-4 varianti sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za uchun optimal hisoblanib, yuqori hosil olish imkoniyatini yaratadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Axmedov, X., Karimov, B., Yusupov, D. Kompostlarning tuproq unumdorligi va hosildorlikka ta’siri. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali, 2019, №4, B. 45–49.
  2. Dala tajribasini o‘tkazish uslublari (O’zNIXI). -Tashkent. 2007. B. 145.
  3. Eslami, H., Khoshgoftarmanesh, A., Afyuni, M. Role of organo-mineral composts in improving saline soil fertility and crop yield. Agricultural Water Management, 248, 2021, P. 106–115.
  4. Rasulov, R.A. Sho‘rlangan tuproqlarda organo-mineral o‘g‘itlarning samaradorligi. Toshkent: Fan, 2017.
  5. Sharma, P., Singh, R., Meena, H. Effect of organo-mineral fertilizers on cotton productivity under saline soils. Journal of Soil Science and Plant Nutrition, 2018, 18(3), P. 735–744.
  6. Tursunov, A., Nazarov, Sh., Mamatov, R. Sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘zaga organo-mineral kompostlarning ta’siri. Qishloq xo‘jaligi fanlari axborotnomasi, 2020, №2, B. 37–41.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012020
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/nfzvpg41
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
512–515
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06