QATTIQ BUG‘DOYNING NAMUNALAR TAJRIBA MAYDONIDAN 1000 DONA DON VAZNI BO‘YICHA TANLAB OLINGAN NAMUNALARI
Karshiboyev Hasan Kholbazarovich1, Amirova Muhayyo Sabir kizi2, Eshonkulova Iroda Isomiddin kizi32026
- 1Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc)
- 2Tayanch doktorant (PhD).
- 3Tayanch doktorant (PhD)., Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 481–484
Annotatsiya
Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan lalmi qattiq bug‘doy namunalarining 1000 dona don vaznini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra 1000 dona don vazni yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОбразцы твердой пшеницы, отобранные с экспериментального поля по весу 1000 зерен.
В статье представлены результаты исследования, проведенного по анализу массы 1000 зерен образцов твердой пшеницы, изученных на международном экспериментальном поле предварительного сортового тестирования Лаборатории генетики, селекции и семеноводства твердой пшеницы. На основе результатов двухлетнего анализа представлены выводы по отбору образцов твердой пшеницы с высокой массой 1000 зерен.
inglizchaSAMPLES OF DURUM WHEAT SELECTED FROM THE EXPERIMENTAL FIELD BY 1000 GRAINS WEIGHT
The article presents the results of a study conducted on the analysis of 1000-grain weight of durum wheat samples studied at the international preliminary variety testing experimental field of the Laboratory of Durum Wheat Genetics, Selection and Seed Production. The results of the analysis are presented, based on the results of the two-year analysis, on the selection of durum wheat samples with a high 1000-grain weight.
Kalit so‘zlar
- Qattiq bug‘doy
- nav
- namuna
- 1000 dona don vazni
- baholash
- tanlash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
UO‘T 633.11 : 631.52 QATTIQ BUG‘DOYNING NAMUNALAR TAJRIBA MAYDONIDAN 1000 DONA DON VAZNI BO‘YICHA TANLAB OLINGAN NAMUNALARI Qаrshiboyev Hаsаn Xolbаzаrovich., Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc)., Amirova Muhayyo Sobir qizi., Tayanch doktorant (PhD)., Eshonqulova Iroda Isomiddin qizi., Tayanch doktorant (PhD)., Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti., Tel: [telefon raqami yashirilgan]., e-mail: hasankarshiboev1984@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19457709 Annotatsiya. Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan lalmi qattiq bug‘doy namunalarining 1000 dona don vaznini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra 1000 dona don vazni yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan. Kalit so‘zlar. Qattiq bug‘doy, nav, namuna, 1000 dona don vazni, baholash, tanlash. Аннотaция. В статье представлены результаты исследований по анализу массы 1000 зерен образцов богарной твердой пшеницы, изученных на опытном поле международного предварительного сортоиспытания лаборатории генетики, селекции и семеноводства твердой пшеницы. По результатам двухлетнего анализа были отобраны образцы богарной твердой пшеницы с высокой массой 1000 зерен. Ключевые слова. Твердая пшеница, сорт, образец, масса 1000 зерен, оценка, селекция. Annotation. The article presents the results of research on the analysis of 1000 kernel weights of durum wheat samples studied in the experimental field of the international preliminary variety testing laboratory of genetics, selection, and seed production of durum wheat. Based on the results of two-year analysis, samples of rainfed durum wheat with a high kernel weight of 1000 kernels were selected. Key words. Durum wheat, variety, sample, 1000 kernel weight, evaluation, selection. Kirish. Qattiq bug‘doy (Triticum durum Desf.) dunyo bo‘yicha makaron mahsulotlari va boshqa yuqori sifatli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Qattiq bug‘doy ekini doni ayniqsa, oziq-ovqat sanoatida yuqori sifatli xususiyatlari bilan qadrlanadi. Don sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu 1000 dona don vazni hisoblanadi. 1000 dona don vazni qattiq bug‘doy hosildorligi va don sifati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, seleksiya jarayonlarida yuqori mahsuldor va sifatli namunalarni tanlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qattiq bug‘doyning 1000 dona don vazni o‘simliklarning genetika xususiyatlari, ekin texnologiyasi, tuproq sharoitlari va iqlim omillariga sezilarli darajada bog‘liq. Shu sababli, qattiq bug‘doy seleksiyasida hosildorlikni oshirish bilan birga don sifatini yaxshilash maqsadida 1000 dona don vazni ko‘rsatkichini baholash zarur. 1000 dona don vazni donning yirikligini ko‘rsatadi va uning vazni navning genotipiga, agroiqlim sharoitiga, mineral oziqlanish darajasiga va yetishtirish texnologiyasiga bog‘liq [3].
Lalmikor dehqonchilik sharoitida g‘alla ekinlari urug‘ining unib chiqish quvvatini, dala unuvchanligini oshirishda hamda yuqori hosil olishda 1000 dona urug‘ning vazni qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi natijaga erishish mumkin [5]. Tadqiqotlarda 1000 dona don vazni yuqori irsiylanish hususiyatiga ega ekanligi, agar tanlash bu belgi bo‘yicha olib borilsa seleksiya jarayonida katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi keltirilgan [6]. Issiq va qurg‘oqchilik iqlim sharoitida bug‘doyning 1000 dona donining vazni donning kattaligi, yetilganligini ifodalaydi va yuqori hosilni shakllanishida katta ahamiyatga ega [7]. Materiallar va uslublar. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan lalmi qattiq bug‘doy namunalari tajriba materiallari hisoblanadi. Tajriba kuzatuvlari, taxlillar butunittifoq o‘simlikshunoslik instituti [2] hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan qabul qilingan [1] uslubiy qo‘llanmalar asosida, 1000 dona don vaznini tahlil qilish GOST 12042-80 [4] bo‘yicha amalga oshirildi. Natijalar va munozara. Olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra namunalat tajriba maydonida o‘rganilgan qattiq bug‘doy namunalarining 1000 dona don vazni o‘rtacha 37,6 grammdan 43,0 grammgacha bo‘lganligi kuzatildi. Tahlil natijalariga ko‘ra Leukurum-3 andoza navida 1000 dona don vazni o‘rtacha 40,2 grammni tashkil etdi. O‘rganilgan namunalarda 1000 dona don vazni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich №4 Nakuri namunasida 37,6 g bo‘lgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich №9 Nemesis 1 namunasida 43,0 gramm bo‘lganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra 1000 dona don vazni yuqori bo‘lgan namunalar №9 Nemesis 1 (43,0 g), №10 Ramajan (42,9 g), №23 Yopy (42,8 g), №21 Sebanachit, №3 Genomis 3 namunalarida (42,4 g), №16 Xu (42,3 g), №13 Kondita (42,2 g), №8 Nemesis 2 (42,0 g) ni tashkil etib, ushbu namunalarda 1000 dona don vazni andoza navdan 1,8-2,8 grammgacha yuqori ekanligi tahlil natijalarida kuzatildi. Tahlil natijalari bo‘yicha 1000 dona don vazni andoza Leukurum-3 naviga nisbatan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan №4 Nakuri namunasi (-2,6 g), №24 Yosan namunasi (-1,1 g), №20 Miki 3 namunasi (-1,0 g), №5 Naurora namunasi (-0,8 g), №6 Nacheto namunasi (-0,7 g) ni tashkil etganligi aniqlandi. Qolgan qattiq bug‘doy namunalarida 1000 dona don vazni andoza navga nisbatan 0,5-0,9 g gacha yuqori ekanligi qayt etildi. Qattiq bug‘doyning xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan namunalarda 1000 dona don vazni bo‘yicha o‘tkazilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra andoza navga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qattiq bug‘doy namunalari seleksiya jarayonida foydalanish uchun tanlab olindi (1-jadval). 1-jadval. Qattiq bug‘doyning xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonidan 1000 dona don vazni bo‘yicha tanlab olingan namunalar (G’allaorol -2025-yil). 1000 dona don vazni, Andozadan № Nav namunalar nomi (g) farqi, 2024 y 2025 y O’rtacha (g) 1 Leukurum-3 (an) 40,0 40,4 40,2 ±
2 №2 Omrabi 5 42,0 40,6 41,3 1,1 3 №3 Genomis 3 44,0 40,8 42,4 2,2 4 №4 Nakuri 36,0 39,2 37,6 -2,6 5 №5 Naurora 38,0 40,8 39,4 -0,8 6 №6 Nacheto 39,0 40,0 39,5 -0,7 7 №7 Derita 42,0 40,8 41,4 1,2 8 №8 Nemesis 2 44,0 40,0 42,0 1,8 9 №9 Nemesis 1 42,0 44,0 43,0 2,8 10 №10 Ramajan 44,0 41,7 42,9 2,7 11 №11 Myperno 37,0 42,7 39,9 -0,4 12 №12 Jabajan 39,0 43,2 41,1 0,9 13 №13 Kondita 44,0 40,4 42,2 2,0 14 №14 Nachit Kan 41,0 39,5 40,3 ± 15 №15 Nachita 42,0 41,1 41,6 1,3 16 №16 Xu 44,0 40,6 42,3 2,1 17 №17 Mamiki 43,0 39,3 41,2 0,9 18 №18 Margheto 42,0 39,4 40,7 0,5 19 №19 Mamasita 43,0 40,4 41,7 1,5 20 №20 Miki 3 40,0 38,4 39,2 -1,0 21 №21 Sebanachit 44,0 40,8 42,4 2,2 22 №22 Sebarita 43,0 40,4 41,7 1,5 23 №23 Yopy 42,0 43,6 42,8 2,6 24 №24 Yosan 40,0 38,3 39,2 -1,1
Xulosa. Lalmi qattiq bug‘doyning 1000 dona don vazni yuqori bo‘lgan namunalarini tanlab olish hosildorlik va don sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. 1000 dona don vazni yuqoriligi bo‘yicha tanlab olingan qattiq bug‘doy namunalaridan yuqori sifatli don olinishi va seleksiya jarayonlarida samarali natijalarga erishish mumkin. Shu bilan birga, 1000 dona don vazniga e’tibor berish agroekologik sharoitlarga moslashuvchan va yuqori mahsuldor namunalarni aniqlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra qattiq bug‘doyning andoza naviga nisbatan 1000 dona don vazni yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan №9 Nemesis 1 (43,0 g), №10 Ramajan (42,9 g), №23 Yopy (42,8 g), №21 Sebanachit, №3 Genomis 3 namunalarida (42,4 g), №16 Xu (42,3 g), №13 Kondita (42,2 g), №8 Nemesis 2 (42,0 g) namunalarida 1000 dona don vazni andoza navdan 1,8-2,8 grammgacha yuqori ekanligi tahlil natijalarida aniqlandi va seleksiya jarayonida foydalanish uchun tanlab olindi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Amanov A. A. va boshqalar. Donli ekinlar seleksiyasi va boshlang‘ich urug‘chiligi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. G‘allaorol 2004 yil.
- Изучение мировой коллекции пшеницы. Методические указания. ВИР. Ленинград 1984.
- Кинчаров А.И., Таранова Т.Ю., Дёмина Е.А., Чекмасова К.Ю. Селекционная оценка признака масса 1000 зерен в засушливых условиях. Научный журнал. Успехи современного естествознания № 5, 2020. С. 7-11.
- Методы опреде��ения мaссы 1000 семян. ГОСТ 12042-80. Москвa, 2011. С. 2-4. mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
- Qurbonov G‘.Q. Donli ekinlar urug‘shunosligi. Urug‘ sifatining dalada ko‘karishga ta’siri. Toshkent, O‘qituvchi, 1980. 76-77-betlar.
- Ремесло В.Н., Сайко В.Ф. Сортовая агротехника пшеницы. Киев. «Урожай», 1981, С. 200.
- Хаджакулов Т.Х. Селекция кормовых сортов ячменя и мягкой пшеницы интенсивного типа особенности семеноводства и сортовой агротехники в орошаемой зоне Узбекистана. Автореферат дисс. Док. С-х наук., Санкт-Петербург, 1992, C.35.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012011
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/9m3zd183
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 481–484
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06