SIRKA DARAXTINING TABIATDAGI SIRLI DUNYOSI
Naurizbaeva Guldana Pakhratdinovna, Atamuratova is the daughter of Khurliman Rustem, Baltaniyazov Zhaksybay SarsenbaevichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 430–432
Annotatsiya
Ushbu maqolada Totim (Rhus) avlodiga mansub o‘simliklarning morfologik, biologik va xo‘jalik ahamiyatiga oid ma‘lumotlar yoritilgan. Xususan, Totimning o‘ziga xos tashqi tuzilishi, uning ikki uyli o‘simlik sifatidagi gullash xususiyatlari, meva va barglarning mavsumiy o‘zgarishi atroflicha tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, tarixiy manbalarga tayanib, Rhus coriaria (oshlovchi totim) turining terini oshlash va bo‘yash sanoatidagi o‘rni, uning “sirka daraxti” deb nomlanishi sabablari hamda zamonaviy botanikadagi ahamiyati ochib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaТаинственный мир уксусного дерева в природе
В данной статье представлена информация о морфологическом, биологическом и экономическом значении растений рода Rhus. В частности, подробно анализируются специфическое внешнее строение Rhus, особенности его цветения как двудомного растения, а также сезонные изменения плодов и листьев. В статье также, на основе исторических источников, раскрывается роль вида Rhus coriaria (кориария) в кожевенной и красильной промышленности, причины его названия «уксусное дерево» и его значение в современной ботанике.
inglizchaTHE MYSTERIOUS WORLD OF THE VINEGAR TREE IN NATURE
This article provides information on the morphological, biological and economic significance of plants belonging to the genus Rhus. In particular, the specific external structure of Rhus, its flowering characteristics as a dioecious plant, and the seasonal changes of fruits and leaves are analyzed in detail. The article also reveals, based on historical sources, the role of the species Rhus coriaria (coriaria) in the leather tanning and dyeing industry, the reasons for its name "vinegar tree", and its significance in modern botany.
Kalit so‘zlar
- totim
- Rhus
- oshlovchi moddalar
- botanik morfologiya
- sirka daraxti
- terini oshlash
- ikki uyli o‘simliklar
- ko‘kalamzorlashtirish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K: 5995 SIRKA DARAXTINING TABIATDAGI SIRLI DUNYOSI Naurizbaeva Guldana Paxratdinovna Atamuratova Xurliman Rustem qizi Ilmiy rahbar: Baltaniyazov Jaqsibay Sarsenbaevich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute https://doi.org/10.5281/zenodo.19244594 Annotatsiya: Ushbu maqolada Totim (Rhus) avlodiga mansub o‘simliklarning morfologik, biologik va xo‘jalik ahamiyatiga oid ma’lumotlar yoritilgan. Xususan, Totimning o‘ziga xos tashqi tuzilishi, uning ikki uyli o‘simlik sifatidagi gullash xususiyatlari, meva va barglarning mavsumiy o‘zgarishi atroflicha tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, tarixiy manbalarga tayanib, Rhus coriaria (oshlovchi totim) turining terini oshlash va bo‘yash sanoatidagi o‘rni, uning “sirka daraxti” deb nomlanishi sabablari hamda zamonaviy botanikadagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Totim, Rhus, oshlovchi moddalar, botanik morfologiya, sirka daraxti, terini oshlash, ikki uyli o‘simliklar, ko‘kalamzorlashtirish. Oshlovchi totim (Rhus coriaria) nomini yunoncha “rhus” – “oshlovchi yoki bo‘yoq beruvchi yog‘och” so‘zidan olgan. Qadimgi yunonlar uning barglari va yosh shoxlarini terini oshlash jarayonida keng qo‘llashgan, shu sababli bu tur oshlovchi totim deb nomlangan. Ehtimol, turkiy tilidan olingan – “rhudd” - qizil, qizil mevalari tufayli. Vatani Shimoliy Amerika. Totimning tabiiy areali Ulug‘ko‘llar ya’ni Shimoliy Amerika va Kanada chegarasida joylashgan beshta yirik chuchuk suvli ko‘llar tizimidan, Atlantika qirg‘oqlarigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Ukrainada, Boltiq bo‘yida, Rossiyaning o‘rta mintaqasida, Kavkazda va O‘rta Osiyoda ekiladi. O‘zbekistonda 1 ta turi introduktsiya qilingan, u Oshlovchi totim (Rhus coriaria). Totim uzoq yashamaydi, 15-20 yoshida ildiz bachkilari hisobiga yangilanib, nobud bo‘ladi. Bo‘yi 10-12 m gacha, tanasining diametri 20 sm gacha bo‘lgan ko‘p tanali, barg to‘kuvchi, keng vertikal buta yoki kichik daraxt. Shox-shabbasi vertikal, soyabonsimon, qalin. Tanasi jigarrang silliq po‘stloq, keksa yoshda mayda tangachalar va sut sharbati bilan ajralib chiqadi (1-rasm).
1-rasm: Totim daraxti tanasining tuzilishi va sharbati Yosh novdalari mayin tuklar bilan qalin qoplangan, bug‘uning tovoniga o‘xshaydi. Barglari ketma-ket joylashgan, murakkab, toq patsimon, uzunligi 60 sm gacha, 11-31 ta bargchadan iborat. Barglari ellipssimon yoki lantsetsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 12 sm gacha va eni 4 sm gacha etadi, bandsiz, uchi o‘tkir, qirralari serqirra, yuqori tomoni to‘q yashil va silliq,
pastki tomoni esa oqimtir tuklar bilan qoplangan. Barglar kuzda yorqin to‘q sariq yoki qizil rangga kiradi (2-rasm).
2-rasm: Totim daraxti barglarining morfologik tuzilishi va mavsumiy o‘zgarishi Totim ikki uyli. Urg‘ochi gullar 20 sm gacha bo‘lgan qalin piramidal supurgilarda, erkaklar kattaroq va bo‘sh supurgilarda. Mayda changchi gullari sarg‘ish-yashil, urug‘chi gullari qizil rangda. Mevalari qizil, patsimon, tuklar bilan qoplangan sharsimon danaklardan iborat, qishda o‘simlikda saqlanib qoladi, ta’mi shirinroq, zaharli emas. Urug‘lari mayda, nordon ta’mga ega, shuning uchun sirka daraxti deb ataladi (3-rasm).
3-rasm: Totimning gul to‘plami hamda mevalari Iyunь oyida gullaydi. Hayotining 4-5 yilida gullab, meva beradi. Mevasi avgust oyida pishadi, ammo kech kuzgacha o‘simlikda qoladi. Totimni urug‘idan, bachkisidan, qalamchasidan ko‘paytirsa bo‘ladi, ammo hozirda urug‘idan ko‘paytirish kam qo‘llaniladi, sababi urug‘i juda qattiq bo‘ladi. Qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar, sho‘r tuproqlarda o‘sa oladi. Sovuqqa chidamli, - 25°C gacha sovuqqa bardosh beradi, ammo -30-32 °C dan past haroratda novdalar muzlaydi, o‘simlik tezda - mavsum davomida yangilanadi. Tutun va gazga chidamli, shahar sharoitiga chidamli. Namlik ortiqcha bo‘lganda zamburug‘kasalliklari bilan zararlanadi. Zararkunandalarga chidamli hisoblanadi. Totim o‘zining yirik, toq patsimon barglari bilan floramiz uchun juda manzarali va g‘ayrioddiy bo‘lib, «palьma» ko‘rinishini beradi. Ko‘kalamzorlashtirishda yakka va guruhli ekish ko‘rinishida, toshli tepaliklarni ko‘kalamzorlashtirishda hamda shamol va suv eroziyasiga uchragan tuproqlarni mustahkamlashda keng foydalanishga loyiq. Uzoq vaqt davomida o‘simlikni bezab turgan barglarning kuzgi qip-qizil rangi bog‘-park landshaftida rang-barang dog‘hosil qilib, uning kuzgi koloritini, ayniqsa, to‘q ninabargli ko‘chatlar fonida boyitadi. Yorqin mevali yirik, qalin ro‘vaklari qish bo‘yi bu nafis o‘simlikni bezab turadi.
Teriga ishlov berishda ishlatiladigan oshlovchi moddalarni o‘z ichiga olgan qimmatli texnik o‘simlik (barglarida 25% gacha taninlar mavjud). Meva qobig‘ida mum - alohida qimmatli lak uchun xomashyo mavjud. Bargi, po‘stlog‘i va ildizidan ipak matolar uchun bo‘yoqlar tayyorlanadi. Qalin rangli yog‘och (sariqdan to‘q sariq-qizilgacha) manzarali buyumlar uchun mos keladi. Totim o‘simligi o‘zining noyob morfologik xususiyatlari, qadimgi sanoatda tutgan muhim o‘rni va manzaraviy ahamiyati bilan tabiatning betakror va ko‘p qirrali boyligi hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Asgarpanah J., Saati S. An overview on phytochemical and pharmacological properties of Rhus coriaria L // Research Journal of Pharmacognosy. – 2014. – Т. 1. – №. 3. – С. 47-54.
- Baltaniyazov J. S., Kamalova N. B. Environmental and decorative properties linden leaved (Tilia cordata) under Karakalpakstan // Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования. – 2017. – С. 820-821.
- Bekturganovna K.N., Sarsenbaevich B.J. Qoraqalpog‘iston respublikasi avtomobil yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirishda asosiy daraxt va buta turlarini tanlash // Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 587-589.
- Qayumov A., Boltaniyozov J. S. Dust-holding properties of wood and shrub species in the conditions of the republic of Karakalpakstan // The American Journal of Applied sciences. – 2020. – Т. 2. – №. 09. – С. 170-174.
- Sarsenbaevich B.J. et al. Agrotechnology of cultivation and care plants lycium barbarum // American journal of social science. – 2025. – Т. 3. – №. 5. – С. 67-70.
- Shabbir A. Rhus coriaria linn, a plant of medicinal, nutritional and industrial importance: a review //J Anim Plant Sci. – 2012. – Т. 22. – №. 2. – С. 505-12.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011998
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/zbrvm035
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 430–432
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06