G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI S-6580 NAVINI UNIB CHIQISHI HAMDA HOSILDORLIGI
Karabaev Ikromjon Turaevich1, Nishonova Bahora Nishonovna22026
- 1q.x.f.d., professor
- 2tayanch doktorant Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 415–420
Annotatsiya
Maqolada g‘o‘zaning S-6580 navini 80-90; 110-120 ming tup/ga ko‘chat qalinliklarida, mineral o‘g‘itlarning uch xil oziqlantirish me‘yorlari hamda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60; 70-75-65% me‘yorlar negizida parvarishlashni g‘o‘zaning unib chiqishi, hamda paxta hosildorligiga ta‘siri bayon etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРост и урожайность перспективного сорта хлопка S-6580
В статье описывается влияние выращивания хлопчатника сорта С-6580 при плотности рассады 80-90; 110-120 тысяч растений/га, трех различных нормах внесения минеральных удобрений и влажности почвы перед поливом 65-70-60; 70-75-65% относительно рекомендуемой влажности на всхожесть и урожайность хлопчатника.
inglizchaGROWTH AND YIELD OF THE PROMISING COTTON VARIETY S-6580
The article describes the effect of maintaining cotton variety S-6580 at seedling densities of 80-90; 110-120 thousand plants/ha, three different nutrient rates of mineral fertilizers, and pre-irrigation soil moisture of 65-70-60; 70-75-65% relative to the recommended moisture content on cotton germination and cotton yield.
Kalit so‘zlar
- g‘o‘za
- tuproq
- mineral o‘g‘it
- sug‘orish tartibi
- ko‘chat qalinligi
- unib chiqish
- paxta hosildorligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI S-6580 NAVINI UNIB CHIQISHI HAMDA HOSILDORLIGI Karabaev Ikromjon Turaevich - q.x.f.d., professor Nishonova Baxora Nishonovna - tayanch doktorant Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ITI *** Карабаев Икрамжан Тураевич – д.с.х.н. профессор Нишонова Бахора Нишоновна – докторант НИИ селекции, семеноводства и агротехнологии выращивания хлопка *** Karabaev Ikromjon Turaevich - DSc, professor Nishonova Baxora Nishonovna - basic doctorant Cotton Breeding, Seed Production and Agrotechnologies Research Institute https://doi.org/10.5281/zenodo. 19244567 Annotatsiya: Maqolada g‘o‘zaning S-6580 navini 80-90; 110-120 ming tup/ga ko‘chat qalinliklarida, mineral o‘g‘itlarning uch xil oziqlantirish me’yorlari hamda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60; 70-75-65% me’yorlar negizida parvarishlashni g‘o‘zaning unib chiqishi, hamda paxta hosildorligiga ta’siri bayon etilgan.
Аннотатсия: В стате изложены резултаты исследований по влиянию различных агротехнических приёмов на всхожест, рост и развитие, а также урожайност хлопчатника сорта С-6580. Опыт проводился при густоте стояния растений 80–90 и 110–120 тыс. растений на гектар, с применением трёх норм минералного питания и при режимах предполивной влажности почвы на уровне 65–70–60 и 70–75–65 % от НВ (ЧДНС).
Abstract: The article presents the results of studies on the effect of various agrotechnical practices on seed germination, growth and development, and cotton yield of the S-6580 variety. The experiments were conducted with plant densities of 80–90 and 110–120 thousand plants per hectare, using three different rates of mineral fertilization and pre-irrigation soil moisture regimes of 65–70–60 and 70–75–65% relative to field capacity (FC).
Kalit so’zlar: g‘o‘za, tuproq, mineral o‘g‘it, sug‘orish tartibi, ko‘chat qalinligi, unib chiqish, paxta hosildorligi.
Ключевые слова: хлопчатник, почва, минералные удобрения, режим орошения, густота растений, всхожест, урожайност хлопкачатника.
Keywords: cotton, soil, mineral fertilizers, irrigation regime, plant density, germination, cotton yield.
Tadqiqotning dolzarbligi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida paxtachilik tarmog‘i strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uni rivojlantirishda yuqori hosildor, tashqi muhit omillariga moslashuvchan hamda resurs tejamkor g‘o‘za navlarini еtishtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, suv resurslarining cheklanganligi va tuproq unumdorligining pasayib borishi sharoitida g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda takomillashtirish zarurati ortib bormoqda [1]. Paxtachilikda yuqori va barqaror hosil еtishtirish g‘o‘za navlarining biologik xususiyatlarini agrotexnik omillar bilan uyg‘un holda qo‘llashga bevosita bog‘liq. Ayniqsa, sug‘orish rejimi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari hamda ko‘chat qalinligini ilmiy asosda belgilash g‘o‘zaning unib chiqishi, o‘sib rivojlanishi va paxta hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNS ga nisbatan me’yorlash g‘o‘zaning ildiz tizimi rivojlanishi, oziqa moddalari o‘zlashtirilishi va hosil elementlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini uyg‘unlashtirish orqali paxta hosildorligini sezilarli oshirish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan [4,5]. Sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNS ga nisbatan me’yorlash g‘o‘za ildiz tizimining rivojlanishi, oziqa elementlarining o‘zlashtirilishi va hosil elementlarining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Tuproq namligi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarining nomutanosibligi esa hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin [3]. Shu sababli sug‘orish rejimi va oziqlantirish me’yorlarini nav xususiyatlariga mos holda belgilash dolzarb ilmiy masala hisoblanadi. G‘o‘zaning istiqbolli S-6580 navi o‘zining serhosilligi, vegetatsiya davrining nisbatan qisqaligi va agroiqlim sharoitlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Biroq mazkur navning turli ko‘chat qalinliklari, mineral o‘g‘itlarning turli oziqlantirish me’yorlari hamda sug‘orish oldi tuproq namligining turli darajalari sharoitida o‘sib rivojlanishi va hosildorligiga oid ma’lumotlar еtarli darajada o‘rganilmagan [2]. Tadqiqot uslublari: Ilmiy tadqiqot ishlari Paxta seleksiyasi, urug`chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiya maydonlarida olib borildi. Tajriba dalasi tuprog‘i o‘tloqi bo‘z tuproq, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq, sho‘rlanmagan, еr osti suvlarining joylashish chuqurligi 16-18 m ni tashkil qiladi. Dala tajribasi 13 variantdan iborat bo‘lib, barcha paykallar 3 ta qaytariqda 3 yarusda joylashtirildi (1-jadval).
Nazariy ko‘chat Sug‘orish Mineral o‘g‘itlar № G‘o‘za navlari qalinligi, ming me’yori me’yorlari dona/ga 1 C-8286 (nazorat) 80-90 70-75-65 N200P140K100 2 N150P105K75 3 80-90 N200P140K100 4 N250P175K125 70-75-65 5 N150P105K75 6 110-120 N200P140K100 7 N250P175K125 C-6580 8 N150P105K75 9 80-90 N200P140K100 10 N250P175K125 65-70-60 11 N150P105K75 12 110-120 N200P140K100 13 N250P175K125 G‘o‘zaning yangi C-6580 navini parvarishlashda mineral o‘g‘itlar me’yori N200P140K100 kg/ga, 60 sm qator oraliqligida mineral o‘g‘itlar me’yori N150P105K75, N200P140K100, N250P175K125 kg/ga, nazariy ko‘chat qalinliklari 80-90 va 110-120 ming dona/ga, sug‘orishni ChDNS ga nisbatan 65- 70-60 hamda 70-75-65% etib belgilangan. Tadqiqotlar “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (O‘zPITI, Toshkent, 2007 y.) [2] uslubiy qo‘llanmasi asosida olib borilgan.
Tadqiqot natijalari: Olib borilgan 2023-2025 yillardagi tadqiqotlarimizda g‘o‘zaning S- 8286 navini ishlab chiqarish sharoitida olib boriladigan agrotexnologiya asosida nazariy ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga miqdorda, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75- 65% еtib belgilanib hamda mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qo‘llanilgan 1-variant (nazorat) da g‘o‘zaning unib chiqish darajasi 88,8 dan 89,8% gacha, xuddi shunday ko‘chat qalinligi va sug‘orish tartibidagi fonda, faqat mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N150P105K75 kg/ga miqdorda qo‘llanilgan 2-variantda 88,8-90,5% gacha, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga miqdoriga еtkazilgan (3-variant) da 90,2-90,9% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N250P175K125 kg/ga miqdorda bo‘lgan 4-variantda 89,6-90,8% gacha tashkil еtgani kuzatildi. Tahlil natijalariga asosan, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qo‘llanilgan (3-variant) da g‘o‘zaning unib chiqish darajasi 1-variant (nazorat) ga nisbatan o‘rtacha 1,3% gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga miqdorda bo‘lgan 2-variantga nisbatan 0,7% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N250P175K125 kg/ga miqdorda berilgan 4-variantga nisbatan 0,1% gacha yuqori bo‘lishi kuzatildi.
Olib borgan tadqiqotlarimizda o‘simlikning nazariy ko‘chat qalinligini 110-120 ming tup/ga miqdorga еtkazilib, yuqorida qayd еtilgan sug‘orish tartibida belgilanib, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qo‘llanilgan (6-variant) da g‘o‘zaning unib chiqish darajasi 91,8-92,3% ni tashkil еtib, 1-variant (nazorat) ga nisbatan 2,5% gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik miqdori 25% gacha kamaytirilgan (5-variant N150P105K75 kg/ga) ga nisbatan 0,9% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori 25 % gacha ortib borgan (7-variant N250P175K125 kg/ga) ga nisbatan 0,9% gacha, nazariy ko‘chat qalinligini 30 ming tup/ga gacha ortib borishiga nisbatan еsa 1,2% gacha yuqori bo‘lishi kuzatildi.
Tadqiqotlarimizda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% еtib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga miqdorda qoldirib, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N250P175K125 kg/ga me’yoriga еtkazilganda (10-variant) g‘o‘zani unib chiqish darajasi 89,6-91,3% gachani tashkil еtib, 1-variant (nazorat) ga nisbatan 1,6% gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga bo‘lgan 8-variantga nisbatan 0,8% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N200P140K100 kg/ga belgilangan 9-variantga nisbatan 0,5% gacha yuqori bo‘lishi kuzatildi.
Tadqiqotlarimizda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% еtib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga miqdorgacha ortib borishi, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N250P175K125 kg/ga me’yoriga еtkazilganda (13-variant) chigitlarni unib chiqish darajasi 91,5-92,8% gacha tashkil еtib, 1-variant (nazorat) ga nisbatan 2,8 % gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga bo‘lgan 11-variantga nisbatan 1,1% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N200P140K100 kg/ga belgilangan 12-variantga nisbatan 0,2% gacha, nazariy ko‘chat qalinligini 30 ming tup/ga ortishi (10 var.) natijasida 1,2% ga yuqori bo‘lishi kuzatildi (1-rasm).
112,0 113,7 113,4 111,5 110,5 92,8 94,0 120,0
2023-yil 2024-yil 2025-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil
1-rasm. Chigitlarni unib chiqish darajasi, % 2-rasm. G‘o‘zaning amal davri oxirida (2023-2025 yy.) ko‘chat qalinligi, ming tup/ga (2023-2025 yy.) Olib borilgan 2023-2025-yillardagi tadqiqotlarimizda G‘o‘zaning S-8286 navini ishlab chiqarish sharoitida olib boriladigan agrotexnologiya asosida nazariy ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga miqdorda, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65% еtib belgilanib hamda mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qo‘llanilgan 1-variant (nazorat) da G‘o‘zaning ko‘chat qalinligi amal davri ohirida 82,0-83,6 ming tup/ga gacha, xuddi shunday ko‘chat qalinligi va sug‘orish tartibidagi fonda, faqat mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N150P105K75 kg/ga miqdorda qo‘llanilgan 2-variantda 83,4-85,3 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga miqdoriga еtkazilgan (3-variant) da 84,4-86,8 ming tup/ga ni, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N250P175K125 kg/ga miqdorda bo‘lgan 4-variantda 84,2- 84,9 ming tup/ga gachani tashkil еtgani kuzatildi. Tahlil natijalariga asosan, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qo‘llanilgan (3-variant) da G‘o‘zaning ko‘chat qalinligi 1-variant (nazorat) ga nisbatan 2,4-3,2 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga miqdorda bo‘lgan 2-variantga nisbatan 1-1,7 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N250P175K125 kg/ga miqdorda berilgan 4-variantga nisbatan 0,2- 2,4 ming tup/ga gacha yuqori bo‘lishi kuzatildi. Olib borgan tadqiqotlarimizda o‘simlikning nazariy ko‘chat qalinligini 110-120 ming tup/ga miqdorga еtkazilib, yuqorida qayd еtilgan sug‘orish tartibida belgilanib, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini kg/ga me’yorida qo‘llanilgan (6-variant) da g‘o‘zaning ko‘chat qalinligi 113,6- 113,7 ming tup/ga ni tashkil еtib, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga miqdorda belgilangan 5-variantga nisbatan 1,4 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori 25 % gacha ortib borgan (7-variant N250P175K125 kg/ga) ga nisbatan deyarli farqlanmaganligi kuzatildi (2-rasm). Tadqiqotlarimizda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% еtib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup/ga miqdorda qoldirib, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N250P175K125 kg/ga me’yoriga еtkazilganda (10-variant) G‘o‘zani ko‘chat qalinligi 83,2- 85,6 ming tup/ga gacha tashkil еtib, 1-variant (nazorat) ga nisbatan 1,5-2,8 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga bo‘lgan 8-variantga nisbatan 0,1-3,2 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N200P140K100 kg/ga belgilangan 9-variantga nisbatan 0,1-1,3% gacha yuqori bo‘lishi kuzatildi.
Tadqiqotlarimizda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% еtib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga miqdorgacha ortib borishi, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N250P175K125 kg/ga me’yoriga еtkazilganda (13-variant) o‘simlikning ko‘chat qalinligi 112,0-113,7 ming tup/ga gacha tashkil еtib, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga bo‘lgan 11-variantga nisbatan 2,2-2,9 ming tup/ga gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N200P140K100 kg/ga belgilangan 12-variantga nisbatan 0,8-1,2 ming tup/ga gacha yuqori bo‘lishi kuzatildi. Olib borilgan 2023-2025-yillardagi tadqiqotlarimizda oʻsimlikning nazariy koʻchat qalinligini 110-120 ming tup/ga miqdorga еtkazilib, yuqorida qayd etilgan sugʻorish tartibida belgilanib, mineral oʻgʻitning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qoʻllanilgan (6-variant) da gʻoʻzaning hosildorligi 43,1-46,2 s/ga ni tashkil etib, 1-variant (nazorat) ga nisbatan 8,2-12,6 s/ga gacha, mineral oʻgʻitlarning yillik miqdori 25% gacha kamaytirilgan (5- variant N150P105K75 kg/ga) ga nisbatan 3,5-5,4 s/gagacha, mineral oʻgʻitlarni yillik me’yori 25 % gacha ortib borgan (7-variant N250P175K125 kg/ga) ga nisbatan 0,1-0,3 s/ga gacha yuqori boʻlishi kuzatildi (3-rasm). 50,0
0,0 1-variant 2-variant 3-variant 4-variant 5-variant 6-variant 7-variant 8-variant 9-variant 10-variant 11-variant 12-variant 13-variant
3-rasm. Paxta hosildorligi s/ga (2023-2025 yy.) Tadqiqotlarimizda sugʻorish oldi tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 65-70-60% etib belgilanib, nazariy koʻchat qalinligi 110-120 ming tup/ga miqdorgacha ortib borishi, mineral oʻgʻitning yillik me’yorini N250P175K125 kg/ga me’yoriga еtkazilganda (13-variant) paxta hosildorligi 39,4-41,1 s/ga gacha tashkil etib, 1-variant (nazorat) ga nisbatan 4,5-6,6 s/ga gacha, mineral oʻgʻitlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga boʻlgan 11-variantga nisbatan 4,1 s/ga gacha, mineral oʻgʻitlarni yillik me’yori N200P140K100 kg/ga belgilangan 12-variantga nisbatan 0,8-1,1 s/ga gacha yuqori boʻlishi kuzatildi . Xulosa. Nazariy ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga ni, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65% ni, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga miqdorida berib G‘o‘zaning S-6580 navni parvarishlanganda (6-var.) S-8286 naviga nisbatan 2,5% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori 25 % gacha ortib borgan (7-variant N250P175K125 kg/ga) ga nisbatan 0,9% gacha, nazariy ko‘chat qalinligini 30 ming tup/ga gacha ortib borishiga nisbatan еsa 1,2% gacha yuqori bo‘lishi natijada paxta hosilini esa koʻchat qalinligini 30 ming tup/ga oshirish hisobiga 12,6 s/ga gacha yuqori boʻlishiga erishilgan. Shu bilan birga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% еtib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga ni, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini
N250P175K125 kg/ga me’yoriga еtkazilganda (13-var.) nazorat (1-var.) ga nisbatan 2,8 % gacha, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N150P105K75 kg/ga bo‘lgan 11-variantga nisbatan 1,1% gacha, mineral o‘g‘itlarni yillik me’yori N200P140K100 kg/ga belgilangan 12-variantga nisbatan 0,2% gacha, nazariy ko‘chat qalinligini 30 ming tup/ga ortishi (10 var.) natijasida 1,2% gacha hamda hosildorlikni 6,1 s/ga gacha yuqori boʻlishiga erishilgan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi. – Toshkent, 2020.
- Abdullayev M.A. Istiqbolli g‘o‘za navlarining hosildorlik ko‘rsatkichlari // Qishloq xo‘jaligi fanlari jurnali. – 2021. – №2.
- Qodirov R.Q. Sug‘orish rejimlarining paxta hosildorligiga ta’siri. – Toshkent, 2017.
- Qoraboyev I.T. Mineral o‘g‘itlar me’yorlarining g‘o‘za o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri // Qishloq xo‘jaligi fanlari jurnali. – 2017. – №2.
- Qoraboyev I.T. Sug‘orish rejimlarining g‘o‘za hosildorligiga ta’siri // Paxtachilik
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011995
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/bx1vqs23
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 415–420
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06