“O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NATIJALARI: EGALISK QILISH IMKONI, RATSION SIFATI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOT XAVFSIZLIGI”
PRIMOV Abdulla1, KADIRKHANOV Bekhzod22026
- 1Dotsent, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Toshkent.
- 2Katta o‘qituvchi, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Toshkent
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 456–459
Annotatsiya
Ushbu tezis O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi natijalarini — hususan, oziq-ovqatga ega bo‘lish imkonini, ratsion sifatini va oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi tizimini — rasmiy statistika, xalqaro hisobotlar hamda siyosiy hujjatlardan olingan ikkilamchi ma‘lumotlar asosida baholaydi. Tahlil uy xo‘jaliklari daromadlari va fermer xo‘jaliklari tuzilmasini oziq-ovqatning mavjudligi va hamyonbopligi bilan bog‘laydi, shuningdek oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvi va qiymat zanjiri quvvatlari iste‘molchi xatarlariga qanday ta‘sir qilishini ko‘rib chiqadi. Dalillar ochlikni kamayganligini hamda Global Food Security Index (GFSI)dagi o‘rinning yaxshilanganini ko‘rsatadi. Biroq qishloq hududlarida mikroozuqalar yetishmovchiligi, daromadlarning beqarorligi, ayrim tovarlar va resurslar bo‘yicha importga bog‘liqlik, shuningdek saqlash va qayta ishlash infratuzilmasining cheklanganligi oziq-ovqat mahsulotlariga bardavom ega bo‘lish imkonini susaytirishda davom etmoqda. Tezis profilaktik oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi salohiyati va inspeksiya bo‘yicha yo‘riqnomalardagi bo‘shliqlarni, maqsadli ovqatlanish choralarini kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvini mustahkamlasi, sovutkichli omborlar, qayta ishlash va logistika infratuzilmasiga investitsiyalarni oshirish zarurligini ta‘kidlaydi.
Boshqa tillarda
ruscha«РЕЗУЛЬТАТЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ: ДОСТУПНОСТЬ ПРОДУКТОВ, КАЧЕСТВО ПИТАНИЯ И БЕЗОПАСНОСТЬ ПИЩЕВОЙ ПРОДУКЦИИ»
В данной работе на основе вторичных данных из официальной статистики, международных отчетов и политических документов оцениваются результаты в области продовольственной безопасности в Узбекистане, в частности, доступ к продовольствию, качество питания и системы безопасности пищевых продуктов. Анализ связывает доходы домохозяйств и структуру фермерских хозяйств с доступностью и ценовой доступностью продуктов питания, а также рассматривает, как управление продовольственной безопасностью и возможности цепочки создания стоимости влияют на потребительские риски. Данные свидетельствуют о снижении уровня голода и улучшении рейтинга страны в Глобальном индексе продовольственной безопасности (GFSI). Однако дефицит микронутриентов в сельской местности, нестабильность доходов, зависимость от импорта некоторых товаров и ресурсов, а также ограниченная инфраструктура хранения и переработки продолжают подрывать устойчивую продовольственную безопасность. В работе подчеркивается необходимость устранения пробелов в возможностях профилактики проблем безопасности пищевых продуктов и руководящих принципах инспекции, усиления целевых мер по питанию, укрепления управления безопасностью пищевых продуктов и увеличения инвестиций в холодильные склады, переработку и логистическую инфраструктуру.
inglizcha“FOOD SECURITY OUTCOMES IN UZBEKISTAN: AFFORDABILITY, DIET QUALITY, AND FOOD PRODUCT SAFETY”
This paper assesses food security outcomes in Uzbekistan—specifically, food access, diet quality, and food safety systems—based on secondary data from official statistics, international reports, and policy documents. The analysis links household income and farm structure to food availability and affordability, and examines how food security governance and value chain capacities affect consumer risk. Evidence suggests that hunger has declined and the country‘s ranking in the Global Food Security Index (GFSI) has improved. However, rural micronutrient deficiencies, income volatility, import dependence for some commodities and resources, and limited storage and processing infrastructure continue to undermine sustainable food security. The thesis highlights the need to address gaps in preventive food safety capacity and inspection guidelines, strengthen targeted nutrition measures, strengthen food safety management, and increase investment in cold storage, processing, and logistics infrastructure.
Kalit so‘zlar
- Oziq-ovqat xavfsizligi
- Oziq-ovqatga egalik imkoni
- Ratsion sifati
- Uy xo‘jaligi daromadi
- Oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi
- Qiymat zanjirlari
- BRM (SDG)
- O‘zbekiston
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T: 332.055.2 “O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NATIJALARI: EGALISK QILISH IMKONI, RATSION SIFATI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOT XAVFSIZLIGI” PRIMOV Abdulla, Dotsent, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Toshkent. Email: Abdulla.Primov@rau.ac.uk | ORCID: 0000-0002-1889-2161 QODIRXONOV Bexzod, Katta o‘qituvchi, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Toshkent Email: Bekhzod.Kodirkhonov@rau.ac.uk https://doi.org/10.5281/zenodo.19244655 Annotatsiya: Ushbu tezis O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi natijalarini — hususan, oziq-ovqatga ega bo‘lish imkonini, ratsion sifatini va oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi tizimini — rasmiy statistika, xalqaro hisobotlar hamda siyosiy hujjatlardan olingan ikkilamchi ma’lumotlar asosida baholaydi. Tahlil uy xo‘jaliklari daromadlari va fermer xo‘jaliklari tuzilmasini oziqovqatning mavjudligi va hamyonbopligi bilan bog‘laydi, shuningdek oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvi va qiymat zanjiri quvvatlari iste’molchi xatarlariga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqadi. Dalillar ochlikni kamayganligini hamda Global Food Security Index (GFSI)dagi o‘rinning yaxshilanganini ko‘rsatadi. Biroq qishloq hududlarida mikroozuqalar yetishmovchiligi, daromadlarning beqarorligi, ayrim tovarlar va resurslar bo‘yicha importga bog‘liqlik, shuningdek saqlash va qayta ishlash infratuzilmasining cheklanganligi oziq-ovqat mahsulotlariga bardavom ega bo‘lish imkonini susaytirishda davom etmoqda. Tezis profilaktik oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi salohiyati va inspeksiya bo‘yicha yo‘riqnomalardagi bo‘shliqlarni, maqsadli ovqatlanish choralarini kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvini mustahkamlasi, sovutkichli omborlar, qayta ishlash va logistika infratuzilmasiga investitsiyalarni oshirish zarurligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi; Oziq-ovqatga egalik imkoni; Ratsion sifati; Uy xo‘jaligi daromadi; Oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi; Qiymat zanjirlari; BRM (SDG); O‘zbekiston 1. Kirish.Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bo‘lib, bandlik, qishloq turmush tarzi, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘zini o‘zi ta’minlash va eksportga hissa qo‘shadi. An’anaviy ravishda qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida nisbatan barqaror omil bo‘lib kelgan: u umumiy aholining qariyb 26% ini band qiladi, YAIMning taxminan 23% ini tashkil etadi va 15 millionga yaqin aholining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini ish bilan ta’minlaydi; bu guruhning sezilarli qismi yashirin bandlik sharoitida ishlaydi. Ilgari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi siyosati asosan strategik ahamiyatga ega ekinlar — paxta va kuzgi bug‘doyga qaratilgan bo‘lib, meva-sabzavotlar kabi boshqa ekinlar siyosiy e’tibordan chetda qolgan. Paxta va don mamlakatning asosiy ekinlari hisoblanadi. Paxta va kuzgi bug‘doy jami sug‘oriladigan maydonning qariyb 80% ini egallaydi, meva, sabzavot, kartoshka, va yem-xashak ekinlari esa qolgan hududlarda yetishtiriladi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi siyosatida diversifikatsiya, ayniqsa meva-sabzavotchilikni rivojlantirishning ahamiyati kuchaydi. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi ko‘p omilli masala bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, iqtisodiy siyosat, iqlim o‘zgarishi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan belgilanadi. Oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois hukumat qishloq aholisini tomorqa yerlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga rag‘batlantirib kelmoqda. 2. Metodologiya va ma’lumot manbalari.Tezis rasmiy statistika, xalqaro hisobotlar va siyosiy hujjatlardan olingan ikkilamchi ma’lumotlarga tayanadi. Oziq-ovqatga ega bo’lish imkoni, daromad manbalari, ratsion sifati va oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi salohiyatidagi o‘zgarishlarni umumlashtirish uchun tavsifiy trend tahlili hamda taqqoshlama ko‘rib chiqish yondashuvlari qo‘llanildi. Bundan tashqari, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan uyg‘un holda O‘zbekiston bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligi tahlili tayyorlash jarayonida turli ikkilamchi manbalardan olingan
ma’lumotlar asosida tahlil amalga oshirildi. Ikkilamchi ma’lumotlardan foydalanishning afzalligi shundaki, ular ko‘pincha raqamli formatda bo‘ladi va masofadan turib olish mumkin, bu esa yig‘ish va tahlilni soddalashtiradi. Shuningdek, ikkilamchi ma’lumotlar BRM dasturlari bilan bog‘liq tarixiy davr kesimida oziqovqat xavfsizligi holatini tavsifiy darajada tahlil qilish uchun muhim manba hisoblanadi. U milliy holatni global va mintaqaviy trendlar bilan solishtirish hamda mezonlash imkonini beradi va aralashuvlar uchun aniq manzarani shakllantirishga xizmat qiladi. 3. Konseptual asos.Ushbu yondashuv O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi hamjamiyatini shakllantirish bo‘yicha yutuqlari BRMni qay darajada qondirayotganini yoritishni ko‘zlaydi. Shuningdek, u oziq-ovqat xavfsizligi BRMning markaziy komponenti ekanini ko‘rsatadi hamda siyosiy aralashuvlarni loyihalash va amalga oshirish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan sinergiyalar va murosa talab etuvchi masalalar mavjudligini ta’kidlaydi. Shu asosda oziq-ovqat xavfsizligini va rivojlanishni kuchaytirishga qaratilgan siyosiy doiralar, institutsional salohiyat va aralashuvlar tanqidiy baholanib, bo‘shliqlar va yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi.
Rasm 1. Tadqiqotning konseptual asoslari.
Manba: Muallif ishlanmasi. 4. Natijalar: oziq-ovqatga ega bo‘lish imkoni, daromadlar va fermer xo‘jaliklari tuzilmasi. Oziq-ovqat xavfsizligi barcha davlatlar uchun ustuvor masala bo‘lib, xavfsiz, to‘yimli va yetarli oziq-ovqatga bardavom ega bo‘lish imkoni oziq-ovqat xavfsizligining umumiy qabul qilingan ta’rifidir. O‘zbekiston misolida ham oziq-ovqat xavfsizligi uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar doirasida ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘riladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida, batafsil huquqiy-me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar yetarli bo‘lmasa-da, 2019 yildan boshlab 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy ramka sifatida joriy etildi. Ushbu huquqiy doira qishloq xo‘jaligi sektorini kuchaytirish, mahalliy oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash, agrobiznes subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yangi qishloq xo‘jaligi bizneslarida davlat aralashuvini kamaytirishga urg‘u beradi. So‘nggi davrda chorvachilik va fermer xo‘jaliklari sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha choratadbirlar hamda davlat qo‘llab-quvvatlovi chorvachilik ishlab chiqarishini oshirib, oziq-ovqat ta’minoti zanjiriga hissa qo‘shdi. 2021 yilda O‘zbekiston Yevroosiyo mamlakatlari oziq-ovqat
ishlab chiqarishida energiya qiymati bo‘yicha 6,6% ulushga ega bo‘lgan. Mamlakat ulushida go‘sht mahsulotlari 10,4% ga, kartoshka 9,9% ga sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ochlik darajasi yaqin kelajakda bir qator ijobiy o‘zgarishlar hisobiga sezilarli kamayishi kutiladi.
Rasm 2. O‘zbekistonda jon boshiga uy xo‘jaligi daromadi (2012–2023). 2107 2096 1993 2060 2000 1852 1430 1402 1500 1232 1206 USD
2010 2012 2014 2016 2018 2020 2022 2024 Yil
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi, 2023.
Jadval 1. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi yerlarining yer foydalanuvchilari bo‘yicha taqsimlanishi (ming gektar). Yer foydalanuvchi Haydaladigan yer Bog‘va uzumzorlar Pichanzor va yaylovlar Fermer xo‘jaliklari 3,472.9 296.0 1,471.3 Dehqon xo‘jaliklari 420.2 80.3 – Boshqa xo‘jaliklar 142.2 10.3 19,643.1 Jami 4,035.3 385.6 21,124.4 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi, 2023. 5. Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi.Oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi — oziq-ovqat xavfsizligining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. U oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlangan, iste’mol qilingan yoki muayyan maqsadlarda qo‘llanganida inson salomatligiga zarar yetkazmasligiga kafolat berishni anglatadi. Aholi sonining o‘sishi va oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimining turli tahdidlar sabab sekin kengayishi o‘rtasidagi nomutanosiblik ta’minot zanjiri va oziq-ovqat xavfsizligiga bosimni kuchaytiradi. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash maqsadida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirdi hamda jismoniy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha islohotlar olib bordi, bu esa ekin ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qildi. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha tartibga solish uchta davlat idoralari hamkorligiga asoslanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JS), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Hayvon kasalliklari va oziq-ovqat xavfsizligi markazi, hamda oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash bo‘yicha Uzstandard. Kuzatuvchanlikni kuchaytirishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilganiga qaramay, oziq-ovqatni zararsiz saqlash bo‘yicha tizim hanuz bir qator muammolarga duch keladi. Oziq-ovqat tarkibida salomatlikka zararli
moddalar bor-yo‘qligini muntazam tekshiradigan ixtisoslashgan ishlab chiqarish/tekshiruv quvvatlari yetarli emasligi qayd etiladi. 6. Qiymat zanjiri cheklovlari va oqibatlar.2030 yilga borib O‘zbekistonning har bir hududida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bilim va innovatsiyalarni targ‘ib qilish, targ‘ibot markazlarini ochish hamda qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun 100 dan ortiq ixtisoslashgan fermerlik faoliyat turlarini shakllantirish ko‘zda tutiladi. Bu choralarga ekin kasalliklarini kamaytirish, tuproq tarkibi va mikroflorasini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlar kiradi. O‘zbekistonda infratuzilmaga talab katta. Baholashlarga ko‘ra, 2022–2026 yillarda 299 ta nasos stansiyasini optimallashtirish uchun 826 mln AQSH dollari ajratilishi zarur. Mamlakat miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun hukumat asosan bug‘doy ishlab chiqarishiga va parranda hamda chorvachilik quvvatlarini maksimal darajada oshirishga e’tibor qaratadi. Umuman olganda, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini sezilarli kengaytirish salohiyatiga ega. 7. Xulosa.O‘zbekistonda ekin diversifikatsiyasi, infratuzilmaga investitsiyalar va modernizatsiya siyosati bilan kechayotgan qishloq xo‘jaligi transformatsiyasi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va ochlikni kamaytirishga yordam berdi. Shunga qaramay, yerdan va suvdan foydalanishdagi samarasizliklar, oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi tizimidagi bo‘shliqlar hamda importga qaramlik muhim to‘siq bo‘lib qolmoqda. Barqaror o‘sishni ta’minlash uchun iqlimga mos amaliyotlarni kengaytirish, qiymat zanjirlarini yaxshilash hamda fermerlarning texnologiya va bozorlarga kirishini mustahkamlash zarur. Qishloq xo‘jaligi kun tartibini Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashtirgan holda, O‘zbekiston oziq-ovqat masalasida o‘zini o‘zi ta’minlashni kuchaytirishi va barqaror oziq-ovqat savdosida mintaqaviy yetakchilikka intilishi mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Global Food Security Index (GFSI). (2022). Global Food Security Index 2022: Measuring food security and nutrition (Economist Impact).
- Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan. (2023). Statistical Yearbook / official statistics.
- Hasanov, S. (2016). Agricultural Polices to Enhance the Development of Fruit and Vegetable Subsectors in Uzbekistan. European Scientific Journal, ESJ, 12(13), 479.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012005
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/fdnqhh44
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 456–459
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06