SABZAVOT EKINLARI SIRFID PASHSHALARI (SYRPHIDAE) VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI
Sattorova Dilafroz AlisherovnaTayanch doktorant, Samarqand Davlat Universiteti2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 453–455
Annotatsiya
Sabzavot ekinlari agrosenozlarida zararkunandalar populyatsiyasini tabiiy ravishda boshqaruvchi entomofag hasharotlar nihotayda ko‘p. Entomofag hasharotlarning eng samarali guruhlaridan biri sirfid pashshalardir. Sirfid pashshalar (Syrphidae) sabzavot ekinlari agrosenozlarining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, lichinkalik davrida sabzavot ekinlari zararkunandalarini, ayniqsa shira bitlarini yeb foyda keltiradi. Samarqand tumani karam hamda bodring agrosenozlarida lichinkalari yirtqich hayot tarziga ega bo‘lgan sirfid pashshalarning Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus avlodlariga mansub 9 ta turi va lichinkalari fitofag usulda oziqlanadigan Eumerus avlodining 1 ta turi aniqlandi. Sphaerophoria avlodi vakillari (Sphaerophoria rueppeli, S. scripta) tadqiqot maydonlarida dominant turlar sifatida qayd qilindi.
Boshqa tillarda
ruschaОВОЩНЫЕ КУЛЬТУРЫ, СИРТИДНЫЕ МУХИ (СИРТИДЫ) И ИХ БИОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ
Энтомофаги, естественным образом контролирующие популяции вредителей в овощных агроценозах, чрезвычайно многочисленны. Одной из наиболее эффективных групп энтомофагов являются мухи-журчалки. Мухи-журчалки (Syrphidae) составляют важнейшую часть овощных агроценозов, и на стадии личинки они получают выгоду, поедая вредителей овощей, особенно тлю. В капустных и огуречных агроценозах Самаркандского района было идентифицировано 9 видов мух-журчалок, принадлежащих к родам Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus, личинки которых ведут хищный образ жизни, и 1 вид рода Eumerus, личинки которых питаются фитофагами. В качестве доминирующих видов на исследуемых участках были отмечены представители рода Sphaerophoria (Sphaerophoria rueppeli, S. scripta).
inglizchaVEGETABLE CROPS SYRPHID FLIES (SYRPHIDAE) AND THEIR BIOLOGICAL SIGNIFICANCE
Entomophagous insects that naturally control pest populations in vegetable agrocenoses are extremely numerous. One of the most effective groups of entomophagous insects is syrphid flies. Syrphid flies (Syrphidae) are the most important component of vegetable agrocenoses, and during the larval stage, they benefit by eating vegetable pests, especially aphids. In the cabbage and cucumber agrocenoses of the Samarkand district, 9 species of syrphid flies belonging to the genera Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus, whose larvae have a predatory lifestyle, and 1 species of the genus Eumerus, whose larvae feed phytophagously, were identified. Representatives of the genus Sphaerophoria (Sphaerophoria rueppeli, S. scripta) were noted as dominant species in the study areas.
Kalit so‘zlar
- sabzavot ekinlari
- biologik nazorat
- entomofag hasharotlar
- sirfid pashshalar
- Sphaerophoria rueppeli
- Eupeodes carollae
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SABZAVOT EKINLARI SIRFID PASHSHALARI (SYRPHIDAE) VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI Sattorova Dilafro‘z Alisherovna Tayanch doktorant, Samarqand Davlat Universiteti Sattorova Dilafro‘z Alisherovna Nóqteli doktorant, Samarqand Davlat Universiteti Сатторова Дилафруз Алишеровна Аспирант, Самаркандский Государственный Университет Sattorova Dilafruz Alisherovna PhD Student, Samarkand State University e-mail: dilafruz_sattorova@samdu.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.19244643 Annotatsiya. Sabzavot ekinlari agrosenozlarida zararkunandalar populyatsiyasini tabiiy ravishda boshqaruvchi entomofag hasharotlar nihotayda ko’p. Entomofag hasharotlarning eng samarali guruhlaridan biri sirfid pashshalardir. Sirfid pashshalar (Syrphidae) sabzavot ekinlari agrosenozlarining eng muhim tarkibiy qismi bo’lib, lichinkalik davrida sabzavot ekinlari zararkunandalarini, ayniqsa shira bitlarini yeb foyda keltiradi. Samarqand tumani karam hamda bodring agrosenozlarida lichinkalari yirtqich hayot tarziga ega bo‘lgan sirfid pashshalarning Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus avlodlariga mansub 9 ta turi va lichinkalari fitofag usulda oziqlanadigan Eumerus avlodining 1 ta turi aniqlandi. Sphaerophoria avlodi vakillari (Sphaerophoria rueppeli, S. scripta) tadqiqot maydonlarida dominant turlar sifatida qayd qilindi. Kalit so‘zlar: Sabzavot ekinlari, biologik nazorat, entomofag hasharotlar, sirfid pashshalar, Sphaerophoria rueppeli, Eupeodes carollae. Kirish. Sirfid pashshalar agroekosistemalarda o’simliklarning changlanishi va fitofag hasharotlarning biologik boshqarilishini ta’minlaydi. Lichinkalik davrida shira bitlari bilan oziqlanib, biologik nazorat olib borsa, voyaga yetgan pashshalar esa o’simliklarni changlatadi va hosildorlik oshishiga sababchi bo’ladi[1,2]. Sirfid pashshalarning biologik boshqarilishdagi ahamiyati laboratoriya sharoitida o’rganilgan. Xususan, Episyrphus balteatus lichinkalarining laboratoriya sharoitida Aphis craccivora, Myzus persicae va Megoura crassicauda shira bitlariga nisbatan yirtqichlik xususiyati o’rganilganda, Megoura crassicauda shira bitiga nisbatan lichinkalarning samaradorligi 9-kunga kelib 100% ga yetganini ko’rsatgan [3]. Shuningdek, Eupeodes corollae sirfid pashshalarining biologik samaradorligi Rhopalosiphum padi, Schizaphis graminum, Brevicoryne brassicae va Myzus persicae kabi shira turlariga nisbatan o’rganilganda, Eupeodes corollae sirfid pashshasi va Brevicoryne brassicae shira biti o’rtasida kuchli ijobiy korrelyatsion bog’liqlik (r2 = 0.8588) mavjudligi qayd etilgan [4]. Bir qator tadqiqotlarda Brevicoryne brassicae shira bitiga nisbatan bir necha tur sirfid pashshalarining yirtqichlik faoliyati o’rganilgan hamda Episyrphus balteatus lichinkalari eng samarali tur sifatida shira bitlari bilan oziqlanishi aniqlangan [5]. Materiallar va uslublar. Tadqiqot ishlari 2025 yil bahor va yoz oylari davomida karam hamda bodring dalalarida olib borildi. Sirfid pashshalarni tutishda entomologik to’r (sachok) va
rangli suvli tutqichlardan foydalanildi. Yig’ilgan hasharotlar fiksatsiya qilinib, entomologik paxta yostiqchalarga joylashtirildi va tur tarkibi aniqladi. Natijalar va munozara. Tadqiqot natijalariga ko’ra, sabzavot ekinlari agrosenozlarida Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus, hamda Eumerus avlodiga mansub turlar aniqlandi (1-jadval). Sphaerophoria avlodiga mansub Sphaerophoria scripta hamda Sphaerophoria rueppeli turlari dominant turlar bo’lib, mos ravishda pashshalarning 31,25% va 18,75% ni tashkil qildi. 1-jadval № Avlod Sirfid pashshalar turi Lichinkalarning ozuqaviy ixtisosligi 1. Eupeodes carollae Yirtqich 2. Eupeodes Eupeodes sp1 Yirtqich 3. Eupeodes nuba Yirtqich 4. Sphaerophoria Sphaerophoria rueppeli Yirtqich 5. Sphaerophoria scripta Yirtqich 6. Episyrphus Episyrphus balteatus Yirtqich 7. Ischiodon Ischiodon scutellaris Yirtqich 8. Melanostoma Melanostoma mellinum Yirtqich 9. Paragus Paragus compeditus Yirtqich 10. Eumerus Eumerus sogdianus Fitofag
Aniqlangan turlarning deyarli barchasi lichinkalik bosqichida yirtqich bo’lib, shira bitlari sonini boshqarishda xizmat qiladi. Eumerus avlodi turlari esa bundan mustasno, uning lichinkalari sabzavot ekinlari ildiz qismini yeb qishloq xo’jaligiga zarar keltiradi [6]. Sirfid pashshalar lichinkalik bosqichida zararkunanda yoki yirtqich bo’lishi mumkin, lekin ular voyaga yetgan davrida gul shirasi bilan oziqlanadi va madaniy o’simliklarning asosiy changlatuvchisi hisoblanadi.[1,2,6 ] Xulosa va tavsiyalar. Karam va bodring agrosenozlarida sirfid pashshalarning 10 ta turi tarqalgan. Sphaerophoria scripta va Sphaerophoria rueppeli dominant turlar bo’lib, sirfidofaunaning asosiy qismini tashkil etadi. Agrosenozlarda uchraydigan sirfid pashshalarning ko’pchiligi yirtqichlardan iborat.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Apostolos Pekas, Ines De Craecker, Sten Boonen, Felix L. Wäckers, Rob Moerkens. One stone; two birds: concurrent pest control and pollination services provided by aphidophagous hoverflies. Biological Control. Volume 149, October 2020, 104328 https://doi.org/10.1016/j.biocontrol.2020.10432810.1016/j.biocontrol.2020.104328
- Hui Li, Kris Wyckhuys, Kongming Wu. Hoverflies provide pollination and biological pest control in greenhouse-grown horticultural crops. Frontiers in Plant Science Volume 14, April 2023 DOI:10.3389/fpls.2023.111838810.3389/fpls.2023.1118388
- Shanshan Jiang , Hui Li , Kongming Wu Evaluation on Biocontrol Efficacy of Episyrphus balteatus De Geer (Diptera: Syrphidae) Against Aphis craccivora, Myzus persicae, and Megoura crassicauda 2025 Jul 28;16(8):774. DOI:10.3390/insects16080774 mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya10.3390/insects16080774
- Sajida Mushtaq , Sadia Maalik , Shahnaz Akhtar Rana , Waqar Majeed, and Nazia Ehsan(2023). Developmental analysis and predatory potential of Eupeodes corollae (Fabricius, 1794) (Diptera: Syrphidae) against aphids: A practical approach of biological control. Pakistan Journal of Agricultural Sciences. DOI:10.21162/PAKJAS/23.310.21162/pakjas/23.3
- Akhtar Ali Khan, Functional Response of Four Syrphid Predators Associated with Mealy Cabbage Aphid, Brevicoryne brassicae L. on Cruciferous Vegetables International Journal of Current Microbiology and Applied Sciences ISSN: 2319-7706 Volume 6 Number 7 (2017) pp. 2806-2816, https://doi.org/10.20546/ijcmas.2017.607.39110.20546/ijcmas.2017.607.391
- Deuk-Soo Choi, Deog-Kee Park, Yong-Bong Lee, Ki-Jeong Hong. A new species of the genus Eumerus (Diptera: Syrphidae) infesting roots of Campanulaceae crops in South Korea. Korea. Journal of Asia-Pacific Entomology, Volume 24, Issue 1, April 2021, Pages 402-408, https://doi.org/10.1016/j.aspen.2021.01.00810.1016/j.aspen.2021.01.008
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012004
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/vghfhd87
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 453–455
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06