Asosiy mazmunga o‘tish

SURXONDARYO VILOYATI OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARI SHAROITIDA GERBITSIDLARNING MOSH VA LOVIYA HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI

Sattorov Shokimardon Khushmamatovich1, Khalikov Bakhodir Meylikovich22026

  1. 1O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
  2. 2Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institute

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 407–410

Annotatsiya

Maqolada Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekini begona o‘tlariga qarshi ekish bilan birga Shansgard gerbitsidi 4,0 l/ga, o‘suv davrida Fyuzilad forte gerbitsidi 1,5 l/ga me‘yorda, loviya ekini uchun ekish bilan birga Stomp gerbitsidi 4,0 l/ga, o‘suv darida Zellek super gerbitsidi 1,0 l/ga me‘yorda qo‘llanilganda mosh va loviyaning hosildorligi yuqori bo‘lganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние гербицидов на урожайность масличной травы и бобов в условиях светло-серых почв Сурхандарийской области.

В статье представлена ​​информация о высокой урожайности маша и бобовых при посадке маша на светло-серых почвах Сурхандарьинской области, а также о применении гербицидов «Шансгард» из расчета 4,0 л/га и «Фузилад форте» из расчета 1,5 л/га в течение вегетационного периода, гербицида «Стомп» из расчета 4,0 л/га в течение посевного периода и гербицида «Зеллек супер» из расчета 1,0 л/га в течение вегетационного периода.

inglizchaINFLUENCE OF HERBICIDES ON THE YIELD OF MASSAGE AND BEANS IN THE CONDITIONS OF LIGHT GREY SOILS OF SURKHANDARYA REGION

The article provides information on the high yield of mung beans and beans when planting mung beans in the light gray soils of the Surkhandarya region, along with the application of Shansgard herbicide at a rate of 4.0 l/ha, and Fuzilad forte herbicide at a rate of 1.5 l/ha during the growing season, and Stomp herbicide at a rate of 4.0 l/ha during the planting season, and Zellek super herbicide at a rate of 1.0 l/ha during the growing season.

Kalit so‘zlar

  • Mosh
  • loviya
  • och tusli bo‘z tuproq
  • hosildorlik
  • begona o‘tlar
  • gerbitsid

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘T: 635.652.2:631.445.56+(632.5.51:632.934/.954) SURXONDARYO VILOYATI OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARI SHAROITIDA GERBITSIDLARNING MOSH VA LOVIYA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Sattorov shoximardon xushmamatovich https://orcid.org/0009-0000-0012-4714 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Xalikov baxodir meylikovich https://orcid.org/0000-0002-7323-4516 Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institute https://doi.org/10.5281/zenodo.19244552 Annotatsiya: Maqolada Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekini begona o‘tlariga qarshi ekish bilan birga Shansgard gerbitsidi 4,0 l/ga, o‘suv davrida Fyuzilad forte gerbitsidi 1,5 l/ga me’yorda, loviya ekini uchun ekish bilan birga Stomp gerbitsidi 4,0 l/ga, o‘suv darida Zellek super gerbitsidi 1,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda mosh va loviyaning hosildorligi yuqori bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlari: Mosh, loviya, och tusli bo‘z tuproq, hosildorlik, begona o‘tlar, gerbitsid. Аннотatsiя: В статье представлены данные о том, что при возделывании маша в условиях светлых серозёмных почв Сурхандарьинской области, применение гербицида Шансгард в норме 4,0 л/га вместе с посевом, а в период вегетaции гербицида Фюзилад Форте в норме 1,5 л/га, а для фасоли гербицида Стомп в норме 4,0 л/га вместе с посевом и гербицида Зеллек Супер в норме 1,0 л/га в период вегетaции обеспечивало высокую урожайность культур маша и фасоли. Ключевые слова: Маш, фасоль, светлая серозёмная почва, урожайность, сорные растения, гербицид. Annotation: The article presents data showing that under the conditions of light sierozem soils in the Surkhandarya region, the use of the herbicide Shansgrad at 4,0 l/ha together with sowing, and Fuzilad Forte at 1,5 l/ha during the vegetative period for mung bean, as well as the herbicide Stomp at 4,0 l/ha together with sowing and Zellek Super at 1,0 l/ha during the vegetative period for common bean, ensured high yields of mung bean and common bean crops. Key words: Mung bean, common bean, light sierozem soil, yield, weeds, herbicide. Kirish. Respublikamizning Markaziy va Janubiy hududlarida bahor mavsumida asosiy ekin sifatida ekiladigan mosh, loviya ekinining rivojlanishida begona o‘tlarning zarari va ularning hosildorlikga ta’siri o‘rganildi. Dalalarda juda ko‘p bir yillik ikki pallali va g‘allasimon begona o‘tlar, jumladan: shamak, ko‘k itqo‘noq, beshbarmoq, sho‘ra, ituzum, oqsho‘ra, temirtikan, ko‘p yillik begona o‘tlardan g‘umay, qamish, salomalaykum, qo‘ypechak va boshqa begona o‘tlar uchraydi. Begona o‘tlar madaniy o‘simliklar urug‘ining unib chiqish davridan boshlab, hosilni yig‘ib olgunga qadar zarar yetkazadi. Natijada hosil kamayib, uning sifati pasayadi. Tadqiqot uslublari. Tadqiqotni bajarishda umumqabul qilingan «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari», «Gerbitsidlar bilan tajribalar qo‘yish uslublari», begona o‘tlarga qarshi kimyoviy preparatlarni sinash «Qishloq xo‘jalik ekin maydonlarida begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarning davlat sinovini o‘tkazish» kabi uslublar asosida olib borildi. Tadqiqot natijalari. Turli gerbitsidlarning mosh va loviya don hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ekish bilan birga gerbitsidlar qo‘llanilganda, eng yuqori don hosili moshga Shansgrad gerbitsidini gektariga 4,0 l me’yorda qo‘llanilgan 9-variantdan olinib, don hosildorligi uch yilda o‘rtacha 18,9 s/ga ni tashkil etdi. Bunda qo‘shimcha don hosili nazorat variantga nisbatan 3,5 s/ga

ni, Gezagard andoza variantiga nisbatan esa 2,5 s/ga, boshqa turdagi gerbitsidlarga nisbatan 0,8- 2,0 s/ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Shunga yaqinroq natijalar tajribaning 5-varianti, ya’ni Stomp gerbitsidini gektariga 4,0 l me’yorda qo‘llanilganda ham olinib, don hosildorligi o‘rtacha 18,6 s/ga ni tashkil etdi. 1-jadval Surxondaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida begona o‘tlarning mosh va loviyaning don hosildorligiga ta’siri. 1-tajriba Don hosildorligi, s/ga Nazoratga Ekin Gerbitsid Me’yori, nisbatan № tur- 2019 2020 2021 Uch yilda turlari l/ga qo‘shimcha lari yil yil yil o‘rtacha hosil, s/ga Nazorat, 1. - 16,1 12,9 17,3 15,4 - (gerbitsidsiz) Zorro, 33% em.k. 2. 4,0 18,0 15,0 19,5 17,5 2,1 (andoza) 3. Stomp, 33% em.k. 2,5 18,4 15,4 19,7 17,8 2,4 4. Stomp, 33% em.k. 3,0 18,7 15,6 20,2 18,1 2,7 5. Stomp, 33% em.k. 4,0 19,4 16,4 20,1 18,6 3,2 Mosh Gezagard 50% 6. 4,0 16,9 14,0 18,5 16,4 1,0 n.kuk. (andoza) Shansgard sus.k. 7. 2,0 17,3 14,5 18,9 16,9 1,5 500 g/l. Shansgard sus.k. 8. 3,0 17,6 14,7 19,3 17,2 1,8 500 g/l. Shansgard sus.k. 9. 4,0 19,4 16,3 21,1 18,9 3,5 500 g/l. Nazorat, 10. - 20,2 17,3 21,7 19,7 - (gerbitsidsiz) Zorro, 33% em.k. 11. 4,0 23,6 21,7 24,1 23,1 3,4 (andoza) 12. Stomp, 33% em.k. 2,5 24,5 22,0 26,3 24,2 4,5 13. Stomp, 33% em.k. 3,0 25,2 22,3 26,0 24,5 4,8 14. Stomp, 33% em.k. 4,0 26,3 23,2 27,1 25,5 5,8 Loviy Gezagard, 50% 15. a 4,0 21,0 17,9 22,1 20,3 0,6 n.kuk. (andoza) Shansgard sus.k. 16. 2,0 23,0 20,1 24,1 22,4 2,7 500 g/l. Shansgard sus.k. 17. 3,0 24,2 21,3 25,1 23,5 3,8 500 g/l. Shansgard sus.k. 18. 4,0 25,4 22,5 26,7 24,8 5,1 500 g/l. Loviya don hosildorligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tajribada loviyadan eng yuqori don hosili Stomp gerbitsidini gektariga 4,0 l me’yorda qo‘llanilgan 14-variantdan olinib, don hosildorligi uch yilda o‘rtacha 25,5 s/ga ni tashkil etdi. Bunda qo‘shimcha don hosili nazorat variantga nisbatan 5,8 s/ga ni, Zorro andoza variantiga nisbatan 2,4 s/ga, boshqa turdagi gerbisidlarga nisbatan 1,0-5,2 s/ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Shunga yaqinroq natijalar tajribaning 18-varianti, ya’ni Shansgard gerbitsidini gektariga 4,0 l me’yorda qo‘llanilganda olinib, don hosildorligi o‘rtacha 24,8 s/ga ni tashkil etdi.

Gerbitsidlarni o‘suv davrida qo‘llash bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, moshdan eng yuqori don hosili Fyuzilad forte gerbitsidini gektariga 1,5 l me’yorda qo‘llanilgan 5-variantdan olinib, don hosildorligi uch yilda o‘rtacha 18,2 s/ga ni tashkil etdi. Bunda qo‘shimcha don hosili nazorat variantga nisbatan 4,4 s/ga ni, Legion super andoza gerbitsidiga nisbatan esa 0,6 s/ga, boshqa turdagi gerbitsidlarga nisbatan 1,0-1,9 s/ga yuqori don hosili olinganligi aniqlandi. 2-jadval Surxondaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida begona o‘tlarning mosh va loviyaning don hosildorligiga ta’siri. 2-tajriba Don hosildorligi, s/ga Nazoratga Ekin Gerbitsid Me’yori, nisbatan № tur- 2019 2020 2021 Uch yilda turlari l/ga qo‘shimcha lari yil yil yil o‘rtacha hosil, s/ga Nazorat, 1. - 14,4 11,0 16,1 13,8 - (gerbisidsiz) Ramon super, 104 2. 1,0 17,0 13,8 18,1 16,3 2,5 g/l. em.k. (andoza) Zellek super, 104 3. 1,0 17,8 14,6 19,2 17,2 3,4 Mosh g/l. em.k. Legion super, 4. 12,5% em.k. 1,5 18,0 15,0 19,9 17,6 3,8 (andoza) Fyuzilad forte, 15% 5. 1,5 18,9 15,5 20,3 18,2 4,4 em.k. Nazorat, 6. - 19,3 16,2 20,9 18,8 - (gerbisidsiz) Ramon super, 104 7. 1,0 24,0 20,8 25,1 23,3 4,5 g/l. em.k. (andoza) Zellek super, 104 8. Loviy 1,0 25,9 22,6 26,3 24,9 6,1 g/l. em.k. a Legion super, 9. 12,5% em.k. 1,5 23,8 20,6 25,0 23,1 4,3 (andoza) Fyuzilad forte, 15% 10. 1,5 24,7 21,8 25,7 24,0 5,2 em.k. Loviya o‘simligidan eng yuqori don hosili Zellek super gerbitsidini gektariga 1,0 l me’yorda qo‘llanilgan 8-variantdan olinib, don hosildorligi uch yilda o‘rtacha 24,9 s/ga ni, qo‘shimcha don hosili nazorat variantga nisbatan 6,1 s/ga ni, Ramon super andoza variantiga nisbatan 1,6 s/ga, boshqa turdagi gerbitsidlarga nisbatan 0,9-1,8 s/ga ni tashkil etdi. Xulosa. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh begona o‘tlariga qarshi ekish bilan birga Shansgard gerbitsidini gektariga 4,0 l me’yorda qo‘llanilganda eng yuqori don hosili 18,9 s/ga ni, loviyadagi begona o‘tlarga qarshi Stomp gerbitsidini gektariga 4,0 l me’yorda qo‘llanilganda 25,5 s/ga ni tashkil etdi. O‘simliklarni o‘suv davrida moshda Fyuzilad forte gerbitsidini gektariga 1,5 l me’yorda qo‘llanilganda 18,2 s/ni, loviyada Zellek super gerbitsidini gektariga 1,0 l me’yorda qo‘llanilganda 24,9 s/ga ni tashkil etdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
  2. Қодиров Б.Қ., Йўлдошев А., Зохидов М.М., Эрматов У.Х. Қишлоқ хўжалик экин майдонларида бегона ўтларга қарши гербицидларнинг давлат синовини ўтказиш юзасидан услубий кўрсатмалар. // - Тошкент, 2007. - Б. 1 - 27.
  3. Ризаев Ш., Жўраев А., Шарифов К. Далаларда учрайдиган бегона ўтлар. // Ж. Агро илм. - Тошкент, 2015. - №4. - Б. 64
  4. Ризаев Ш., Мўминов К. Кузги буғдойзордаги бегона ўтларга қарши кураш тадбирларининг дон ҳосили ва сифатини оширишдаги ўрни. // Ж. Агро илм. - Тошкент, 2013. - №3. - Б. 24-25.
  5. Саидов С. Бошоқли дон ва дуккакли экинлар ҳосилдорлигини оширишда гербицид ҳамда биостимуляторларни уйғунлашган ҳолда қўллашнинг самарадорлиги. // Ж. Агро илм. - Тошкент, 2020. - №5. - Б. 22-24.
  6. Халилов Н. Анғизда мош ва тариқ етиштириш. // Ж. Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. - Тошкент, 1992. - №4. - Б. 28.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011993
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/qwbdxy02
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
407–410
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06