Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGIDA MA‘NAVIY VA MADANIY HAYOT.
Musajonova Feruzabonu Abdusamad qizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu ilmiy maqolada O‘rta Osiyo xonliklaridan biri bo‘lgan Qo‘qon xonligining ma‘naviy va madaniy hayoti, xonlik davridagi ta‘lim, ilm-fan taraqqiyoti, adabiyot va san‘ati, me‘morchiligi kabi muhim masalalarga e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGIDA ILM-FAN, ADABIYOT VA TARIXNAVISLIK.
Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi davrida ilm-fan, adabiyot va tarixnavislik sohalarining rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Xonlik davrida yuzaga kelgan madaniy muhit, ilmiy-ma‘rifiy faoliyatga bo‘lgan e‘tibor va bu boradagi davlat siyosati asosida shakllangan ilmiy maktablar va adabiy an‘analar ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURK SAVDOGARI ABDURAHIM AFANDINING QO‘QON XONLIGI BILAN BOG‘LIQ TAQDIRI
Kuldoshev Sherali Temiralievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada, Usmoniylar imperiyasi va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi siyosiy, harbiy va madaniy aloqalariga o‘z hissasini qo‘shgan istanbullik savdogar Og‘a Abdurahim afandi ibn Abdualazizning hayoti va faoliyati haqida yoritilgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Qo‘qon xonligining harbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida qilgan sayi-xarakatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon xonligining oxirgi hukmdori Xudoyorxon va uning avlodlari bilan bo‘lgan do‘stona munosabati tarixiy manba va adabiyotlar asosida o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGINING VUJUDGA KELISHI TARIXI.
Kholikova Muattarkhon Husniddin kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ma‘lumki Qo‘qon xonligi O‘zbek davlatchiligida mauhim o‘rin egallaydi Buxoro amirligi va Xiva xonligi singari.Qo‘qon xonligi tshkil topishi jarayoni SHoxruh biy bilan bog‘liq jarayon sifatida aloxida ahamyat kasb etadi. XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGINI IQTISODIY VA SIYOSIY MUAMMOLARI.
Khaydarov Sulaymon Amirkulovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining tashkil topishi, siyosiy boshqaruvi, harbiy yurishlari, iqtisodiy rivojlanishi va Rossiya imperiyasi bilan munosabatlari yoritilgan. Xonlikning ichki va tashqi siyosiy beqarorligi, hududiy ekspansiya muammolari, iqtisodiy qiyinchiliklari va bosqinlar natijasida mustaqilligini yo‘qotish sabablari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qo‘qon xonligining siyosiy tuzilishi, iqtisodiy strategiyalari va xalqaro aloqalarining zaif jihatlari ochib beriladi. Xonlikning ichki ziddiyatlari va davlat boshqaruvidagi muammolar uning qisqa umr ko‘rishiga sabab bo‘lib, bu Markaziy Osiyo tarixida muhim voqea hisoblanadi. Ushbu maqola Qo‘qon xonligining tarixiy muammolarini tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGIDA SAVDO VA PUL MUNOSABATI.
Bozorova Maftuna Ilhomjon kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining savdo va pul munosabatlari tahlil qilinadi. Xonlik Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy markazlardan biri bo‘lib, xalqaro va ichki savdo rivojlangan hududlardan biri hisoblangan. Xitoy, Hindiston, Rossiya va Buxoro bilan olib borilgan savdo aloqalari Qo‘qon iqtisodiyotiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatgan. Xonlikning pul tizimi, soliq siyosati, bojxona tartiblari va savdogarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil yoritiladi. Shuningdek, Qo‘qon xonligining iqtisodiy siyosati, karvon yo‘llari va savdo markazlari tahlil qilinib, uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni ochib beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGIDA MANSAB VA UNVONLAR
Nabijonov Umidjon Abdugani oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola Qo‘qon xonligida mansab va unvonlar tizimi davlat boshqaruvi, harbiy tuzilma va ijtimoiy ierarxiyasi,martabali amaldorlar, harbiy qo‘mondonlar, diniy rahbarlar va mahalliy boshliqlar va qo‘shbegi, mingboshi, devonbegi kabi yuqori martabali amaldorlar faoliyati hamda harbiy sohada to‘qsaba, yuzboshi, o‘n boshi kabi unvonlar haqida ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGI SIYOSIY HAYOTIDA TOG‘LI TOJIKLARNING O‘RNI (Muhammad Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix” asari ma‘lumotlari asosida)
Abdukarimov Jamoliddin Ahmadalievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada so‘z Qo‘qon xonligining XIX asr birinchi yarmidagi siyosiy va‘iyati va unda tog‘li tojiklarning o‘rni tahlil qilingan. Mavzuga oid masalalar Qo‘qon xonligi tarixnavislik maktabining yirik vakili Muhammad Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix” asari ma‘lumotlari asosida keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“BOBURNOMA”DA MOVAROUNNAHRNING TASHQI ALOQALARI XUSUSIDA
Anvar Ashurovich Ergoziev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Movarounnahrning XV asr tarixiga bag‘ishlangan memuar asarda mintaqaning tashqi aloqalari, ushbu aloqalarning yo‘nalishlari, Movarounnahrni xorijiy mamlakatlar bilan bog‘lagan savdo yo‘llari, ushbu yo‘llar orqali xorij mamlakatlarga olib chiqilgan mahsulotlar tarkibi haqida ma‘lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, haj mavsumida maovarounnahr xojilarining haj safariga eltuvchi yo‘llar haqida ma‘lumot beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
UMIDIYNING «MAKTUBCHAYI XON» VA “TARIXCHAYI TURONIY” ASARI QO‘QON XONLIGI TARIXIGA OID MUHIM MANBA
Vohidov Shodmon · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Maqolada Muhammadumar - Umidiy va Havoiy taxallusi bilan ijod qilgan shoir va muarri hamda uning ikkita tarixiy asari - “Maktubchayi xon” va “Tarixchayi To‘roniy” haqida so‘z boradi. Qo‘qon xonlari tarixiga bag‘ishlangan mazkur asarlar xonlik tarixini turli davrlarini yoritishga yaqindar yordam beradi. Muallif Umidiy-Havoiyning tarixnavisligi haligacha tadqiqot ob‘ekti sifatida maxsus o‘rganilmagan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGI HUDUDIDA TOG‘- KON ISHLARI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TARIXI
Turayeva Sayyora Rustambayevna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Maqolada Qo‘qon xonligida oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, temir, tuz, lapis lazuli, selitra, oltingugurt, ammiak va simob qazib olish usullari, ruda eritish, foydali qazilmalarni qazib olishning bir qancha usullari ko‘rib chiqilgan. Turli manbalardan olingan materiallar asosida foydali qazilmalarni qazib olish usullari va an‘analari tahlil qilindi. 16—19-asrlarda Qo‘qon xonligida konchilik rivojlanishidagi o‘zgarishlar va konchilikda mehnat taqsimoti haqidagi ma‘lumotlar tahlil qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGI HUNARMANDCHILIGIDA MARG‘ILONLIK TO‘QUVCHI HUNARMANDLARNING TUTGAN O‘RNI
G.A. Agzamova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining butun davrida marg‘ilonlik to‘quvchi hunarmandandlarning faoliyati, sohaning rivojlanish masalalari hamda xalq hunarmandchiligida o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati borasida so‘z boradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSINING O‘RTA ASRLAR TARAQQIYOTIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY VA IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI
Ismailov Ikhtiyorjon Arzamjonovich, Dadaboyev Farhodjon Fozilovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlarda shakllangan tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tartibga solinishi va uning jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy maqomi tahlil etiladi. Maqola shariat qonunchiligi, tarixiy manbalar va islomiy iqtisodiy falsafa asosida yozilgan. Fiqh manbalari, tarixiy sayohatnomalar va zamonaviy tadbirkorlik nazariyalari asosida o‘rta asrlar iqtisodiy faoliyati chuqur o‘rganilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BUYUK ALLOMALAR YURTI
Madrakhimov Zoxid Sharofovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada, o‘rta asrlarda hozirgi Namangan viloyati hududidagi Pop, Axsikent va Koson kabi qadimiy markazlardan yetishib chiqqan buyuk faqihlar, tasavvuf allomalari, adiblar faoliyati, ularning ilmiy va ma‘naviy merosi haqida ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORAZMSHOHLAR VA NAYMANLARNING FARG‘ONA VODIYSI UCHUN OLIB BORGAN KURASHLARI (XIII ASR BOSHLARI)
Tohirjon Qodiralievich Qazokov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada xorazmshohlar va naymanlar davlatlari o‘rtasida Farg‘ona vodiysini egallash uchun olib borilgan kurashlari bayon etilgan. Farg‘ona vodiysining mo‘g‘ul davlati tarkibiga qo‘shib olinishi va uning sabablari birlamchi manbalar asosida tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTON DUNGANLARI ZAMONAVIY JARAYONLAR FONIDA: OILA, NIKOH VA ETNOMADANIY UZVIYLIK
Ortikov Yosin Abdulbokievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola O‘zbekistonda yashaydigan dungan diasporasining etnomadaniy identikligini saqlash mexanizmlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, oila va nikoh amaliyotining ularning madaniy o‘zligini saqlashdagi roli, endogam va ekzogam nikohlarning hududiy tafovutlari tahlil qilinadi. Toshkent, Andijon kabi mintaqalarda dunganlarning nikoh amaliyotidagi farqlar, shuningdek, gansu va shensilik guruhlarining integratsiya darajasi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada dunganlarning zamonaviy sharoitga qaramay, o‘z an‘analarini saqlab qolishining ijtimoiy-madaniy omillari ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI DIZAYN TARIXI AN‘ANALARI
Ruzinov Bakhtiyor Askarovich, Askarov Behzodbek Bakhtiyor oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
O‘zbekistonning gavhari deb atalmish Farg‘ona vodiysi hududi o‘zining qadimiy shaharlari, bepoyon dalalari, me‘moriy obidalari, go‘zal bog‘lardagi shirin - shakar mevalari, Chust pichoq va do‘ppilari, Marg‘ilon do‘ppilari, Shahrixon pichoqlari, ipakli matolari atlasi, adrasi, shoyi, beqasamlari kabi hunarmandchilik mahsulotlari bilan mashhurdir. Qadimgi arxeologik yodgorliklardan topilgan turli hunarmandchilik namunalari an‘analarini davom ettirayotgan kulolchilik maktablari, me‘moriy bezaklar uchun koshinlar, mozaika va boshqa kulolchilik maxsulotlarini yaratilmoqda. Ushbu yaratilayotgan uy-ro‘zg‘or anjomlari qadimiy ashyolarni dizaynini o‘sha qadimgi davridayoq o‘ta kuchli insoniyat o‘zi uchun qulay sharoitlar yaratishiga bog‘liqdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDA BIRINCHI JAHON URUSHI HARBIY ASIRLARI
Jaxongir Ilhomovich Tojiboev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Birinchi jahon urushi yillarida Farg‘onada vodiysi shaharlaridagi harbiy lagerlariga avstro-venger va nemis zobitlari va askarlarining olib kelinishi bayon etilgan, Shuningdek, tadqiqotda harbiy asirlarning Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma‘rifiy hayotidagi ishtiroki masalalari atroflicha tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGAN TUMANI VA MIRISHKOR QISHLOG‘I TARIXI
Rustamjon Qobuljonov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Namangan tumani hamda Mirishkor qishlog‘i tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, toponimikasi va bugungi kundagi taraqqiyoti haqida fikr- mulohazalar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHUST TUMANI ETNOTURISTIK SALOHIYATINI OSHIRISHDA PICHOQCHILIK VA DO‘PPICHILIKNING O‘RNI
Toychiyev Ismail Mahmudjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Chust tumani etnoturistik salohiyatini oshirishga turtki bo‘luvchi pichoqchilik va do‘ppichilik hunarlari tahlil qilingan. Bu hunarmandchilik turlari orqali tumanda etnoturizmni rivojlantirish mumkinligi ham aytib o‘tilgan.