Asosiy mazmunga o‘tish

QO‘QON XONLIGINING VUJUDGA KELISHI TARIXI.

Kholikova Muattarkhon Husniddin kizi“University of Business and Science”“Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti” tarix yo‘nalishi talabasi.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 271–278

Annotatsiya

Ma‘lumki Qo‘qon xonligi O‘zbek davlatchiligida mauhim o‘rin egallaydi Buxoro amirligi va Xiva xonligi singari.Qo‘qon xonligi tshkil topishi jarayoni SHoxruh biy bilan bog‘liq jarayon sifatida aloxida ahamyat kasb etadi. XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЯ ОБРАЗОВАНИЯ КОКАНСКОГО ХАНСТВА.

Известно, что Кокандское ханство занимает важное место в узбекской государственности, наряду с Бухарским эмиратом и Хивинским ханством. Процесс образования Кокандского ханства имеет особое значение как процесс, связанный с именем Шохруха бия. В начале XVIII века в Ферганской долине образовалось новое государство – Кокандское ханство, основанное тысячью родов местных представителей. Например, упадок политической и общественной жизни Аштарских ханств в конце XVII – начале XVIII веков, рост экономической независимости Ферганской долины, восстание Чодакских ходов в 1704 году и захват части Ферганы создали для этого условия. Однако, хотя Косонский, Аштский и Чодакский районы на севере и северо-западе Ферганы находились под контролем ходов, они не смогли создать независимое государство.

inglizchaHISTORY OF THE ESTABLISHMENT OF THE KOKAN KHANATE.

It is known that the Kokand Khanate occupies an important place in the Uzbek statehood, like the Bukhara Emirate and the Khiva Khanate. The process of the formation of the Kokand Khanate is of particular importance as a process associated with Shohruh Biy. At the beginning of the 18th century, a new state formed in the Fergana Valley - the Kokand Khanate - was founded by a thousand clans of local representatives. For example, the depression in the political and social life of the Ashtar Khanates in the late 17th - early 18th centuries, the growth of the economic independence of the Fergana Valley, and the rebellion of the Chodak khodas in 1704 and the seizure of part of Fergana created the conditions for this. However, although the Koson, Asht, and Chodak regions in the north and north-west of Fergana were under the control of the khodas, they could not establish an independent state.

Kalit so‘zlar

  • ming urug‘i
  • xonlik
  • Chodak
  • Xo‘qand
  • Qo‘qon
  • Namangan
  • Marg‘ilon
  • Konibodom
  • Isfara
  • Qal‘ai Rahimbiy
  • Ko‘lob
  • Hisor
  • Badaxshon
  • Darvoz
  • Maschoh
  • Baliqchi
  • Quva
  • Asaka
  • Shahrixon
  • O‘sh
  • Poytug‘

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

QO‘QON XONLIGINING VUJUDGA KELISHI TARIXI.

HISTORY OF THE ESTABLISHMENT OF THE KOKAN KHANATE.

Xolikova Muattarxon Husniddin qizi “University of Business and Science”“Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti” tarix yo‘nalishi talabasi. e-mail: muattarxolikova@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ma`lumki Qo‘qon xonligi O‘zbek davlatchiligida mauhim o‘rin egallaydi Buxoro amirligi va Xiva xonligi singari.Qo‘qon xonligi tshkil topishi jarayoni SHoxruh biy bilan bog‘liq jarayon sifatida aloxida ahamyat kasb etadi. XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar. Abstract. It is known that the Kokand Khanate occupies an important place in the Uzbek statehood, like the Bukhara Emirate and the Khiva Khanate. The process of the formation of the Kokand Khanate is of particular importance as a process associated with Shohruh Biy. At the beginning of the 18th century, a new state formed in the Fergana Valley - the Kokand Khanate - was founded by thousands of clans, representatives of the local population. For example, the depression in the political and social life of the Ashtar Khanates in the late 17th and early 18th centuries , the growth of the economic independence of the Fergana Valley, and the rebellion of the Chodak khodas in 1704 and the seizure of part of Fergana created the conditions for this. However, although the Koson, Asht, and Chodak regions in the north and north-west of Fergana were under the control of the khodas, they could not establish an independent state. Аннотация. Известно, что Кокандское ханство занимает важное место в узбекской государственности, как и Бухарский эмират и Хивинское ханство. Процесс образования Кокандского ханства имеет особое значение как процесс, связанный с Шохрух бием. В начале XVIII века в Ферганской долине образовалось новое государство — Кокандское ханство, основанное тысячами родов, представителями местного населения. Например, упадок политической и общественной жизни Аштарских ханств в конце XVII — начале XVIII веков, рост экономической независимости Ферганской долины, восстание Чодакхода в 1704 году и захват части Ферганы создали для этого условия. Однако, хотя Косонский, Аштский и Чодакский районы на севере и северо-западе Ферганы находились под контролем ходов, они не смогли создать независимое государство. Kalit so‘zlar. Ming urug‘i , xonlik , Chodak, xo‘qand , Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara, Qal’ai Rahimbiy , Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh , Baliqchi, Quva, Asaka, Shahrixon, O‘sh, Poytug‘. Keywords.

Ming clan, khanate, Chodak, Khoqand, Kokand, Namangan, Margilan, Konibodom, Isfara, Qal'ai Rahimbiy, Kulob, Hisar, Badakhshan, Darvoz, Maschoh, Balikchi, Kuva, Asaka, Shahrikhan, Osh, Poytug. Ключевые слова: Род Мин, ханство, Чодак, Коканд, Коканд, Наманган, Маргилан, Канибадом, Исфара, Калай Рахимбий, Куляб, Хисар, Бадахшан, Дарвоз, Мачох, Баликчи, Кува, Асака, Шахрихан, Ош, Пойтуг.

O‘zbek davlatchiligi tarixida Markaziy Osiyo xonliklari xususan Buxoro amirligi , Xiva xonligi bilan bir qatorda Qo‘qon xonligi xam aloxida ahamyat kasb etadi Qo‘qon xonligi XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.Ma’lumotlarga ko‘ra, ming urug‘ining boshlig‘i, taxminan 1669-1670 yillarda tug‘ilgan Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709-1721 yy.)[1,14-20]. Chodak xo‘jalari qo‘lida bo‘lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib, 1709/1710 yilda Farg‘ona vodiysidagi minglar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Ammo, uning hokimiyati hali ashtarxoniylardan to‘la yoki batamom mustaqil emas edi. Chunki manbalarda Shohruhbiyning nomi ashtarxoniy Abulfayzxondan so‘ng tilga olinib, Shohruhbiyga Buxoro xoni tomonidan otaliq unvoni berilgani eslatiladi. Bu haqda tadqiqotchilarning ham fikrlari munozaralidir. Nima bo‘lganda ham, Shohruhbiy Buxoro xonligidan mustaqil ravishda (nisbatan bo‘lsa ham) siyosat olib borishga harakat qilib, minglar sulolasi tasarrufidagi yerlarni kengaytira boshladi. Shohruhbiy hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ularning atroflaridagi qishloqlar minglar sulolasi qo‘lida bo‘lgan.Shohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721- 1733 yy.) taxtga o‘tirganidan so‘ng minglar tasarrufidagi yerlar yana kengaya boshladi. Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo‘jandni, 1726 yilda O‘ratepani bosib olib, xonlik hududlariga qo‘shib oldi. U qisqa muddat bo‘lsa-da Buxoroga qarashli Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni egallab, Shahrisabzga ham tahdid solgan. Abdurahimbiy Qo‘qon (Xo‘qand) qishlog‘i o‘rni va atrofida yangi shaharga (dastlab Qal’ai Rahimbiy deb nomlangan, keyin esa Qo‘qon) asos soladi va bu shahar xonlikning poytaxtiga aylanadi.1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U xonlikning poytaxti Qo‘qonda Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib, shahar atrofini mustahkam devor bilan o‘ratib oldi. Shu bilan birga u 1741-1745 yillardagi qalmoqlar (jung‘orlar) ning Farg‘onaga qilgan hujumlariga zarba berdi[1,94-98]. Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va O‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so‘ng xonlik taxtiga uning o‘g‘li Abdurahmon o‘tirdi. Ammo, u taxtga to‘qqiz oy o‘tirib, so‘ng Marg‘ilonga hokim etib jo‘natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy o‘tirdi. 1753 yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida o‘shalab turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham o‘tmay O‘ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o‘ldirildi hamda Erdonabiy (1755-1769 yy.) qayta Qo‘qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning ma’lumotlariga ko‘ra, uning hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg‘ona to‘rtta mulk: Andijon, Namangan, Marg‘ilon va Qo‘qonga bo‘lingan bo‘lib, ular ichida Qo‘qon yetakchilik qilgan. Erdonabiydan so‘ng taxtga Shohruhbiyning uchinchi o‘g‘li Shodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. Uning taxni egallashida urug‘oqsoqollarining ko‘magi katta bo‘lgan bo‘lsada u atigi 6 oy hukmdorlik qildi.1770 yilda Qo‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‘g‘li Norbo‘tabiy (1770-1801 yy.) o‘tiradi. Norbutabiy Markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U Chust va Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng, bu shaharlarga o‘z odamlarini hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so‘ng Andijon, O‘sh, Xo‘jand va yaqin atrofdagi qo‘shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi.Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o‘tirib, Qo‘qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini kengaytirishga alohida e’tibor berdi. Natijada Qo‘qon xonligining siyosiy mavqyei oshib bordi[2,47-48]. Olimxon davriga kelib Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo‘qon davlati kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o‘zgaradi. Agar Qo‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora qilgan bo‘lsalar, Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon” deb yuritila boshlandi.O‘z davrida Olimxon harbiy yurishlar qilib o‘ziga yangi viloyatlarni , jumladan Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent, Turkistonni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Qisqa muddat O‘ratepani ham egalladi, Jizzax va Zominga yurishlar qildi. Harbiy islohatlar o‘tkazib, markazlashgan va kuchli davlat tuzish uchun harakat qilayotgan Olimxonning siyosatidan norozi bo‘lgan ayrim zodagonlar guruhi unga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ukasi Rustambekni, bir nechta sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuboradi. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu voqyealardan so‘ng kuchayib ketgan fitnachilarga Olimxonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. Natijada, 1810 yilda Olimxon Toshkentdan Qo‘qonga qaytayotganda, Oltiqush mavzesida o‘g‘li Shohruhbek bilan birga Qambar Mirza tomonidan otib o‘ldiriladi.Manbalarga ko‘ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik yer egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqyei yanada oshadi[2,130-131]. U davlat boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar o‘rnatdi va diniy ishlarni tartibga soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan “amir al-muslimin” unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‘ladi.Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon davrida Amir Temur va Sulton Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib, ularga hokimiyatga yaqin shaxslar tayinlanadi. Shuningdek, Olimxon zulmidan qochib ketgan ayrim amaldorlar Umarxon xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar.Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va o‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham Umarxon davridan boshlanadi. O‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va Turkiya davlatlariga jo‘natilganligi ma’lum.N.Petrovskiy Umarxon hukmronligi davri haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi: “Umarning xonligi ham oldingi xonlarnikidek davom etdi, ya’ni, u o‘z yerlarini kengaytirdi. Bu xon davrida Turkiston viloyati musulmonlarning Hazrat (Sulton al-orifin Ahmad Yassaviy davf etilgan Turkiston) shahri bilan birga zabt etildi. Umarxon halq sevib ardoqlagan xonlardan biri bo‘ldi. Qo‘qonda ikki qator she’r tarqalgan bo‘lib, unda Umarxon haqida juda iliq va yaxshi so‘zlar aytilar edi”.1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Muhammadalixon (Madalixon) (1822-1842 yy.) o‘tiradi. Uning hukmronligi davrida Qo‘qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‘izlarning ba’zi tumanlari xonlikka qo‘shib olinadi hamda Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi viloyatlar Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar.Manbalarga ko‘ra, Muhammadalixon hukmronligining dastlabki yillari yaxshi va odilona kechgan. U 1826-1831 yillar davomida Qashg‘arga yurishlar qilib, bu yerdagi musulmonlarni xitoyliklar zulmidan ozod qildi hamda 70 ming uyg‘ur musulmonlarini Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirdi. Natijada din peshvorlari Muhammadalixonga “G‘oziy” (“din homiysi”, “din yo‘lida kurashuvchi”) unvonini berdilar.1840 yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv ishlarida katta tajribaga ega bo‘lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilishi shusiz ham qaltis bo‘lib turgan vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. Undan tashqari xon davlat ishlariga loqayd bo‘lib, asosiy vaqtini haramida o‘tkaza boshladi. Natijada davlatni boshqaruv ishlarida suiste’molliklardan umumiy noroziliklar boshlanib, xonni ag‘darish uchun fitna tayyorlana boshladi.Lekin o‘z kuchlari bilan fitnani amalga oshirishga ko‘zi yetmagan bir guruh Qo‘qon amaldorlari boshqa xon saylash maqsadida Buxoro amiri Nasrulloga noma yozib, undan yordam so‘rashdi. Qo‘qon yurishi uchun bahona topolmay turgan Amir Nasrullo bu taklifni tezda qabul qilib, 1842 yil aprelda Qo‘qonni bosib oldi. Qo‘qondan oilasi bilan Namangan tomonga qochgan Muhammadalixon tutib keltirilib, oilasining bir qismi bilan qatl ettirildi.Amir Nasrullo Qo‘qon xonligining Buxoroga qo‘shib olinganligini e’lon qilib, Qo‘qonda o‘z noibi Ibrohim dodhoh Mang‘itni qoldiradi. Ammo, Ibroxim dodhohning Qo‘qon halqiga o‘tkazgan jabr-zulmi, soliqlarning haddan tashqari oshib ketishi natijasida aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro hukmronligidan ozod qilish uchun qipchoqlarni yordamga taklif etadilar. Qipchoqlar Muhammadalixonning qarindoshi Sherali boshchiligida Qo‘qonga kelib, buxoroliklarni tor-mor etdilar hamda Sheralixon (1842-1845 yy.) taxtni egalladi[3,53-55]. Qipchoqlar esa shu vaqtdan boshlab uzoq vaqt xonlikda yetakchi mavqyega ega bo‘ldilar.Qo‘qonda bo‘lgan voqyealardan xabar topgan amir Nasrullo 1842 yilning kuzida yana Qo‘qonga yurish qildi, ammo bu safar unga omad kulib boqmadi. Muhammadalixon davrida yuzboshi bo‘lgan Musulmonquli qipchoq Nasrulloning ishonchiga kirib Qo‘qonga keladi va qo‘qonliklarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish o‘rniga bir tan – bir jon bo‘lib amir Nasrulloga qarshi kurashga chorlaydi. Uning maslahatiga ko‘ra Qo‘qonda himoya vositalari kuchaytirildi. Bir oydan ziyodroq Qo‘qonni qamal qilgan amir Nasrullo o‘ziga qarshi suiqasd uyushtirilayotligi hamda xivaliklar chegaraga joylashgan Buxoro qishloqlariga hujum qilayotganligi haqidagi xabarni olib Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldi.Buxoroliklarning ketishi bilan Qo‘qon xonligida bir muddat tinchlik va osoyishtalik hukm surdi. Sheralixon keksa odam bo‘lib oqko‘ngil va muloyim inson edi. Uning davrida barcha davlat lavozimlarini qipchoqlar egallab, davlat boshqaruvini o‘z qo‘llariga oldilar. Ammo, 1845 yilda Buxoroda bo‘lgan Olimxonning o‘g‘li Murodxon (Qo‘qonda 11 kun xon bo‘lgan) amir Nasrulloning yordami bilan Qo‘qonga kelib Sheralixonni qatl etadi va taxtni egallaydi. Bu paytda Namanganda bo‘lgan mingboshi Musulmonquli bu voqyeadan xabardor bo‘lgach Sheralixonning besh o‘g‘lidan biri Xudoyorxonni olib Qo‘qonga keladi hamda uni xonlik taxtiga o‘tqazadi (1845-1853, 1863, 1865- 1875 yy.). 16 yoshga kirgan Xudoyorxonning yoshligidan foydalangan Musulmonquli mamlakatni deyarli o‘zi boshqardi. Xudoyorxonning birinchi xonligi davrida ikkita kuch – o‘troq aholi va ko‘chmanchi turkiy qabilalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga aylandi.

Xususan, Shodmonxo‘ja, Said Mahmudxonto‘ra, Aliqulilar Sulton Saidxon boshchiligida Marg‘ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning atroflaridagi Baliqchi, Quva, Asaka, Shahrixon, O‘sh, Poytug‘mavzelarini talon-taroj qildilar. 1863 yil 26 aprelda Sulton Saidxonning qo‘shini Mingtutga kelib, Qo‘qonni qamal qildi. Amir Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg‘izqipchoq lashkari Asaka tomonga ketib, Qo‘rag‘ulcha darasida himoyaga o‘tdi[4,65-67].

Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki – viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi yerlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817 yilda O‘ratepa bosib olinadi.Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar – Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan.XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon. “Turkestanskiye vedomosti” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x, Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi.Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida yettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan[5,72-75]. O‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning o‘rdasi alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan.Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar hisobidan kun kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib, mamlakatni idora etishida uni qo‘llab-quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-izzatini joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bo‘lgan.Qo‘qon honligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Chimkent, Jizzax, O‘sh, Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Xonlikning poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazi edi.XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, To‘qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi bo‘ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va qal’alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bo‘lgan botirboshilar bo‘lgan. Mudofaa maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan.Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir – biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq hayot kechirganlar. Sahro, tog‘va tog‘oldi tekisliklaridan iborat hududlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi yashagan.Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli ma’lumotlar beradilar[6,74-75]. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni ham qo‘shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning o‘rtalarida 1,5-2 million, XIX asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan ko‘plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning bosqinchilar ma’muriyati tarkibiga kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‘ona vodiysida 2 millionga yaqin aholi qolgani taxmin qilinadi.Aholi tarkibida o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa, shu asrning oxiriga kelib ular 15 foizni tashkil etgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra, o‘troq aholining asosiy qismi dehqonchilik, hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo-sotiq bilan band bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan shug‘ullangan.Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lib, mamlakat shahar va qishloqlarida tojiklar ham yashagan. Xonlikda yana qirg‘izlar va qipchoqlar ham istiqomat qilganlar. Ular Sirdaryoning boshlanish joylaridan Balxash ko‘ligacha bo‘lgan tog‘li rayonlardan to Qashg‘ar chegarasigacha bo‘lgan yerlarda, Yettisuv, Talas vodiysi, Oloy tog‘lari, Badaxshon, Farg‘ona vodiysi hududlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi hayot kechirishgan. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysida qoraqalpoqlar, Toshkent atroflarida qozoqlar, xonlikning sharqiy qismida, Qo‘qon xonligini Buxoro va Rossiyadan ajratib turadigan cho‘llarda ko‘chmanchi qozoqlar yashaganlar.Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning boshlarida qirg‘izlar, qalmoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoq, qozoq va qipchoqlar Xitoy hukumati tazyiqi ostida Sharqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysigacha ko‘chib kelishga majbur bo‘lganlar. Shuningdek, xonlikning ayrim shaharlarida lo‘lilar, hindlar, afg‘onlar, arablar va boshqa Osiyo xalqlari istiqomat qilganlar. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topganidan so‘ng yahudiylar, armanlar va boshqa millat vakillari ham yashaganlar[8,57-58].

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. Abdullaev, R.. O‘zbekiston tarixi: iqtisodiy jihatlar. Toshkent: Fan. (2005)
  2. Alimov, U.. Qo‘qon xonligida pul tizimi va soliq islohotlari. Toshkent: Ilmiy Meros. (2019)
  3. Bekmurodov, I. (2018). Qo‘qon xonligi va Rossiya iqtisodiy munosabatlari. Toshkent: Ma’naviyat.
  4. Bregel, Y.. Central Asia: An Historical Overview. Bloomington: Indiana University Press. (1999)
  5. Holbekov, M. Markaziy Osiyo iqtisodiy aloqalari va savdo yo‘llari. Samarqand: Ilmiy Nashr. (2015).
  6. Madrahimov, T. O‘rta Osiyoda bozor iqtisodiyoti shakllanishi: Qo‘qon misolida. Toshkent: Yangi Asr Avlodi. (2013)
  7. Niyozov, S. Qo‘qon xonligi iqtisodiy tarixi. Toshkent: Sharq nashriyoti. (2010).
  8. Qodirov, A. Markaziy Osiyodagi savdo yo‘llari va ularning iqtisodiy ta’siri. Buxoro: Iqtisodiyot va Tarix. (2016).
  9. Ross, E. The Silk Roads: A New History of the World. London: HarperCollins. (2007).
  10. Vamberi, A. Travels in Central Asia. London: John Murray (1873) .
  11. https://daryo.uz/yoqolgan-manaviy-meros-qoqon-xonligi-saroy-kutubxonasi-tarixidan?utm_source=chatgpt.com/2021/02/23
  12. https://daryo.uz/ozbek-davlatchiligiga-berilgan-kuchli-zarba-qoqon-xonligining-tugatilganiga-145-yil-toldi?utm_source=chatgpt.com/2021/03/05.10.53782/198
  13. https://www.researchgate.net/publication_Iqtisodiyot_nazariyasi_I_tom_darslik/373797614.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011092
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/59
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
271–278
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25