FARG‘ONA VODIYSINING O‘RTA ASRLAR TARAQQIYOTIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY VA IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI
Ismailov Ikhtiyorjon Arzamjonovich1, Dadaboyev Farhodjon Fozilovich22025
- 1Farg‘ona davlat universiteti, Falsafa fanlari bo‘yicha PhD
- 2Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 221–225
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlarda shakllangan tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tartibga solinishi va uning jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy maqomi tahlil etiladi. Maqola shariat qonunchiligi, tarixiy manbalar va islomiy iqtisodiy falsafa asosida yozilgan. Fiqh manbalari, tarixiy sayohatnomalar va zamonaviy tadbirkorlik nazariyalari asosida o‘rta asrlar iqtisodiy faoliyati chuqur o‘rganilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПРАВОВЫЕ И СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ АСПЕКТЫ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СРЕДНЕВЕКОВОМ РАЗВИТИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
В статье анализируется правовое регулирование предпринимательской деятельности в Ферганской долине в средние века и её социально-философский статус в обществе. Статья основана на шариате, исторических источниках и исламской экономической философии. Экономическая деятельность в средние века глубоко изучена на основе источников по фикху, исторических путевых заметок и современных теорий предпринимательства.
inglizchaLEGAL AND SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN THE MEDIEVAL DEVELOPMENT OF THE FERGANA VALLEY
This article analyzes the legal regulation of entrepreneurial activity in the Fergana Valley in the Middle Ages and its socio-philosophical status in society. The article is based on Sharia law, historical sources, and Islamic economic philosophy. The economic activity of the Middle Ages is deeply studied based on fiqh sources, historical travelogues, and modern entrepreneurial theories.
Kalit so‘zlar
- Farg‘ona vodiysi
- tadbirkorlik
- huquq
- shariat
- ijtimoiy falsafa
- o‘rta asrlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FARG‘ONA VODIYSINING O‘RTA ASRLAR TARAQQIYOTIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY VA IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI
LEGAL AND SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN THE DEVELOPMENT OF THE FERGHANA VALLEY DURING THE MIDDLE AGES
ПРАВОВЫЕ И СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ АСПЕКТЫ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В СРЕДНИЕ ВЕКА
Ismoilov Ixtiyorjon Arzamjonovich Farg‘ona davlat universiteti, Falsafa fanlari bo‘yicha PhD
Dadaboyev Farhodjon Fozilovich Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi dadaboyevfarhod733@gmail.com
Annotatsiya Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlarda shakllangan tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tartibga solinishi va uning jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy maqomi tahlil etiladi. Maqola shariat qonunchiligi, tarixiy manbalar va islomiy iqtisodiy falsafa asosida yozilgan. Fiqh manbalari, tarixiy sayohatnomalar va zamonaviy tadbirkorlik nazariyalari asosida o‘rta asrlar iqtisodiy faoliyati chuqur o‘rganilgan. Аннотация. В статье анализируется правовое регулирование предпринимательской деятельности в Ферганской долине, сложившееся в средние века, и ее социальнофилософский статус в обществе. Статья основана на законах шариата, исторических источниках и исламской экономической философии. Глубокое исследование средневековой экономической деятельности, основанное на юридических источниках, исторических путевых записях и современных теориях предпринимательства. Abstract. This article analyzes the legal regulation of entrepreneurial activity in the Fergana Valley in the Middle Ages and its socio-philosophical status in society. The article is based on Sharia law, historical sources, and Islamic economic philosophy. The economic activity of the Middle Ages is deeply studied based on fiqh sources, historical travelogues, and modern entrepreneurial theories. Kalit so‘zlar Farg‘ona vodiysi, tadbirkorlik, huquq, shariat, ijtimoiy falsafa, o‘rta asrlar. Ключевые слова. Ферганская долина, предпринимательство, право, шариат, социальная философия, средневековье. Key words. Fergana Valley, entrepreneurship, law, Sharia, social philosophy, Middle Ages.
Farg‘ona vodiysi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning muhim iqtisodiy va madaniy markazi sifatida rivojlangan. Savdo-karvon yo‘llari, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi asosida shakllangan iqtisodiy tizimda tadbirkorlik asosiy o‘rinni egallagan. Shariat qonunlariga asoslangan bu tizimda adolat, halollik, mas’uliyat kabi ijtimoiy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etgan. O‘rta asrlardagi Farg‘ona vodiysi – Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o‘rin egallagan hududlardan biri bo‘lib, o‘zining murakkab, lekin uyg‘un jamiyat tuzilishi bilan ajralgan. Bu davrda vodiydagi shaharlar (Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan va boshqalar) savdo, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi markazlariga aylangan. Tadbirkorlik faoliyati ushbu jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lgan. Aholi o‘rtasida mehnat taqsimoti, savdo-karvon yo‘llari orqali olib borilgan aloqalar va mahalliy hunarmandchilik turlari vodiy iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qilgan. Tadbirkorlikning huquqiy asoslari ko‘p jihatdan shariat va urf-odat qonunlariga tayangan bo‘lib, xususiy mulk daxlsizligi, adolatli savdo va mehnat huquqi kabi tamoyillar amaliyotda keng qo‘llangan. Savdo ishlarida muhtasiblar, bozor nazoratchilari adolatni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan. Bu esa, o‘z navbatida, huquqiy tizim bilan axloqiy mezonlarning chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Har qanday taraqqiyotning asosida tadbirkorlik, ya’ni insonning yaratish va bunyodkorlik qobiliyati turadi. Biz tarixiy merosimizga tayanadigan, halol mehnat, adolat va jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan tadbirkorlik muhitini yaratishimiz shart.”[1] Ushbu fikrlar Farg‘ona vodiysidagi tarixiy tadbirkorlik madaniyatiga ham to‘laqonli daxldor. Chunki o‘rta asrlarda ham tadbirkorlik nafaqat boyish vositasi, balki jamiyatga manfaat yetkazish, xo‘jalik tizimini barqarorlashtirish, ehsonchilik va ijtimoiy ehtiyojlarni qoplash vositasi sifatida qaralgan. Mehnat madaniyati, halollik, mas’uliyat va jamoa oldidagi burch degan tushunchalar tadbirkor shaxsning asosiy falsafiy mezoni bo‘lgan. Shu ma’noda, bugungi kunda yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun o‘rta asr tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy merosini qayta o‘rganish, ilmiy tahlil qilish va zamonaviy islohotlarga integratsiya qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda tarixiy-tahliliy va ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar qo‘llanildi. Manbashunoslik uslubida Ibn Battuta, Narshaxiy, Biruniy, Imom G‘azzoliy va Ibn Xaldun asarlari o‘rganildi. Zamonaviy tadbirkorlik nazariyalari bilan tarixiy modellar solishtirilib, klassik islom huquqiy-falsafiy tizimi bilan bugungi iqtisodiy siyosat o‘rtasida o‘xshashlik va tafovutlar tahlil qilindi. Unda Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlardagi tadbirkorlik faoliyatining huquqiy va ma’naviy-axloqiy jihatlari kompleks yondoshuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida quyidagi nazariy asoslar va ilmiy metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotda tarixiy manbalar asosida Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va tadbirkorlikning rivojlanishi tahlil qilindi. Ibn Battuta o‘z sayohatnomasida Farg‘ona vodiysidagi bozorlar, hunarmandchilik markazlari va mehmonxona tizimi haqida shunday yozadi:“Farg‘onada savdo-sotiq juda faol, har bir shaharda to‘rt kunlik bozor o‘tib, kishilar unda erkin ishtirok etishadi.”[2] Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida shunday deydi:“Hunarmand va savdogarlar har bir mahallada uyushgan holda faoliyat yuritar edilar va har biri mutaxassisligiga ko‘ra tanilgan edi.”[3] Biruniy esa iqtisodiy munosabatlarni madaniy an’analar bilan bog‘lab, shunday ta’kidlaydi: “Mamlakat taraqqiyotining asosi - uning hunarlari, ilm va savdosidir.”[4] Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishda shariat qonunlari alohida o‘rin tutadi. Tadqiqotda fiqh ilmiga oid manbalardan, xususan Imom G‘azzoliy va Ibn Xaldunning asarlaridan foydalanildi. Imom G‘azzoliy tadbirkorlik faoliyatida halollik, niyat pokligi va inson manfaatini ta’minlashni asosiy prinsip sifatida ko‘rsatadi:“Har bir kasb yoki hunar – agar u halol bo‘lsa, u ibodatga teng keladi.”[5] Ibn Xaldun “Muqaddima” asarida tadbirkorlikning jamiyatdagi roliga alohida to‘xtaladi:“Xususiy mulkchilik va savdo jamiyatning tabiiy ehtiyoji bo‘lib, davlat bu jarayonga shunchaki to‘siqsiz erkinlik emas, balki mas’uliyat va nazorat asosida yondashishi lozim.”[6] Tadbirkorlik - bu faqat boyish vositasi emas, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish, ish o‘rni yaratish, ehson qilish, tafakkurni rivojlantirish kabi ma’naviy tamoyillarni ham o‘z ichiga oladi. Bu g‘oya “etika va iqtisod uyg‘unligi” tamoyili asosida baholandi. Tadqiqotning yana bir muhim metodi - zamonaviy tadbirkorlik nazariyalari bilan o‘rta asr amaliyotini taqqoslashdan iborat bo‘ldi. Hozirgi kundagi erkin bozor iqtisodiyoti, liberal mulk huquqi va davlat bilan tadbirkor o‘rtasidagi munosabatlar tarixi modeli bilan taqqoslandi. - Farg‘ona vodiysida tadbirkorlik faoliyati shariat va urf-odatga asoslangan huquqiy normalar bilan tartibga solingan. - Bozorlar faoliyati muhtasiblar nazoratida bo‘lgan. - Tadbirkorlik jamiyat manfaatiga xizmat qiluvchi axloqiy faoliyat deb qaralgan. - Vaqf instituti orqali iqtisodiy tenglik saqlangan. - Mehnat – ibodat sifatida qadrlangan. Farg‘ona vodiysining o‘rta asr tadbirkorlik modeli bugungi global biznes muhitidagi axloqiy inqirozga qarshi muqobil falsafiy asos sifatida muhim. Islom huquqida “halol kasb – ibodat” degan tamoyil asosida barpo etilgan tarixiy model hozirgi tadbirkorlik etikasi uchun zarur namuna bo‘la oladi. Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik faoliyatining faqat iqtisodiy faoliyat emas, balki muayyan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga asoslangan ijtimoiy tizim bo‘lganini
ko‘rsatadi. O‘rta asrlardagi iqtisodiy munosabatlar, xususan, xususiy mulkka egalik, savdo va hunarmandchilik faoliyatlari shariat qonunlari orqali aniq huquqiy asoslarga ega bo‘lgan. Bunda adolat, halollik, shaffoflik, mas’uliyat va niyat pokligi kabi falsafiy prinsiplar muhim o‘rin tutgan. Bu esa tadbirkorlikni nafaqat shaxsiy boyish, balki ijtimoiy adolat va barqarorlikka xizmat qiluvchi vositaga aylantirgan. Islom huquqi tizimida “Al-kasb al-xalol” - halol rizq topish konsepsiyasi tadbirkor faoliyatining ma’naviy asosi sifatida qayd etilgan. Imom G‘azzoliy ta’kidlaganidek,“Tijorat va hunar egalari halol mehnat bilan jamiyatga foyda yetkazsa, ularning amali ibodatga tengdir.”[7] Bu e’tiqod asosida harakat qilgan tadbirkorlar nafaqat mol-dunyo orttirishga, balki jamiyatni barakali hayotga yetaklashga intilishgan. Shu bilan birga, tadbirkorlik jamiyatdagi moddiy ehtiyojlarni qoplash, xayriya ishlarini amalga oshirish va aholining ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lgan. Ibn Xaldun esa bu holatni “ijtimoiy taraqqiyot manbai” deb batafsil izohlaydi: “Iqtisodiy faoliyat – inson tabiatidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishning tabiiy yo‘li bo‘lib, bu jarayonda davlat faqatgina nazarotchi va adolatni kafolatlovchi institutsiya sifatida harakat qilishi kerak.”[8] Mazkur falsafiy yondashuv zamonaviy kapitalistik tizimdan keskin farq qiladi. Zamonaviy modellarda tadbirkorlik ko‘proq shaxsiy manfaat, foyda va raqobat asosida shakllansa, tarixiy Farg‘ona modelida – birdamlik iqtisodi, ijtimoiy manfaat, inson qadri, moddiy-ma’naviy barqarorlik kabi tamoyillar ustuvor bo‘lgan. Shu sababli, tadbirkorlik -bu faqat bozorda faoliyat olib borish emas, balki jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy ehtiyojlariga mas’ul bo‘lishdir. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda ham mazkur tarixiy falsafani qayta jonlantirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Tadbirkor - jamiyatning hal qiluvchi kuchi, faqat iqtisod emas, ma’naviyatni ham shakllantiradigan inson.”[9] Shu bois, tadqiqot natijalariga tayangan holda aytish mumkinki, Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik modeli bugungi kunda faqat ilmiy emas, balki amaliy jihatdan ham qayta o‘rganilishi va tadbiq qilinishi lozim. Bu model jamiyatda insonlarning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarini barobar ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘rta asrlar Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik faoliyati – bu shaxsiy manfaat emas, balki jamoaviy barqarorlik, axloqiy tamoyillar va ijtimoiy adolat asosida shakllangan iqtisodiy-falsafiy tizimdir. Bugungi O‘zbekistonda axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan tadbirkorlik modelini shakllantirishda ushbu tarixiy merosdan foydalanish dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Shu nuqtaiy nazardan Farg‘ona vodiysidagi o‘rta asr tadbirkorlik madaniyati – bu iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy-falsafiy tizimning o‘zaro uyg‘un va barqaror namunasidir. Bu tizimda tadbirkorlik faoliyati shaxsiy boylik orttirish maqsadida emas, balki jamiyat manfaati va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi mas’uliyatli vazifa sifatida namoyon bo‘lgan. Savdo va hunarmandchilik faoliyatlari shariat qonunlari
bilan huquqiy jihatdan mustahkamlangan, jamiyatning ma’naviy-axloqiy mezonlari esa tadbirkorni halollik, adolat, inson qadri va ijtimoiy burch tamoyillari asosida tarbiyalagan. Bugungi globallashuv jarayonlarida, axloqdan xoli raqobat muhiti, monopoliyalashuv, kapitalning beqaror taqsimlanishi, sog‘lom biznes muhitini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan sharoitlarda, aynan Farg‘ona vodiysidagi tarixiy tadbirkorlik modeli juda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tuzilmalar ham bugungi kunda “inson kapitaliga asoslangan tadbirkorlik”, “biznes etikа” kabi g‘oyalarni faol ilgari surmoqda. Bu esa o‘rta asrlardagi islomiy iqtisodiy modeliga yaqin tushunchalardir. O‘zbekistonda ham bugungi kunda axloqiy tadbirkorlik, huquqiy kafolatli iqtisodiyot, ijtimoiy sheriklik, hunarmandchilikni rivojlantirish kabi tushunchalar amaliyotga joriy etilmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Tadbirkormamlakat kelajagini belgilovchi asosiy kuch. Uning har bir qadami nafaqat bozor, balki jamiyat oldidagi mas’uliyat hamdir.”[10] Shu ma’noda, tarixiy meros asosida tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish — bu nafaqat milliy taraqqiyotning, balki global barqarorlik va insoniylik qadriyatlariga asoslangan taraqqiyotning ham muhim shartlaridan biridir.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES)
1. SH.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – Т.: “O‘zbekiston” nashri. 2021. 2. Ibn Battuta. “Rihla” – “Sayohatnoma”, Tunis nashri, 1355 yil, Arab tilidan inglizchaga tarjima: H.A.R. Gibb, London, Hakluyt Society, 1958. p. 278. 3. Абу Бакр Наршахий. “Таърихи Бухоро”. – Т.: Фан, 1989, 56-бет. 4. Абу Райҳон Бируний. “Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар”. – Т.: Ғафур Ғулом нашриёти, 1975. 201-бет. 5. Imom G‘azzoliy. “Ihyoi ulumiddin”, Qohira: Dorul Maorif, 1967, 2-tom, 84-bet. 6. Ibn Xaldun. “Muqaddima”, Beyrut: Dorul Fikr, 2005, 144-bet. 7. Ihyoi Ulumiddin, 2-tom, 84-bet, Qohira: Dorul Maorif, 1967. 8. Muqaddima, Beyrut: Dorul Fikr, 2005, 144-bet 9. SH.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – T.: “O‘zbekiston” nashri., 2021. 10. SH.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, Toshkent: “O‘zbekiston” nashri. 2021. – Б.118.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- SH.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – Т.: “O‘zbekiston” nashri. 2021.
- Ibn Battuta. “Rihla” – “Sayohatnoma”, Tunis nashri, 1355 yil, Arab tilidan inglizchaga tarjima: H.A.R. Gibb, London, Hakluyt Society, 1958. p. 278.
- Абу Бакр Наршахий. “Таърихи Бухоро”. – Т.: Фан, 1989, 56-бет.
- Абу Райҳон Бируний. “Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар”. – Т.: Ғафур Ғулом нашриёти, 1975. 201-бет.
- Imom G‘azzoliy. “Ihyoi ulumiddin”, Qohira: Dorul Maorif, 1967, 2-tom, 84-bet.
- Ibn Xaldun. “Muqaddima”, Beyrut: Dorul Fikr, 2005, 144-bet.
- Ihyoi Ulumiddin, 2-tom, 84-bet, Qohira: Dorul Maorif, 1967.
- Muqaddima, Beyrut: Dorul Fikr, 2005, 144-bet
- SH.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – T.: “O‘zbekiston” nashri., 2021.
- SH.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, Toshkent: “O‘zbekiston” nashri. 2021. – Б.118.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011083
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/48
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 221–225
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08