Asosiy mazmunga o‘tish

QO‘QON XONLIGINI IQTISODIY VA SIYOSIY MUAMMOLARI.

Khaydarov Sulaymon AmirkulovichUniversity of Business and Science, “Ijtimoiy-gumanitar va tillar” kafedrasi PhD, dotsenti2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 267–271

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining tashkil topishi, siyosiy boshqaruvi, harbiy yurishlari, iqtisodiy rivojlanishi va Rossiya imperiyasi bilan munosabatlari yoritilgan. Xonlikning ichki va tashqi siyosiy beqarorligi, hududiy ekspansiya muammolari, iqtisodiy qiyinchiliklari va bosqinlar natijasida mustaqilligini yo‘qotish sabablari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qo‘qon xonligining siyosiy tuzilishi, iqtisodiy strategiyalari va xalqaro aloqalarining zaif jihatlari ochib beriladi. Xonlikning ichki ziddiyatlari va davlat boshqaruvidagi muammolar uning qisqa umr ko‘rishiga sabab bo‘lib, bu Markaziy Osiyo tarixida muhim voqea hisoblanadi. Ushbu maqola Qo‘qon xonligining tarixiy muammolarini tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaЭКОНОМИЧЕСКИЕ И ПОЛИТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ КОКАНСКОГО ХАНСТВА.

В статье рассматриваются формирование, политическое управление, военные походы, экономическое развитие и отношения с Российской империей Кокандского ханства. Подробно анализируются внутренняя и внешняя политическая нестабильность ханства, проблемы территориального расширения, экономические трудности, причины утраты им независимости в результате нашествий. Исследование выявляет слабые стороны политической структуры Кокандского ханства, экономической стратегии и международных отношений. Внутренние конфликты ханства и проблемы государственного управления привели к его недолговечности, что считается значимым событием в истории Средней Азии. Данная статья является важным источником для исследования исторических проблем Кокандского ханства.

inglizchaECONOMIC AND POLITICAL PROBLEMS OF THE KOKAN KHANATE.

The article examines the formation, political governance, military campaigns, economic development and relations with the Russian Empire of the Kokand Khanate. It analyzes in detail the internal and external political instability of the khanate, problems of territorial expansion, economic difficulties, and the reasons for its loss of independence as a result of invasions. The study reveals the weaknesses of the political structure of the Kokand Khanate, economic strategy and international relations. Internal conflicts of the khanate and problems of public administration led to its short life, which is considered a significant event in the history of Central Asia. This article is an important source for the study of historical problems of the Kokand Khanate.

Kalit so‘zlar

  • Qo‘qon xonligi
  • siyosiy beqarorlik
  • iqtisodiy muammolar
  • Rossiya bosqini
  • hududiy ekspansiya
  • davlat boshqaruvi
  • ichki nizolar
  • savdo yo‘llari
  • harbiy yurishlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

QO‘QON XONLIGINI IQTISODIY VA SIYOSIY MUAMMOLARI.

ЭКОНОМИЧЕСКИЕ И ПОЛИТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ КОКАНСКОГО ХАНСТВА.

ECONOMIC AND POLITICAL PROBLEMS OF THE KOKAN KHANATE.

Xaydarov Sulaymon Amirqulovich University of Business and Science, “Ijtimoiy-gumanitar va tillar” kafedrasi PhD, dotsenti e-mail: haydarov_sulaymon82@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining tashkil topishi, siyosiy boshqaruvi, harbiy yurishlari, iqtisodiy rivojlanishi va Rossiya imperiyasi bilan munosabatlari yoritilgan. Xonlikning ichki va tashqi siyosiy beqarorligi, hududiy ekspansiya muammolari, iqtisodiy qiyinchiliklari va bosqinlar natijasida mustaqilligini yo‘qotish sabablari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qo‘qon xonligining siyosiy tuzilishi, iqtisodiy strategiyalari va xalqaro aloqalarining zaif jihatlari ochib beriladi. Xonlikning ichki ziddiyatlari va davlat boshqaruvidagi muammolar uning qisqa umr ko‘rishiga sabab bo‘lib, bu Markaziy Osiyo tarixida muhim voqea hisoblanadi. Ushbu maqola Qo‘qon xonligining tarixiy muammolarini tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Аннотация. В статье рассматриваются формирование, политическое управление, военные походы, экономическое развитие и отношения с Российской империей Кокандского ханства. Подробно анализируются внутренняя и внешняя политическая нестабильность ханства, проблемы территориального расширения, экономические трудности, причины утраты им независимости в результате нашествий. Исследование выявляет слабые стороны политической структуры Кокандского ханства, экономической стратегии и международных отношений. Внутренние конфликты ханства и проблемы государственного управления привели к его недолговечности, что считается значимым событием в истории Средней Азии. Данная статья является важным источником для исследования исторических проблем Кокандского ханства.

Abstract. The article examines the formation, political governance, military campaigns, economic development and relations with the Russian Empire of the Kokand Khanate. It analyzes in detail the internal and external political instability of the khanate, problems of territorial expansion, economic difficulties, and the

reasons for its loss of independence as a result of invasions. The study reveals the weaknesses of the political structure of the Kokand Khanate, economic strategy and international relations. Internal conflicts of the khanate and problems of public administration led to its short life, which is considered a significant event in the history of Central Asia. This article is an important source for the study of historical problems of the Kokand Khanate.

Kalit so‘zlar. Qo‘qon xonligi, siyosiy beqarorlik, iqtisodiy muammolar, Rossiya bosqini, hududiy ekspansiya, davlat boshqaruvi, ichki nizolar, savdo yo‘llari, harbiy yurishlar. Ключевые слова. Кокандское ханство, политическая нестабильность, экономические проблемы, российское вторжение, территориальная экспансия, государственное управление, внутренние конфликты, торговые пути, военные походы. Key words. Kokand Khanate, political instability, economic problems, Russian invasion, territorial expansion, state administration, internal conflicts, trade routes, military campaigns.

Qo‘qon xonligi 1709–1876-yillarda Markaziy Osiyoda faoliyat yuritgan eng yirik davlatlardan biri bo‘lib, o‘z davrida siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan muhim rol o‘ynagan. Farg‘ona vodiysida tashkil topgan bu xonlik o‘z tarixining dastlabki yillaridan boshlab mustahkam boshqaruv tizimini yaratishga harakat qilgan, biroq ichki siyosiy beqarorlik va tashqi bosimlar uning rivojlanishini murakkablashtirgan. Qo‘qon xonligi o‘zining ilk hukmdori Shohruxbiy boshchiligida asos solingan bo‘lib, u Farg‘ona vodiysining mustaqil hududi sifatida vujudga kelgan. Biroq keyingi hukmdorlar davrida davlat hududlari kengayib, uning taqdiri Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi raqobat va harbiy to‘qnashuvlarga bog‘liq bo‘lib qolgan. Xonlikning tarixidagi eng katta muammolardan biri ichki nizolar va hokimiyat uchun kurashlar bo‘lib, bu siyosiy beqarorlikni keltirib chiqargan. O‘zaro fitnalar va taxtga bo‘lgan da’volar xonlikning ichki boshqaruvini zaiflashtirgan va uning harbiy, iqtisodiy hamda tashqi siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli, Qo‘qon xonligi hududiy kengayishlar olib borgan bo‘lsada, barqaror boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishda qiyinchiliklarga duch kelgan. [1, 55]. XIX asrning o‘rtalariga kelib, xonlik Markaziy Osiyoda eng yirik siyosiy kuchlardan biriga aylangan bo‘lsa-da, uning ichki boshqaruvi zaiflashgan va xalq noroziligi ortib borgan. Shu bilan birga, Rossiya imperiyasining ekspansion siyosati natijasida xonlik mustaqilligini yo‘qotgan. 1876-yilda Rossiya Qo‘qon xonligini butunlay bosib olib, Farg‘ona viloyati sifatida o‘z hududiga qo‘shgan. Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining tashkil topishi, rivojlanish jarayoni, ichki va tashqi muammolari hamda Rossiya bilan munosabatlari tahlil qilinadi. [2, 165].

Xonlikning qulashiga olib kelgan omillar siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari Qo‘qon xonligi tarixini chuqur o‘rganishga va uning Markaziy Osiyo tarixidagi o‘rnini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qo‘qon xonligi tashkil topishi va siyosiy barqarorlik muammolari Qo‘qon xonligining asoschisi sifatida Shohruxbiy nomi tilga olinadi. U dastlab ming urug‘ining yetakchisi bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi kichik hududlar ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilgan. Uning vorislari-Abdurahmonbiy, Alimxon va Umarxon davrlarida xonlikning hududi kengayib bordi. Biroq xonlik ichidagi hokimiyat almashinuvi juda beqaror kechgan. Taxt uchun kurashlar, ayniqsa, XIX asrda jiddiy tus olgan. Masalan, Muhammad Alixonning (1822–1841) hukmronligi davrida uning qarindoshlari va sarkardalari o‘rtasida doimiy nizolar kelib chiqqan. Bu beqarorlik natijasida xonlikda ichki isyonlar, fitnalar va davlat boshqaruvidagi zaifliklar yuzaga kelgan. Shuningdek, xonlikda hukmdorlar tomonidan o‘rnatilgan siyosiy tizim markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa-da, mahalliy hukmdorlar va bekliklar mustaqil siyosat yuritishga intilgan. [2, 177]. Ayniqsa, Toshkent, Qo‘qon, Namangan, Andijon kabi shaharlar o‘rtasida siyosiy birlikning yo‘qligi xonlikning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Hududiy ekspansiya va harbiy siyosat muammolari. Qo‘qon xonligi XIX asrning birinchi yarmida hududiy kengayish siyosatini olib borgan. Xususan, Toshkent, Chimkent va O‘sh shaharlari qo‘shib olingan. Bu jarayonda xonlik harbiy kuch ishlatgan bo‘lsa-da, bu hududlarni to‘liq nazorat qilish va barqaror boshqarish muammolarni keltirib chiqargan. Toshkent Qo‘qon xonligi tarkibiga kiritilganidan so‘ng ham bir necha bor qo‘zg‘olonlar ko‘tarilgan. Xalqning norozi ekanligi xonlikning zaif boshqaruv tizimi va og‘ir soliqlar bilan bog‘liq edi. Bundan tashqari, Qo‘qon xonligi Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan doimiy ziddiyatda bo‘lib, bu davlatlar bilan urushlar olib borishga majbur bo‘lgan. Qo‘qon xonligi o‘z harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun mahalliy aholining harbiy xizmatga jalb qilinishini oshirgan bo‘lsa-da, bu ham doimiy muammolarga sabab bo‘lgan. Chunki qattiq soliqlar va harbiy xizmatga majburiy chaqiruv xalq orasida norozilikni keltirib chiqargan. Iqtisodiy rivojlanish va savdo muammolari. Qo‘qon xonligi iqtisodiy jihatdan o‘zining savdo yo‘llari, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchiligi bilan tanilgan. Ayniqsa, ipakchilik va paxtachilik rivojlangan bo‘lib, bu mahsulotlar Qo‘qon, Toshkent, Samarqand va Xiva kabi yirik shaharlarda sotilgan. Biroq xonlikning iqtisodiy barqarorligi bir qator muammolarga duch kelgan: Savdo yo‘llarining cheklanganligi: Qo‘qon xonligi Rossiya va Angliya tomonidan nazorat qilinayotgan yirik xalqaro savdo yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmagan. Bu esa xonlik iqtisodiyoti uchun jiddiy muammo bo‘lgan. Soliqlar og‘irligi: Xonlik o‘z armiyasini saqlash va hududiy kengayishlarini moliyalashtirish uchun aholidan katta soliqlar yig‘gan. Natijada, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi dehqonlarning ahvoli og‘irlashgan.

Ichki bozor zaifligi: Mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, ichki bozordagi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat yetarli darajada rivojlanmagan. Savdogarlar boshqa davlatlarning bozorlariga qaram bo‘lib qolgan. [5, 30]. Bu omillar natijasida xonlik ichida iqtisodiy muammolar kuchayib, aholining noroziligi oshgan. Rossiya imperiyasi bilan munosabatlar va Qo‘qon xonligining tugatilishi XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosatini kuchaytirgan. Rossiyaning Toshkentga qiziqishi 1860-yillarga kelib ancha ortgan. 1865-yilda general Chernyayev boshchiligidagi rus qo‘shinlari Toshkentni bosib olgan. Bu voqea Qo‘qon xonligi uchun katta zarba bo‘ldi. Qo‘qon xonligi Toshkentni qaytarib olish uchun bir necha bor urinishlar qilgan bo‘lsa-da, bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Xonlik ichidagi siyosiy beqarorlik va ichki nizolar Rossiya bosqiniga qarshi samarali kurash olib borishga to‘sqinlik qilgan. 1876-yilda Rossiya generali Skobelev Qo‘qon xonligining markaziy hududlariga bostirib kirib, xonlikni butunlay tugatgan. Bu bilan Qo‘qon xonligi Rossiya imperiyasiga qo‘shilgan va Farg‘ona viloyati sifatida ma’muriy birlikka aylantirilgan. Qo‘qon xonligi o‘z davrida mintaqadagi yirik davlatlardan biri bo‘lsa-da, uning tarixida bir qator muammolar mavjud bo‘lgan. Siyosiy beqarorlik, ichki va tashqi harbiy nizolar, iqtisodiy muammolar hamda Rossiya imperiyasi bosqini xonlikning qulashiga olib kelgan asosiy omillardan hisoblanadi. Bugungi kunda Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda va bu jarayon Markaziy Osiyo tarixi nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Ahmad Donish. Tarixi madaniy O‘rta Osiyo. – Toshkent: Fan, 1993. 2. Bartold V.V. O‘rta Osiyo tarixi ocherklari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. 3. G. N. Muratova. Qo‘qon xonligining Rossiya bilan munosabatlari. – Toshkent: Sharq, 2018. 4. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33. 5. Rahimov Sh. Qo‘qon xonligi: siyosiy va iqtisodiy tarixi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010. 6. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275. 7. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12. 8. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.

9. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Ahmad Donish. Tarixi madaniy O‘rta Osiyo. – Toshkent: Fan, 1993.
  2. Bartold V.V. O‘rta Osiyo tarixi ocherklari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002.
  3. G. N. Muratova. Qo‘qon xonligining Rossiya bilan munosabatlari. – Toshkent: Sharq, 2018.
  4. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
  5. Rahimov Sh. Qo‘qon xonligi: siyosiy va iqtisodiy tarixi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010.
  6. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
  7. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.
  8. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
  9. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011091
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/58
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
267–271
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25