Asosiy mazmunga o‘tish

TURK SAVDOGARI ABDURAHIM AFANDINING QO‘QON XONLIGI BILAN BOG‘LIQ TAQDIRI

Kuldoshev Sherali TemiralievichTarix fanlari doktori, dotsent. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 286–292

Annotatsiya

Ushbu maqolada, Usmoniylar imperiyasi va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi siyosiy, harbiy va madaniy aloqalariga o‘z hissasini qo‘shgan istanbullik savdogar Og‘a Abdurahim afandi ibn Abdualazizning hayoti va faoliyati haqida yoritilgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Qo‘qon xonligining harbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida qilgan sayi-xarakatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon xonligining oxirgi hukmdori Xudoyorxon va uning avlodlari bilan bo‘lgan do‘stona munosabati tarixiy manba va adabiyotlar asosida o‘rganildi.

Boshqa tillarda

ruschaСУДЬБА ТУРЕЦКОГО ТОРГОВЦА АБДУРАХИМА АФФАНДИ В СВЯЗИ С КУКАНСКИМ ХАНСТВОМ

В статье рассматривается жизнь и деятельность Аги Абдурахима Эфенди ибн Абдуалазиза, стамбульского купца, внесшего вклад в политические, военные и культурные связи между Османской империей и Кокандским ханством. В частности, большое значение имели усилия Коканского ханства по повышению боевой готовности в борьбе с Российской империей. На основе исторических источников и литературы изучены дружеские отношения между последним правителем Кокандского ханства Худоёр-ханом и его потомками.

inglizchaTHE FATE OF THE TURKISH TRADER ABDURAHIM AFFANDI IN CONNECTION WITH THE KOKON KHANATE

This article discusses the life and work of Agha Abdurahim Effendi ibn Abdualaziz, a merchant from Istanbul who contributed to the political, military and cultural relations between the Ottoman Empire and the Kokand Khanate. In particular, his efforts to increase the military preparedness of the Kokand Khanate in the fight against the Russian Empire were of great importance. His friendly relations with the last ruler of the Kokand Khanate, Khudoyar Khan, and his descendants were studied on the basis of historical sources and literature.

Kalit so‘zlar

  • Abudrahim afandi
  • Qo‘qon xonligi
  • Xudoyorxon
  • Maktubchai xon
  • tahlil
  • ilmiy
  • xulosa

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

TURK SAVDOGARI ABDURAHIM AFANDINING QO‘QON XONLIGI BILAN BOG‘LIQ TAQDIRI

СУДЬБА ТУРЕЦКОГО ТОРГОВЦА АБДУРАИМА ЭФЕНДИ В СВЯЗИ С КОКАНСКИМ ХАНСТВОМ

THE FATE OF THE TURKISH MERCHANT ABDURAHIM EFFENDI IN CONNECTION WITH THE KOKAN KHANATE

Qo‘ldoshev Sherali Temiralievich Tarix fanlari doktori, dotsent. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi E-mail: sherali.kuldashev@mail.ru [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ushbu maqolada, Usmoniylar imperiyasi va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi siyosiy, harbiy va madaniy aloqalariga o‘z hissasini qo‘shgan istanbullik savdogar Og‘a Abdurahim afandi ibn Abdualazizning hayoti va faoliyati haqida yoritilgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Qo‘qon xonligining harbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida qilgan sayi-xarakatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon xonligining oxirgi hukmdori Xudoyorxon va uning avlodlari bilan bo‘lgan do‘stona munosabati tarixiy manba va adabiyotlar asosida o‘rganildi. Аннотация. В статье рассматривается жизнь и деятельность Аги Абдурахима Эфенди ибн Абдуалазиза, стамбульского купца, внесшего вклад в политические, военные и культурные связи между Османской империей и Кокандским ханством. В частности, большое значение имели усилия Коканского ханства по повышению боевой готовности в борьбе с Российской империей. На основе исторических источников и литературы изучены дружеские отношения между последним правителем Кокандского ханства Худоёр-ханом и его потомками. Annotion. This article discusses the life and work of Agha Abdurahim Effendi ibn Abdualaziz, a merchant from Istanbul who contributed to the political, military and cultural relations between the Ottoman Empire and the Kokand Khanate. In particular, his efforts to increase the military preparedness of the Kokand Khanate in the fight against the Russian Empire were of great importance. His friendly relations with the last ruler of the Kokand Khanate, Khudoyar Khan, and his descendants were studied on the basis of historical sources and literature. Kalit so‘zlar: Abudrahim afandi, Qo‘qon xonligi, Xudoyorxon, Maktubchai xon, tahlil, ilmiy, xulosa. Ключевые слова: Абудрахим-эфенди, Коканское ханство, Худояр-хан, Мактубчай-хан, анализ, научность, вывод. Key words: Abudrahim Effendi, Kokan Khanate, Khudoyar Khan, Maktubchai Khan, analysis, scientific, conclusion.

XIX asrda yashagan istanbullik savdogar Og‘a Abdurahim afandi ibn Abdulazizning Markaziy Osiyoga kelganligi haqidagi ma'lumotlar kam xisoblanadi. U haqdagi ma'lumotlar asosan Muhammad Umar Umidiy (1906-yilda vafot etgan)ning “Maktubchai xon” va “Tarixchayi Turoniy” asarlarida berilgan.

Og‘a Abdurahim afandining Qo‘qon xonligi(1709-1876)ning tashqi siyosatida, jumladan, Usmoniylar imperiyasi (1517-1924) o‘rtasidagi harbiy sohadagi aloqalari tarixida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, ushbu shaxs Qo‘qon xonligining oxirgi hukmdori Xudoyorxon (1845-1875), va uning farzandlari bilan do‘st bo‘lishi hamda Qo‘qon adabiy muhitiga ta'siri ham muhim ahamiyatga ega xisoblanadi. O‘rta Osiyo xonliklarining Usmoniy turklari bilan harbiy sohadagi aloqalari XVI asr o‘rtalaridan boshlangan[7: 121]. Qo‘qon xonligi bilan esa asosan Muhammad Alixon (1820-1842) davrida kuchaygan. Qo‘qon xonligi harbiy qo‘shinini texnik jihatdan tayyorlash uchun va tashqi dushmanlaridan himoyalanish maqsadida Muhammad Alixon tomonidan Istambulga Zohidxo‘jani elchi sifatida harbiy mutaxassislar va harbiy anjomlar so‘rab yuborilgan[2: 70]. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligi bilan Usmoniylar imperiyasi o‘rtasidagi harbiy sohada olib borilgan aloqalar haqida Muhammad Aziz Marg‘iloniyning “Tarixi Aziziy” asarida yozilishicha, Qo‘qon xonligida kuchsizlangan davlat tepasiga chiqqan Xudoyorxon, “... sallotlari (askarlari) sonini juda ko‘paytiradi va yaxshi to‘plarni mavjud qilib, yaxshi miltiqlarni Islambul (Istambul)dan oldirib keladi”[3: 15]. O‘sha davrdagi Istanbulda chop etilgan gazetalarda yozilishicha, Usmoniylar davlati turli musulmon davlatlaridan doimo elchilar kelib turgan. Jumladan, “Levand Gerald” gazetasining 1873-yil 1-iyun sonida yozishicha, oxirgi uch yilda Usmoniylar poytaxtiga Buxoro, Qo‘qon va Yorkenddan doimo vakillar kelib turgan[9: 112]. Muhammad Umar Umidiyning “Tarixchayi Turoniy” asarida Abdurahim afandi va qo‘qonlik savdogar Sayiidxon Xojini Istanbulda uchrashganligi yozilgan. Sayiidxon Xoji Qo‘qon xonligi shahzodasi Sayiid Muhammadaminbek (1857-1923) buyrug‘iga ko‘ra, Rossiya imperiyasi bilan bo‘ladigan jang uchun Turkiyadan harbiy mutaxassislar, kitoblar, to‘p va miltiq quyadigan asboblarni Qo‘qonga olib borishi lozim edi. Sayiidxon hojining xorijga chiqib ketishidan oldin “shuhrati Makkai mukarramag‘a borib joy olib takya soladur deb (yolg‘on) ovoza” qilingan[5: 115]. Abdurahim afandi Istambuldan yuboriladigan barcha harbiy ashyolarni o‘zi bosh bo‘lib, dengiz yo‘li orqali avval Hindistonga, keyin Ladak yo‘li Qashqarga olib kelgan. Chegarada to‘p quyadigan “zobud” bo‘laklarini, Farg‘onaga boradigan “ipak qurtini boqish uchun va pillani quritadigan “zobudi asboblari” deb aldab o‘tkazib kelgan. Arxiv xujjatlarda, 1873- 1876-yillarda Usmoniylar davlati tomonidan Qashqarga 24 ta miltiq va 7200 ta o‘q yuborilganligi va 1875-yilning yozida esa Istambuldan Qashqarga 200 ga yaqin askarlar, harbiy mutahassislar, ustalar o‘zlari bilan birga, 200 ta qurol, 10 dona to‘p olib kelganligi keltirib o‘tilgan. Bundan ko‘rinadiki, ular orasida Abdurahim afandi olib kelgan to‘p va miltiqlar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xarbiy mutaxassis bo‘lgan o‘g‘li Eminbek afandini Sayiidxon hojining o‘zi bilan birga Rossiya imperiyasi hududi orqali Farg‘onaga olib kelishi kerak edi. Ammo, bu vaqtga kelib Qo‘qon xonligi Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan bosib olingan edi. Tarixchaiy Turoniy”da “Oqmasjid yetganda Sayyidxon hoji birla Eminbek afandi muloqot bo‘lub hasratu nadomat ila ajraldilar” deb yozilgan[5: 115]. Ammo, Eminbek afandi o‘z yurtiga qaytib ketmagan. “Ma'lumotlarga qaraganda, Turkiyadan taklif etilgan Eminbek afandi Sayid

Muhammadaminbekka turk tili va harbiy sohadan dars bergan”[8:102]. Abdurahim afandi va uning o‘g‘li Eminbek afandining Qo‘qon xonligi bilan bo‘lgan taqdiri hususidagi ma'lumotlar O‘rta Osiyo xonliklari va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasidagi munosabatlar tarixi mavzumida tadqiqot olib borgan tadqiqotchilar ishlarida uchramaydi[6: 139]. Balki, Qo‘qon xonligining oxirgi yillarida Usmoniylar imperiyasidan Qo‘qonga 200 dan ortiq ko‘plab harbiy qurollar, mutaxassislar, turli harbiy risolalar yuborilganligi bois, e'tibordan chetda qolgan bo‘lishi mumkin. “Maktubchai xon” asari 1885-yilda o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, bizgacha ikki nusxasi yetib kelgan. Birinchisi Rossiya fanlar fkademiyasining Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburgdagi bo‘limida (qo‘lyozma S 575 raqam ostida) va ikkinchisi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti xazinasida qo‘lyozma 1902-u raqam ostida saqlanadi. Bu asar Sheralixon davrigacha bo‘lgan zamondan boshlab, Xudoyorxon davriga qabar o‘z ichiga olgan ma'lumotlardan iborat. Shuningdek, Abdurahim afandi bilan Xudoyorxon o‘rtasidagi ilk tanishuv ham berilgan: Sobiq xon Xudoyorxon 1877-yilning oxirida Turdali ismli kishi yordamida Orenburgdan qochib, Afg‘onistonga o‘tib, u yerdan Eron orqali haj ziyoratiga keladi. “Maktubchai xon” asarida yozilishicha, Hindistondan qaytayotgan istanbullik savdogar Abdurahim afandi Jidda shahrida Xudoyorxonni va uning 25 askarini ko‘rib, uning kimligi bilan qiziqib qoladi. Makka mukarramaga ketayotganda yo‘lda u bilan tanishib, hamroh va hamsuhbat bo‘lib, haj ziyoratini birga amalga oshiradilar. Ushbu savdogar bilan Xudoyorxon tahminan besh oy birga yurib, o‘zaro suhbat chog‘ida Xudoyorxon o‘z boshidan o‘tgan barcha voqea-hodisalarni unga aytib beradi. Shundan so‘ng ular Bag‘dod shahriga kelib joylashgan vaqtda bu yerdagi ingliz hukumati Bag‘dodni tark etish uchun Xudoyorxon va uning 25 askariga uch kun muhlat beradi. Xudoyorxonning mushkul ahvolda qolganini ko‘rgan Abdurahim afandi “o‘z yurtingizga boring, yaqinlaringiz va farzandlaringiz orasida yashang”, deb maslahat beradi[4: 32]. Bu borada, Xudoyorxon Abdurahim afandidan yordam so‘rab, unga to‘rtta maktub yozib, Rossiya imperiyasining Istanbuldagi elchixonasi orqali Rossiya imperatori va farzandlariga yuborishni iltimos qiladi. Xudoyorxonning Rossiya imperatoriga, Turkiston general-gubernatoriga, shuningdek, farzandlariga yozgan xatlarini Istanbulga kelib Rossiya elchisixonasiga topshirgan. Xudoyorxonning o‘g‘li Sayiid Muhammadaminbekka yozilgan maktub haqida SH.Umarov shunday yozgan: “1881-yilda sobiq xon Xudoyorxon nomidan Turkiyaning Istanbul shahridan Sayiid Muhammadaminbek nomiga kelgan maktub, uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Maktubda xon Xudoyorxon o‘g‘illariga otalarcha nasihat qilib, xonlikdan musova bo‘lish sabablari noahilchilik, o‘zaro qonli qirg‘inlar, qirg‘iz-qipchoqlarning hiyonati, xonlikdagi amallarga noloyiq kishilarni tayinlanishi, ayniqsa, harbiy tayyorgarlik, qurol-aslahalar ibtidoyi ekanligini yozgan edi”[8: 103]. Abdurahim afandi o‘z vazifasini a'lo darajada bajargan va Bag‘dodga qaytib Xudoyorxon bilan olti oy hamsuhbat bo‘lgan. Imperatorga yuborilgan maktub ijobiy natijasini beradi. Imperator Turkiston general-gubernatoriga buyruq berib,

Xudoyorxonni Toshkentda, o‘z oilasi bilan yashashiga ruxsat beradi. 1880-yil 29- iyulida Vladimir shahrida surgunda bo‘lgan Xudoyorxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Sayiid Muhammad Nasriddin (1850-1882) va uning oilasiga Toshkentga borishga ruxsat beriladi. Nasriddinxon Turkistondagi ukalari Fansurllohbek (1872-1931) va Orenburg kadetlar korpusidan kasal bo‘lib Turkistonga kelgan yana bir ukasi O‘rmonbek (1867-1883)ni olib Toshkentga keladi. Toshkentda esa Xudoyorxonning boshqa o‘g‘illari Sayiid Muhammadaminbek (1857-1923), Sayiid Umarbek (1863-1928), Sayiid Bin Yaminbek (1876-1918) va boshqa qarindoshlari Toshkentdagi Zanjirli mahallasidagi Olimxo‘ja ismli kishidan olingan hovlida yashay boshlaydilar. Ularga Rossiya imperiyasi tomonidan faqatgina nafaqa puli berilgan bo‘lib, mol-mulki yo‘q edi. Abdurahim afandi Rossiya imperatori tomonidan Toshkentga qaytishi mumkinligi to‘g‘risidagi ruxsatnomasini Xudoyorxonga olib borib beradi. Xudoyorxon Bag‘doddan to‘g‘ri Eron orqali Hirotga keladi. Ammo, Hirot yaqinidagi Karruhda kasal bo‘lib qoladi va bu yerda vafot etadi. Bu vaqtda Abdurahim afandi Istanbuldan besh-olti oy yo‘l yurib, Navholga savdo ishlari bilan boradi. Xivaga borganda Xudoyorxonning Karruhda vafot etganini eshitadi. Xivadan Buxoroga, so‘ng Toshkentga kelib, Xudoyorxon farzandlari va yaqinlarini topib ularga amaliy yordam beradi. Ammo, Abdurahim afandi Toshkentga kelganda, Xudoyorxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Nasriddinxon kasal tufayli vafot etgan edi. Demak, Abdurahim afandi Toshkentga 1883-yil boshlarida kelgan bo‘lishi kerak. “Maktubchai xon”da yozilishicha, Abdurahim afandi Toshkentda Xudoyorxon avlodlariga yordam berish uchun, bir necha marta Turkiston generalgubernatorligi mahkamasiga, Toshkent qozisiga uchraydi[4: 37]. Shundan so‘ng Turkiston general-gubernatori tomonidan Sayiid Muhammadaminxon va boshqa yaqinlariga Toshkentning Yangishahar qismidagi Qashqar mahallasidan uy-joy sotib olishga ruxsat beriladi. “Maktubchai xon”da Abdurahim afandi Toshkentdan ketar chog‘ida ularni Mulla Ohunjon ismli sahiy kishiga topshirib ketganligi yozilgan. Sh. Vohidov o‘z asarida, Umidiyni “Muhammad Umar-Umidiy Namangoniy” deb keltirib, T.Xodjiboevga iqtibos keltiradi[1: 131]. Ammo, T. Xodjiboevning bu tadqiqotida esa, Umidiyni Marg‘ilonda yashaganligini e'tirof etadi[10: 43]. Umidiyning “Maktubchai xon” nomli qo‘lyozma asar masnaviy janrda bo‘lib, debocha va asosiy qismdan iborat. Debochaning nasriy qismida muallif asarning yozilishi sabablari, tarixi va uning mundarijasini bayon etadi. Asar Xudoyorxon va uning oilasining yaqin, ishonchli kishilardan bo‘lgan istambullik Og‘a Abdurahim afandi ismli kishining topshirig‘i bilan yozilgan. Ammo, T.Xojiboev yozishicha, Mullo Oxunjon bilan Abdurahim afandi Marg‘ilonga kelib, Muhammad Umar Umidiyni topib, Xudoyorxonning hayoti va faoliyati haqida bir asar yozishni iltimos qilganlar[10: 43]. Doston oxirida muallif yana shu mavzuga qaytib, Og‘a Abdurahim afandining chet eldagi fojeali sarguzashtlari haqida xabar olib kelganini, bu yerdagi o‘zining do‘stlariga ularni barini bayon etuvchi bir asar yaratilishiga istak bildirganini va shunday asar yaratilgan taqdirda, Istanbulga qaytib borib, uni chop ettirish niyati borligini aytadi. Bu haqda asarning muqaddima qismida shunday yozilgan: “Bul kitobi mutatob kaminai mutaxallusi

Umidiydin nishonai yodgornomadurkim, afzalul tujjor (savdogar) hojiul haramayn an-sharafayn Ag‘o Abdurahim afandizoda Allohu taolo zayyoda umrahu va davlatahu (Ollohu ta'ola uning umrini va davlatini ziyoda qilsin)ning iltimosnomalari sababidin bahri noloyiq va noqobillik birlan qabul tariqasidin bo‘lak hech xotirg‘a xutur bo‘lmagan yuzidin naoloj bo‘lib iltimosnoma yuzidin Ho‘qand mamlakatig‘a islom obodliq zamonida o‘tgan xonu hoqonlar to zamoni Amir Shermuhammad Alixondin to hoqoni ibn al-xoqon manba' al-jud val-ehson Abul Muzaffar val-Mansur Sayyid Muhammad Xudoyorxonning farmonravoliqlari va avlodlarining ahvollari ul Bori ta'olo Fa''olun limo yuridning irodasi birlan na yerga anjom topilg‘on voqeasini jahdu ehtimom ko‘rguzub va bir necha abyoti tab'i zod aylab kog‘az yuziga qalam yurgizib bir maktubcha murattab aylab ismini “Maktubchai xon” qo‘ydim”[4: 7]. Bir muddat o‘tgandan keyin, Abdurahim afandi Xudoyorxon o‘limidan xabardor bo‘lib O‘rta Osiyoga yo‘l oladi. U Xiva orqali Toshkentga kelib, keyin Qo‘qonga boradi va Xudoyorxonning yaqin kishilari bilan uchrashadi. Shu yerda u Muhammad Umidiy-Namangoniydan Xudoyorxon hayoti tarjimai holini yozib berishni iltimos qiladi va bu istakni shoir Umidiy bajaradi. Debocha (madh, vasf, saltaniyat) dan so‘ng, Xudoyorxon davri bayon keltirilgan. Umidiy Xudoyorxonning taxtga chiqishini 1843-yil deb ko‘rsatadiki, bu boshqa manbalardagi sanadan farq qiladi. Shuningdek, qo‘qonlik shoir va tarixchi Mahzun (Ziyovuddin Ho‘qandiy) ham Xudoyorxonning farmoniga binoan “Shohnoma” asarini yozgan. Bu noyob va yagona qo‘lyozma kitob Turkiyada “Osiyo tarixi” nomi bilan saqlanmoqda. Asarda asosan Qo‘qon xonligi tarixi bayon etilgan. Ushbu asarni Farg‘ona Turkiyaga borib qolishida ham Abdurahim Afandi bilan bog‘langan: “Xudoyorxon Orenburgdan qochg‘ondan keyin boshqa nom va boshqa qiyofa bilan Makkaga boradi. O‘n uch oy qadar o‘zini tanitmasdan yuradi. So‘ngra Abdurahim afandi nomli birisiga kim bo‘lg‘onini bildiradi va Farg‘onadan chiqar vaqtida ba'zi boylarga topshirib ketgan aqchalarini olib o‘g‘illariga taslim uchun uni vakil qilib Farg‘onaga yuboradi. Abdurahim avval Istambulga kelib, «Xudoyorxon»ning boshqa qiyofa birla Makkada bo‘lg‘onini «Sulton Hamid»ga xabar beradi va so‘ngra O‘rta Osiyoga keladi. Toshkentda Xudoyorxonning katta o‘g‘li Muhammadaminbek bilan ko‘rishgan holda Qo‘qon va Andijonlarga boradi va aqchalarni boylardan to‘plab, xonzodalarga topshiriq uchun yana Toshkentga qaytmoqchi bo‘ladi. Bu kitob ham shu vaqtda muallif Mahzun tomonidan xonzodalarga topshirish uchun Abdurahimga beriladi. Bu ma'lumot muallifning o‘z bayonotidan anglashiladi. Bundan so‘ngra Abdurahim qaysi yo‘l bilan bo‘lsa bo‘lsun kitobni o‘zi bilan birga Turkiyaga olib ketadi. Kitobning sababi ta'lifi, qaysi yilda yozilg‘oni, Abdurahim afandining ba'zi ishlari va kitobining unga topshirilishining ko‘rsatgan fikrlari muallifning o‘z ilovasidan naql etamiz: «...Mahzun aytdiki, muncha odamning ishi saranjom bo‘ldi. Mening ham bu orada bir arzim bordir. Afandi ota muncha odamning arzini yetkazib o‘zlariga duo oldilar. Endi man ham Afandiga arzimni aytayin: Zeroki yigirma ikki yil bo‘ldi shul kitobni boshlag‘onimga. Muncha yildan beri mehnat qildim. Ul podshoh Said Muhammad Xudoyorxon o‘zlari menga hukm qildilar. O‘z hukmlari bilan muni bitkazdim. Bu kitobni o‘zlari

qo‘llariga olib o‘qur edilar. «Suxanaro» xonimga o‘qutur erdilar, ko‘b manzur bo‘lg‘on erdi. Ammo ul podshoh Xudoyorxon taxt va baxtlaridan judo bo‘lib ketdilar. Mening kitobim orada qoldi... Xon hazrat aytib erdilarki, mendan bir Shohnoma qolsin. Ul vaqtda bu kitob, iqboli ochilgan yo‘q edi. Olam buzildi... Alharmiz o‘zimga o‘zim o‘yladimki, mening shuncha qilg‘on mehnatim bekor ketmasun. Og‘a Abdurahim afandiga bu kitobni beray, eltib shahzoda Said Muhammadamin begim va Said Umar begimga ko‘rsatsanglar..”[1: 142]. Xullas, Abdurahim afandi o‘z davrining ma'rifatparvar insonlaridan biri bo‘lib, uning tashabbusi bilan ko‘plab kitoblar yozilgan. Turkiy xalqlarning o‘zaro do‘stligini targ‘ib qilishda uning faoliyati yaqqol misol bo‘la oladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик (генезиси, функцияси, вакиллари, асарлари). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2010. – 231б.
  2. Mert O. Buhara emirinin elchisi Muhammad Parsa efendinin Istambuldeki faoliyeti (1867-18669). Ankara: Turk kulturi arastirmalari. XV. 1976. – 170b.
  3. Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Тошкент: Фан, 1999. – 212б.
  4. Муҳаммад Умар қори Марғилоний. Мактубчаи хон // нашрга тайёрланган табдилчи: тарих фанлари номзоди О.Ҳ. Жалилов. – Тошкент: Ҳамид Сулаймон босмахонаси, 2007. – 93б.
  5. Муҳаммадумар Умидий. Тарихчайи Туроний. / Табдил, таржимон, кириш ва изоҳлар муаллифи Ш.Воҳидов. – Тошкент: Янги авлод, 2013. – 351б.
  6. Раҳмонқулова З. Б. XVI – XX аср бошларида Ўрта Осиё ва Усмонийлар давлати ўртасида ижтимоий-сиёсий ва маданий муносабатлар тарихи: Тарих фан. номз. дисс... – Тошкент: ЎзМУ, 2002. – 152в.
  7. Сейди Али Раис. Мират ул мамолик. Таржима ва изоҳлар муаллифи Ш. Зуннуновники. – Тошкент: Фан, 1963. – 324б.
  8. Умаров Ш. Худоёрхон авлодлари тарихи //Масъул муҳаррир Ш. Воҳидов. – Тошкент: Adabiyot uchqunlari, 2016. – 312б.
  9. Фадеева И.Л. Официальные доктрины в идеологические и политика Османское империи. – Москва: Наука, 1985. – 235с.
  10. Ҳожибоев Т. Шоир Умидийнинг ҳаёти ва ижоди // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали. № 3. 1970. – Б 42-49.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011094
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/61
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
286–292
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25