QO‘QON XONLIGIDA ILM-FAN, ADABIYOT VA TARIXNAVISLIK.
Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich“University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 292–295
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi davrida ilm-fan, adabiyot va tarixnavislik sohalarining rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Xonlik davrida yuzaga kelgan madaniy muhit, ilmiy-ma‘rifiy faoliyatga bo‘lgan e‘tibor va bu boradagi davlat siyosati asosida shakllangan ilmiy maktablar va adabiy an‘analar ko‘rib chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaНАУКА, ЛИТЕРАТУРА И ИСТОРИОЛОГИЯ В КОКАНСКОМ ХАНСТВЕ.
В статье анализируется развитие науки, литературы и историографии в период Кокандского ханства. Рассматривается культурная среда, сложившаяся в период ханства, внимание, уделяемое научно-образовательной деятельности, научные школы и литературные традиции, сформировавшиеся на основе государственной политики в этом отношении.
inglizchaSCIENCE, LITERATURE AND HISTORIOLOGY IN THE KOKAN KHANATE.
This article analyzes the development of science, literature, and historiography during the Kokand Khanate. The cultural environment that emerged during the Khanate, the attention paid to scientific and educational activities, and the scientific schools and literary traditions formed on the basis of state policy in this regard are examined.
Kalit so‘zlar
- Qo‘qon xonligi
- ilm-fan
- adabiyot
- tarixnavislik
- tarixiy tafakkur
- ma‘naviy hayot
- madaniy meros
- tarixiy manbalar
- yozma asarlar
- tarixchilar
- olimlar
- adiblar
- madrasa
- ilmiy maktablar
- saroy muhiti
- ma‘rifat
- qo‘lyozmalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
QO‘QON XONLIGIDA ILM-FAN, ADABIYOT VA TARIXNAVISLIK.
SCIENCE, LITERATURE AND HISTORIOLOGY IN THE KOKAN KHANATE.
НАУКА, ЛИТЕРАТУРА И ИСТОРИОЛОГИЯ В КОКАНСКОМ ХАНСТВЕ.
Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich “University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi e-mail: tursunboydadajonov5@@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi davrida ilm-fan, adabiyot va tarixnavislik sohalarining rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Xonlik davrida yuzaga kelgan madaniy muhit, ilmiy-ma’rifiy faoliyatga bo‘lgan e’tibor va bu boradagi davlat siyosati asosida shakllangan ilmiy maktablar va adabiy an’analar ko‘rib chiqiladi. Abstract. This article analyzes the development of science, literature, and historiography during the Kokand Khanate. The cultural environment that emerged during the Khanate, the attention paid to scientific and educational activities, and the scientific schools and literary traditions formed on the basis of state policy in this regard are examined. Аннотация. В статье анализируется развитие науки, литературы и историографии в период Кокандского ханства. Рассматривается культурная среда, сложившаяся в период ханства, внимание, уделяемое научно-образовательной деятельности, научные школы и литературные традиции, сформировавшиеся на основе государственной политики в этом отношении. Kаlit sо‘zlаr. Qo‘qon xonligi, ilm-fan, adabiyot, tarixnavislik, tarixiy tafakkur, ma’naviy hayot, madaniy meros, tarixiy manbalar, yozma asarlar, tarixchilar, olimlar, adiblar, madrasa, ilmiy maktablar, saroy muhiti, ma’rifat, qo‘lyozmalar. Keywords. Kokand Khanate, science, literature, historiography, historical thought, spiritual life, cultural heritage, historical sources, written works, historians, scientists, writers, madrasah, scientific schools, palace environment. Ключевые слова. Кокандское ханство, наука, литература, историография, историческая мысль, духовная жизнь, культурное наследие, исторические источники, письменные произведения.
Markaziy Osiyoning tarixiy taraqqiyoti jarayonida Qo‘qon xonligi alohida o‘rin tutadi. XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida mavjud bo‘lgan ushbu davlat faqat siyosiy yoki harbiy jihatdan emas, balki madaniy-ma’naviy rivojlanish nuqtai nazaridan ham katta ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, ilm-fan, adabiyot, tarixnavislik va diniy-ma’rifiy sohalarda yuzaga kelgan jonlanish Qo‘qon xonligining madaniy muhitini boyitdi. Bu davrda faoliyat yuritgan allomalar, tarixchilar va shoirlar o‘z asarlari orqali nafaqat davr muhitini aks ettirgan, balki keyingi avlodlarga boy ilmiy-ma’naviy meros qoldirganlar.Mazkur mavzu doirasida Qo‘qon xonligi
davridagi ilmiy hayotning asosiy yo‘nalishlari, tarixiy manbalarni yaratgan mualliflar, ilm-fan rivojiga ta’sir ko‘rsatgan omillar va tarixnavislik an’analarining shakllanishi o‘rganiladi[1,32-35]. Shu bilan birga, xonlik davrida yaratilgan tarixiy asarlarning mazmun-mohiyati, ularning uslubiy xususiyatlari va tarixiy manba sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi.So‘nggi o‘rta asrlarga kelib O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlaridagi ilm-fan, ta’lim va ma’rifat sohalarida diniy ta’limotlar hukmronlik qila boshladi. Boshlang‘ich maktablarda ham, madrasalarda ham asosiy e’tibor diniy ta’lim berishga qaratilgan. Diniy fanlarni o‘qitish madrasalarning asosiy vazifasi hisoblanib, dunyoviy fanlar, ayniqsa, tabiiy fanlar taraqqiyotida bir muncha turg‘unlik kuzatiladi. Madaniy hayotda yuzaga kelgan bunday vaziyat Qo‘qon xonligidagi ilm-fanning ahvoliga, ayniqsa, bu soha rovojining biryoqlamalik xususiyatiga sabab bo‘lgan edi. Bu davrda aniq va tabiiy fanlarning xo‘jalik va maishiy hayotda, ya’ni amaliyotda qo‘llaniladigan sohalarigagina e’tibor qaratilgan. Kundalik turmushda tibbiyot, me’morchilikda matematika va handasa, sug‘orma dehqonchilikda o‘simlikshunoslik, gidrologiya va muhandislik ilmidan foydalanilgan. Shunga ko‘ra, xonlikda aniq va tabiiy fanlardan tibbiyot, geografiya, tabiatshunoslik fanlari bilan shug‘ullangan olimlarni ko‘rsatish mumkin. Toshkentlik Muhammad Solih (Qaroxo‘ja eshon domla) o‘lkashunosgeograf, tabiatshunos-zoolog olim sifatida ijod qilgan. U o‘zining ”Tarixi jadidai Toshkand” (”Toshkentning yangi tarixi”) asarida Toshkent shahri va vohasining geografiyasi, toponimikasi, o‘simlik olamini yoritgan[1,51-53]. Tabobat bilan shug‘ullangan Mullo Avaz Muhammad tibbiyotga oid “Mavarix al-qulub” (“Qalblar sururi”) nomli asar muallifidir. U tabib sifatida bemorlarini o‘tlar (giyohlar) yordamida davolash bilan ham mashhur bo‘lgan. Xo‘jandlik Hoji Yusuf Hay’atiy eski maktabda tahsil olib, o‘zi mustaqil ravishda astronimiya, tabiat, geografiya fanlarini o‘rgangan. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga sayohat qilgan Hoji Yusuf uzoq yillar davomida o‘zining “Falakiyot” nomli asarini yaratgan. Ammo ushbu asar bizning kunlarimizgacha yetib kelmagan. Qo‘qonlik Muhammad Hakimxonto‘ra o‘zining “Muntaxab ut-tavorix” (“Saylangan tarixlar”) asarida Turkistonga oid geografik va seysmologik ma’lumotlar berib, 1823 yilda Farg‘onada yuz bergan zilzila haqida batafsil bayon qilgan. Uning geografiyaga oid ma’lumotlari esa O‘rta Osiyo geografik adabiyotining sarguzasht-sayohat janri bo‘la oladi[2,12-17]. Umuman olganda, xonlikda aniq va tabiiy fanlar o‘z rivojida davr talablaridan orqada qolib ketgan bo‘lsa-da, ijtimoiy-gumanitar fanlardan tarix va tarixnavislik, adabiyot ko‘proq rivojlandi. Qo‘qon tarixnavislik maktabiga mansub asarlar she’riy yoki qisman she’riy uslub yo‘lida yozilganligi bilan ajralib turadi. Garchi bu davrda yaratilgan tarixiy asarlarda maqtov, balandparvoz gaplar, hukmdor shaxsini ulug‘lash kabi xususiyatlar ko‘zga tashlansada, bu asarlar o‘z davrining mahsuli sifatida, o‘sha davr haqida ma’lumot beruvchi muhim manbalar sifatida juda qimmatlidir. Bular qatoriga Niyoz Muhammad Ho‘qandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Mirza Olim ibn Mirza Raxim Toshkandiyning “Ansab-ul salotin va tavorix ulxavoqin”, Otabek Fozil o‘g‘lining “Mufassal tarixi Farg‘ona”, Akmal Shermuhammad Xo‘qandiyning “Amirnoma”, Fazliy Farg‘oniyning “Umarnoma”, Mirzo Qalandar Mushrifning “Shohnomai Nusratpayom”, Muhammad Hakimxonto‘raning “Muntaxab at-tavorix”, Mullo Avaz Muhammadning “Tarixi
jahonnamoy”, Toxiri Xo‘jandiyning “G‘aroyibi sipoh” kabi ko‘plab tarixiy asarlarni kiritish mumkin[2,65-67]. Qo‘qon adabiy muhiti. Qo‘qon xonligi madaniy hayotida adabiyotning o‘rni ayniqsa yuqori edi. Shuning uchun adabiyot rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan Qo‘qon adabiy muhitining shakllanishi xonlikda madaniyat taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘ldi. Iste’dodli shoir va shoiralar, yozuvchilar, ya’ni o‘z ilmining ustalari tomonidan shakllangan Qo‘qon adabiy muhitining o‘ziga xos xususiyati – uning vakillari ikki yo‘nalishda ijod qilganliklaridadir. Birinchi yo‘nalishga mansub ijodkorlar saroy shoirlari bo‘lib, ularning asarlarida boy tabaqa vakillari madh etilgan. Ikkinchi yo‘nalish vakillarining asarlarida esa xalqning orzu umidlari, intilishlari, dardu-hasratlari o‘z ifodasini topgan. Har ikkala yo‘nalish vakillarining umumiy jihati ham mavjud bo‘lib, bu ularning asarlarida Vatan timsoli , unga muhabbat hissining ilgari surilganligidir. Qo‘qon adabiy muhitining vakillari va asarlaridan Amiriy taxallusi bilan falsafiy va lirik g‘azallar bitgan Umarxonni, Fazliy va Mushrif tomonidan yozilgan “Majmuat ush-shuaro”(“Shoirlar to‘plami”) tazkirasini, Huvaydoning “Devoni Huvaydo”, “Rohati dil” asarlarini, Gulxaniy va Maxmur asarlarini, Muhammad Yunus Toib, Muhsiniy, Nasimiy, Xo‘qandiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Nodira begim, Uvaysiy, Anbar otin, Dilshod, Zebuniso kabi ko‘plab shoir va shoiralarnini keltirish mumkin[3,41-45].Tadqiqotchilarning fikricha, Qo‘qon xonligidagi adabiy muhit va madaniy hayotni shakllantirishda temuriylar davriga taqlid yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buni hukmdor Umarxon davrida shakllangan, uning boshchiligida faoliyat ko‘rsatgan adabiy muhit va adabiyot namoyondalari misolida, yaratilgan asarlarning shakli va janrlarida ko‘rish mumkin. Madaniy hayot va adabiy muhitda ham ming sulolasini ulug‘lashga intilish ustunlik qildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Qo‘qon xonligi nohoyatda murakkab, siyosiy kurashlar avj olgan bir davrda vujudga kelib, shakllandi. Chunki, xonlik tashkil topgan davr O‘rta Osiyoda buyuk imperiyalar davri o‘tib, mahalliy yo‘lboshchi sulola vakillari turli yo‘llar bilan hokimiyatni qo‘lga olib, qabilaviy konfederatsiya asosida davlat tuza boshlagan davrga to‘g‘ri keldi. Urushlar va o‘zaro kurashlarga boy bo‘lgan Qo‘qon xonligi davlat boshqaruv shakliga ko‘ra mutlaq monarxiya bo‘lib, mamlakatda mulkdor tabaqalar, yetakchi urug‘lar (ming, qipchoq, qirg‘iz, saroy)larning zodagonlari, ruhoniylar, ayniqsa sayyidlar va xo‘jalar yuksak maqomga ega edilar[4,19-25].XIX asr o‘rtalaridagi siyosiy boshboshdoqlik, o‘zaro urush va nizolar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Qo‘qon xonligi hayotining barcha sohalarida tushkunlik davri boshlanadi. Bundan unumli foydalangan Rossiya imperiyasi “o‘z chegaralarida” tinchlikni o‘rnatish bahonasida xonlik hududlarini bosib oldi va uning o‘rniga 1876 yilda Farg‘ona viloyati tashkil topdi. Shunga qaramasdan, Qo‘qon xonligi mintaqadagi yirik davlatlardan biri sifatida o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, O‘zbekiston davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutadi. Qo‘qon xonligi davri Markaziy Osiyo madaniy hayotining yorqin sahifalaridan biridir[5,54- 59]. Bu davrda ilm-fan, adabiyot, tarixnavislik va diniy-ma’rifiy faoliyat sezilarli darajada rivojlandi. Xonlik saroyida ilm ahliga nisbatan ko‘rsatilgan e’tibor, maktab va madrasalarning faoliyati, shuningdek, tarixiy asarlarning yaratilishi ushbu hududda yuksak ilmiy muhit shakllanganidan dalolat beradi[6,42-43]. Tarixchilarning asarlari nafaqat xonlik ichki siyosatini, balki xalq hayoti, urf-odatlari, diniy qarashlari
va o‘sha davrda kechgan muhim voqealarni ham aks ettirgan.Qo‘qon xonligida faoliyat yuritgan tarixnavis olimlar, masalan, Muhammad Hakimxon To‘ra, Ahmad Donish, Shorahim Mirza kabi shaxslar o‘z asarlari bilan nafaqat davr voqealarini hujjatlashtirdi, balki tarixiy tafakkurni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynadi. Ularning asarlari bugungi kunda ham muhim tarixiy manba sifatida qadrlanadi.Xulosa qilib aytganda, Qo‘qon xonligi nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki ilmiy-ma’naviy taraqqiyot markazi sifatida ham tarixda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu davrda yaratilgan ilmiy va tarixiy meros bizga o‘tmishni chuqurroq anglash va qadrlash imkonini beradi[7,45-52].
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Abdurahmonov, A. (1998). Tarixiy manbashunoslik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti.
- Alimova, D., & Ahmedov, E. (2001). O‘zbekiston tarixi qadimgi davrdan hozirgacha (2-jild). Toshkent: Sharq.
- Bobojonov, Sh. (2002). Qo‘qon xonligi: Siyosiy tarix, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Toshkent: Fan nashriyoti.
- Donish, A. (1990). Navodir ul-vaqoe‘ (Nodir voqealar). Toshkent: Fan.
- Karimov, A. (2010). Qo‘qon xonligi davrida tarixiy tafakkur va tarixnavislik an’analari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti.
- Mirzayev, T. (2007). O‘zbek adabiyoti va tarixiy tafakkur. Toshkent: Fan.
- Qodirov, B. (2005). “Qo‘qon xonligida ilmiy-ma’rifiy hayotning rivojlanishi”, O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, № 4.
- Saidov, A. (2013). Markaziy Osiyo tarixiy manbalarda. Toshkent: Akademnashr.
- To‘ra, M. H. (1993). Temurnoma (nashrga tayyorlovchi: N. M. Mallaev). Toshkent: Sharq nashriyoti.
- Yakubov, Sh. (2012). “Qo‘qon xonligi davrida tarixiy asarlar va ularning ahamiyati”, Tarix va madaniyat jurnali, № 3.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011095
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/62
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 292–295
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25