Asosiy mazmunga o‘tish

QO‘QON XONLIGI HUDUDIDA TOG‘- KON ISHLARI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TARIXI

Turayeva Sayyora RustambayevnaO‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik Universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori, tarix fanlari doktori (DSc)2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 232–239

Annotatsiya

Maqolada Qo‘qon xonligida oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, temir, tuz, lapis lazuli, selitra, oltingugurt, ammiak va simob qazib olish usullari, ruda eritish, foydali qazilmalarni qazib olishning bir qancha usullari ko‘rib chiqilgan. Turli manbalardan olingan materiallar asosida foydali qazilmalarni qazib olish usullari va an‘analari tahlil qilindi. 16—19-asrlarda Qo‘qon xonligida konchilik rivojlanishidagi o‘zgarishlar va konchilikda mehnat taqsimoti haqidagi ma‘lumotlar tahlil qilindi.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЯ ГОРНОГО ПРОМЫШЛЕННОГО ДЕЛА И ЭТАПЫ ЕГО РАЗВИТИЯ НА ТЕРРИТОРИИ КУКАНСКОГО ХАНСТВА

В статье на примере золота, серебра, свинца, железа, соли, лазурита, селитры, серы, нашатыря, ртути изучены способы добычи золота, серебра, свинца, железа, выплавка руды и несколько способов добычи полезных ископаемых в Кокандском ханствае. На основе материалов различных источников были проанализированы способы и традиции добычи полезных ископаемых. Проанализированы сведения об изменениях в развитии горного дела в XVI-XIX веках Кокандском ханствае разделении труда в горном деле.

inglizchaHISTORY OF MINING AND STAGES OF ITS DEVELOPMENT IN THE TERRITORY OF THE KOKON KHANATE

The article examines gold, silver, lead, iron, salt, lapis lazuli, saltpeter, sulfur, ammoniac, and mercury mining methods, ore smelting, and several methods of mineral extraction in the Kokand Khanate. Based on materials from various sources, the methods and traditions of mineral extraction were analyzed. Information on changes in the development of mining in the 16th-19th centuries in the Kokand Khanate and the division of labor in mining was analyzed.

Kalit so‘zlar

  • Qazib olish usullari
  • ruda eritish
  • oltin
  • kumush
  • qo‘rg‘oshin
  • temir
  • tuz
  • lapis lazuli
  • selitra
  • oltingugurt
  • ammiak
  • simob
  • qazib olish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

QO‘QON XONLIGI HUDUDIDA TOG‘- KON ISHLARI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TARIXI

ГОРНОЕ ДЕЛО НА ТЕРРЕТОРИ КОКАНДСКОГО ХАНСТВА И ЭТАПЫ ЕГО РАЗВИТИЕ

MININGIN THE TERRITORY OF THE KOKAND KHANATE AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT

Turayeva Sayyora Rustambayevna O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik Universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori, tarix fanlari doktori (DSc) e.mail:turayevasayyora9@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan].

Аннотация. В статье на примере золота, серебра, свинца, железа, соли, лазурита, селитры, серы, нашатыря, ртути изучены способы добычи золота, серебра, свинца, железа, выплавка руды и несколько способов добычи полезных ископаемых в Кокандском ханствае. На основе материалов различных источников были проанализированы способы и традиции добычи полезных ископаемых. Проанализированы сведения об изменениях в развитии горного дела в XVI-XIX веках Кокандском ханствае разделении труда в горном деле. Ключевые слова. Способы горного дела, выплавка руды, золото, серебро, свинец, железо, соль, лазурит, селитра, сера, нашатырь, ртуть, добыча полезных ископаемых. Abstract. In the article, using the example of gold, silver, lead, iron, salt, lapis lazuli, saltpeter, sulfur, ammonia, mercury, methods of mining gold, silver, lead, iron, ore smelting and several methods of mining in the Kokand khanate are studied. Based on materials from various sources, methods and traditions of mining were analyzed. Information about changes in the development of mining in the 16th-19th centuries in the Kokand khanate, the division of labor in mining is analyzed. Key words. Mining methods, ore smelting, gold, silver, lead, iron, salt, lapis lazuli, saltpeter, sulfur, ammonia, mercury, mining.

Qo‘qon xonligi tarixan Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘lib, tog‘lar bilan o‘ralgan tabiiy ma’danlarga boy joy hisoblanadi. Manbalarda o‘tmishdagi Qo‘qon xonligi Turkistonning sharqiy qismida joylashgan g‘arbdan Xiva va Buxoro bilan, janubda Qorategin, Darvoz va Ko‘lob bilan, sharqda Qoshg‘ar chegaradosh ekanligi qayd etiladi. Avvallari “Farg‘ona” deb nom olgan viloyat Sirdaryoning chap qirg‘og‘i bo‘yi va Qorategin o‘zanida joylashgan. Bu o‘lkaning Namangan shahari katta shahar bo‘lib, boshqa shaharlari kabi Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Asosiy shaharlar joylashuvi to Alatau tog‘igacha boradi. Xo‘jand tarixda mustaqil boshqaruvdagi hudud bo‘lib, XIX asr birichi choragida Qo‘qon xonligiga bo‘ysundirilgan. O‘ratepa viloyati Xo‘jand va Buxoro xonligi oralig‘ida joylashib, avvallari u ham mustaqil bo‘lgan 1813 yildan Qo‘qon 1

xonligiga bo‘ysundirilgan hudud bo‘lgan. Qurama Sirdaryoning o‘ng sohilida Xo‘jand va Toshkent oralig‘ida joylashgan. Azret Qo‘qonning eng shimoliy viloyati bo‘lib, Bad-bah dala yoki Och qolgan dashtiga tomon cho‘zilgan. Balxash ko‘li oralig‘idagi yerlar Burutomi yoki Yovvoyi toshli qirg‘izlar yerlari bo‘lgan. Billur tog‘ning sharqiy yon bag‘irlari, ko‘chmanchi qirg‘izlar yerlari Sharqiy Turiston hududlariga Qo‘qonga tegishli bo‘lgan. Qoratagin, Darvoz, Ko‘lob va Shugian, Billur tog‘ning g‘arbiy burilishi joyidagi yerlar 1830 yilda Qo‘qon honligiga bo‘ysundirilgan [1:177]. Ushbu tarixiy hududda manbalarda quyidagicha qaydlar mavjud. Xususan, 982 - 983 yillarga oid «Hudud ul- olam» asarida: “Farg‘ona- katta va obod nohiyat, unda noz-ne’matlar farovon erur: tog‘lar ko‘p, dashtu shaharlari, oqar suvlari bor. Turkistonning eshigidir. U yerga ko‘plab turk qullar keltiriladi. Tog‘lari oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, novshadil (ammiak), simob, chirog‘[sang], poy zahr toshi (bezoar), magnit toshi va [turli] minerallarga boy: u yerda tabarxun va antiqa dorilar tayyorlashda ishlatiladigan giyohlar bor. Qadimda Farg‘ona podshohlari muxtoriyat [huquqiga ega] podshohlardan bo‘lganlar va ularni dehqon deyishgan[2:15]. Chirog‘[sang]- yonartosh- fors, toshpaxta, yoki qora mum deb ataluvchi neft, arab tilida u hajar al- fatala deb ataladi[3:186]. M. Masson fikriga ko‘ra, bu atama asbestga nisbatan ishlatilgan. Beruniy fikriga ko‘ra, bu yerda ozokerit nazarda tutilgan. Bu toshga yog‘surtilsa, u cho‘g‘ga o‘xshab yongan. Uning hajmi kamayganda, uni olovga tashlasa, u yana o‘z holiga qaytgan. Al-Moqaddasining yozishicha, O‘rta asrlarda undan tosh dasturxonlar ishlab chiqarilgan, agar kir bo‘lsa, uni olovda yondirishar va uning kirlari ketib, yana toza bo‘lgan. Yonish xususiyatiga ega bo‘lgan tosh so‘nggi asr manbalarida Maxmud ibn Vali ham qayd etilgan [4:23;65;92.]. Badaxshonda bu tosh XX asr boshlarida ham ma’lum bo‘lib, Gumay va Darvoza tog‘laridan olingan. Bu yerdagi Qal’ai Vamar qishlog‘idan quyiroqda joylashgan bir tog‘Fatila sang, ya’ni «fatila toshi» deb ataladi. Odamlar bu toshni fitil sifatida ishlatganlar, bu toshlardan bittasi bir yilga yetar edi[5:30- 31]. Yana «Chadg‘al[6] - Farg‘onadagi nohiyat, tog‘-daralarda joylashgan: shaharchalari bor. Qishloqlari ko‘p. U yerda qo‘rg‘oshin qazib olinadi. Ma’danlar bor. Ko‘plab qo‘y boqiladi», - deb xabar beriladi[2:15]. Mazkur vodiyga tegishli bo‘lgan “Axsikat[7] - Farg‘onaning qasabasi. Amir va mas’ul a’yonlarning qarorgohi erur: katta shahar, Xashart daryosi bo‘yida joylashagan: tog‘etagida. Uning tog‘larida kumush va oltin konlari ko‘p. Odamlari musallasni ko‘p ichadi[2:16]”- deb ta’riflanadi. Ushbu vodiyga oid Yasho‘x- shaharchasi bo‘lib, u yerdan simob [qazib] olinganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Qo‘qon xonligi xududiga tegishli Toshkent viloyati Ohangaron vodiysi, qadimdagi Iloq haqidagi qiziqarli ma’lumotlar diqqatga sazovordir. «Iloq - katta nohiyat, tog‘va cho‘l oralig‘ida joylashgan. Aholisi ko‘p, ekinzorlari bor, obod joy: odamlari oddiy. Unda shahar va rustolar ko‘p. Rustolar aholisida ko‘proq oq kiyimlilar odati bor. Ular jangavor va qat’iyatli. Tog‘larida kumu shva oltin koni bor. Uning hududi Farg‘ona, Jadg‘al (Chadg‘al) va Choch hamda Xashart daryosi bilan tutash. Bu nohiyat hokimlarini Iloq dehqonlar muhtoriyat [huquqiga ega] hokimlar edi»,-deb yozilgan[2:17].

XVII asr oid Muhammad Haydarning “Shujoi Haydari” asarida “Turonda ming qavmi odamlarining ko‘pchiligi oltin qazib olish bilan shug‘ullanadi. Ming qavmi yashaydigan hududlarning pastki qismlarida tog‘lar joylashgan. Ushbu tog‘larda feruza va la’l, oltin mavjud. Bu hududga Xifchoq (Qipchoq) yerlari ulanib ketadi va tog‘lar mazkur hududgacha cho‘zilgan. Bu mamlakat yerlari serhosil va o‘tloqlari ko‘p, oqava suvlari serobdir. U yer aholisi bahodir bo‘lib, qizil va oq tanlidir. Bu yerlar Turon podshohlari boshqaruvidagi tog‘li hududlardir. Bu tog‘lardan la’l qazib olinadi. Bu viloyat juda go‘zal va oboddir”[8:7b. v] degan ma’lumotlari diqqatga sazovordir. Muhammad Haydar Farg‘ona tog‘laridan feruza, la’l, oltin qazib olinganligi haqidagi ma’lumoti boshqa manbalarda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Sayid Muhammad Tohir ibn Abul Qosim tomonidan 1640-yilda yozilgan “Ajoyib at-taboqat” (“Yer tabaqalarining ajoyibotlari”) asarida “Farg‘ona tog‘larida oltin, mis, temir, simob, feruza, bisiyordir” – deb eslatib o‘tadi[9:171b.v.]. U fikrini davom ettirib, “Farg‘ona tog‘larida qishda iliq haroratli havo, yozda esa salqin bo‘ladi. Oltin va kumush kabi qimmatbaho ma’danlar u yerdagi tog‘dagi g‘orlarda ko‘p topiladi. O‘shda navshadil koni bor. Farg‘ona, Movarounnahr va Turkiston shaharlari yaxshi ishlarga barakali joylardir” – deb qayd etadi. Xonlikning turli hududlarida joylashgan konlar haqida tarixiy manbalar talaygina ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ularga ko‘ra, Namanganning sharqida, Ketmontepa bo‘ylab temir qazib olinishi haqida ma’lumotlar mavjud. Chust qishlog‘i aholisi po‘lat eritgan. Toshkentdan 65 km uzoqlikda joylashgan Burchmulla qishlog‘i yaqinidagi tog‘lardan sifatli ma’dan qazib olingan[10:2]. Toshkentliklar Qoratov tog‘larida qazib olingan temirdan yaxshi cho‘yan eritganlar. Bunday cho‘yan idish-tovoq tayyorlash uchun yaroqli bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, temir rudasi yaxshi tozalanmaganligi sababli aholining oz qismigina temirdan foydalangan. Qazib olingan rudaning bu miqdori ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetarli bo‘lmaganligi uchun toshkentliklar Rossiyadan temir sotib olganlar. Qo‘shota vodiysida, Koson daryosidan 4 km. masofada temir qazib olingan va eritilgan[11:33]. Tuyuqsuv soylaridan ham ma’dan qazib olingan, keyinchalik Qashqasuvda qayta ishlangan, u yerda eritish pechlari bo‘lgan[11:157]. Manbada konlar joylashgan yana bir hudud bu - «Kuhisim» tilga olinadi. Ya’ni, «Kuhisim – shaharcha, tog‘yon bag‘rida. Uning tog‘ida kumush koni bor». Bu manzil Nishboshsoyning bo‘yida, Qurama tog‘lari etagida joylashgan o‘rta asr aholi maskani. Hozirgi aholi qadimgi shahar o‘rnini Qo‘rg‘ontepa deb ataydi. Manbada Daxkas shaharchasi «tog‘larida margimush [qazib] olinishi haqida eslatib o‘tiladi[2:17]. O. Burievning aniqlashicha, Daxkas-Daxket- Ohangaron daryosining vodiysining yuqori havzasida joylashgan eng baland tog‘manzilgohi. Dukentsoyning o‘ng sohilida, hozirda u yerda Dukent qishlog‘i bor. Qo‘qon xonligi tarixiy hududlariga tegishli yana bir kon Sanglinj tog‘etagida joylashgan: Badaxshon yoquti va la’li (konlari) ana shu tog‘da. Kon yaqinida issiq ko‘l ham bor bo‘lgan[2:21].

X asr Ibn Havqal Farg‘ona konlari haqida quyidagilarni xabar beradi, «… Farg‘onada Naqod, Axsikat va boshqa [shaharlar]ning nohiyalarida oltin va kumush konlari [bor]. Simob Suxda, uning tog‘larida [qazib] olinadi. Yuqori Nayso nohiyasida qatron, toshpaxta, oltin, kumush, feruza [toshi] temir, sariq mis va qalay konlari [ bor]. Asbarada qora toshlardan [iborat] tog‘bo‘lib, bu [toshlar] ko‘mirga o‘xshab yonadi. Ularning kuli bilan kiyimlar oqartiriladi. Asbarada [rang-barang] slyuda tog‘lari ham bor. Uning bir qismi saqichga o‘xshash qora, boshqasi – ochiq qizil, uchinnchisi- och sariq. Farg‘ona tog‘larida at- tabarxun o‘simligi [o‘sadi], uning urug‘lari har xil mamlakatlarga olib ketiladi, shuningdek al-kuzanjon [o‘simligi] ulardan boshqa hech qaerda bo‘lmaydi. Bu nohiyalarda va turklarning nohiyalarida al- Buttam [tog‘lari]idagi kabi ko‘p miqdorda novshadil olinadi.»[13:82]. Oltin konlari asosan 3 yerda – Axsikat yaqinidagi Kosonsoy vodiysida, Naqod tog‘lari (Qubo yaqinida) va Yuqori Nayso tumani (So‘x vodiysi)da to‘plangan[14:29]. Simob so‘zi fors tilida «kumush suv» ma’nosini bildirgan. Bu ma’dan uchuvchanligi tufayli «ruxlar» guruhiga kiritilgan bo‘lib, Utorid (Merkuriy) sayyorasiga nisbatan qilingan. Qadimgi fors tilida simobga nisbatan jiva so‘zi ham ishlatilgan[15:90-94]. Massonning yozishicha, So‘x va Isfara orasidagidavonlardan biri hozirgacha Simob deb ataladi.Qadimgi simob konlarining izlari O‘shdan tortib to Xo‘ja Baqirg‘onsoygacha bo‘lgan keng hududda hozir ham ko‘plab uchraydi[14:29]. «Slyuda» - shaffof mineral. Bu tosh talq deb ham atalgan bo‘lib, uning nomiqadimgi fors tilidagi talk so‘zidan olinagan. Talk oson ishlov beriladigan tog‘jinsi bo‘lib, asosan uy ro‘zg‘or buyumlari (qozonlar) yasa shva imoratlarni bezash ishlarida qo‘llanilgan. Jizzah va Nurota atroflarida ham ko‘p talk konlari izlari topilgan[13:300]. Amerikalik diplomat Yujin Skaylerning yozishicha, XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoga sayohati davomida Qo‘qon haqida ko‘rgankechirganlaridan quyidagilarni qayd etadi: «biz o‘tgan turli imoratlar ichida zarbxonada ishchilar pul emas, egar- jabduqlar uchun kumush bezaklar yasashar, bizga ma’lum qilishlaricha, zarbxona ustasi saroy zargari ham hisoblanib, xon buyurtmasiga ko‘ra talab qilingan kumush yoki oltindan tayyorlangan kichik narsalarga ishlov berar edi. Boshqa xona qurol-aslaha quyishga moslashgan bo‘lib, bir qancha qurollar ko‘zga tashlanar va ular endigina tayyorlangan edi. Qurolaslahaning boshqa bir xonasi Berdan soyli miltiqlarni yasashga mo‘ljallangan»[16:254]. Qimmatbaho metallaga ishlov beruvchi hunarmandlar zargarlak, egar jabduq yasash, pichoqlarga qimmatbaho toshlar qadash, tanga zarb qilish ishlaridan ham boxabar bo‘lishganligi diqqatga sazovordir. Mahaliy ustalar, metall bilan, qimmatbaho toshlarga ishlov berish faoliyati bilan bog‘liq hunarmandlar o‘z mahsulotlarini mahalliy konlardan olingan xom ashyodan tayyorlagan. Xususan, pichoqlar dastasiga ishlatiladigan toshlar ham mahalliy konlardan olingan.

Bobur O‘sh haqida yozgan ma’lumotida: «Umarshayx mirzoning oxir zamonlarida qizil bila oq mavjliq tosh ushbu tog‘da paydo bo‘ldi: pichoq dastasi va tikband va ba’zi nimalar qilurlar. Xeyli yaxshi toshdur. Farg‘ona viloyatida safo va havoda O‘sh chog‘liq qasaba yo‘qdur.» deb xabar beradi.[16:268]. XIX asr o‘rtalariga oid manbalarning birida Sirdaryoning yuqori qismi va unda oqib keluvchi daryo irmoqlari atrofidagi qum oltinga boy bo‘lib, unda sof tabiiy oltin ko‘p topilgan. Shunday tabiiy oltinga boy hudud Qoshg‘ar davonda, Qo‘qonning janubida ham topilagan. Ushbu yerlarda tog‘li tojik aholisi yashaydi. Bu yerning aholisi daryodan hamda bulo va chashmalar atrofidan ko‘p oltin topib, uni sotish uchun Qo‘qon va Marg‘ilonga olib keladilar. Chirchiq daryosi Kendir Tau tog‘idan oqib keladi va Sirdaryoga quyiladigan joyida, Toshkent yaqinida oltin mo‘l bo‘lgan joylar mavjud bo‘lgan. Toshkent hukmdori oltin olishning juda oqilona usulini topishgan. Oltin mo‘l bo‘lgan joylarni anqlab, o‘sha joylarga bir necha gilamlarni daryo suvi oqizib ketmaydigan qilib joylashtirilgan. Gilamlar tuklari oqimga qarshi holatda joylangan va shu holatda qoldirib, bir ikki kunda gilamlar tuklariga metall zarralari, donalari ilinib qolgan. Keyin ushbu gilamlarni siqib olinib, quritilgan va qoqib oltin zarra va donlar to‘plangan. Chirchiqning yuqori qismida daryo bo‘yi oltinli qum juda serob bo‘lib, uni yaxshi yig‘ib olinsa ko‘p foyda olingan. Qo‘qon xonligida XIX asr boshlarida xon oldiga 3-4 tatar millatiga mansub kishilar kelgan. Ular Roosiyaning oltin zavodidan qochgan qochoq shaxslar bo‘lib, xonga Alatau tog‘ida oltinni yuvish orqali sof oltin olib berish ishini taklif qilganlar. Xon ularning taklifini qabul qilgan va ularga yetarli darajada xavfsizligini ta’minlovchi soqchilar guruhini bergan. Undan tashqari joylardagi shahar xokimlarga ma’lum qilib, shahar va qishloqlar aholisi ularga hamkorlik qilib, nima yordam so‘rasa qanoatlantirilishi haqida ko‘rsatma bergan. Bu tatar millatiga mansub shaxslar bir qancha yangi oltin mavjud konlar joyini topgan edi. Ammo ularni qo‘riqlayotgan askarlar tog‘li noqulay sharoitda yurish joniga tegib, tez-tez ochlik, qahraton sovuq, izg‘irindan toliqib, bu konchilarni o‘ldirgan. Xonga esa ular baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi deb, ma’lumot berganlar[1:183-184]. Mahalliy tog‘-konchilik ishlarini rivojlantirishda tog‘konchilik sohasida tajribaga ega xorijlik shaxslarning ham hamkorligi bo‘lganligidan dalolat beradi. Ammo bu hamkorlik doimo yaxshi samarali yakunlanmagan bo‘lishi achinarli holat, albatta. Ammo bunday hamkorlik mahalliy konlarni o‘zlashtirilishida, ularni davlat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida foydalanishga xizmat qilishi mumkin edi. Kumushga boy konlar Sirdaryoning shimoliy tomonida, Alatau tog‘ida ko‘plab joylashgan edi. Namangandan ikki kunlik masofadagi yerdan kumush olingan. Aholi yozning uch oyida kumushni qazib olganlar. Boshqa payt bu yerda sovuq hukmron bo‘lgan, qalin qor yog‘gan. Bu tog‘ning eng baland joyi bo‘lib, rudaga boy bo‘lgan. Namangandan 4 kunlik masofada Ketmontepa yo‘lida yana bir kumush koni bo‘lgan. 1839 yil xon u yerga konchilarni jo‘natgan. Ular 1000 charik ruda qazib olib keldila. Undan 100 chorik qo‘rg‘oshin chiqqan. Unga ishlov berilganda esa, 1 chorik toza kumush olingan. Kumush olish jarayoni juda murakkab va qiyin bo‘lgan. Bunga sabab suv tanqisligi va Alatauning bu joyida

juda kuchli sovuq izg‘irinli shamol halaqit bergan.Deyarli barcha konchi ishchilar kasal bo‘lib qaytgan[1:184]. Qo‘qonda har yili bir oz miqdorda mis olingan. Qo‘qonliklar aytishicha, bir tog‘li davon bo‘lib. Mis rudasiga juda ko‘p. U yerning havosi toza emasligidan konchi ishchilari u yerda uzoq qololmagan. Temir rudasi Xo‘jand yaqinidagi tog‘lardan olingan. Toshkentning atrofida ham temir konlari mavjud. Alatau tog‘ida qo‘rg‘oshin rudali kon bo‘lib, harbiy qo‘shin qurollari uchun bo‘lgan ehtiyojni to‘la qoplagan. Qo‘qonda faxrlanishga arzugulik, Badaxshon feruzasi sifatidak sifatli feruza ham qazib olingan. Yaxshi feruza sof havo rangda bo‘lib, hech qanday dog‘larsiz bo‘lgan. Isfara shahri yaqinidan va daryoning yuqori oqimidan Qo‘qonga o‘tadigan qismidan shunday sifatli feruza olingan. Tog‘li tojik aholisi feruzani qazib olish ishlari biolan shug‘ullangan. Mahsulotni Qo‘qon va Marg‘ilonga olib kelib sotgan. Feruzaning ulgurji savdosi o‘tkazilib, olib sotuvchilar feruzani katta bo‘lak granitini kichik qismlarga bo‘lib sotib ham foyda ko‘rganlar. Feruzaning past navlisi sal yashil tusli bo‘lgan. Isfara atroflarida tog‘da Qora-qirg‘izlar yashovchi joylarda firuzadan tashqari, zumrad, yoqut, qizil yoqut ham qazib olganlar va savdosi bilan shug‘ullanganlar. Ularning eng yaxshi koni Lal- kon degan joyda bo‘lgan. Boshqa joylarda lapis-lazurit ko‘p uchragan. Qo‘qon yoqut toshi juda qadlangan va qimmatbaho sanalgan. Yu.Skaylerning Qo‘qon haqida yozishicha, «xonlikda joylashgan tog‘lar minerallarga boy. Isfara yaqinida va bir necha shimoliy tog‘larda ko‘mir qazilma boyliklarining konlari topilgan. Neft va neft quduqlari ko‘plab joylarda, ayniqsa xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari, Ketmontepa yaqinida topilgan. Aytishlaricha, mis, qo‘rg‘oshin va temir, ush bilan birga sifati past feruza ham topilgan.»[16:271] Oltingugurt va selitra juda ko‘pligidan bu yerda arzon mahsulot sanalgan. Xoning porx ishlab chiqaruvchi zovodlari Qo‘qon shahrida bo‘lib, asosan mahalliy xom ashyodan tayyorlanadi. Tuz konlarining katta qismi Qoshg‘ar devonda, O‘sh yaqinida bo‘lgan. Sof tuz ko‘p joylardan olingan. Xo‘jand va Toshkent oralig‘ida joylashgan Kender tau tog‘idan ham olinagan. Sharqshunos olim A. Kunning shahidlik berishicha, “Qo‘qonning mineral boyliklari kam o‘rganilgan. Tuzdan tashqari boshqa ma’danlarni mahalliy xalq qayta ishlamaydi. So‘nggi davrlarda Hudoyorxon rus mutaxassislari ko‘magida bir necha neft konlarni ishga soldi va kerosin olib, Toshkentga olib kelgan”. Yuqoridagi ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, sharqshunos olim A. Kunning mulohazalarini to‘la tasdig‘ini topgan deb bo‘lmaydi.. Mahalliy aholi o‘zlari yashayotgan hududdagi ma’danlarni imkon qadar qayta ishlashga harakat qilgan. Faqat ular o‘z davriga nisbatan takomilalashgan samarali usul va vositalarni qo‘llay olmagan. Ushbu qaloq usullar foydali ma’danlarni ko‘p xarj evaziga, xom ashyoni ko‘p isrof etilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xullas, Qo‘qon xonligida har yili bir necha pud oltin olingan. Shuning uchun Qo‘qon va Marg‘ilon bozorlarida oltinning tez- tez sotuvga chiqarilish holatlari manbalarda qayd etilgan. Qo‘qonda sifati yuqori feruza va yoqut olinib, o‘z davrida mashhurlikka erishgan. Tog‘-kon ishlarida mahalliy aholi orasiga kelib

qo‘shilgan bashqa mamlakat vakilaridan bu sohada ilg‘or bo‘lgan xorijiy tajriba o‘rganish imkoniyati bo‘lgan. Aksariyat tog‘- kon ishlari, konchilar mehnati og‘ir va qimmatga tushganligi bois, mamlakatning hukmdori ushbu ishlarni molyalashtirgan

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. Обозрение Коканского ханства в нынешнем его состоянии. // ЗРГО кн. III. – CПб. 1849.
  2. Ҳудуд ул-олам //форс тилидан таржима, сўз боши, изоҳлар ва жой номлари кўрсаткичи муаллифи О. Бўриев.- Т. «Ўзбекистон»-2008.
  3. Ал-Беруни, Абу-р-Райхан Мухаммед ибн Ахмед. Собрание сведеней для познания драгоценностей (Минералогия) / Перевод А.М.Беленицкого. –Л. 1963.
  4. Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородных (География)/ Введение, перевод, примечания. Указатели Б.А.Ахмедова. –Т, 1977. – С 23.
  5. Кушкеки, Бурхан уд-дин Хан. Каттаган и Бадахшан. Данные по географии страны, естественно- историческим, условиям, населению, экономике и путям сообщения с 34 картами / Перевод с персидского В.В. Введенского, Б.И.Долгополова и Е.В.Левкиевского. - Т -1926 – С.197.; Массон М.Е. К истории горного дело на территории Узбекистана. – Т. 1953.
  6. Чадғал- ҳозирги Чотқол тизмаси (Ғарбий Тяньшанда) // Ҳудуд ул-олам //форс тилидан таржима, сўз боши, изоҳлар ва жой номлари кўрсаткичи муаллифи О. Бўриев.- Т. «Ўзбекистон»-2008.
  7. Ахсикат- Сирдарё бўйидаги ўрта аср шаҳри: унинг харобалари Наманган вилоятидаги Задарё туманинг Ахси қишлоғида.// Ҳудуд ул-олам //форс тилидан таржима, сўз боши, изоҳлар ва жой номлари кўрсаткичи муаллифи О. Бўриев.- Т. «Ўзбекистон»-2008.
  8. Muhammad Haydar. Shujoi Haydari. O‘zRFASHI in № 2467 raqamli qo‘lyozma - 7б varaq.
  9. Muhammad Tohir ibn Abdul Qosim. Ajoyib at- taboqat. O‘z R FA SHA № 9042, 171b varaq .
  10. Веберь В. Древняя и современная руддопромышленность Туркестана // Поверхность и недра № 4 (13) – Петроград. 1917.
  11. Мушкетов И.В. Путешествие на Алай и Памир в 1877 году. - Собр. Соч., вып. 2, – СПб., 1912.
  12. Емельянов Н. Материалы для статистики горной промышленности Туркестанского края. // Туркестанскиe сборник. Т. 459. – Тошкент. 1909.
  13. Ибн Ҳавқал. Китоб сурат ал-ард. //араб тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи, т.ф.д.,проф. Ш.С.Камолиддин. – Т. 2011.
  14. Массон М.Е. К истории горного дело на территории Узбекистана. – Т. 1953.
  15. Каримова С.У. IX-XI аср кимё ва доришунослик фанлари тарққиётида Марказий Осиё олимларининг ўрни. – Т. 2002.
  16. Южин Скайлер. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага саёҳат қайдлари / кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи- т.ф..н., доц. З.А.Саидбобоев – Тошкент «O’ZBEKISTON». 2019.
  17. Обозрение Коканского ханства в нынешнем его состоянии. // ЗРГО кн. III. – CПб. 1849.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011085
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/51
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
232–239
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08