Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONA VODIYSI VA TOSHKENT JADIDLARI

    Nabijanov Umidjon Abdugani oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada yurtimizning Farg‘ona vodiysi, ya‘ni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududidan yetishib chiqqan jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti, ilmiy faoliyati va jadidchilikda biz uchun qoldirgan meroslari haqida ma‘lumot berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NAMANGAN VILOYATIDAGI OLIY O‘QUV YURTLARI TASHKIL TOPISHI.

    Ergashev Jaxongir Abdurasul oglu, · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu ilmiy maqola Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarining tashkil topishi va rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada sovet davrida viloyatda oliy ta‘lim muassasalarining tashkil etilishi, ular orqali mutaxassislar tayyorlash jarayoni, ta‘lim tizimining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, viloyatdagi ilmiy va madaniy hayotning shakllanishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Davlat siyosati va ta‘lim tizimi o‘zgarishlarining Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatiga qanday ta‘sir ko‘rsatganligi, ta‘limda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar va mutaxassisliklar muhokama qilinadi. Maqola viloyat ta‘lim tizimining rivojlanishi va oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdagi o‘rnini tushunishga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONA VODIYSI HUDUDLARI EKOLOGIYASINI SOG‘LOMLASHTIRISH MASALASI (TARIXIY TAXLIL)

    Norkuziyev Dadakhon Rakhmonjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlarida ekologiyasining holati hamda uning sog‘lomlashtirish jihatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘RGANISHDAGI MADANIY MEROS OBYEKTLARINING O‘RNI (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)

    Rasulov Ma‘murjon Foziljonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixini o‘rganishda madaniy meros obyektlarining o‘rni Farg‘ona viloyati misolida tadqiq etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SOVET TUZUMI DAVRIDA QATAG‘ON ORGANLARI

    Anvar Abdullaev, R. Khusainov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur makolada qatag‘on organlari ichida  xalqni ayovsiz terror qilgan inqilobiy tribunallar, Oliy inqilobiy tribunal va uning qoshida tashkil etilgan favkulodda tergov komissiyalari alohida rol o‘ynagan. 1918 yil  18 noyabrda Turkiston markaziy ijroiy qo‘mitasining inqilobiy tribunali tashkil etilgan va ular qoshida tergov komissiyasi va ayblovchilar xay‘ati tashkil etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONADA TEMIR YO‘LLAR QURILISHIGA MILLIY ZIYOLI VA TARAQQIYPARVARLAR MUNOSABATI

    Togaeva Anora Zayniddinovna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi temir yo‘l transportining vujudga, kelishi, uning tarixiy shart-sharoitlari, islohotdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar hamda mazkur qurilishga milliy ziyoli va taraqqiyparvarlarning munosabatlari haqida so‘z ketadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NAMANGANDA MAORIF MASALASI

    Dilfuza Mukhammadinovna Nasretdinova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Tukistonda maorif sohasini yo‘lga qo‘yilishi, xususan, Namanganda maorif sohasini o‘ziga xosl tarzda shakllanishi rus-tuzem maktablari va an‘anaviy maktablarning faoliyati, Namangandagi an‘anaviy qizlar maktablarini tashkil etiliashi, masjidlar qoshida faoliyat yuritgan qizlar an‘anaviy maktablari hamda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida xotiq-qizlar maorifi masalasini qanday hal etilganligi, mazkur jarayonlarda tatar muallimalarining ishtiroki masalasi yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGI DIPLOMATIK ALOQALARIDA ELCHILIKLARNING TARKIBI

    Sherzodkhan Mahmudov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining tashqi siyosati doirasida olib borilgan diplomatik aloqalar va ushbu aloqalarda ishtirok etgan elchiliklar tarkibi tahlil qilinadi. Xususan, elchilik delegatsiyalarining ijtimoiy-ma‘muriy maqomi, ularning vazifalari, soni, tarkibidagi shaxslar va ularning tayyorlanish darajasi tarixiy manbalar asosida o‘rganiladi. Maqolada Qo‘qon xonligi tashqi siyosatining o‘ziga xos jihatlari, qo‘shni davlatlar bilan olib borilgan muzokaralarda elchilar tutgan o‘rni va roli ham yoritiladi. Tadqiqot, ayniqsa, 18–19-asrlardagi elchilik amaliyotini yoritishda muhim manba va ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AMIR TEMUR VA AMIR HUSAYN MUNOSABATLARINING BUZILISHIGA ASOSIY SABABLAR

    Hakimov is the son of Adhambek Ahmadjon · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada tarixiy manbalar va adabiyotlar tahlili asosida Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‘lgan voqea va hodisalar tafsilotlari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONA VODIYSINING O‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI VA MADANIYATI

    Ahmadjanova Umidaxon Tohirjon kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada qadimgi Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar davri tarixi va madaniyati haqida o‘rganiladi.  Shu bilan birga Buyuk ipak yo‘lining ahmiyati, Farg‘ona vodiysining kulolchiligi, hunarmandchiligi va savdo aloqalarining taraqqiyoti tarixi haqida ma‘lumot berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGIDAGI MA‘MURIY- HUDUDIY TUZILISHI VA XONLIKNING AHOLISI.

    Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining ma‘muriy-hududiy tuzilishi, uning siyosiy va boshqaruv tizimi, shuningdek, xonlik hududida yashagan aholi soni, tarkibi va etnik xilma-xilligi haqida so‘z yuritiladi. Asarda xonlikka qarashli viloyatlar, tumanlar va ularning boshqaruv shakllari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi ko‘chmanchi va joylashgan guruhlarga bo‘linib, ularning xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy tuzilishi kontekstida ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGIDA MA‘NAVIY VA MADANIY HAYOT.

    Musajonova Feruzabonu Abdusamad qizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu ilmiy maqolada O‘rta Osiyo xonliklaridan biri bo‘lgan Qo‘qon xonligining ma‘naviy va madaniy hayoti, xonlik davridagi ta‘lim, ilm-fan taraqqiyoti, adabiyot va san‘ati, me‘morchiligi kabi muhim masalalarga e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGIDA ILM-FAN, ADABIYOT VA TARIXNAVISLIK.

    Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi davrida ilm-fan, adabiyot va tarixnavislik sohalarining rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Xonlik davrida yuzaga kelgan madaniy muhit, ilmiy-ma‘rifiy faoliyatga bo‘lgan e‘tibor va bu boradagi davlat siyosati asosida shakllangan ilmiy maktablar va adabiy an‘analar ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TURK SAVDOGARI ABDURAHIM AFANDINING QO‘QON XONLIGI BILAN BOG‘LIQ TAQDIRI

    Kuldoshev Sherali Temiralievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada, Usmoniylar imperiyasi va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi siyosiy, harbiy va madaniy aloqalariga o‘z hissasini qo‘shgan istanbullik savdogar Og‘a Abdurahim afandi ibn Abdualazizning hayoti va faoliyati haqida yoritilgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Qo‘qon xonligining harbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida qilgan sayi-xarakatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon xonligining oxirgi hukmdori Xudoyorxon va uning avlodlari bilan bo‘lgan do‘stona munosabati tarixiy manba va adabiyotlar asosida o‘rganildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGINING VUJUDGA KELISHI TARIXI.

    Kholikova Muattarkhon Husniddin kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ma‘lumki Qo‘qon xonligi O‘zbek davlatchiligida mauhim o‘rin egallaydi Buxoro amirligi va Xiva xonligi singari.Qo‘qon xonligi tshkil topishi jarayoni SHoxruh biy bilan bog‘liq jarayon sifatida aloxida ahamyat kasb etadi. XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGINI IQTISODIY VA SIYOSIY MUAMMOLARI.

    Khaydarov Sulaymon Amirkulovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining tashkil topishi, siyosiy boshqaruvi, harbiy yurishlari, iqtisodiy rivojlanishi va Rossiya imperiyasi bilan munosabatlari yoritilgan. Xonlikning ichki va tashqi siyosiy beqarorligi, hududiy ekspansiya muammolari, iqtisodiy qiyinchiliklari va bosqinlar natijasida mustaqilligini yo‘qotish sabablari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qo‘qon xonligining siyosiy tuzilishi, iqtisodiy strategiyalari va xalqaro aloqalarining zaif jihatlari ochib beriladi. Xonlikning ichki ziddiyatlari va davlat boshqaruvidagi muammolar uning qisqa umr ko‘rishiga sabab bo‘lib, bu Markaziy Osiyo tarixida muhim voqea hisoblanadi. Ushbu maqola Qo‘qon xonligining tarixiy muammolarini tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGIDA SAVDO VA PUL MUNOSABATI.

    Bozorova Maftuna Ilhomjon kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining savdo va pul munosabatlari tahlil qilinadi. Xonlik Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy markazlardan biri bo‘lib, xalqaro va ichki savdo rivojlangan hududlardan biri hisoblangan. Xitoy, Hindiston, Rossiya va Buxoro bilan olib borilgan savdo aloqalari Qo‘qon iqtisodiyotiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatgan. Xonlikning pul tizimi, soliq siyosati, bojxona tartiblari va savdogarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil yoritiladi. Shuningdek, Qo‘qon xonligining iqtisodiy siyosati, karvon yo‘llari va savdo markazlari tahlil qilinib, uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGIDA MANSAB VA UNVONLAR

    Nabijonov Umidjon Abdugani oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqola Qo‘qon xonligida mansab va unvonlar tizimi davlat boshqaruvi, harbiy tuzilma va ijtimoiy ierarxiyasi,martabali amaldorlar, harbiy qo‘mondonlar, diniy rahbarlar va mahalliy boshliqlar va qo‘shbegi, mingboshi, devonbegi kabi yuqori martabali amaldorlar faoliyati hamda harbiy sohada to‘qsaba, yuzboshi, o‘n boshi kabi unvonlar haqida ma‘lumot berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QO‘QON XONLIGI SIYOSIY HAYOTIDA TOG‘LI TOJIKLARNING O‘RNI (Muhammad Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix” asari ma‘lumotlari asosida)

    Abdukarimov Jamoliddin Ahmadalievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada so‘z Qo‘qon xonligining XIX asr birinchi yarmidagi siyosiy va‘iyati va unda tog‘li tojiklarning o‘rni tahlil qilingan. Mavzuga oid masalalar Qo‘qon xonligi tarixnavislik maktabining yirik vakili Muhammad Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix” asari ma‘lumotlari asosida keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    “BOBURNOMA”DA MOVAROUNNAHRNING TASHQI ALOQALARI XUSUSIDA

    Anvar Ashurovich Ergoziev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Movarounnahrning XV  asr tarixiga bag‘ishlangan memuar asarda mintaqaning tashqi aloqalari, ushbu aloqalarning yo‘nalishlari, Movarounnahrni xorijiy mamlakatlar bilan bog‘lagan savdo yo‘llari, ushbu yo‘llar orqali xorij mamlakatlarga olib chiqilgan mahsulotlar tarkibi haqida ma‘lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, haj mavsumida maovarounnahr xojilarining haj safariga eltuvchi yo‘llar haqida ma‘lumot beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish