NAMANGANDA MAORIF MASALASI
Dilfuza Mukhammadinovna Nasretdinova“University of Business and Science”«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 28–31
Annotatsiya
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Tukistonda maorif sohasini yo‘lga qo‘yilishi, xususan, Namanganda maorif sohasini o‘ziga xosl tarzda shakllanishi rus-tuzem maktablari va an‘anaviy maktablarning faoliyati, Namangandagi an‘anaviy qizlar maktablarini tashkil etiliashi, masjidlar qoshida faoliyat yuritgan qizlar an‘anaviy maktablari hamda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida xotiq-qizlar maorifi masalasini qanday hal etilganligi, mazkur jarayonlarda tatar muallimalarining ishtiroki masalasi yoritib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВОПРОС ПРОСВЕЩЕНИЯ В НАМАНГАНЕ
В статье рассматривается становление сферы просвещения в Туркестане в период Российской империи, в частности, своеобразие формирования сферы образования в Намангане, деятельность школ русского образца и традиционных школ, создание традиционных женских школ в Намангане, традиционные женские школы при мечетях, а также то, как решался вопрос женское просвещение в первые годы советской власти и участие татарских учителей в этих процессах.
inglizchaISSUE EDUCATION IN NAMANGAN REGION
This article discusses the establishment of the education sector in Turkestan during the Russian Empire, in particular, the unique formation of the education sector in Namangan, the activities of Russian-style schools and traditional schools, the establishment of traditional girls‘ schools in Namangan, traditional girls‘ schools operating under mosques, and how the issue of education for girls was resolved in the early years of Soviet power, and the participation of Tatar teachers in these processes.
Kalit so‘zlar
- Rossiya imperiyasi
- Turkiston
- rus –tuzem maktablari
- an‘anaviy qizlar maktablari
- Namangan
- masjidlar qoshidagi qizlar maktablari
- sovet hokimiyatining dastlabki yillari
- qisqa pedagogik kurslar
- pedagogika bilim yurtlari
- muallimlar yetishmasligi
- tatar muallimalari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
Dilfuza Muxammadinovna Nasretdinova “University of Business and Science”«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. e-mail: nasretdinova.dilfuza@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Tukistonda maorif sohasini yo‘lga qo‘yilishi, xususan, Namanganda maorif sohasini o‘ziga xosl tarzda shakllanishi rus-tuzem maktablari va an’anaviy maktablarning faoliyati, Namangandagi an’anaviy qizlar maktablarini tashkil etiliashi, masjidlar qoshida faoliyat yuritgan qizlar an’anaviy maktablari hamda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida xotiq-qizlar maorifi masalasini qanday hal etilganligi, mazkur jarayonlarda tatar muallimalarining ishtiroki masalasi yoritib berilgan. АННОТАЦИЯ. В статье рассматривается становление сферы просвещения в Туркестане в период Российской империи, в частности, своеобразие формирования сферы образования в Намангане, деятельность школ русского образца и традиционных школ, создание традиционных женских школ в Намангане, традиционные женские школы при мечетях, а также то, как решался вопрос женское просвещение в первые годы советской власти и участие татарских учителей в этих процессах. ANNOTATION. This article discusses the establishment of the education sector in Turkestan during the Russian Empire, in particular, the unique formation of the education sector in Namangan, the activities of Russian-style schools and traditional schools, the establishment of traditional girls' schools in Namangan, traditional girls' schools operating under mosques, and how the issue of education for girls was resolved in the early years of Soviet power, and the participation of Tatar teachers in these processes. Kalit so‘zlar. Rossiya imperiyasi, Turkiston, rus –tuzem maktablari, an’anaviy qizlar maktablari, Namangan, masjidlar qoshidagi qizlar maktablari, sovet hokimiyatining dastlabki yillari, qisqa pedagogik kurslar, pedagogika bilim yurtlari, muallimlar yetishmasligi, tatar muallimalari. Ключевые слова. Российская империя, Туркестан, школы русско-туземные школы, традиционные женские школы, Наманган, женские школы при мечетях, первые годы советской власти, краткосрочные педагогические курсы, педагогические училища, нехватка учителей, учителя-татарки. Annotation. Russian Empire, Turkestan, Russian-style schools, traditional girls' schools, Namangan, girls' schools near mosques, early years of Soviet rule, short pedagogical courses, pedagogical schools, teacher shortage, Tatar teachers.
NAMANGANDA MAORIF MASALASI Rossiya imperiyasi Turkistonni istilo qilgach, o‘lkada ruslashtirish siyosatini olib bordi. Maorif sahasida rus-tuzem maktablari va gimnaziyalari tashkil etildi. Ruslashtirish siyosatiga qarshi usuli jadid maktablari ham faoliyat yuritdi. Mazkur
maktablar eski o‘qitish usulidan vos kechib, usuli savtiya asosida dars olib borishni yoqlab chiqdi. Turkistonnnig barcha hududlarida usuli jadid qizlar maktablari faoliyat olib borgan. Mazkur maktablarning dastlabki muallimalari tatar ayollari bo‘lgan. Olib borilgan izlanishlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, o‘lkada otinoyi maktablari ham faoliyatini davom ettirib kelgan. Otinoyi maktablari masjidlar qoshida yoki muallimalarning o‘zlarning uylarida tashkil etilgan. Masalan, Namanganning Chust uezdidagi 1879-yili ro‘yxatga olingan g‘ayrirus maktablari to‘g‘risidagi ma’lumotda Bog‘ishamol mahallasidagi qizlar maktabida 1 muallima 10 nafar qizlarni o‘qitgan. Ko‘k tunlik mahallasida 1 ta qizlar maktabida 1 muallima 15 nafar qizlarga saboq bergan [1,180]. Olmos ko‘cha mahallasida 1 ta qizlar maktabida 1 muallima 7 nafar qizlarni o‘qitgan. Sarimsoq tepa qishlog‘idagi qizlar maktabida 1 muallima 5 nafar qizlarga dars bergan. Morguzar qishlog‘idagi qizlar maktabida 1 muallima 9 nafar qizlarni o‘qitgan. Choduor qishlog‘ida ham qizlar maktabida 1nafar muallima 6 nafar qizlarga dars bergan [2.187]. 1884-yili Namanganning Chust uezdidagi g‘ayrirus maktablari haqidagi berilgan ma’lumotda Chust shahridagi otinoyi Komila Bibining uyidagi qizlar maktabida 8 nafar qizlar ta’lim olgan. Qorixon masjididagi Umruya Bibi uyidagi qizlar maktabida 12 nafar qizlar o‘qigan [3,562]. Axsi volostiga qarashli Janjal qishlog‘ida 1ta qizlar maktabida 1 otinoyi 5 nafar qizlarga dars bergan[4,188]. Chust uezdidagi Qo‘rg‘oncha mahallasida Zabida Bibi uyidagi maktabda uning o‘zi 5 nafar qizlarga ta’lim bergan[5,178]. Kosonsoy volostining yuqori Koson Qishlog‘ida 6 ta qizlar maktabida 6 nafar otinoyi 30 nafar qizlarni o‘qitgan. Quyi Koson qishlog‘ida esa 4 ta qizlar maktabida 4 nafar muallima 16 nafar qizlarga saboq bergan[6,189]. Yuqori ko‘cha mahallasidagi qizlar maktabida 1 nafar muallima 18 nafar qizlarni o‘qitgan. Axsi qishlog‘idagi qizlar maktabida 1 muallima 8 nafar qizlarga dars bergan[7,569]. Mazkur maktablarda faqat qur’on oyatlari o‘rgatilib, dunyoviy fanlar esa o‘qitilmagan. Oktyabr to‘ntarishi (1917) dan so‘ng bolsheviklar xotin-qizlar maorifiga yuqori e’tibor qaratdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, hokimiyatni mustahkamlashda o‘z tarafdorlarini ulardan tayyorlash bo‘lgan. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun esa ularni ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish lozim edi. Hukmron firqa tomonidan madaniy inqilob rejalari ishlab chiqildi. Mahalliy millatning madaniy va diniy merosi inkor etildi. Jadidchilik nomoyandalariga esa dushmanlik kayfiyatidagi munosabat bildirildi. Turkistonning barcha hududlarida savodsizlikni tagatish maktablari tashkil etildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldiki, mahalliy millat xotin-qizlari savodsiz bo‘lmagan. Mahalliy maktablarda islohotlar o‘tkazilishi zamon talabi edi. Shunday talab bilan chiqqan jadidchilik nomoyandalariga esa “Begona unsurlar” sifatida qaraldi. 1918-yildan o‘lkaning barcha hududlarida qisqa muddatli pedagogik kurslar tashkil etildi. Namanganda ham bunday kurslar ochilib, unda dastlab tatar xotinqizlari ta’lim olganlar. Masalan, 1920-yilda Namangandagi №11-sonli Turk maktabi muallimalari Taneeva Zaynab, Yalisheva Nafisa, Kanalyamova Soralar 1918-19-yillarda shu yerda ochilgan qisqa muddatli pedagogik kurslarni tinglagan [8,17]. Savodsizlikni tagatish maktablarining dastlabki muallimalari rus hamda
mahalliy millat tilini yaxshi bilgan tatar ayollaridan iborat bo‘lgan. Mazkur maktablarga muallimalarning yetishmasligi o‘sha davrning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Mazkur muammoni hal etish maqsadida pedagogik bilim yurtlari tashkil etilgan. Bunday bilim yurti Namangan shahrida ham ochilib,Turkiston xalq maorifi komissarligining 1919-yil 6-oktabrdagi burug‘iga ko‘ra, tatar muallimasi Izza-Nur Muhammedova mazkur bilim yurtiga o‘qituvchi etib tayinlanadi[9,152]. Mazkur bilim yurtlari va maktablarda muallimalarning faoliyat ko‘rsatishi osonlik bilan ko‘chmadi. Dastlab mahalliy millat vakillari bunday maktablarning faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qildilar. Jumladan, Ishtirokiyun gazetasining 1919-yil 23-iyulida chop etilgan maqolada Namangan uezdining Pop qishlog‘ida maktab muallimlari bosmachilar tomonidan vahshiyona o‘ldirilganligi qayd etiladi[10,1919.23]. Partiya tomonidan mahalliy millatning diniy va milliy qariyatlari hisobga olinmay turli qarorlar qabul qilingan bu esa mudhish holatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Xalq maorifi komissarligi tomonidan qabul qilingan 1919-yil 25-oktabrdagi qarorida xotinqizlarning o‘qishiga qarshilik qilgan ota-onalar va erkaklar qattiq jazolanishi ta’kidlangan [11,4]. Namangan shahrida tashkil etilgan xotin-qizlar maktablarining dastlabki o‘qituvchilari tatar muallimalari edi. Masalan, Namangan shahrida №11- sonli maxsus qizlar maktabida 1920-yili Burnasheva Robiya, Abaeva Xanifa, Abdulqayumova Bibi-Nafisa va Klebleeva Aziza muallima vazifasida faoliyat ko‘rsatgan[12,29]. Hukmron firqa tatar-boshqird ayollaridan mahalliy milllat xotin-qizlarini maorif sohasiga tortishda foydalangan. Asrlar davomida saqlanib kelgan diniy qadriyatlar mahalliy millat ayollari orasidan yuqoridagi kabi muallimalarning yetishib chiqishiga to‘sqinlik qilardi. Joylarda xotin-qizlar bo‘limlari, klublari, qizil choyxonalari, qo‘shchi uyushmalari tuzilib, ularning qoshida savodsizlikni tugatish kurslari, bichish-tikish va san’at hamda teatr havaskorlik to‘garaklari tashkil etildi. Partiya tomonidan qabul qilingan barcha qarorlarning joylarda bajarilishi katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirildi. Joylarda tashkil etilgan maktablarga o‘quv qurollarining yetishmasligi muammosi ham mavjud edi. Namangan uezdi siyosiy madaniyat (Polit prosvet) bo‘limi boshlig‘i Dementevning 1924-yil 13-avgust Turk bosh siyosiy madaniyat bo‘limi(Turkglavpolitprosvet)ga yuborgan xatida joriy yilda mazkur hududda mavjud bo‘lgan savodsizlikni tagatish maktablariga musulmon tilidagi 500 ta o‘qish kitobi, mahalliy millat tilidagi arifmetika darsliklari hamda barcha zarur o‘quv qurollari yetishmasligi ta’kidlangan. Uning shaxsan o‘zi yuqori tashkilotlar shahar qo‘mita boshqarmasi (Ugorkom) va inqilob qo‘mita boshqrmasi (Urevkom) larga murojaat qilganligi lekin foyda bermaganligini aytib o‘tadi [13,16]. Qo‘shchi uyushmalari esa qishloqlardagi dehqonlarni savodini chiqarish ularni siyosiy madaniyatini oshirish ishlari bilan shug‘ullangan. Masalan, 1925-yil Namangan uezdida tashkil etilgan qo‘shchi uyushmasida 9 ta savodsizlikni bitirish maktabi bo‘lib, unda 300 ta dehqonlar ta’lim olgan[14,1925.27]. Hulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Namangan uezdida xotin-qizlar maorifi podsho hukumati hukmronligi davrida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ldi. Mahalliy millat hukumatning olib borgan har qanday tayziqidan qat’iy nazar o‘z milliy urfodatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Har ikkala siyosiy hukmron doira manfaatlariga zid bo‘lganligi bois, usuli jadid maktablarining keng faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘yilmadi.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYoTLAR. (REFERENCES)
1. O‘z.MA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 180-varaq 2. O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish,180-187 varaqlar 3. O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 562-varaq va orqasi 4. O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 188-varaq va orqasi 5. O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 178-varaq va orqasi 6. O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish,189-varaq va orqasi 7. O‘zMA I.47-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 150-ish, 568-569 varaqlar 8. O‘zMA R.34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 531-ish,5-4-17 varaqlar 9. O‘zMA R-34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 114-ish, 152-varaq 10. Rafiqiy. Namanganda maorif ishlari // Ishtirokiyun, 1919, 23-iyul 11. O‘zMA R 34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 386-ish, 4-varaq va orqasi 12. O‘zMA R.34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 531-varaq, 6-14-18-29-varaqlar 13. O‘zMA R.34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 2019-ish, 15-16 varaqlar 14. Namanganda qo‘shchilar harakati //Qizil O‘zbekiston, 1925, 27-mart
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar14 ta adabiyot
- O‘z.MA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 180-varaq
- O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish,180-187 varaqlar
- O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 562-varaq va orqasi
- O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 188-varaq va orqasi
- O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish, 178-varaq va orqasi
- O‘zMA I.47-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 150-ish,189-varaq va orqasi
- O‘zMA I.47-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 150-ish, 568-569 varaqlar
- O‘zMA R.34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 531-ish,5-4-17 varaqlar
- O‘zMA R-34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 114-ish, 152-varaq
- Rafiqiy. Namanganda maorif ishlari // Ishtirokiyun, 1919, 23-iyul
- O‘zMA R 34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 386-ish, 4-varaq va orqasi
- O‘zMA R.34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 531-varaq, 6-14-18-29-varaqlar
- O‘zMA R.34-jamg‘arma,1-ro‘yxat, 2019-ish, 15-16 varaqlar
- Namanganda qo‘shchilar harakati //Qizil O‘zbekiston, 1925, 27-mart
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011100
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/69
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 28–31
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25