QO‘QON XONLIGIDAGI MA‘MURIY- HUDUDIY TUZILISHI VA XONLIKNING AHOLISI.
Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich“University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 303–308
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining ma‘muriy-hududiy tuzilishi, uning siyosiy va boshqaruv tizimi, shuningdek, xonlik hududida yashagan aholi soni, tarkibi va etnik xilma-xilligi haqida so‘z yuritiladi. Asarda xonlikka qarashli viloyatlar, tumanlar va ularning boshqaruv shakllari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi ko‘chmanchi va joylashgan guruhlarga bo‘linib, ularning xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy tuzilishi kontekstida ko‘rib chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaАДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОЕ УСТРОЙСТВО КУКАНСКОГО ХАНСТВА И НАСЕЛЕНИЕ ХАНСТВА.
В статье рассматриваются административно-территориальное устройство Кокандского ханства, его политико-административная система, а также численность, состав и этническое разнообразие населения, проживающего на территории ханства. На основе исторических источников анализируются области, округа, входящие в состав ханства, и формы их управления. Население разделено на кочевое и оседлое, рассматривается в контексте его хозяйственной деятельности и социальной структуры.
inglizchaADMINISTRATIVE-TERRITORIAL STRUCTURE OF THE KOKON KHANATE AND THE POPULATION OF THE KHANATE.
This article discusses the administrative-territorial structure of the Kokand Khanate, its political and administrative system, as well as the number, composition and ethnic diversity of the population living in the territory of the khanate. The work analyzes the regions, districts belonging to the khanate and their forms of government based on historical sources. The population is also divided into nomadic and settled groups, and is considered in the context of their economic activity and social structure.
Kalit so‘zlar
- Qo‘qon xonligi
- ma‘muriy tuzilma
- hududiy bo‘linish
- viloyatlar
- tumanlar
- boshqaruv tizimi
- beklar
- hokimlar
- xonlik boshqaruvi
- siyosiy tuzilma
- aholining tarkibi
- etnik guruhlar
- ko‘chmanchi xalqlar
- o‘troq aholi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
QO‘QON XONLIGIDAGI MA’MURIY- HUDUDIY TUZILISHI VA XONLIKNING AHOLISI.
ADMINISTRATIVE-TERRITORIAL STRUCTURE IN THE KOKON KHANATE AND THE POPULATION OF THE KHANATE.
АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОЕ УСТРОЙСТВО КУКОНСКОГО ХАНСТВА И НАСЕЛЕНИЕ ХАНСТВА.
Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich “University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi e-mail: tursunboydadajonov5@@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining ma’muriy-hududiy tuzilishi, uning siyosiy va boshqaruv tizimi, shuningdek, xonlik hududida yashagan aholi soni, tarkibi va etnik xilma-xilligi haqida so‘z yuritiladi. Asarda xonlikka qarashli viloyatlar, tumanlar va ularning boshqaruv shakllari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi ko‘chmanchi va joylashgan guruhlarga bo‘linib, ularning xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy tuzilishi kontekstida ko‘rib chiqiladi. Abstract This article discusses the administrative-territorial structure of the Kokand Khanate, its political and administrative system, as well as the number, composition and ethnic diversity of the population living in the territory of the khanate. The work analyzes the regions, districts belonging to the khanate and their forms of government based on historical sources. The population is also divided into nomadic and settled groups and considered in the context of their economic activity and social structure. Аннотация В данной статье рассматривается административно-территориальное устройство Кокандского ханства, его политико-административная система, а также численность, состав и этническое разнообразие населения, проживающего на территории ханства. В работе на основе исторических источников анализируются области, округа, входящие в состав ханства, и их формы правления. Население также делится на кочевые и оседлые группы и рассматривается в контексте их хозяйственной деятельности и социальной структуры. Kalit so`zlar. Qo‘qon xonligi, ma’muriy tuzilma, hududiy bo‘linish, viloyatlar, tumanlar, boshqaruv tizimi, beklar, hokimlar, xonlik boshqaruvi, siyosiy tuzilma, aholining tarkibi, etnik guruhlar, ko‘chmanchi xalqlar, joylashgan aholilar. Keywords. Kokand Khanate, administrative structure, territorial division, regions, districts, administrative system, beks, khokims, khanate administration, political structure, population structure, ethnic groups, nomadic peoples. Ключевые слова. Кокандское ханство, административное устройство, территориальное деление, области, округа, административная система, беки, хокимы, управление ханством, политическое устройство, структура населения, этнические группы, кочевые народы, оседлое население.
O‘zbekistonning tarixiy merosi va madaniy boyliklari davlatimizning mustahkam asoslaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining ko‘plab nutqlarida, “Tariximizni bilish, milliy merosimizni asrash va rivojlantirish - bizning kelajagimizni mustahkamlashda muhim omildir” deb ta’kidlagan. Ushbu fikr nafaqat xalqimizning buyuk tarixini o‘rganish, balki o‘tmishda yuzaga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarni tahlil qilish orqali bugungi kunni rivojlantirishga yo‘l ochadi. Shunday qilib, Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganish, bu davrda shakllangan ma’muriy-hududiy tuzilma va aholining jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida chuqur ilmiy tahlillar olib borish, bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega[1,28-29]. Qo‘qon xonligi, Markaziy Osiyo tarixining muhim davrlaridan biri bo‘lib, o‘zining siyosiy va ma’muriy tizimi, ijtimoiyiqtisodiy strukturalari bilan ajralib turadi. “Rashidov”ning ta’kidlashicha, “Qo‘qon xonligi ma’muriy boshqaruvi har bir hududda milliy birlikni ta’minlab, xalqni birlashtirgan”[1,39-42]. Bu xonlikda hududiy boshqaruvning qanday tashkil etilishi, uning aholi bilan bo‘lgan aloqalari va ijtimoiy tuzilma bilan bog‘liq masalalar, ilmiy jihatdan o‘rganilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalardandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining bir qancha nutqlarida: “Bizning maqsadimiz - o‘z tariximizni o‘rganib, bugungi zamon talablariga mos ravishda taraqqiyot sari intilishdir” deb aytgan. Qo‘qon xonligi tarixi va uning ma’muriy-hududiy tuzilmasini o‘rganish, nafaqat tarixiy ma’lumotlarni yodda saqlash, balki davlat qurilishi jarayonini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Qo‘qon xonligi davri, hududiy bo‘linishlar, ijtimoiy va siyosiy tuzilmalar, aholining ma’muriy boshqaruv tizimidagi o‘rni haqida gapirganda, bu xonlikning o‘rni Markaziy Osiyo tarixidagi muhim o‘zgartirishlarni anglatadi. “Bobojonov “ning aytishicha, “Qo‘qon xonligi davlati o‘zining hududiy bo‘linishi va aholi tuzilmasi orqali barqaror iqtisodiy va ijtimoiy tizimni yaratishga erishgan” . Ushbu maqolada, aynan shu masalalar, ya’ni Qo‘qon xonligining hududiy tizimi va aholisining ma’muriy boshqaruvi batafsil yoritiladi.XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki – viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi yerlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817-yilda O‘ratepa bosib olinadi. Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi[2,98-99]. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar – Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan[3,105-107]. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari,
Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan. XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon. “Turkestanskiye vedomosti” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x, Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi. Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida yettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. O‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning o‘rdasi alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan. Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar hisobidan kun kechirishgan[4,124- 126]. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib, mamlakatni idora etishida uni qo‘llab-quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmatizzatini joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bo‘lgan. Qo‘qon honligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Chimkent, Jizzax, O‘sh, Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Xonlikning poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazi edi[4,137-139]. XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, To‘qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi bo‘ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va qal’alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bo‘lgan botirboshilar bo‘lgan. Mudofaa maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan. Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir – biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq hayot kechirganlar. Sahro, tog‘va tog‘oldi tekisliklaridan iborat hududlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi yashagan. Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli
ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni ham qo‘shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning o‘rtalarida 1,5-2 million, XIX asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan ko‘plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning bosqinchilar ma’muriyati tarkibiga kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‘ona vodiysida 2 millionga yaqin aholi qolgani taxmin qilinadi. Aholi tarkibida o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan[5,57-59]. XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa, shu asrning oxiriga kelib ular 15 foizni tashkil etgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra, o‘troq aholining asosiy qismi dehqonchilik, hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo-sotiq bilan band bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lib, mamlakat shahar va qishloqlarida tojiklar ham yashagan. Xonlikda yana qirg‘izlar va qipchoqlar ham istiqomat qilganlar[5-120-123]. Ular Sirdaryoning boshlanish joylaridan Balxash ko‘ligacha bo‘lgan tog‘li rayonlardan to Qashg‘ar chegarasigacha bo‘lgan yerlarda, Yettisuv, Talas vodiysi, Oloy tog‘lari, Badaxshon, Farg‘ona vodiysi hududlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi hayot kechirishgan[6,45-51]. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysida qoraqalpoqlar, Toshkent atroflarida qozoqlar, xonlikning sharqiy qismida, Qo‘qon xonligini Buxoro va Rossiyadan ajratib turadigan cho‘llarda ko‘chmanchi qozoqlar yashaganlar. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning boshlarida qirg‘izlar, qalmoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoq, qozoq va qipchoqlar Xitoy hukumati tazyiqi ostida Sharqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysigacha ko‘chib kelishga majbur bo‘lganlar. Shuningdek, xonlikning ayrim shaharlarida lo‘lilar, hindlar, afg‘onlar, arablar va boshqa Osiyo xalqlari istiqomat qilganlar[7,67-69]. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topganidan so‘ng yahudiylar, armanlar va boshqa millat vakillari ham yashaganlar. Qo‘qon xonligi tarixida ma’muriy-hududiy tuzilmaning shakllanishi va rivojlanishi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Xonlik hududi beklik va tumanlarga bo‘lingan bo‘lib, bu birliklar orqali markaziy hokimiyatning siyosiy va iqtisodiy ta’siri butun xonlik bo‘ylab yoyilgan[8,97-98]. Har bir beklik o‘ziga xos boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan va mahalliy boshqaruvchilarning faoliyati qat’iy nazorat ostida bo‘lgan. Aholi tarkibining etnik va ijtimoiy jihatdan xilma-xil bo‘lishi xonlik ichida murakkab, ammo uyg‘un jamiyat shakllanishiga imkon yaratgan. Ko‘chmanchi va joylashgan aholining hamkorligi, shahar va qishloq ahlining o‘zaro iqtisodiy aloqalari xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlagan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiq faoliyati aholining asosiy tirikchilik manbai bo‘lib, bu sohalar ma’muriy boshqaruv orqali nazorat etilgan. Umuman olganda, Qo‘qon xonligi o‘ziga xos ma’muriy-hududiy modeli va ijtimoiy tuzilmasi bilan o‘z davrining taraqqiy etgan davlatlaridan biri bo‘lgan. Mazkur tarixiy tajriba hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan davlat boshqaruvi va
aholi siyosati tarixini o‘rganishda muhim ilmiy manba sifatida ahamiyatga ega[10, 99-114].
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Abdurahmonov A. (2006). O‘zbekiston tarixidan saboqlar. – Toshkent: O‘qituvchi.
- Bobojonov O. (2012). Qo‘qon xonligi davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Fan.
- Karimov A. (2010). O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy rivojlanish tarixi. – Samarqand: SamDU nashriyoti.
- Mamatov M. (2015). Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi.
- Nabiev, N. (2008). Qo‘qon xonligi: Ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma. – Farg‘ona: FDU nashriyoti.
- Rashidov Sh. (2016). Qo‘qon xonligi ma’muriy boshqaruvi. – Andijon: Adabiyot.
- Sodiqov A. (2013). Markaziy Osiyoda ko‘chmanchi xalqlar va ularning jamiyatdagi o‘rni. – Toshkent: Sharq.
- Tursunov B. (2011). Xonliklar davrida boshqaruv tizimi. – Toshkent: Ma’naviyat.
- Yusupova G. (2020). Qo‘qon xonligining demografik manzarasi. – Namangan: Ilm ziyo.
- Ziyayev H. (2004). O‘zbekistonning qadimiy davlat tuzilmalarida aholi va boshqaruv. – Buxoro: Nurli zamin.
- O‘zbekiston Respublikasi Tarix instituti rasmiysi https://www.history.uz
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011097
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/64
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 303–308
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25