Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSINING O‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI VA MADANIYATI

Ahmadjanova Umidaxon Tohirjon kiziUniversity of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 308–311

Annotatsiya

Ushbu maqolada qadimgi Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar davri tarixi va madaniyati haqida o‘rganiladi.  Shu bilan birga Buyuk ipak yo‘lining ahmiyati, Farg‘ona vodiysining kulolchiligi, hunarmandchiligi va savdo aloqalarining taraqqiyoti tarixi haqida ma‘lumot berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЯ И КУЛЬТУРА СРЕДНЕВЕКОВОЙ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

В статье исследуется история и культура древней Ферганской долины в средневековый период. В то же время дается информация о значении Великого Шелкового пути, истории развития гончарного дела, ремесел и торговых связей в Ферганской долине.

inglizchaHISTORY AND CULTURE OF THE MEDIEVAL FERGANA VALLEY

This article examines the history and culture of the ancient Fergana Valley in the Middle Ages. It also provides information about the importance of the Great Silk Road, the history of the development of pottery, crafts, and trade relations in the Fergana Valley.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona vodiysi
  • davlatchilik tarixi
  • vodiy shaharsozligi
  • buyuk ipak yo‘li
  • Farg‘ona madaniyati
  • madaniy va xalqaro savdo aoqalari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FARG‘ONA VODIYSINING O‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI VA MADANIYATI

СРЕДНЕВЕКОВАЯ ИСТОРИЯ И КУЛЬТУРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

MEDIEVAL HISTORY AND CULTURE OF THE FERGANA VALLEY

Ahmadjanova Umidaxon Tohirjon qizi University of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada qadimgi Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar davri tarixi va madaniyati haqida o‘rganiladi. Shu bilan birga Buyuk ipak yo‘lining ahmiyati, Farg‘ona vodiysining kulolchiligi, hunarmandchiligi va savdo aloqalarining taraqqiyoti tarixi haqida ma’lumot berilgan. Аннотация. В статье исследуется история и культура древней Ферганской долины в средневековый период. В то же время дается информация о значении Великого Шелкового пути, истории развития гончарного дела, ремесел и торговых связей в Ферганской долине. Abstract. This article examines the history and culture of the ancient Fergana Valley in the Middle Ages. It also provides information about the importance of the Great Silk Road, the history of the development of pottery, crafts, and trade relations in the Fergana Valley. Kalit so‘zlar. Farg‘ona vodiysi, davlatchilik tarixi, vodiy shaharsozligi, buyuk ipak yo‘li, Farg‘ona madaniyati, madaniy va xalqaro savdo aoqalari. Ключевые слова. Ферганская долина, история государственности, градостроительство долины, Великий Шелковый путь, культура Ферганы, культурные и международные торговые связи Keywords. Fergana Valley, history of statehood, valley urban planning, Great Silk Road, Fergana culture, cultural and international trade relations.

Farg‘ona vodiysining o‘zbek davlatchilik tarixida o‘rni va ahamiyati katta. Farg‘ona vodiysining hududida eng qadimgi odamlarning makoni topilganligi va qo‘shni hududlar bilan savdo aloqalarining rivojlanganligi barchamizga ma’lum. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoda, tog‘lar orasida joylashgan va bu vodiy yirik tog‘tizmalari botiqlaridan biri bo‘lib, shimolda Tyanshan, janubda Hisor-Oloy va Turkiston tog‘tizmalari bilan o‘ralgan, eng ahamiyatlisi shundaki ushbu hudud O‘zbekiston, qisman Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari hududida joylashgan. Farg‘ona vodiysining uzunligi 300 km, eni 60-120 km, eng keng joyi esa 170km hisoblanib, maydoni 22ming km2 ni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysida bronza davridan boshlab shaharlarga asos solina boshlandi. Farg‘ona vodiysining shaharsozligi yoki bo‘lmasam urbanizatsiya jarayonlarini madaniyatiga oid yodgorliklarni oxirgi yarim asr mobaynida ko‘plab olimlar (A.N.Bernshtam,

V.I.Sprishevskiy, E.A.Davidovich, A.A.Anarbaev, B.Abdulg‘ozieva, B.X.Matboboev, G.P.Ivanov va boshqalar ) tomonidan o‘rganilgan va ularda bu muammo bo‘yicha so‘nggi bronza davridan o‘rta asrlargacha ko‘plab materiallar to‘plangan. Ularning keltirgan ma’limotlarida so‘nggi bronza davriidan o‘rta asrlargacha ko‘plab matryallar topib o‘rganilgan. Farg‘ona vodiysining shaharsozligi bu davrlar mobaynida ma’lum taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligini ko‘rsatadi va bular qisman o‘rganilgan. Rivojlangan o‘rta asrlar davrida (IX-XII) Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari har tomonlama gullab-yashnaydi. Masalan, Axsikat 400 gektardan ziyod maydoni va 200mingdan ziyod aholisi bilan o‘z davrining megapolisiga aylandi. Miloddan avvalgi XII-XI asrlarda Farg‘ona vodiysi hayotidagi ilk urbanizatsiya jarayonlaridan yana biri Chust (Bibi ona) va Dalvarzin kabi yodgorliklar o‘rnida ham ilk shahar tipidagi qarorgohlar (“protoshahar”) shakllandi. Ishlab chiqarishda hunarmandlarning guruhlari paydo bo‘la boshlaydi. Xususan, sopol idishlar ishlab chiqarishda kulollar, metall buyumlar va qurollar tayyorlashda mutaxassis ustalar ajralib Shahar aholisining alohida qatlami sifatida shakllana bordi. Uy joylar ham devor, paxsa va katta hajmdagi xom g‘ishtlardan qurila boshlagan. Shahar aholisining turar joylari ham xom g‘isht, paxsa loydan qurilgan. Shu bilan birga, yerto‘la ko‘rinishidagi turar joylar ham bo‘lgan. Turar joylarning hammasida xonaning o‘rtasida o‘choq joylashgan. Umuman olganda, bronza davrida ilk shaharlarning shakllanishi va rivojlanishi tufayli dastlabki davlatchilikning ilk ko‘rinishlari paydo bo‘la boshladi. Buni mudofaa devorlarini qurilishi, arkni alohida ajralib turishi va turar joylarni farqlanishida kuzatish mumkin. Qadimgi shaharsozliklardan biri Chustliklar hayotida 3ta xo‘jalik tarmog‘i o‘ziga xos o‘rin egallagan: dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik. Dehqonchilikda asosan boshoqli o‘simliklar ekilgan. Hunarmandchilik ko‘p tarmoqli bo‘lgan: bronzadan zeb-ziynat va xo‘jalik buyimlaridan tortib jangovar qurollargacha ishlab chiqarilgan. Kundalik hayotda sopol idishlarning o‘rni katta bo‘lgan. Xo‘jalikda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, pishirish va istemol qilishda asosan sopol idishlardan foydalanilgan. Idishlar qo‘lda yasalganligiga qaramay, ularning ko‘pi och va to‘q qizil rangli bo‘yoq bilan qoplangan bo‘lib, sifati yaxshi bo‘lgan. Oshxona idishlarining ma’lum bir qismiga to‘q va och qizil rang bilan har xil geometric bezaklar berilgan [4;B.21]. Tadqiqotlar davomida Farg‘ona urbanizatsion jarayonlari quyidagicha davrlashtirildi: 1. Ilk shaharlar davri – mil.avv. XII-IV (III) asrlar; 2. Antik davr shaharsozligi – mil.avv. IV- milodiy IV asrlar; 3. O‘rta asrlar davri shaharsozligi – milodiy V-XIII asrlar Shaharlarni paydo bo‘lishi va rivojlanishida iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga fizik-jo‘g‘rofiy omillar: foydali qazilma boyliklari, shaharni joulashgan o‘rni, suv bilan ta’minlanganligi, tashqi dunyo ( savdo aloqalari) ham katta ahamiyatga ega. [5; B.14.]. Tashqi savdo aloqalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, aynan antik davrdan boshlab qadimgi Farg‘ona (Davan) podsholigi tarkib topadi va bu o‘lkadan Buyik ipak yo‘lining muhim

tarmog‘i o‘z faoliyatini boshlaydi, shaharlar sonining ortishi, aholi soning ko‘payib borishi tufayli savdo – sotiq ishlari ham yuksala boshlaydi. Ipak yo‘li bo‘yidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalar tufayli qadimgi Farg‘ona mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarda faol qatnasha boshlaydi. Miloddan avvalgi II asrda Farg‘onaga kelgan Xitoylik elchi Chjan Syan vodiyda 70 dan ortiq katta - kichik shaxarlar borligi, ularning xar biri mustaqil boshqaruv tizimiga ega ekanligi, zarurat tug‘ilganda mamlakat o‘z mustaqilligini ximoya qila oladigan xarbiy kuchga ega ekanligi e’tirof etildi. Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan xalqaro savdo yo‘lining shimoliy va janubiy yo‘nalishlari ham Axsikat orqali o‘tgan. Masalan, IX asrda karvonlar Samarqanddan chiqib Ustrushona orqali Xo‘jandga kelgan, so‘ng Samgar, Xojiston, Turmikon qishloqlari va Bob (Pop) shahri orqali Farg‘onaga (Axsikat) borgan. U yerdan Qubo ( Quva), O‘sh, O‘zgan orqali Otboshi shahriga kelgan, so‘ngra at-Tubbot va sharqiy Turkistonga o‘tgan. Xo‘jandga kelgan karvonlar Samgar va Xojiston qishloqlari orqali tog‘- kon sanoatiga boy Iloqqa borgan. Bu davrda Kend (Konibodom) va Ho‘qand (Qo‘qon) orqali o‘tgan yo‘l ikkinchi darajali bo‘lgan. X asrning boshlarida Sug‘ddan kelayotgan savdo karvonlari Xo‘jand, Kend orqali o‘tib So‘xga kelgan, so‘ng Rishton, Zanderamish, Qubo orqali O‘sh va O‘zganga borgan. Farg‘onaning poytaxti Farg‘ona – Axsikatga ham So‘x va Ho‘qand orqali borilgan. Axsikatga ikki yo‘l orqali borilgan: ulardan biri Bobga borib, so‘ng Axsikatga o‘tgan bo‘lsa; ikkinchisi Qo‘qondan Markaziy Farg‘ona orqali to‘g‘ri Axsikatga borgan. Bu davrda Samgarva Xojiston orqali o‘tgan Shimoliy yo‘l ikkinchi darajali bo‘lib qolgan. [4;B.46] Xulosa qilib aytganda, shaharlarning tasnifi va mahobati shakllanishiga vodiyning qadimgi aholisi ong – shuuridagi diniy qadryatlar qanchalik ta’sir ko‘rsatganligidan dalolat bergan, hamda bu holot so‘nggi bronza davridan so‘nggi antik davrigacha o‘rganilgan yodgorliklarda kuzatilgan. Keyingi ilk o‘rta asrlar davrida zardushtiylik dini keng tarqalgan bo‘lib, undagi me’moriy inshootlar o‘ziga xos va oldingilardan farqli bo‘lgan. Yer yuzida shaharlarni paydo bo‘lish sabablari, ularni tarixiy taraqqiyotdagi o‘rni masalasi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki insoniyat tarixini ma’lum bir davrlarini rivojlanishini shaharlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ya’ni shaharlar va urbanizatsiya jamiyatda hal qiluvchi ahamiyat kasb eta boshlaydi. Urbanizatsiya deganda fanda bir tomondan shaharlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi tushinilsa, ikkinchi tomondan sanoat rivojlangan shaharlarni jamiyat taroqqiyotiga ta’siri tushiniladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, qadimgi Farg‘onaning ilk poytaxt shaharlari bo‘lgan Eylaton va Mingtepa, keyingi poytaxt Axsikent, Popdagi Munchoqtepav a Balandtepalar, boringki hamma arxeologik yodgorliklar xalqimizning tarixi, madaniy va ma’naviy boyligidir. Ularni asrab avaylash umumdavlat va umumxalq ishi bo‘lib, oliy ha kam – tariximiz uchun hamma teng javobgardir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. . Anorboyev A. Farg‘onaning qadimgi shaharlar va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni – Toshkent: 2021.
  2. Абдухолиқ Абдурасул. Қадимги Фарғона тарихидан – Тошкент: 2002.
  3. Асқаров A. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи – Тошкент: 2007.
  4. Ablat Xo‘jaev. Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar – Farg‘ona: 2013-yil.
  5. Abdullayev B.M. Farg‘ona vodiysi antik va ilk o‘rta asrlar davrida urbanizatsiya jarayonlari//Usturshona Buyik ipak yo‘lida, uning mintaqalararo siyosiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Guliston, 15-16.
  6. Матбобоев Б.X. Қадимги Фарғонада илк давлатчилик излари // Ўзбекистон тарихи. Тошкент; 2002.
  7. Матбобоев Б.X. Қадимги Фарғонанинг илк ўрта аср даври маданияти – Samarqand: 2009.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011098
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/66
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
308–311
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25