Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Влияние литологического состава грунтов на фильтрационные потери воды в канале Кегейли

    Aimbetov Izzet Kalliyevich, Aknazarov Omirbay Sabirbaevich, Akimbayeva Saltanat Salamatovna · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Kegeyli kanali trassasining muhandislik-geologik sharoitlarini o‘rganish natijalari keltirilgan bo‘lib, ular kanal trassasida allyuvial changsimon qumlar, qumloqlar va qumoqlar yotganini ko‘rsatdi. Muhandislik-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda Kegeyli kanali misolida sug‘orish suvining filtratsiyaga yo‘qolishini hisoblash uslubi bayon etilgan. Hisoblar N.N. Pavlovskiy formulasi yordamida bajarilgan. Kanaldagi filtratsion yo‘qotishlar natijalari uzunligi 55 km bo‘lgan kanal bo‘ylab suv notekis yo‘qolishini ko‘rsatdi. Hisob natijalariga ko‘ra, kanalning butun uzunligi bo‘yicha har bir chiziqli kilometrga to‘g‘ri keladigan filtratsion suv yo‘qotishlarining maksimal, o‘rtacha va minimal qiymatlari mos ravishda Qfmax=3,01–4,9 m³/s; Qfo‘rt=1,22–3,3 m³/s; Qfmin=0,07–0,8 m³/s ni tashkil etadi. Hisoblarda gilli gruntlarning filtratsiya koeffitsiyenti qiymatlari plastiklik soni bilan filtratsiya koeffitsiyenti o‘rtasidagi eksperimental korrelyatsion bog‘liqlik yordamida aniqlangan. Kegeyli kanalining butun uzunligi bo‘yicha filtratsion suv yo‘qotishlarini tavsiflovchi grafik tuzilgan; u kanal trassasi bo‘ylab filtratsion yo‘qotishlar notekis ekanini ko‘rsatdi. Kanaldagi samarasiz suv yo‘qotishlarini kamaytirish uchun filtratsiyaga qarshi qoplama loyihalash zarur. Filtratsiyaga qarshi tadbirlarni gruntlarning filtratsiya xossalarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Nukus shahri sharoitida qulupnayni tomchilatib sug‘orish va fertigatsiyalashni asoslash uchun tuproqning mexanik tarkibi va oziq elementlari bilan ta‘minlanganligini o‘rganish va baholash

    Aknazarov Omirbay Sabirbaevich, Emutbaev Jenisbay Baltabaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Nukus shahri sharoitida qulupnayni tomchilatib sug‘orish tartibini o‘rganish maqsadida tanlangan tajriba uchastkasi tuprog‘ining mexanik tarkibi va asosiy oziq elementlari bilan ta‘minlanganligi baholangan. Tuproqlar yengil mexanik tarkibga ega: o‘lchami 0,1–0,05 mm bo‘lgan zarrachalar fraksiyasi 56,60 %, fizik loy 17,73 % ulushni tashkil etadi. Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, tajriba uchastkasi tuproqlari qumloq tuproqlardan iborat. Harakatchan fosfor juda kam (13,8 mg/kg), almashinuvchi kaliy o‘rtacha (214,4 mg/kg), azot kam (27,7 mg/kg), gumus kam (1,09 %). Natijalar asosida yengil tuproqlarda kichik me‘yorlar bilan tez-tez sug‘orish, tomchilatgichlar oralig‘ini qisqartirish, organik o‘g‘it va mulcha qo‘llash, fosforni asosiy o‘g‘it sifatida, azot va kaliyni esa fertigatsiya orqali bo‘lib-bo‘lib berish hamda uchastka bo‘yicha tabaqalashtirilgan oziqlantirish tavsiya etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘y va qo‘zilarning ektoparazitlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish

    Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada chorvachilikning muhim tarmog‘i bo‘lgan qorako‘lchilikda qo‘ylarning bosh sonining ortishi va ularning fiziologik holatiga to‘siq bo‘ladigan ektoparazitlarning Buxoro viloyatining ayrim tumanlaridagi tarqalishi va profilaktik tadbirlar bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    «Ветоспорин-Ж» probiotikining asalarilar nozematoziga profilaktik samaradorligi

    Azimova D.I., Nasimov Sh.N., Karilova M.F., Teshayeva R.O. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada asalarichilikda jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi nozematoz kasalligining oldini olishda biologik preparat — «Ветоспорин-Ж» probiotigining profilaktik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu probiotik asalarilarning umumiy fiziologik holatini yaxshilash, oshqozon-ichak trakti mikroflorasini barqarorlashtirish hamda kasallikka qarshi chidamliligini oshirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Maqolada preparatni amalda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ hududlarida echkilarning anaplotsefalyatozlari tarqalishi

    Raxmonov Sh.O., Taylakov T.I. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ (Urgut va Nurobod) tumanlari hududlarida boqilayotgan echkilar orasida anoplotsefaliyatozlarning tarqalishi va ularning tur tarkibi yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tovuq ektoparazitlariga qarshi kimyoprofilaktik tadbirlar

    Rayimqulov Iskandar Xaydarovich, Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, Davlatov Ravshan Berdiyevich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada tovuqlarda uchraydigan ektoparazitlarga qarshi kimyoprofilaktik tadbirlarning samaradorligi va mavsumiy qo‘llash xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotlarda ektoparazitlarga qarshi Suminak, Amitraz va Bars preparatlaridan foydalanildi. Kuzatuvlar natijasida preparatlarning samaradorligi yil fasllariga qarab farq qilishi aniqlandi. Yozgi davrda Suminak preparati, qishki davrda esa Amitraz preparati qo‘llanilganda ektoparazitlar sonining kamayishi va profilaktik samaradorlikning yuqoriligi kuzatildi. Kimyoviy preparatlarni qo‘llashda ektoparazitlarning biologik xususiyatlari, ularning parrandaxona muhitida saqlanishi, harorat va namlik omillari hamda preparatlarga chidamlilikning rivojlanish ehtimolini hisobga olish zarur. Tadqiqot natijalari tovuq ektoparazitlariga qarshi mavsumga moslashtirilgan kimyoprofilaktik tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbekiston hududida tovuq ektoparazitlarining tarqalish dinamikasi

    Rayimqulov Iskandar Xaydarovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida xonaki tovuqlarda uchraydigan asosiy ektoparazitlarning tur tarkibi, hududiy tarqalishi va mavsumiy dinamikasi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. O‘zbekistonning shimoli-sharqiy, janubiy va Qashqadaryo hududlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi. Adabiyot ma‘lumotlariga ko‘ra, tovuqlarda asosan Dermanyssus gallinae, Argas persicus, Argas reflexus kabi ektoparazitlar qayd etilgan. Shimoli-sharqiy O‘zbekistonda uy va yovvoyi tovuqsimon qushlarda 18 tur ektoparazit aniqlangan bo‘lib, ulardan 3 turi kanalar, 15 turi esa patxo‘rlar guruhiga mansubligi qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida 12 tur ektoparazit aniqlangan va D. gallinae, A. persicus hamda Mallophag dominant turlar sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur hududda 1313 bosh tovuqdan 663 boshida ektoparazitlar qayd etilib, umumiy zararlanish 50,5 % ni tashkil qilgan. Mavsumiy dinamika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar bahor va kuz fasllarida, nisbatan past ko‘rsatkichlar esa qish va yozning haddan tashqari issiq davrlarida kuzatilgan. O‘zbekistonning boshqa hududlari bo‘yicha ma‘lumotlar esa fragmentar bo‘lib, mamlakat miqyosida yagona monitoring tizimini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sut – yuqori oziqoviy qiymatiga ega bo‘lgan mahsulotdir

    Bidanov E.A., Rasulov U.I. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada sut tarkibidagi kimyoviy moddalar, vitaminlar, aminokislotalar, oqsillar va boshqa moddalar haqida ma‘lumotlar keltirilgan bo‘lib, qoramollardan olingan sut haqidagi adabiyot manbalari asosida keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘ylar tizaniyeziozining epizootologiyasi, qo‘zg‘atuvchisining ayrim diagnostik belgilari

    Kurbanov Sh.Kh. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada qo‘ylar tizaniyeziozi bo‘yicha adabiyot ma‘lumotlari va shaxsiy tadqiqotlarga ko‘ra uning hozirgi epizootologik holati, qo‘ylarning tizaniyezioz bilan zararlanishi, uning qo‘zg‘atuvchisining anatomo-morfologik belgilari va boshqa ichak sestodlaridan farqlash bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘ylarning anoplotsefalyatozlari va ularning qo‘zg‘atuvchilari

    Kurbanov Sh.Kh., Yunusov X.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qo‘ylar anoplotsefalyatozlarining qo‘zg‘atuvchilari va ular tomonidan sodir etiladigan kasalliklar, kasallik qo‘zg‘atuvchilari haqida umumiy ma‘lumotlar, ularning areallari, epizootologik xususiyatlari, uchrashi haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tovuqlar kolibakteriozining zamonaviy diagnostikasi: klassik bakteriologiyadan molekular-genomik yondashuvlargacha

    Xudoyberdiyeva Shaxrizoda Ilhomjon qizi, Davlatov Ravshan Berdiyevich, Xo‘jaxonov Shoxruzxon Idrisxo‘ja o‘g‘li · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Tovuqlar kolibakteriozi parrandachilikda sezilarli iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladigan bakterial kasalliklar majmuasi bo‘lib, asosan avian pathogenic Escherichia coli (APEC) izolyatlari bilan bog‘liq. Diagnostikaning murakkabligi E. colining sog‘lom parrandalar ichak mikrobiotasining tabiiy vakili ekanligi, APEC populyatsiyasining genetik jihatdan geterogenligi va barcha patogen izolyatlarni qamrab oluvchi yagona serotip yoki universal virulentlik markerining mavjud emasligi bilan izohlanadi. Ushbu narrativ-tanqidiy sharhda klinik-patologoanatomik baholash, patologik material tanlash, klassik bakteriologik va biokimyoviy identifikatsiya, serotiplash, MALDI-TOF MS, PCR va multiplex PCR, LAMP, MLST hamda WGS usullarining diagnostik imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilindi. Shuningdek, iutA, hlyF, iss, iroN, ompT, sitA, traT va boshqa virulentlik bilan bog‘liq genlarga asoslangan molekular panellarning ahamiyati ko‘rib chiqildi. Zamonaviy ma‘lumotlar APECni bitta gen yoki serotip asosida ishonchli aniqlashning cheklanganligini ko‘rsatadi. Shu sababli etiologik baholash klinik-patologik ma‘lumotlar, tegishli patologik o‘choqlardan E. coli ajratilishi, molekular virulentlik profili va antibiotiklarga sezgirlik natijalarini kompleks talqin qilishga asoslanishi lozim. Sharhda O‘zbekistonda parrandalar esherixiozining klassik bakteriologik va serologik diagnostikasi hamda G‘arbiy Qozog‘istonda parrandachilik bilan bog‘liq E. coli populyatsiyalarining qPCR va molekular AMR panellari yordamida monitoringi tahlil qilindi. O‘zbekistonda kelgusidagi tadqiqotlar uchun standartlashtirilgan multiplex PCR, MLST va WGS usullarini klinik-epizootologik metama‘lumotlar bilan integratsiyalash APECni zamonaviy molekular va epidemiologik mezonlar asosida tavsiflashning muhim yo‘nalishi sifatida taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozining klinik belgilari, mavsumiy dinamikasi va diagnostika metodologiyasi

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada intensiv quyonchilik tarmoqlarining rivojlanishiga jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi quyon eymeriozi patologiyasining klinik namoyon bo‘lish shakllari, oosistalarning tashqi muhitda sporalanish (sporulyatsiya) davri va mavsumiy tarqalish dinamikasi adabiyotlar tahlili asosida tizimli o‘rganilgan. Maqolada eymeriyalarning (E. magna, E. media, E. perforans, E. irresidua) hayotiy siklidagi endogen va ekzogen fazalari tavsiflangan. Diagnostika amaliyotida qo‘llaniladigan klassik va modifikatsiyalangan koprologik flotatsiya (Fyulleborn, Darling, Brez) usullarining qiyosiy samaradorligi baholangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozini koprologik va gematologik diagnostika qilish metodlarining samaradorligi

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazuvchi quyon eymeriozi patologiyasini zamonaviy koprologik va gematologik diagnostika qilish usullari bayon etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari 2021–2024-yillar davomida jami 1382 bosh turli zotli quyonlarda kompleks sinovdan o‘tkazilgan. Koprologik tahlillarda Darling va Fyulleborn flotatsiya usullarining qiyosiy samaradorligi o‘rganilib, parazit oosistalarini ajratish mexanizmlari optimallashtirilgan. Shuningdek, kasallik oqibatida qon tarkibidagi morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar (eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin, umumiy oqsil, AlAT, AsAT) hamda qon zardobining refraksiya koeffitsiyenti tahlil qilingan va tizimli baholangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozini davolash va kimyoprofilaktikasida samarali vositalarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga katta iqtisodiy zarar yetkazuvchi va invazion kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni egallovchi quyon eymeriozini (ichak, jigar va aralash shakllari) davolash hamda kimyoprofilaktika qilish masalalari adabiyotlar sharhi va retrospektiv tahlil asosida o‘rganilgan. Maqolada turli guruhlarga mansub kimyoterapevtik preparatlar (sulfanilamidlar, nitrofuranlar, ionofor antibiotiklar va kompleks birikmalar)ning doza rejimlariga ko‘ra terapevtik va profilaktik samaradorligi qiyosiy baholangan hamda jadval shaklida tizimlashtirilgan. Shuningdek, quyonchilik xo‘jaliklarida kasallikning oldini olishga qaratilgan zoogigiyenik va parvarishlash talablari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sigirlarda gipokobaltozning sabablari, klinik belgilari va uni aniqlash usullari

    Bakirov B., Abdumajitov V.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Mazkur maqolada sigirlarda gipokobaltoz kasalligining klinik belgilari va uni aniqlashda olib borilgan kuzatuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “ShahriyorAbbos” chorvachilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan. Har 20 kunda klinik ko‘rsatkichlar va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Kasallikning kelib chiqishiga saqlash sharoitlari, oziqlantirish sifati va kobalt yetishmovchiligi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Samarqand viloyatining ayrim xo‘jaliklarida tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari

    O‘rinova Umida, Rustamov Baxtiyor · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada parrandalarda uchraydigan askarida galli qo‘zg‘atuvchisi tomonidan chaqiriladigan tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. Parazitning rivojlanish sikli, parrandalar organizmiga yuqish yo‘llari, parazitlik qilish joylari va qo‘zg‘atuvchilarning ko‘payish jarayonlari yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Jizzax viloyatida qoramollar fassiolyozining epizootologik xususiyatlari

    O‘rolov O.O., Musinova G.A., Urokov K. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qoramollar fassiolyozining tarqalishi va oraliq xo‘jayinlari o‘rganildi. Tekshirilgan 50 ta tezak namunasining 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda Lymnaea bactriana mollyuskalari qayd etildi. Natijalar hududda fassiolyoz tarqalishi uchun qulay epizootologik sharoit mavjudligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarining samaradorligi

    Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, Nasimov Shuhrat Naimovich, Kurbanov Feruz Enatillayevich, Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, Jahongirov Sardor Saidahmadovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada karpsimon baliqlarda uchraydigan psevdomonoz kasalligining profilaktikasi haqida yoritilgan. Psevdomonoz baliqchilik xo‘jaliklarida iqtisodiy zarar keltirib chiqaruvchi bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining buzilishi, organik moddalar miqdorining ortishi, baliqlarning zich joylashtirilishi, oziqlanishdagi kamchiliklar va stress omillari muhim ahamiyatga ega. Maqolada kasallik profilaktikasida suv sifatini muntazam nazorat qilish, hovuzlarni sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, baliqlarni me‘yorida oziqlantirish, xo‘jalikka yangi keltirilgan baliqlarni muntazam kuzatib borish.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ligula intestinalis va Digramma interruptaning biologik va parazitologik xususiyatlari (adabiyotlar sharhi asosida)

    Abdug‘aniyeva S.I., Daminov A.S. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada Ligula intestinalis va Digramma interrupta sestodalarining biologik, ekologik va parazitologik xususiyatlari tahlil qilindi. Parazitlarning rivojlanish sikli, xo‘jayin–parazit munosabatlari, patogen ta‘sir mexanizmlari hamda ekologik moslashuv omillari zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritildi. Tadqiqotlar ushbu sestodalarning baliq organizmida morfofiziologik va immunobiologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Shuningdek, molekulyar diagnostika va filogenetik yondashuvlarning invaziyani aniqlashdagi ahamiyati asoslandi. Olingan ma‘lumotlar baliq populyatsiyalarida parazit invaziyalarini monitoring qilish va ekologik nazorat strategiyalarini takomillashtirishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Санитарно-паразитологическая оценка овощных консервов в системе обеспечения безопасности пищевой продукции

    Kamolov N.Sh., Raxmonova G.F. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Maqolada o‘simlikchilik va qayta ishlash sanoatining ommaviy mahsuloti bo‘lgan sabzavot konservalarining parazitologik xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan. Sabzavot xomashyosining zoonoz invaziyalar, jumladan, geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, toksokaroz) va protozoozlar qo‘zg‘atuvchilari bilan kontaminatsiyalanish yo‘llariga (tuproq, suv, organik o‘g‘itlar) alohida e‘tibor qaratilgan. Zamonaviy sanitariya-parazitologik tadqiqot usullari hamda invazion elementlarning hayotchanligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi texnologik ishlov berish rejimlari (sterilizatsiya, pasterizatsiya, kislotali ishlov berish) samaradorligining tahlili keltirilgan. Konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarida risklarga asoslangan yondashuv va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya