Asosiy mazmunga o‘tish

Sigirlarda gipokobaltozning sabablari, klinik belgilari va uni aniqlash usullari

Bakirov B., Abdumajitov V.B.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026

KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 125–131

Annotatsiya

Mazkur maqolada sigirlarda gipokobaltoz kasalligining klinik belgilari va uni aniqlashda olib borilgan kuzatuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “ShahriyorAbbos” chorvachilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan. Har 20 kunda klinik ko‘rsatkichlar va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Kasallikning kelib chiqishiga saqlash sharoitlari, oziqlantirish sifati va kobalt yetishmovchiligi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПричины, клинические признаки и методы выявления гипокобальтоза у коров

В данной статье проанализированы клинические признаки гипокобальтоза у коров и наблюдения, проведённые для его выявления. Исследование проводилось в фермерском хозяйстве «Аббос Шахриёр» Пастдаргомского района Самаркандской области. Каждые 20 дней изучались клинические показатели и некоторые морфобиохимические параметры крови. Основными причинами заболевания указаны условия содержания, качество кормления и дефицит кобальта.

inglizchaCauses, clinical signs and detection methods of hypocobaltosis in cows

This article analyzes the clinical signs of hypocobaltosis in cows and the observations conducted to identify the condition. The study was carried out at the ‘Abbos Shahriyor‘ livestock farm in the Pastdargom district of the Samarkand region. Every 20 days, clinical indicators and certain morphobiochemical parameters of blood were examined. The main causes of the disease were found to be management conditions, feeding quality, and cobalt deficiency.

Kalit so‘zlar

  • sigirlar
  • gipokobaltoz
  • kobalt tanqisligi
  • klinik belgilar
  • metabolizm
  • bog‘lab boqish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR

O‘zbek tilida UDK: 619:636.2:616:616.002 B. 125–131

SIGIRLARDA GIPOKOBALTOZNING SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA UNI ANIQLASH USULLARI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260918

I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N

B.Bakirov, V.B.Abdumajitov. Sigirlarda gipokobaltozning sabablari, klinik belgilari va uni aniqlash usullari // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9– 10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 125–131. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260918

Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz

UDK: 619:636.2:616:616.002 SIGIRLARDA GIPOKOBALTOZNING SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA UNI ANIQLASH USULLARI B.Bakirov, v.f.d., professor, V.B.Abdumajitov, mustaqil izlanuvchi (Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti)

Annotatsiya. Mazkur maqolada sigirlarda gipokobaltoz kasalligining klinik belgilari va uni aniqlashda olib borilgan kuzatuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “ShahriyorAbbos” chorvachilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan. Har 20 kunda klinik ko‘rsatkichlar va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Kasallikning kelib chiqishiga saqlash sharoitlari, oziqlantirish sifati va kobalt yetishmovchiligi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

Аннотация. В данной статье проанализированы клинические признаки гипокобальтоза у коров и наблюдения, проведённые для его выявления. Исследование проводилось в фермерском хозяйстве «Аббос Шахриёр» Пастдаргомского района Самаркандской области. Каждые 20 дней изучались клинические показатели и некоторые морфобиохимические параметры крови. Основными причинами заболевания указаны условия содержания, качество кормления и дефицит кобальта.

Abstract. This article analyzes the clinical signs of hypocobaltosis in cows and the observations conducted to identify the condition. The study was carried out at the 'Abbos Shahriyor' livestock farm in the Pastdargom district of the Samarkand region. Every 20 days, clinical indicators and certain morphobiochemical parameters of blood were examined. The main causes of the disease were found to be management conditions, feeding quality, and cobalt deficiency.

Kalit so‘zlar: sigirlar, gipokobaltoz, kobalt tanqisligi, klinik belgilar, metabolizm, bog‘lab boqish.

Kirish. Veterinariya amaliyotida kobalt moddasining yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar, xususan, gipokobaltoz, so‘nggi yillarda chorvachilikda muhim muammo sifatida yuzaga chiqmoqda. Kobalt organizmda vitamin B₁₂ sintezida ishtirok etadi va qonni kislorod bilan ta’minlash, modda almashinuvi jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bog‘lab boqiladigan va motsion imkoniyati cheklangan fermalarda bu muammo yanada keskinlashadi.

Gipokobaltoz – bu kobalt moddasining tanada tanqisligi natijasida rivojlanadigan metabolik kasallik bo‘lib, ayniqsa qoramol va boshqa kavshovchi hayvonlar orasida keng tarqalgan. Ushbu kasallik asosan jigarda vitamin B₁₂ sintezi jarayonining izdan chiqishi bilan kechadi. Kobalt yetishmovchiligi hayvonlarning umumiy fiziologik holatini susaytiradi, ishtaha yo‘qolishiga, vaznning kamayishiga, anemiya va immunitet zaiflashuviga olib keladi.

V.N. Волченко va Б.И. Доржиев (2016) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda kobalt tanqisligi holatida hayvonlarning o‘sish sur’atlari pasayishi, reproduktiv funksiyalarida buzilishlar va modda almashinuvi jarayonlarining sekinlashuvi kuzatilgan. Ayniqsa, tuproq va o‘simliklarda kobalt yetishmovchiligi bo‘lgan biogeokimyoviy hududlarda bunday kasalliklar ko‘proq uchraydi.

Морозова Л.А. va И.Н. Абрамов (2020) gipomikroelementozlar, xususan gipokobaltozning rivojlanishida chorva hayvonlarining oziqlanish xususiyatlari, ya’ni ozuqa turlarining kobalt miqdori va biologik o‘zlashtirilish darajasi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, chorvachilik xo‘jaliklarida saqlash va boqish texnologiyalari buzilgan hollarda bu omillar kuchayadi.

А.А. Оножьев (2014) esa bu holatga chuqur tibbiy yondashgan bo‘lib, kobalt tanqisligi natijasida qon tarkibida gemoglobin miqdorining pasayishi va eritropoez jarayonining sekinlashuvi kuzatilishini qayd etadi. Bu gipoxrom anemiyaga olib keladi, bunda sigirlar tez charchaydi, oziqdan foydalana olmaydi, mahsuldorlik pasayadi.

R.P. Пушкарев (2017) gipomikroelementozlarning oldini olishda kompleks yondashuv muhimligini, ya’ni ozuqa bilan bir qatorda biologik faol qo‘shimchalar, premikslar va vitamin preparatlarini qo‘llash zarurligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, kobalt xlorid, “Trivit”, “Agro-vit” kabi vositalar samarali ekani ko‘rsatib o‘tgan.

Shuningdek, Sh.N. Назаров va D.V. Абдуллаев (2019) tomonidan O‘zbekiston hududining ayrim yerlarida biogeokimyoviy kobalt tanqisligi mavjudligi aniqlangan. Bu hududlarda o‘simliklar va ozuqa zaxiralari orqali chorva hayvonlari organizmiga yetarlicha kobalt tushmasligi mumkin, bu esa gipokobaltoz xavfini oshiradi.

Material va uslublar. Tadqiqotlar 2023-2025-yillarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “ShahriyorAbbos” fermer xo‘jaligida olib borildi. Tajriba uchun sog‘lom, zoogigiyenik talablar asosida parvarish qilinayotgan, yoshi 4–5 yil bo‘lgan 5 bosh sigir tanlab olindi. Tanlovda hayvonlarning jinsi, yoshi, tana massasining o‘xshashligi va umumiy fiziologik holati inobatga olinib, “o‘xshash juftliklar” (analoglar) tamoyiliga asoslangan yondashuv qo‘llanildi.

Tadqiqot 60 kun davom etib, kuzatuvlar har 20 kunda (ya’ni uch marotaba) amalga oshirildi. Har bir nazorat kunida sigirlarning umumiy klinik holati, tana harorati (rektal yo‘l bilan), yurak urish chastotasi (auskultatsiya orqali), nafas olish soni (vizual va fonendoskopik usulda) va ruminatsiya (chaynash) faolligi aniqlanib, hujjatlashtirildi.

Bundan tashqari, har bir davrda sigirlarning qon namunalaridan foydalanilgan holda morfologik (gemoglobin miqdori, eritrotsitlar va leykotsitlar soni, gematokrit ko‘rsatkichi) hamda biokimyoviy (umumiy oqsil, albumin, globulinlar nisbati, glyukoza, kalsiy, fosfor, temir, kobalt, mis, magniy, A, D, E vitaminlari darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar) tahlillar o‘tkazildi.

Biokimyoviy ko‘rsatkichlar zamonaviy avtomatik analizatorlar va sertifikatlangan reaktivlar yordamida aniqlandi. Morfologik ko‘rsatkichlar mikroskopik va umumiy klinik gematologik metodlar orqali aniqlashtirildi.

Olingan ma’lumotlar matematik-statistik usullar asosida qayta ishlanib, o‘rtacha arifmetik qiymatlar (M±m), dispersiyalar (σ²) va ishonchlilik darajalari (p<0.05; p<0.01) aniqlandi. Statistik tahlillar uchun Microsoft Excel va Statistica dasturlaridan foydalanildi.

Natijalar va muhokama. Tadqiqot o‘tkazilgan “ShahriyorAbbos” fermer xo‘jaligidagi mavjud parvarish va boqish sharoitlari sigirlarning umumiy sog‘lig‘i va fiziologik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi. Xususan, sigirlar doimiy tarzda bog‘lab boqilganligi tufayli ularning harakatlanish erkinligi sezilarli darajada cheklangan. Harakat yetishmovchiligi esa, o‘z navbatida, metabolik jarayonlarning sustlashuviga, organizmda energiya sarfining kamayishiga va faoliyatning pasayishiga olib kelgan.

Hayvonlarda semizlik darajasi pastligi, mushak massasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, umumiy harakatchanlikning susayganligi va ruhiy-fiziologik holatining o‘zgarishi kuzatildi. Bu esa nafaqat ularning tashqi ko‘rinishida, balki klinik ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topdi. Kuzatuvlar davomida ayrim sigirlarda immunitet zaiflashuvi belgilarining paydo bo‘lishi, infeksiyalarga moyillik ortishi, chaynash faolligining kamayishi va umumiy holatning sustlashuvi qayd etildi.

Laborator tahlillar sigirlarning qonida organizmning immun, metabolik va gematologik faoliyatini ta’minlovchi muhim moddalarning yetishmasligini ko‘rsatdi. Jumladan, ratsionda kobalt, temir, mis, vitaminlar (ayniqsa B 12 va A vitaminlari) va boshqa zaruriy mikroelementlar miqdorining yetarli emasligi aniqlangan. Ayniqsa, kobalt tanqisligi organizmda eritropoez (qizil qon tanachalarining hosil bo‘lishi), B12 vitamini sintezi va ovqat hazm qilish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hayvonlarda anemiya, ishtahaning pasayishi, umumiy holsizlik, reproduktivlikning pasayishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘lgan.

Tajribada aniqlangan bu holatlar fermer xo‘jaligidagi sigirlar salomatligi va mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlashda muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, hayvonlarning holatini yaxshilash uchun ularning parvarish sharoitlarini takomillashtirish, erkin yurish imkoniyatlarini yaratish, oziqlantirish ratsionini biologik faol moddalarga boyitish, xususan, kobalt va boshqa mikroelementlar bilan boyitilgan maxsus qo‘shimchalarni qo‘llash zarurligi aniqlashtirildi.

Ushbu kuzatuv va tahlillar asosida, sigirlarning fiziologik holatini barqarorlashtirish, immunitetini mustahkamlash va mahsuldorligini oshirish maqsadida muvozanatli oziqlantirish va parvarish rejimini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi lozimligi ta’kidlandi. 1-jadval. Sigirlarning klinik ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymatlari № Tana Kuzatuv Puls Nafas olish Ruminatsiya harorati vaqti (kun) (urish/min) (marta/min) (marta/soat) (°C) 1 0-kun 38.6 ± 0.16 62 ± 3 23 ± 2 42 ± 4 (boshlanish) 2 20-kun 38.7 ± 0.26 64 ± 2 24 ± 3 38 ± 5 3 40-kun 39.0 ± 0.16 66 ± 2 23 ± 2 35 ± 4 4 60-kun 39.1 ± 0.26 68 ± 3 23 ± 1 31 ± 5 Ushbu jadvalda 0, 20, 40 va 60-kunlarda sigirlarning tana harorati, yurak urishi (puls), nafas olish tezligi va ruminatsiya (ovqatni qayta qabul qilish)

sonining o‘rtacha qiymatlari ko‘rsatilgan. Tadqiqot davomida tana harorati va puls ko‘rsatkichlarida ozgina, ammo izchil o‘sish kuzatildi, bu hayvonlarning fiziologik holatida o‘zgarishlar borligini bildiradi. Nafas olish soni esa o‘rtacha qiymatda katta o‘zgarishlarsiz barqaror qolgan.

Muhim klinik ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan ruminatsiya faolligi esa vaqt o‘tishi bilan sezilarli darajada kamaydi. Bu, o‘z navbatida, hayvonlarning ovqat hazm qilish tizimida buzilishlar, ayniqsa gipokobaltoz natijasida yuzaga keladigan metabolik o‘zgarishlar belgisi sifatida qabul qilinadi. Ruminatsiyaning kamayishi ovqatni qayta ishlash jarayonining susayishi, organizmning umumiy sog‘lomlik holatining pasayishini ko‘rsatadi.

Klinik belgilar. Tadqiqot davomida fermer xo‘jaligidagi sigirlarda bir qator klinik belgilar aniqlandi, bu holatlar mavjud parvarish va oziqlantirish sharoitlari hamda mikroelementlar, xususan kobalt tanqisligining organizmga salbiy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotda ishtahaning pasayishi barcha kuzatilgan sigirlarda (100%) qayd etildi. Hayvonlar ozuqani sekin yeb, ko‘p hollarda yarim yeyilgan holda qoldirishgan. Bu holat oziq moddalarining yetarli miqdorda o‘zlashtirilmasligi, ovqat hazm qilish faoliyatining pasayishi va natijada umumiy energiya yetishmovchiligi bilan bog‘liq deb baholandi. Ishtaha pasayishi, shuningdek, ichki organlar faoliyatining susaygani, jigar va me’da-ichak traktidagi buzilishlarning belgisi sifatida ham qaraladi.

Hayvonlarning 50% da (2–3 bosh) teri qoplamasida aniq seziladigan o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, elastiklikning pasayishi (teri qatlami sekin yozilishi), jun to‘kilishi va siyraklashuvi, junning yaltiroqlik va silliqligini yo‘qotishi.

Bu o‘zgarishlar vitamin va mineral moddalar tanqisligi, ayniqsa A vitamini va kobalt yetishmovchiligi, hamda teri osti yog‘ qatlamining kamayganligidan dalolat beradi.

Taxminan 40% sigirlarda (2 bosh) ko‘z kon’yunktivasi, og‘iz bo‘shlig‘i va burun sohasidagi shilliq pardalarning oqarishi aniqlandi. Bu klinik belgilar anemiyaning boshlang‘ich bosqichlariga xos bo‘lib, gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining kamaygani bilan izohlanadi. Kobaltning organizmdagi yetishmovchiligi megaloblast anemiya va gemopoez jarayonining buzilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 2-jadval. Tajribadagi sigirlarning klinik ko‘rsatkichlari natijalari № Tana harorati Ruminatsiya Tadqiqot vaqti Puls (1 daq.) Nafas (1 daq.) (°C) (5 daq.) 1 Boshlanishda 38,3 ± 0,3 76,8 ± 2,9 26,9 ± 2,9 5,9 ± 0,7 2 20-kun 38,3 ± 0,4 77,1 ± 2,7 27,2 ± 3,2 5,2 ± 0,6 3 40-kun 38,4 ± 0,3 77,3 ± 2,9 27,4 ± 3,1 4,9 ± 0,6 4 60-kun 38,4 ± 0,5 77,5 ± 3,2 27,6 ± 3,2 4,6 ± 0,5 Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar “ ShahriyorAbbos ” chorvachilik fermer xo‘jaligidagi 4–5 yoshli sigirlar guruhi ustida olib borilgan 60 kunlik dispanser kuzatuvlar natijasiga asoslanadi. Hayvonlarda har 20 kunda tana harorati, yurak urish chastotasi (puls), nafas olish soni va ruminatsiya faolligi aniqlanib, bu ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymatlari standart og‘ish (±SD) bilan ifodalandi.

Kuzatuv davomida tana harorati deyarli o‘zgarmagan bo‘lib, faqat 40–60 kun oralig‘ida 0,1°C ga oshgan. Puls (yurak urishi) ko‘rsatkichi ham katta o‘zgarishsiz, 76,8 dan 77,5 urish/minutgacha sekin ortgan. Nafas olish chastotasi esa 26,9 dan 27,6 martagacha ortib, fiziologik me’yorda saqlangan.

Eng muhim klinik belgilar qatoriga kiruvchi katta qorin harakati faolligi esa kuzatuv boshida 5,9 marta/5 daq. bo‘lgan bo‘lsa, 60-kun yakunida 4,6 marta/5 daq. gacha tushgan. Bu ko‘rsatkich hazm qilish faoliyatining sustlashganini anglatib, gipokobaltoz kasalligiga xos metabolik buzilishlarning rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Ruminatsiyaning bu darajada kamayishi organizmda vitamin B₁₂ yetishmovchiligi, ovqatdan foydalana olish darajasining pasayishi va umumiy fiziologik tonusning sustlashuvi bilan bog‘liq.

Ushbu klinik o‘zgarishlar, ayniqsa, hayvonlar harakati cheklangan, bog‘lab boqiladigan sharoitda, ratsionda mikroelementlar, ayniqsa kobalt yetishmovchiligi bo‘lganida, yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Xulosa 1. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, fermada sigirlarning gipokobaltoz holatiga uchrashi, asosan, bog‘lab boqish, ratsionda kobalt va boshqa mikroelementlar tanqisligi, harakat kamligi, quyosh nuri va toza havoning yetishmasligi bilan bog‘liq. Klinik belgilarning mavjudligi, ayniqsa ruminatsiyaning pasayishi, teri va shilliq pardalardagi o‘zgarishlar bu tashxisni qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.

2. Mikroelementlar, ayniqsa kobalt tanqisligi sababli yuzaga kelgan modda almashinuvi buzilishlari, qon hosil bo‘lish jarayonining pasayishi, immunitetning susayishi va asab tizimi faoliyatining zaiflashuvini ko‘rsatadi. Bu esa sigirlarda umumiy fiziologik faoliyatning izdan chiqishiga olib kelgan bo‘lib, ularning mahsuldorligi, reproduktiv salohiyati va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Волченко, В.Н. Гипо- и авитаминозы у сельскохозяйственных животных / В.Н. Волченко, Б.И. Доржиев. — М.: КолосС, 2016. — 284 с.
  2. Морозова, Л.А. Минеральное питание сельскохозяйственных животных / Л.А. Морозова, И.Н. Абрамов. — СПб.: Лань, 2020. — 192 с.
  3. Оножьев, А.А. Метаболические болезни у крупного рогатого скота / А.А. Оножьев. — Казань: Изд-во КГАВМ, 2014. — 167 с.
  4. Назаров, Ш.Н. Биогеохимические особенности почв и растений Узбекистана / Ш.Н. Назаров, Д.В. Абдуллаев. — Ташкент: Фан, 2019. — 176 с.
  5. Риш, М.А. Биогеохимические провинции и микроэлементозы / М.А. Риш, Р.А. Даминов. — М.: Наука, 1982. — 212 с.
  6. Пушкарев, Р.П. Профилактика и лечение микроминеральных дефицитов у сельскохозяйственных животных / Р.П. Пушкарев. — Новосибирск: СибАгС, 2017. — 145 с.
  7. Denisenco, V.N. Role of cobalt and vitamin B12 in metabolic processes of cattle // Journal of Veterinary Biochemistry. – 2015. – Vol. 7(3). – P. 114–119.
  8. Кабанов, В.Н. Кормление и содержание крупного рогатого скота / В.Н. Кабанов. — М.: Агропромиздат, 2018. — 220 с.
  9. Назаров И.В. Биохимия сельскохозяйственных животных. — М.: Колос, 2014. — 368 с.
  10. Эргашев Ш.Т., Хамидов Н.Қ. Ветеринария ва чорвачиликда озиқлантириш гигиенаси. — Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2019. — 276 б.
  11. Саидов М. ва бошқалар. Микроэлементлар ва уларнинг ҳайвон организмига таъсири. — Самарқанд: Самарқанд Қишлоқ Хўжалик Институти нашриёти, 2021. — 152 б.
  12. Khan S. et al. Effects of cobalt supplementation on performance and health in ruminants: A review. Veterinary World, 2020, 13(2): 240–246.
  13. Kincaid R.L., Socha M.T. Effect of dietary cobalt supplementation on cobalt metabolism and performance in dairy cattle. Journal of Dairy Science, 2004, 87(10): 3505–3512.
  14. Otaboev A.T., Karimov R.M. Biokimyoviy ko‘rsatkichlarning veterinariya tibbiyotidagi diagnostik ahamiyati. — Toshkent: O‘rta Osiyo veterinariya ilmiy markazi, 2022. — 164 б.
  15. FAO/WHO. Vitamin and Mineral Requirements in Human Nutrition. 2nd ed. — Geneva: WHO Press, 2004. — 341 p.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014171
Nashr sanasi
2026-10-10
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
Jild
1
Son
5
DOI
10.66073/refocus-conf/260918
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
125–131
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-27