Nukus shahri sharoitida qulupnayni tomchilatib sug‘orish va fertigatsiyalashni asoslash uchun tuproqning mexanik tarkibi va oziq elementlari bilan ta‘minlanganligini o‘rganish va baholash
Aknazarov Omirbay Sabirbaevich, Emutbaev Jenisbay BaltabaevichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 19–20
Annotatsiya
Maqolada Nukus shahri sharoitida qulupnayni tomchilatib sug‘orish tartibini o‘rganish maqsadida tanlangan tajriba uchastkasi tuprog‘ining mexanik tarkibi va asosiy oziq elementlari bilan ta‘minlanganligi baholangan. Tuproqlar yengil mexanik tarkibga ega: o‘lchami 0,1–0,05 mm bo‘lgan zarrachalar fraksiyasi 56,60 %, fizik loy 17,73 % ulushni tashkil etadi. Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, tajriba uchastkasi tuproqlari qumloq tuproqlardan iborat. Harakatchan fosfor juda kam (13,8 mg/kg), almashinuvchi kaliy o‘rtacha (214,4 mg/kg), azot kam (27,7 mg/kg), gumus kam (1,09 %). Natijalar asosida yengil tuproqlarda kichik me‘yorlar bilan tez-tez sug‘orish, tomchilatgichlar oralig‘ini qisqartirish, organik o‘g‘it va mulcha qo‘llash, fosforni asosiy o‘g‘it sifatida, azot va kaliyni esa fertigatsiya orqali bo‘lib-bo‘lib berish hamda uchastka bo‘yicha tabaqalashtirilgan oziqlantirish tavsiya etiladi.
Boshqa tillarda
ruschaИзучение и оценка механического состава почвы и её обеспеченности элементами питания для обоснования капельного орошения и фертигации клубники в условиях города Нукуса
В статье оценены механический состав почвы опытного участка, выбранного для изучения режима капельного орошения клубники в условиях города Нукуса, и её обеспеченность основными элементами питания. Почвы имеют лёгкий механический состав: на фракцию частиц размером 0,1–0,05 мм приходится 56,60 %, на физическую глину — 17,73 %. По заключению лаборатории, почвы опытного участка относятся к супесчаным. Обеспеченность подвижным фосфором очень низкая (13,8 мг/кг), обменным калием — средняя (214,4 мг/кг), азотом — низкая (27,7 мг/кг), содержание гумуса низкое (1,09 %). На основании полученных результатов для лёгких почв рекомендуются частые поливы малыми нормами, сокращение расстояния между капельницами, применение органических удобрений и мульчи, внесение фосфора в качестве основного удобрения, а азота и калия — дробно путём фертигации, а также дифференцированное питание растений в пределах участка.
inglizchaStudy and assessment of soil texture and nutrient supply for substantiating drip irrigation and fertigation of strawberry in Nukus city
The article assesses the texture of the soil on an experimental plot selected for studying the drip irrigation regime of strawberry in Nukus city, as well as the supply of the soil with the main nutrients. The soils are light-textured: the fraction of 0.1–0.05 mm particles accounts for 56.60 %, and physical clay for 17.73 %. According to the laboratory report, the soils of the experimental plot are sandy loams. Available phosphorus is very low (13.8 mg/kg), exchangeable potassium is medium (214.4 mg/kg), nitrogen is low (27.7 mg/kg), and humus content is low (1.09 %). Based on the results, the following practices are recommended for light soils: frequent irrigation with small application rates, reduced emitter spacing, the use of organic fertilizers and mulch, application of phosphorus as a basal fertilizer with split application of nitrogen and potassium through fertigation, and differentiated plant nutrition within the plot.
Kalit so‘zlar
- mexanik tarkib
- fizik loy
- gumus
- oziq elementlari
- fertigatsiya
- tomchilatib sug‘orish
- qulupnay
- Nukus shahri
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014485
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610001
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 19–20
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03