Asosiy mazmunga o‘tish

Jizzax viloyatida qoramollar fassiolyozining epizootologik xususiyatlari

O‘rolov O.O., Musinova G.A., Urokov K.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026

KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 114–119

Annotatsiya

Maqolada Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qoramollar fassiolyozining tarqalishi va oraliq xo‘jayinlari o‘rganildi. Tekshirilgan 50 ta tezak namunasining 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda Lymnaea bactriana mollyuskalari qayd etildi. Natijalar hududda fassiolyoz tarqalishi uchun qulay epizootologik sharoit mavjudligini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaЭпизоотологические особенности фасциолеза крупного рогатого скота в Джизакской области

Изучено распространение фасциолеза крупного рогатого скота и его промежуточных хозяев в отдельных районах Джизакской области. Яйца Fasciola spp. обнаружены в 17 (34,0%) из 50 исследованных проб фекалий. Во влажных биотопах пастбищ выявлены моллюски Lymnaea bactriana. Полученные результаты свидетельствуют о наличии благоприятных условий для распространения фасциолеза.

inglizchaEpizootiological features of cattle fasciolosis in the Jizzakh region

The prevalence of cattle fasciolosis and its intermediate hosts was studied in selected districts of the Jizzakh region. Fasciola spp. eggs were detected in 17 (34.0%) of 50 cattle fecal samples. Lymnaea bactriana snails were found in wet biotopes near grazing areas. The results indicate favorable epizootiological conditions for fasciolosis transmission in the study area.

Kalit so‘zlar

  • fassiolyoz
  • Lymnaea auricularia
  • Lymnaea bactriana
  • mollyuska
  • oraliq xo‘jayin
  • gelmintokoprologik
  • ketma-ket yuvish usuli
  • trematodoz
  • epizootologik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR

O‘zbek tilida UDK: 619:636.2:616.995.112 B. 114–119

JIZZAX VILOYATIDA QORAMOLLAR FASSIOLYOZINING EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260916

I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N

O.O. O‘rolov, G.A.Musinova, K.Urokov. Jizzax viloyatida qoramollar fassiolyozining epizootologik xususiyatlari // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9– 10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 114–119. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260916

Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz

UDK: 619:636.2:616.995.112 JIZZAX VILOYATIDA QORAMOLLAR FASSIOLYOZINING EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI O.O. O‘rolov Magistr, G.A.Musinova, tayanch doktorant, (PhD), K.Urokov, dotsent, ilmiy rahbar.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Maqolada Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qoramollar fassiolyozining tarqalishi va oraliq xo‘jayinlari o‘rganildi. Tekshirilgan 50 ta tezak namunasining 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda Lymnaea bactriana mollyuskalari qayd etildi. Natijalar hududda fassiolyoz tarqalishi uchun qulay epizootologik sharoit mavjudligini ko‘rsatdi.

Abstract. The prevalence of cattle fasciolosis and its intermediate hosts was studied in selected districts of the Jizzakh region. Fasciola spp. eggs were detected in 17 (34.0%) of 50 cattle fecal samples. Lymnaea bactriana snails were found in wet biotopes near grazing areas. The results indicate favorable epizootiological conditions for fasciolosis transmission in the study area.

Аннотация. Изучено распространение фасциолеза крупного рогатого скота и его промежуточных хозяев в отдельных районах Джизакской области. Яйца Fasciola spp. обнаружены в 17 (34,0%) из 50 исследованных проб фекалий. Во влажных биотопах пастбищ выявлены моллюски Lymnaea bactriana. Полученные результаты свидетельствуют о наличии благоприятных условий для распространения фасциолеза.

Kalit so‘zlar: Fassiolyoz, Lymnaea auricularia, Lymnaea bactriana, mollyuska, oraliq xo‘jayin, gelmintokoprologik, ketma-ket yuvish usuli, trematodoz, epizootologik.

Keywords: Fascioliasis, Lymnaea auricularia, Lymnaea bactriana, mollusk, intermediate host, helminthocoprological, sequential washing method, trematodosis, epizootiological.

Ключевые слова: Фасциолез, Lymnaea auricularia, Lymnaea bactriana, моллюск, промежуточный хозяин, гельминтокопрологический, метод последовательного промывания, трематодоз, эпизоотологический.

Kirish. Bugungi kunda fassiolyoz qishloq xo‘jaligi hayvonlari orasida keng tarqalgan bo‘lib, chorvachilikka sezilarli iqtisodiy zarar yetkazadigan trematodoz kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallik hayvonlarning go‘sht va sut mahsuldorligining pasayishi hamda mahsulot sifatining yomonlashishiga olib keladi. Fassiolyozning tarqalishi qo‘zg‘atuvchining rivojlanish sikli, oraliq xo‘jayinlarning mavjudligi hamda tashqi muhit omillari bilan bevosita bog‘liq.

Fassiolyozning rivojlanish siklining muhim bosqichlari chuchuk suv mollyuskalari organizmida kechadi. Shu bois fassiolyozning tabiiy o‘choqlarini aniqlashda definitiv xo‘jayinlarni gelmintologik tekshirish bilan bir qatorda, chuchuk suv manbalarida uchraydigan oraliq xo‘jayinlarni aniqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Gelmintologik tekshirishlar hayvonlarning fassiolyoz bilan zararlanish darajasini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, o‘lgan yoki majburiy so‘yilgan hayvonlarning jigar va o‘t yo‘llarini gelmintologik tekshirish orqali fassiolalarning mavjudligi hamda ehtimoliy invaziya o‘choqlari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotlar Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal va Forish tumanlari hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “Zooparazitologiya” laboratoriyasida olib borildi. Tadqiqot davomida qoramollardan olingan tezak namunalari ketma-ket yuvish usulida gelmintokoprologik tekshirildi. Shuningdek, qoramollar boqiladigan yaylovlar atrofidagi suv havzalari, ariqlar, ko‘lmaklar va nam biotoplarda uchraydigan chuchuk suv mollyuskalari yig‘ilib, ularning tur tarkibi qiyosiy-morfologik belgilar asosida aniqlandi. Yig‘ilgan mollyuskalar laboratoriya sharoitida vaqtincha saqlanib, ulardan trematoda serkariylarining ajralishi kuzatildi. Kuzatuv davomida nobud bo‘lgan mollyuskalar yorib tekshirilib, ularda trematodalarning partenogenetik rivojlanish bosqichlari mavjudligi o‘rganildi. Qoramollarning fasciolalar bilan zararlanish darajasi tekshirilgan hayvonlar soniga nisbatan Fasciola spp. tuxumlari aniqlangan namunalar soni asosida invaziya ekstensivligi (IE, %) ko‘rsatkichida baholandi.

1-rasm. Tadqiqot hududlaridagi chuchuk suv mollyuskalari uchraydigan biotoplar Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal va Forish tumanlarida qoramollar boqiladigan yaylovlar atrofidagi suv havzalari, ariqlar va nam biotoplarda olib borilgan malakologik kuzatuvlar davomida chuchuk suv mollyuskalari aniqlandi. Topilgan mollyuskalar qiyosiy-morfologik belgilari asosida Lymnaea bactriana turiga mansub deb baholandi. Tekshirilgan biotoplarda Fasciola hepaticaning rivojlanishida ishtirok etuvchi boshqa oraliq xo‘jayin mollyuska turlari qayd etilmadi.

2-rasm. Tadqiqot hududlaridan yig‘ilgan Lymnaea bactriana mollyuskalari Yig‘ilgan L. bactriana mollyuskalari laboratoriya sharoitida vaqtincha saqlanib, ulardan trematoda serkariylarining ajralishi kuzatildi. Kuzatuv davrida mollyuskalardan serkariylarning ajralishi qayd etilmadi. Nobud bo‘lgan ayrim mollyuskalar yorib tekshirilganda yosh sporotsistalar mavjudligi aniqlandi. Biroq sporotsistalarning rivojlanish darajasi va morfologik belgilarining yetarli darajada shakllanmaganligi sababli ularning aynan Fasciola avlodiga mansubligini ishonchli tasdiqlash imkoni bo‘lmadi. Shu sababli mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda. Qoramollarning fasciolalar bilan zararlanish darajasini aniqlash maqsadida G‘allaorol, Baxmal va Forish tumanlaridan jami 50 ta tezak namunasi olinib, ketma-ket yuvish usulida gelmintokoprologik tekshirildi.

3-rasm. Qoramol tezagi namunalarini ketma-ket yuvish usulida gelmintokoprologik tekshirish jarayoni Tekshirish natijasida jami 50 ta namunaning 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Jumladan, G‘allaorol tumanidan tekshirilgan 23 ta namunaning 7 tasi ijobiy bo‘lib, invaziya ekstensivligi 30,4% ni tashkil etdi. Baxmal tumanida 17 ta namunaning 8 tasida Fasciola spp. tuxumlari aniqlanib, invaziya ekstensivligi 47,1% ni tashkil etdi. Forish tumanida esa tekshirilgan 10 ta namunaning 2 tasi ijobiy bo‘lib, invaziya ekstensivligi 20,0% ni tashkil etdi.

1-jadval. Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qoramollarning fasciolalar bilan zararlanish darajasi T/r Jizzax viloyati tumanlar Tekshirilgan Fasciolaning Zararlangan IE kesimida qoramol soni tuxumlar soni (%) 1 G‘allaorol 23 7 30.4 2 Baxmal 17 8 47 3 Forish 10 2 20 Olingan natijalarga ko‘ra, tekshirilgan qoramollar orasida fasciolalar bilan zararlanishning eng yuqori ko‘rsatkichi Baxmal tumanida (47,1%), undan keyin G‘allaorol tumanida (30,4%) va nisbatan past ko‘rsatkich Forish tumanida (20,0%) qayd etildi.

Gelmintokoprologik tekshirishlarda Fasciola spp. tuxumlarining aniqlanishi hamda qoramollar boqiladigan yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda L. bactriana mollyuskalarining uchrashi ushbu hududlarda F. giganticaning rivojlanishi uchun epizootologik sharoit mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tekshirilgan biotoplarda F. hepaticaning rivojlanishida ishtirok etuvchi boshqa oraliq xo‘jayinlarning qayd etilmaganligi ham ushbu taxminni qo‘llab-quvvatlovchi omillardan biri hisoblanadi.

Biroq tezak namunalarida aniqlangan tuxumlarning turga mansubligi molekulyar usullarda tasdiqlanmaganligi hamda L. bactriana mollyuskalarida aniqlangan yosh sporotsistalarning Fasciola avlodiga mansubligi ishonchli aniqlanmaganligini hisobga olib, tekshirilgan biotoplarni hozirgi bosqichda F. giganticaning to‘liq tasdiqlangan tabiiy o‘choqlari sifatida baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

Xulosa. Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal va Forish tumanlaridagi qoramollardan olingan jami 50 ta tezak namunasining 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Invaziya ekstensivligi Baxmal tumanida 47,1%, G‘allaorol tumanida 30,4% va Forish tumanida 20,0% ni tashkil etdi.

Qoramollar boqiladigan yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda qiyosiy-morfologik belgilari bo‘yicha Lymnaea bactrianaga mansub mollyuskalar aniqlandi. Laboratoriya tekshiruvlarida ayrim mollyuskalarda yosh sporotsistalar qayd etilgan bo‘lsa-da, ularning Fasciola avlodiga mansubligi hozircha ishonchli tasdiqlanmadi.

Gelmintokoprologik va malakologik tekshirish natijalari o‘rganilgan hududlarda fassiolyoz tarqalishi uchun qulay epizootologik sharoit mavjudligini ko‘rsatadi. F. giganticaning tabiiy o‘choqlarini to‘liq tasdiqlash maqsadida mollyuskalardagi partenogenetik bosqichlarni morfologik va molekulyar usullarda identifikatsiya qilish bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettirish maqsadga muvofiq.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. DJ. A. Azimov, A. I. Yatusevich, X. B. Yunusov, R. B. Davlatov, B. T. Norqobilov, Sh. A. Djabborov, A. S. Daminov, A. O. Oripov, A. G‘. G‘afurov, N. E. Yuldashov, Sh. X. Qurbanov Parazitologiya va invazion kasalliklar Darslik. Toshkent, 2024
  2. Haqberdiev P.S., Qurbanov Sh.X. Parazitologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. Toshkent, 2015.
  3. Irgashev I.X., Davlatov R.B. va boshqalar. Umumiy parazitologiya. Samarqand, 1999.
  4. Salimov B.S., Daminov A.S., Qurbonov Sh.X., Otaboev X.E. Trematodalar (filogeniya, sistematika, morfologiya, biologiya, ekologiya). Samarqand, 2018.
  5. Salimov B.S., Daminov A.S., Qurbonov Sh.X., Izatullaev Z.I., Otaboev X.E., Uroqov K.X. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining jigar trematodozlari, ularni davolash va oldini olish chora- tadbirlari (tavsiyanoma). Toshkent, 2009. -31 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014169
Nashr sanasi
2026-10-10
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
Jild
1
Son
5
DOI
10.66073/refocus-conf/260916
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
114–119
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-27