Asosiy mazmunga o‘tish

Qo‘y va qo‘zilarning ektoparazitlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish

Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich2026

KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 202–207

Annotatsiya

Ushbu maqolada chorvachilikning muhim tarmog‘i bo‘lgan qorako‘lchilikda qo‘ylarning bosh sonining ortishi va ularning fiziologik holatiga to‘siq bo‘ladigan ektoparazitlarning Buxoro viloyatining ayrim tumanlaridagi tarqalishi va profilaktik tadbirlar bayon qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaРаспространение эктопаразитов овец и ягнят и борьба с ними

В данной статье описаны распространение эктопаразитов в некоторых районах Бухарской области и меры профилактики. В каракулеводстве, являющемся важной отраслью животноводства, эктопаразиты препятствуют увеличению поголовья овец и негативно влияют на их физиологическое состояние.

inglizchaDistribution of ectoparasites of sheep and lambs and their control

This article describes the spread of ectoparasites in certain districts of the Bukhara region and preventive measures. In Karakul sheep breeding, an important branch of livestock production, ectoparasites hinder the growth of the sheep population and adversely affect the physiological condition of the animals.

Kalit so‘zlar

  • ektoparazitlar
  • kanalar
  • qo‘ylar
  • Parasitiformes
  • Arthropoda
  • Arachnoidea
  • Acariformes
  • parazitiform
  • Ixodidea
  • Gamasoidea
  • Dermanyssidae
  • ivermektin
  • Ivomek
  • Sidektin
  • Santomektin
  • Baymek
  • Deltapur-10
  • Amitraz -125
  • spontan
  • in‘yeksiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR

O‘zbek tilida UDK: 619:636.31:595.42:616.9:616.084 B. 202–207

QO‘Y VA QO‘ZILARNING EKTOPARAZITLARINING TARQALISHI VA ULARGA QARSHI KURASHISH

DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260930

I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N

Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich. Qo‘y va qo‘zilarning ektoparazitlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9– 10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 202–207. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260930

Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz

UDK: 619:636.31:595.42:616.9:616.084 QO‘Y VA QO‘ZILARNING EKTOPARAZITLARINING TARQALISHI VA ULARGA QARSHI KURASHISH Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich Annotatsiya. Ushbu maqolada chorvachilikning muhim tarmog‘i bo‘lgan qorako‘lchilikda qo‘ylarning bosh sonining ortishi va ularning fiziologik holatiga to‘siq bo‘ladigan ektoparazitlarning Buxoro viloyatining ayrim tumanlaridagi tarqalishi va profilaktik tadbirlar bayon qilingan.

Abstract. This article describes the spread of ectoparasites in certain districts of Bukhara region and preventive measures, which will increase the head number of sheep in karakul, an important branch of livestock production, and become an obstacle to their physiological state.

Аннотация. В данной статье описано распространение и меры профилактики по эктопаразитам в некоторых районах Бухарской области, что препятствует увеличению поголовья овец и их физиологического состояния в овцеводстве, являющемся основной отраслью животноводства.

Kalit so‘zlar: Ektoparazitlar, kanalar, qo‘ylar, parasitiformes, arthropoda, arachnoidea, acariformes, parazitiform, ixodidea, gamasoidea, dermanyssidae, ivermektin, ivomek, sidektin, santomektin, baymek, deltapur-10, amitraz -125, spontan, in’yeksiya.

Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi chorvachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, sohada ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda aholini chorva hayvonlari bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilishda o‘n kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qo‘y va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berilgan edi va bu topshiriqning ijrosi qo‘ychilikka ixtisoslashgan tumanlar, ovullar kesimida bajarilib kelinmoqda. Bunga davlat tomonidan 100 million dollar yo‘naltirilgan edi. Soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo‘y va echkichilik xo‘jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yilgan. Viloyat hokimlari 2022-yilda qorako‘lchilik, qo‘ychilik, echkichilik va jun sanoatini rivojlantirish hisobiga 150 ming nafar aholi bandligini ta’minlashi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mavzuning dolzarbligi. Kanalar xo‘jaliklarda juda keng tarqalgan ektoparazitlar bo‘lib, ularning diagnostikasi o‘z vaqtida aniqlab davolanmasa, xo‘jalikka katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Qo‘ylarning ektoparazitlar bilan zararlanish darajasi yuqori cho‘qqiga chiqishi qish va bahor oylarida kuzatilsa, yoz-kuz mavsumlarida zararlanish darajasining kamayishi qayd etiladi. Qish davrida qo‘ylarning ektoparazitlar bilan zararlanish ekstensivligi 45-65 foizni, bahor oylarida 85-100 foizni, yoz oylarida 15-25 foizni, kuz oylarida esa 25-35 foizni tashkil etadi.

Ektoparazitlar bilan kasallangan qo‘ylar sog‘lomlari bilan birga boqilganda, kasallik sog‘lom qo‘ylarga juda tez yuqib, kasallangan qo‘ylar bosh sonining oshishiga olib keladi. Bunday holatda, ayniqsa qo‘zilarning katta yoshdagi qo‘ylarga qaraganda kuchliroq zararlanishi qayd etiladi. O‘tgan davr mobaynida qo‘y va qo‘zilarning bosh soni qariyb ikki baravarga ko‘payib, sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qo‘ylarining nasli yaxshilandi va cho‘l ozuqabop ekinlarining yangi navlari yaratildi. So‘nggi yillarda ayrim parazitar kasalliklar, xususan ektoparazitlar qo‘ychilik sohasining jadal rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqot maqsadi. Navoiy viloyati Nurota tumanida ko‘paytirilayotgan qo‘y va qo‘zilar orasida ektoparazitlarning epizootik holatini o‘rganish, davolash va profilaktika tadbirlarini takomillashtirish.

Tadqiqot obyekti va uslublari. Tadqiqotlar Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari, “Nurota Qorako‘l naslchilik” MChJ da urchitilayotgan va ektoparazitlar bilan (spontan) zararlangan turli yoshdagi qo‘y va qo‘zilarda olib borildi. Tadqiqotlarda zararlangan qo‘ylardan olingan kanalar mikroskopiya usulida tekshirildi.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Veterinariya araxnologiyasi Arthropoda tipi Arachnoidea sinfi va ikkita turkumga kiruvchi Parasitiformes (kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchi kanalarni) va Acariformes (kasallik qo‘zg‘atuvchi kanalarni) o‘rganadi. Kanalarning tanasi bir-biriga qo‘shilib ketganligiga qaramay, ular bosh, ko‘krak va qorin qismlarga bo‘lingan. Jinsiy yetuk kanalarning to‘rt juft, lichinkalarining esa uch juft oyog‘i bo‘ladi. Parazitiform kanalar tanasining oldi va orqa qismini ajratib turuvchi chegarasi bo‘lmaydi. Parasitiformes turkumi ikkita Ixodidea va Gamasoidea kenja turkumiga bo‘linadi. Ixodidea katta oilasi ikkita Ixodidea va Argasidae oilani o‘z ichiga oladi. Gamasoidea katta oilasi juda ko‘p miqdordagi oilalarni o‘z ichiga oladi, lekin Dermanyssidae oilasi veterinariyada katta ahamiyatga ega[4,10].

Kanalar ayrim jinsli, tuxum qo‘yib rivojlanib, ko‘payadi. Bitta urg‘ochi kana umri davomida 3-4 mingdan to 10-15 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlari juda mayda, ovalsimon shaklda sariq tusda bo‘ladi. Urug‘langan urg‘ochi kana hayvon (xo‘jayin) qonini so‘rib to‘ygandan so‘ng yerga tushadi va tuxum qo‘ya boshlaydi, hamma tuxumlarini qo‘yib bo‘lgach esa nobud bo‘ladi. Tuxumlaridan lichinka chiqadi, tullab nimfaga aylanadi, u esa yana tullab jinsiy voyaga yetgan shaklli – imagoga aylanadi. Lichinkalarining embrional rivojlanish davri bir oy va undan ham ko‘proq davom etib, nimfa va imagoga aylanishi bir necha kundan bir oygacha davom etadi. Hayvon qonini so‘rish davri kanalarning rivojlanishiga qarab (lichinkalari 3-7 kun, nimfalar 3-10 kun, imagosi 8-10 kun) 3-10 kun davom etadi[6.9].

Tanasi oval yoki ellipssimon shaklda bo‘lib, bo‘g‘inlarga bo‘linmagan. Yaylov kanalarining uzunligi va rangi ularning och-to‘qligiga bog‘liq bo‘lib, och kanalar yassi va uzunchoq bo‘ladi. Qon so‘rib to‘ygan kanalarning tanasi xuddi tuxum shaklida bo‘lib, uzunligi 1,5 sm, och kanalarniki esa 2-7 mm gacha bo‘lishi mumkin. Och kanalar och sariq, sariqroq-qo‘ng‘ir, qoramtir, hatto qora tusda, ya’ni ularning och-to‘qligiga va ozuqaning xarakteriga bog‘liq. Xartumlarida kana tanasining dorsal qismi yaxshi ko‘rinadi, u og‘iz apparati va fiksatsiya organi vazifasini bajaradi. U ikkita yuqori jag‘ yoki xelitsera, pastki jag‘ gipostom, to‘rt yoki olti burchakli xartum asosi va paypastlagichlaridan iborat[3,12]. B.Sayidqulov va boshqa olimlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududida uy hayvonlari va parrandalarda kanalarning 24 turi parazitlik qiladi. Agar bularga yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan kanalar ham qo‘shilsa, ularning turi 29 taga yetadi.

Tadqiqot usullari va natijalari. Tadqiqotlarimiz Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqot davomida eksperimental, mikroskopik va statistik usullardan foydalanildi. Kanalar bilan zararlangan qo‘y va qo‘zilar aniqlanib suruvdan ajratildi va kanalar maxsus idishlarga terib olindi. Bunda kanalarining biologiyasi, epizootologiyasi, klinik belgilari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari tahlil qilindi.

Ektoparazitlar bilan kasallangan qo‘ylar sog‘lomlari bilan birga boqilganligi uchun zararlanish juda tez kechib, zararlangan qo‘ylar bosh sonining oshishiga olib kelgan. Bunday holatda, ayniqsa qo‘zilarning katta yoshdagi qo‘ylarga qaraganda kuchliroq zararlanishi qayd etilganligi tadqiqotlarimiz davomida aniqlandi.

Tadqiqotlarimiz davomida kanalar so‘rg‘ichlari orqali teri retseptorlarini yallig‘laganligi, teri qichishi yuzaga kelishi natijasida qo‘zilar tishlari bilan zararlangan joylarni jarohatlaganligi, natijada yara hosil bo‘lib, teri so‘lak bilan namlanganligi holatlari aniqlandi. Bu esa kanalarning ko‘payishi uchun birlamchi psoroptozli manbaga qulay sharoit tug‘dirgan. Kanalarning so‘lagi orqali yaralarga tushgan toksinlar oqibatida teri yallig‘langan, uning yuzasiga limfa to‘plangan, vaqt o‘tishi bilan quyuqlashgan va o‘lgan epidermis hujayralari bilan birgalikda po‘stloqqa aylangan. Ularga yiringli mikroblar tushib rivojlana boshlagan, kana va ularning chiqindilari terining yallig‘lanish jarayonini chuqurlashtirib yuborgan va bu organizmning umumiy holatiga ta’sir ko‘rsatgan. Lizis oqibatida nobud bo‘lgan hujayralar va modda almashinuvidagi mahsulotlari, mikroblarning chiqarayotgan toksinlari organizmga so‘rilishi natijasida eozinofiliya va boshqa gemodinamik jarayon rivojlangan.

Diagnoz xarakterli klinik belgilar va kanani topish asosida qo‘yiladi. Gumon qilingan holatda yoki subklinik ko‘rinishda kechayotgan vaqtda, albatta laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilishi shart.

Tadqiqotlarimiz davomida “Nurota Qorako‘l naslchilik” MChJ otarlarida ektoparazitlarga qarshi quruq usulda davolash va profilaktika tadbirlari olib borildi. Bunda ektoparazitlarni yo‘q qilish uchun ivermektin, ivomek, sidektin, santomektin, baymek kabi antiparazitar dorilar qo‘ylarning 10 kg tirik vazniga 0,2 ml miqdorda teri ostiga (0,2 mg ivermektin 1 kg tana og‘irligiga) ikki marotaba bir hafta oralatib teri ostiga inyeksiya qilindi va mahalliy preparatlardan Deltapur-10, Amitraz -125 kabi dorilardan ham maqsadli foydalanildi. Ushbu preparatlar ektoparazitlar, qon so‘ruvchi bitlar, sarkoptoid kanalarning lichinka va voyaga yetgan bosqichlariga samarali ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Xulosalar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ektoparazitlarga qarshi kurash doimiy va aniq reja asosida, to‘la hajmda amalga oshirilishi lozim. Chora-tadbirlar har bir geografik-iqlim mintaqa, alohida va o‘ziga xos relyef, ob-havo, suv bilan ta’minlanish, o‘simliklar faunasi, yer (tuproq) ning sho‘rlanganlik darajasi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirilgandagina invaziyaning oldini olish mumkin. Bugungi kunda iqtisodiy zarar yetkazadigan turli yuqumli, yuqumsiz kasalliklar, ektoparazitlarga qarshi kurashda fan va ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, qo‘ylarning asosiy ektoparazitlarini aniqlash, ularga qarshi chora-tadbirlar rejalari asosida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, bu tadbirlarni amalga oshirishda guruhli dezakarizatsiya usullaridan keng va samarali foydalanish zarur. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga asoslanib, bugungi kunda qo‘ychilik tarmog‘iga sezilarli iqtisodiy zarar keltirayotgan ektoparazitlariga qarshi kurashish va oldini olishda salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Ammo parazitlarning biologik xususiyatlari, iqlim zonalarining jadallik bilan o‘zgarib borayotganini hisobga olib, zaharlilik darajasi past, samaradorligi yuqori bo‘lgan insektoakarisid preparatlarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar19 ta adabiyot

  1. A.U.Mirzaeva // Janubiy O‘zbekiston sharoitida argasidae kanalari parazitar tizimining shakllanish xususiyatlari. Dissertatsiya avtoreferati. Toshkent – 2018
  2. B.Sayidqulov va boshqalar / veterinariya mutaxassislari uchun qisqacha ma’lumotnoma. Toshkent 2015-y 241-248 b.
  3. Б.М.Багамаев, А.А.Водянов, В.А.Оробец / Профилактика и меры борьбы с псороптозом овец. Рекомендации для практических врачей и работников овцеводства. – Ставрополь: Респект, 2010. – 48 с.
  4. Б.М.Багамаев, Ф.И.Василевич, А.А.Водянов, В.М.Оробец / Саркоптоидозы. – Ставрополь: Респект, 2010. – 64 с.
  5. D.T.Isakova, e.B.SHakarboev. // Parazitologiya. Toshkent-2004. 159-164 b.)
  6. S. Dadaev / Parzitologiya. Toshkent – 2004. 109-112 b.
  7. S.I.Mavlonov va boshqalar. // Qo‘ylar ektoparazitlari. Veterinariya meditsinasi jurnali 2021-y. №1. 22-24 b.
  8. S.I.Mavlanov // Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ektoparazitlardan himoya qilishning yangi usullarini yaratish. Dissertatsiya. Samarqand – 2016
  9. P.S.Haqberdiev, SH.X.Qurbonov / Parazitologiya fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari. Toshkent. 2015-y. 166-171 b.
  10. T.Abdurahmonov va boshqalar / Veterinariya parazitologiyasi. Toshkent-2005-y. 176-177 b.
  11. G‘.G‘.Jabborov // Veterinariya va chorvachilik sohasidagi yutuqlari. 2021:-103-105 b.
  12. Sh.R.Xolov, S.I.Mavlanov // Qo‘ylar ektoparazitlari. Veterinariya meditsinasi jurnali. 2021-y. №11. 24-25b.
  13. M.Yu.Rahimov., F.S.Po‘latov. // Ektoparazitlarga qarshi “Deltametrin” ning samaradorligi. Veterinariya meditsinasi jurnali 2020-y. №6. 27-28 b.
  14. Jabborov, G. G. (2022). Ectoparasites of Sheep, Their Treatment and Prevention Measures. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 14, 91-95.
  15. Глазунов Ю.В., Столбова О.А. Эффективност инсектоакарицидных препаратов при дезакаризации объектов ветеринарного надзора // Вестник Ветеринарии. – 2014. – No 69 (2). – С. 26-29.
  16. Jabborov, GG, Raimkulov, IX, & Sobirov, OO (2024). QORAKO‘L QO‘YLARINING EKTOPARAZITLARIGA QARSHI YANGI ZAMONAVIY DORILARNI SINAB KO‘RISH. Veterinariya fanlari va yovvoyi tabiatni kashf etish bo‘yicha Amerika jurnali, 6 (03), 13-16.
  17. Xaydarovich, R. I., Gafforjonovich, J. G., Berdiyevich, D. R., & Jurakulovna, X. N. (2024). DISTRIBUTION OF CHICKEN ECTOPARASITES. The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery, 6(03), 17-20.
  18. Даминов, А. С., Уроков, К. Х., Райимкулов, И. Х., Джабборов, Г. Г., Алибоев, З. А., & Эшонкулова, Г. С. (2026). ИЗУЧЕНИЕ ЛЕЧЕБНЫХ И ПРОФИЛАКТИЧЕСКИХ СВОЙСТВ РАСТЕНИЯ ИЗ РОДА FERULA L. В НАРОДНОМ МЕДИЦИНЕ И В ВЕТЕРИНАРИИ. Research Focus, 5(2), 304-309.
  19. Jabborov, G., & Rayimqulov, I. X. (2022). QO‘Y VA ECHKILARNING EKTOPARAZITLARI VA ULARGA QARSHI DORI VOSITALARINI SINOVDAN O‘TKAZISH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI, 86-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014183
Nashr sanasi
2026-10-10
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
Jild
1
Son
5
DOI
10.66073/refocus-conf/260930
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
202–207
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-28