Asosiy mazmunga o‘tish

Samarqand viloyatining ayrim xo‘jaliklarida tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari

O‘rinova Umida, Rustamov BaxtiyorSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026

KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 120–124

Annotatsiya

Ushbu maqolada parrandalarda uchraydigan askarida galli qo‘zg‘atuvchisi tomonidan chaqiriladigan tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. Parazitning rivojlanish sikli, parrandalar organizmiga yuqish yo‘llari, parazitlik qilish joylari va qo‘zg‘atuvchilarning ko‘payish jarayonlari yoritib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaДиагностика, лечение и меры профилактики аскаридиоза кур в некоторых хозяйствах Самаркандской области

В статье освещены вопросы диагностики, лечения и мер профилактики аскаридиоза кур, вызываемого встречающимся у птиц возбудителем Ascaridia galli. Описаны цикл развития паразита, пути заражения птиц, места паразитирования и процессы размножения возбудителей.

inglizchaDiagnosis, treatment and preventive measures for ascaridiosis in chickens on some farms in the Samarkand region

This article covers the diagnosis, treatment and preventive measures for ascaridiosis in chickens caused by Ascaridia galli, a pathogen found in poultry. The life cycle of the parasite, the routes by which birds become infected, the sites of parasitism and the reproductive processes of the pathogens are described.

Kalit so‘zlar

  • Ascaridia galli
  • askaridoz
  • epizootologiya
  • rivojlanish sikli
  • diagnostika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR

O‘zbek tilida UDK: 619:636.5:616.995.1:616.084 B. 120–124

SAMARQAND VILOYATINING AYRIM XO‘JALIKLARIDA TOVUQLAR ASKARIDOZINING DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260917

I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N

O‘rinova Umida, Baxtiyor Rustamov. Samarqand viloyatining ayrim xo‘jaliklarida tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9–10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 120–124. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260917

Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz

UDK: 619:636.5:616.995.1:616.084 SAMARQAND VILOYATINING AYRIM XO‘JALIKLARIDA TOVUQLAR ASKARIDOZINING DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI O‘rinova Umida magistr Baxtiyor Rustamov PhD v.b., dotsent ilmiy rahbar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada parrandalarda uchraydigan askarida galli qo‘zg‘atuvchisi tomonidan chaqiriladigan tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. Parazitning rivojlanish sikli, parrandalar organizmiga yuqish yo‘llari, parazitlik qilish joylari va qo‘zg‘atuvchilarning ko‘payish jarayonlari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: Ascaridia galli, askaridoz, epizootologiya, rivojlanish sikli, diagnostika Kirish. Tovuqlar askaridozi tovuqlarda Ascaridia galli nematodasi qo‘zg‘atadigan gelmintoz kasallik hisoblanadi. Ularda asosan ingichka ichakda parazitlik qiladi va yosh tovuqlarda o‘sish, rivojlanishining sekinlashuviga olib keladi. Qo‘zg‘atuvchisi askarida galli oqish sarg‘ish rangli yirik yumaloq chuvalchang. Voyaga yetgan parazitlar nisbatan yirik bo‘lib, ichak bo‘shlig‘ida oziq moddalar hisobiga hayot kechiradilar. Tuxumlar qulay sharoitda invazion holatga keladi va parranda ularni yem, suv yoki ifloslangan muhit orqali yutib zararlanishi mumkin. Askarida gallining rivojlanish sikli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketadi, ya’ni majburiy oraliq xo‘jayin talab qilmaydi. Tovuqlar askaridozi (Ascaridia galli) parrandachilik xo‘jaliklariga eng ko‘p iqtisodiy zarar keltiruvchi gelmintozlardan biridir. Kasallik asosan tovuqlarning ingichka ichagida parazitlik qiluvchi nematodalar tomonidan chaqiriladi. Quyida ushbu kasallikning diagnostikasi, davolash va oldini olish bo‘yicha so‘nggi xorijiy tadqiqotlar xulosasi keltirilgan:

Tadqiqotning maqsadi. Xo‘jaliklardagi parrandalar orasida askaridioz tarqalishining oldini olish. Davolashning yangi usullarini ishlab chiqish, davolash jarayonida yangi preparatlarni qo‘llash.

Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani parrandachilik fermer xo‘jaligi va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Parazitologiya kafedrasi Zooparazitologiya laboratoriyasida o‘tkazildi. Tadqiqotimizda xo‘jalikdan olib kelingan namunalar Fyulliborin usulida tekshirildi.

Tadqiqot natijalari. Xo‘jalikdan olib kelingan tezak namunalarini tekshirdik, bunda fulliborin usulidan foydalandik. Fyulliborin usulini bajarish uchun osh tuzining to‘yingan eritmasi kerak bo‘ladi. Osh tuzining to‘yingan eritmasini tayyorlash uchun 1 litr qaynab turgan suvga 350-400 gram (380,0) NaCl tuzini solib eritiladi va filtrlab olinadi. Osh tuzi to‘yingan eritmasining solishtirma og‘irligi 1,18 ga teng, ya’ni parazit gelmintlar tuxumlari solishtirma og‘irligi 1,18 gacha bo‘lganlari eritma yuzasiga qalqib chiqadi. 1,18 dan yuqori bo‘lganlari esa cho‘kmada qoladi.Gumon qilingan parrandalardan 5-10 gram tezak namunasi olinib maxsus idishlarga solinadi va ustiga osh tuzining to‘yingan eritmasidan dastlab oz miqdorda solib yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra nisbat 1:20 ga hosil bo‘lguncha to‘yingan eritmadan solib aralashtiriladi. Keyin doka yoki simli to‘r yordamida 2 stakanga filtrlanadi va 30-40 minut davomida tinch joyda qoldirilib tindiriladi, so‘ngra aralashma yuzasiga qalqib chiqqan gelmint tuxumlari simli ilmoqcha yordamida olinib buyum oynasiga o‘tkaziladi, qoplagich oynacha bilan yopilib mikroskopda tekshiriladi.

1-rasm. Ascaridia galli mikroskop ostida ko‘rinishi Tekshirishlar natijasida Kattaqo‘rg‘on Valijon Parranda MCHJ xo‘jaligi tovuqlaridan olingan namunalar umumlashtirildi. 1- binodan kasallikka gumon qilingan tovuqlardan 20 tasi ajratib olinib tekshirildi, shundan 15 tasida A.galli aniqlandi va ko‘rsatkich 75% zararlanishi aniqlandi. 2-binoda kasallikka gumon qilingan tovuqlardan 20 tasi ajratib olinib tekshirildi.Shundan 8 tasida A.galli aniqlandi va zararlanish ko‘rsatkichi 40% aniqlandi. 3- binoda kasallikka gumon qilingan tovuqlardan 20 tasi ajratib olinib tekshirildi.Shundan 12 tasida A.galli aniqlandi va zararlanish ko‘rsatkichi 80 % aniqlandi. 1-jadval. Xo‘jalik binolari bo‘yicha tovuqlarning askaridoz bilan kasallanish darajasi Xo‘jalik binolari Kasallikka gumon Kasallangan tovuqlar Kasallanish darajasi kesimida qilingan tovuqlar soni soni (%) da 1-bino 20 15 75 2-bino 20 8 40 3-bino 20 12 60

2-rasm. Ascaridia galli rivojlanish sikli Koprologik tekshiruv (Fecal Flotation): Tovuq ahlatini flotatsiya usulida tekshirish orqali mikroskop ostida parazit tuxumlari aniqlanadi. Zamonaviy xorijiy laboratoriyalarda A. galli va Heterakis gallinarum tuxumlarini aniq ajratuvchi mukammal flotatsiya texnikalari qo‘llaniladi.

Patologik-anatomik yorish (Post-mortem): Nobud bo‘lgan parrandalar yorib ko‘rilganda, ingichka ichak bo‘shlig‘ida yirik askaridalarning to‘planib qolishi, ichak tutilishi, gemorragik enterit (ichak shilliq qavatining qonashi) va gistotrof fazada ichak vorsinkalarining atrofiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Zamonaviy usullar: So‘nggi tadqiqotlarda parazitni erta bosqichda aniqlash uchun koproantigen-ELISA (IFA) va PCR (PTSR) testlari joriy etilmoqda.

Piperazin preparatlari: Piperazin adipat (ozuqa bilan 300–440 mg/kg) yoki piperazin sitrat (suv bilan 440 mg/l hisobida 24 soat davomida) parazitlarni 94% dan 100% gacha samaradorlik bilan yo‘q qiladi.

Benzimidazol guruhi: Mebendazol (masalan, suvda 10% li suspenziya yoki ozuqaga aralashtirib) va Fenbendazol xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladi. Ammo so‘nggi 2025–2026-yillardagi tadqiqotlar fenbendazolga nisbatan parazitlarda chidamlilik (rezistentlik) rivojlanayotganini qayd etmoqda.

Muqobil vositalar: Tetramizol (10% li eritma suv bilan) va gigromitsin B kabi vositalar ham tavsiya etiladi. Shuningdek, tovuqlarning umumiy holatini tiklash uchun dori vositalaridan so‘ng 7 kun davomida vitamin va mineral komplekslar bilan quvvatlovchi terapiya o‘tkaziladi.

Oldini olish chora-tadbirlari (Prevention & Control): • Toza ichimlik suvi: MDPI xalqaro jurnali (2025) tadqiqotlariga ko‘ra, parrandalarni sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash askaridoz yuqishi xavfini 88.9% ga kamaytiradi. • To‘shamalarni quruq saqlash: A. galli tuxumlari nam va issiq muhitda tez rivojlanadi. Shu sababli, kataklar yoki chuqur to‘shamali tizimlarda (deep litter system) namlikni qat’iy nazorat qilish va infeksiyalangan go‘ngni muntazam ravishda xavfsiz utilizatsiya qilish shart. • Yosh guruhlarini ajratish: Yoshi 3 oydan oshgan tovuqlarda askaridozga qarshi tabiiy hujayraviy immunitet shakllanadi. Shu sababli, jo‘jalar va yosh parrandalarni katta tovuqlardan mutlaqo alohida saqlash lozim. • Rezervuar xo‘jayinlar bilan kurash: Yomg‘ir chuvalchanglari va ba’zi hasharotlar askarida lichinkalarini tashuvchi (rezervuar) hisoblanadi. Parrandalarni ulardan ihotalash kasallik zanjirini uzadi.

Xulosa. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi parrandachilik xo‘jaligi sharoitida parrandalar askaridozini o‘rganish natijalari ushbu kasallik parrandalarning sog‘ligi, o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkinligini ko‘rsatadi. Askaridozning asosiy qo‘zg‘atuvchisi Ascaridia galli bo‘lib, parazit asosan parrandalarning ingichka ichagida rivojlanadi va parazit tuxumlari bilan ifloslangan yem, suv hamda tashqi muhit orqali tarqaladi.

Xo‘jalik sharoitida kasallikning tarqalishiga parrandalarni zich saqlash, parrandaxona va yurish maydonlarining najas bilan ifloslanishi, to‘shamalarni o‘z vaqtida almashtirmaslik, yem va suvning ifloslanishi hamda veterinariya-sanitariya tadbirlarining yetarli darajada olib borilmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, nam va sanitariya jihatidan talabga javob bermaydigan muhit parazit tuxumlarining saqlanib qolishi va parrandalarning qayta zararlanishiga sharoit yaratadi.

Shu sababli Kattaqo‘rg‘on Valijon Parranda MCHJ xo‘jaligida askaridozning oldini olish uchun parrandalarni muntazam parazitologik tekshiruvdan o‘tkazish, parrandaxonalarni toza va quruq saqlash ,go‘ng va iflos to‘shamalarni o‘z vaqtida chiqarish, yem va suvni ifloslanishdan himoya qilish hamda yosh va katta parrandalarni imkoni qadar alohida saqlash maqsadga muvofiq.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Isakova D.T, Shakarboyeva E.B. Veterinariya parazitoogiyasi Toshkent: “Noshir” nashriyoti, 2017—252b
  2. Oripov A.O, G‘afurov A.E,Yo‘ldashev N.E va boshqalar. Qishloq xo‘jalik hayvonlarning parazitologiyasi va invazion kasalliklari .-Toshkent “Yosh avlod matbaa”, 2023— 336b
  3. Azimov D.A., Merkutov E.N.,Shakarbayev E.B., Iskava D.T., Golovanov V.I Болезни птиц справочник-Toshkent 2012-C.122-130
  4. Бессарабов Б Ф и др. Болезни птиц-Москва. “Лань”,2007
  5. R.B.Davlatov, X.S.Salimov, A.N.Xudjamshukurov Parranda kasalliklari Samarqand-
  6. Xaqberdiyev P.S.,Ibragimov F.B.Veterinariya protozologiyasi va Araxnoentomologiyasi –Toshkent-2020
  7. S.Dadayev, O.Mavlanov.Zoologiya-Toshkent “Itisod-Moliya” 2008

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014170
Nashr sanasi
2026-10-10
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
Jild
1
Son
5
DOI
10.66073/refocus-conf/260917
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
120–124
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-27